MUNDARIJA:
KIRISh………………………………………………………………………. 2-4
I-BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyaviy ishlarni modellashtirishning nazariy asoslari.
I.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish mazmun mohiyati………………………………………………………………….……… 5-9
I.2. MTTlarda tarbiyaviy ishlarni to‘g‘ri tashkil qilishning me’yoriy asoslari………………………………….…………………………………..… 10-14
II-BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish ko‘rsatkichlari.
II.1. Ta’limiy- tarbiyaviy faoliyatning ijtimoiy pedagogik mohiyati………... 15-20
II.2. MTTlarda tarbiyaviy ishlarni modellashtirish: Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila…………………….…………………………………………………….....21-25
UMUMIY HULOSA……………………………………………………..….. 26-27
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI………………………… 28
KIRISh
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan yosh avlodning yetuk, har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga bog‘liq. Shunga ko‘ra jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi siyosiy va iqtisodiy sohalar bilan bir qatorda taʼlim tizimini tubdan o‘zgartirish, uni zamon talabi darajasiga ko‘tarish uchun «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da taʼkidlangan: «inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va taʼsirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini oʼzgartirish» , - vazifasi qo‘yilgan edi. Tarbiyaviy ishlar maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning muhim vositasi ekanligini bir qator olimlar ham taʼkidlaydi.
Maʼnaviy-axloqiy tarbiya muammolarini maxsus o‘rgangan olima Z.K. Ismoilova «…milliy qadriyatlar va anʼanalarni tarbiya jarayoniga keng koʼlamda tadbiq etish» bu jarayonning samaradorligini oshirishni taʼkidlaydi. Taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tadqiq etishning dolzarbligi ular bajaradigan funksiyalar bilan bogʼliq. Olimlarimiz taʼkidlaganlaridek, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar koʼplab oʼtkaziladi. Shunga qaramay taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar hamma joyda ham kutilgan natija beryapti deb boʼlmaydi. Bunday holat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni tashkil qilish metodikasi yetarli ishlanmagani bilan bogʼliq.
Taʼlim tashkilotlarining aksariyatida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga taʼlim-va tarbiyaning qoʼshimcha vositasi sifatida qaraladi. Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar taʼlim-tarbiyaning qoʼshimcha vositasi funktsiyasini ham bajarishi bilan birga, taʼlimning asosiy shakllari: mujassam, anʼanaviy, noanʼanaviy mashgʼulotlar tarkibiga singdirilib, ular bilan uygʼunlashtirilganda koʼproq samaralarga erishiladi. Ayni paytda, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning tarbiyaviy salohiyati va ularni taʼlim jarayoni bilan uygʼunlashtirish yoʼl-yoʼriqlari mamlakatimiz ilm-fanida tadqiq qilinmagan. Shu muammoni hal qilish zarurati mavzuning juda dolzarbligini koʼrsatadi.
Mustaqillik yillarida bir qator olimlar ilmiy ishlari amalga oshirildi. Faylasuf va sotsiolog olimlardan S. Shermuxamedov, N .Komilov, M. Imomnazarov, Q. Nazarov, J. Tulenov, A. Begmatov, M. Bekmurodov, I. Karimov, A. Umarov, N. Joʼraev, T. Mahmudov, E .Yusupov, va boshqalar inson kamolotining maʼnaviy asoslari, milliy gʼoya va mafkura, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy mentalitet, millat shaʼni, ahloq, mustaqillik va maʼnaviyat kabi masalalarni atroflicha tadqiq qilganlar.
Maʼrifatparvarlar I. Gaspirinskiy, M. Bexbudiy, S. Alizoda, A. Avloniy, I. Ibrat, A. Shukuriy, A. Fitrat va boshqalarning taʼlim tarbiyaviy gʼoyalari taʼlim tizmida amalga oshiriladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning mazmunini takomillashtirishga asos boʼladi.
Tarbiyaviy ishlarning ilmiy-nazariy va metodik asoslari mamlakatimiz pedagog olimlari tomonidan tadqiq etilgan. Xususan shaxs maʼnaviy-axloqiy madaniyati va uni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari (O. Musurmonova); Yoshlarni maʼnaviy tarbiyalashda oila va milliy qadriyatlarni axamiyati (M. Inomova); Uygonish davri, Sharq allomalari ijodida komil inson tarbiyasi masalasi (S. Nishonova); Yuqori sinf oʼquvchilarida axloqiy madaniyat va uni tarbiyalash (U. Maxkamov); Oʼqituvchi odobi (M. Ochilov) masalalari shular jumlasidandir.
Respublikamizda pedagogika, ayniqsa maktabgacha taʼlim pedagogikasi soxasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari ishlarining turli qirralari oʼrganilgan boʼlsada (O. Xasanboeva, N. Jamilova, G. Djanpiesova, Sh. Sodikova, D. Babaeva, I. Valixoʼjaeva, P. Yusupova, O. Jamoliddinova, G. Qosimova, R. Safarova, A. Bekmurodov, M. Xaydarov, X. Nazarova va boshqalar), biroq shu paytgacha ijtimoiy maktabgacha taʼlim muassasalari ishlarini toʼgʼri yoʼlga qoʼyishda maʼnaviy-maʼrifiy talablar yaxlit ilmiy – ish sifatida oʼrganilmagan.
Yuqorida qayd etib oʼtilgan ishlarning taxlili shuni koʼrsatadiki, maʼnaviy va jismoniy sogʼlom avlodni shakllantirish, sogʼlom oilaviy-axloqiy munosabatlarