I.2. MTTlarda tarbiyaviy ishlarni to‘g‘ri tashkil qilishning me’yoriy asoslari.
MTTlarda tarbiyaviy ishlarni to‘g‘ri tashkil qilishning me’yoriy asoslaridan biri: “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to‘g‘risidagi 595- sonli Qonun 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan. Ushbu Qonunning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunda ta’lim tarbiya ishlariga quyidagicha ta’rif bergan:
Maktabgacha ta’lim va tarbiya — bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi;
Ushbu Qonunning 4-moddasida2. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy printsiplari.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;
har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi;
bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv;
maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi;
ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;
ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari – O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim muassalarining turi bo‘lib, turli yo‘nalishdagi maktabgacha bo‘lgan davrdagi umumta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etiladigan ta'lim-tarbiyaviy jarayonlar o'ziga xos xususiyatga ega. Bu o'ziga xoslik maktab ta'lim tarbiya ishlaridan nusxa ko'chirish emas, balki bolalarning maktabda muvaffaqiyatli o'qishi uchun zarur bo'ladigan og'ishmay shakllantirishga mo'ljallangan faoliyat va xulq atvorni maxsus tashkil etishdir. Bu bolalar faoliyatining barcha turlarini murakkablashtirishda, bolalar tomonidan amalga oshirishning murakkab usullarini egallashlarida, faoliyat jarayonida hamkorlikning yangi usullarini o'zlashtirishda, bolalar faoliyati va xulq-atvorining jamoatchilik yo'nalishini rivojlantirishda, ijtimoiy-foydali asoslarini ilgari surishda namoyon bo'ladi. Bu jarayon bo'lajak maktab majburiyatlarini hisobga olib talablarning so'zsiz ortib borishi bilan ifodalanadi. O'z ahamiyatiga ko'ra bolalarning mustaqilliklari, o'yin, o'qish va mehnatning sifat va natijaliligi birinchi o'ringa chiqadi. Bu quyidagilarda namoyon bo'ladi:
- Kun tartibining o'zgarishida - bola yuvinish, kiyinish, ovqatlanish jarayonlarini tez sur’atda bajarishga o'tadi, faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga tezroq moslashadi. Tarbiyachining bolalar bilan muloqot usuli o'zgaradi, o'qituvchining o'quvchilar bilan munosabatiga xos ayrim xususiyatlarni kasb etadi (bolalarga qo'yiladigan talab ortadi, ularda mustaqillik rivojlanadi). Bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo'lgan ta'lim olishga, o'qishga ishtiyoq, qiziqish sezilarli darajada kuchaydi. Bu o'rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish lozim.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mashg'ulotlar vaqti ortadi. Bunda bolalarni voqelikning turli sohalari haqidagi tasavvurlarini yanada kengaytirish va to'g'ri dunyoqarashni shakllantirishga oid ishlar olib boriladi. Bolalar bilimlarini o'rganilayotgan narsa va hodisalardagi muhim belgi hamda munosabatlarni ajratish asosida yanada umumlashtirish va tizimlashtirish muhim vazifa hisoblanadi. Bolalarni maktabda o'qishga tayyorgarligining yana bir muhim tomoni - atrof-olam, narsa va hodisalarni tegishli mezonlarda umumlashtira va tabaqalashtira bilish hisoblanad. Istalgan o'quv fanini egallash bolada mazkur o'quv fanida ko'rib chiqilayotgan voqelik, hodisalarini ajratish va uni o'z bilish obyektiga aylantirish qobiliyatining mavjud bo'lishini nazarda tutadi. Bu tizimlashtirish, umumlashtirish, tahlil qobiliyati ma'lum darajada rivojlanishini talab qiladi.
- olingan bilimlar ko'magida mazkur masalalarga nazariy yondashuv masalalarini shakllantirishga yordam beradigan umumiylashtirilgan tasavvur va elementar tushunchalarning tarkib topishini ta'minlashdir.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyaviy ishlarning amaliy-pedagogik maqsadi – bu maktabgacha yoshdagi bolalarda maʼnaviy madaniyatni shakllantirishdir. Tarbiyaviy ishlar natijasi bolaning maʼnaviy madaniyati va uning tarkibiy qismlariga pedagogik taʼsirining samarali yetib borishiga bogʼliq. Ushbu pedagogik shart-sharoitni taʼminlash maqsadida muammoni oʼrganish va tahlil qilishda biz pedagogika fanlari doktori O. Musurmonova tomonidan ishlab chiqilgan oʼquvchilar maʼnaviy madaniyatini shakllantirishning yangi metodologik yondashuvidan kelib chiqdik. Unga koʼra, shaxsning ichki maʼnaviy dunyosi maʼnaviy ehtiyoj, maʼnaviy qiziqish, maʼnaviy faoliyat va maʼnaviy qadriyat kabi asosiy tarkibiy qismlar tizimidan iborat.
Tarbiyaviy ishlarning ustuvor maqsadi iymon-eʼtiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro maʼnaviyatini shakllantirishdir. Yaʼni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat. Mazkur ijtimoiy buyurtmani pedagogik talqini bolalarda eʼtiqodni shakllantirish vazifasini hosil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy istiqlol e’tiqodning asoslari shakllantira boriladi. Bu jarayon mehanizmi o‘zaro uzviy bog‘langan 4 bosqichni o‘z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda bolalarning shaxsiy fikr munosabatlarini oʼrganish orqali, unda maktabgacha yoshdagi bolalarning u yoki bu masala, voqea (masalan, davlat ramzlari) toʼgʼrisidagi bilimlari ularga munosabatlari umumlashtiriladi.
Ikkinchi bosqichda bildirilgan turli xil fikr va munosabatlardan eng toʼgʼrisi, eng maqbuli tanlanib, uchragan notoʼgʼri fikr, tushuncha, munosbatlar taʼsirini susaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Toʼgʼri qarash, nuqtai nazarni qo‘llash talab qilinadigan vaziyatlar, faoliyat turlari tashkil qilinadi. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar ularning ota-onalariga millat va davlat manfaatlari uygʼunligini anglatishga qaratilgan sodda misol, vaziyatlar namoyish qila boriladi. Bu oʼta muhim. Chunki, manfaat anglanmasa, bolaning oʼziga, ota-ona, millat, davlatga munosabati ham oʼzgarmaydi. Maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar jamoasida mustaqil eʼtiqodni hosil qilishda tarbiyachining oʼzi, uni yakinidagi ijtimoiy xayotidagi jamoa, ota-onalar ham shu eʼtiqodda boʼlishi muhim. Aks holda, u qo‘llayotgan uslubning taʼsirchanligi sust boʼladi.
Uchinchi bosqichda turli fikrlar, qarashlarni uygʼunlashtirish amalga oshiriladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida, jamiyatda boʼlayotgan voqealarni ko‘rib, eshitib unga munosabat paydo boʼladi. Munosabatlar rang-barang boʼlishi mumkin. Lekin ularni oʼzaro bogʼlovchi, birlashtiruvchi qirralari boʼladi. Tarbiyachi tarbiyalanayotgan bolalarni u yoki bu masala boʼyicha yakdil munosabatini hosil qilishda ana shu qirralarni topib, birlashtirishga erishmogʼi zarur.
Toʼrtinchi bosqichda maktabgacha yoshdagi bolalarda hosil qilingan yakdil eʼtiqodni ularning kundalik hayoti, faoliyatida, oʼzaro munosabatlarida amal qiladigan qoida, talab, meʼyorga aylantirishdir. Shu tariqa bolalar jamoasida milliy mustaqil eʼtiqod asoslarini shakllantirish.
1) umumiy, rang-barang fikrlardan eng toʼgʼrisini ajratib olish, ragʼbatlantirish;
2) tugri fikrni eʼtiqodga aylantirish;
3) eʼtiqodni amaliy faoliyatga tadbiq qilinishiga erishmoqdir. Albatta bu bosqichlar orasidagi chegara nisbiy. Shunday vaziyatlar boʼladiki, birinchi va ikkinchi bosqichlarni tashlab oʼtishga toʼgʼri keladi. Masalan, bolalar orasida ochkoʼzlik, yolgʼonchilik, maqtanchoqlik kabi odatlarga salbiy munosabatlarni shakllantirishda ushbu salbiy illatlarga bolalarning shaxsiy munosabtalarini maxsus oʼrganishga zarurat qolmaydi. Chunki, yuqorida qayd qilganimizdek, bu sifatlarning salbiy ekanligi oʼz-oʼzidan maʼlum. Shu sababli birinchi va ikkinchi bosqichlar tashlab oʼtiladi va uchinchi – eʼtiqodni amaliy faoliyatga tadbiq qilishga toʼgʼridan – toʼgʼri kirishiladi. Oʼzbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi oʼrni, mavqei, ahamiyati yosh avlodlarda sogʼlom maʼnaviyatning ilmiy – pedagogik asosda shakllantirilishiga bogʼliq. Shu sababli maktabgacha taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy pedagogik hususiyatlarga ega.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarning pirovard natijasi bolalarda maʼnaviy madaniyat asoslarini shakllantirishdir. Bu esa maqsadga yoʼnaltirilgan pedagogik taʼsir tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan tarbiyaviy, psixologik shart-sharoitning taʼminlanishiga bogʼliqdir. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, avvalambor, halqimizning maʼnaviy-maʼrifiy merosini ifodalaydi. Chunki bu meros milliy mafkuraning ham, madaniyatning ham, umuman butun maʼnaviyatimizning mustahkam manbaidir. Davr sinoviga bardosh bera olmagan, vaqtinchalik qimmatga ega boʼlgan hodisalar hech qachon merosga aylanmadi. Vaqt oʼtishi bilan izsiz yoʼqolib ketadi, qadriyatlar esa muayyan xalqning asl belgilarini oʼzida aks ettiradi. Demak, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun shaxs ijtimoiy faolligining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini, shuningdek, jamoaviy faoliyatni izchil faollashtirish sharoitlarini bilishga tayanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |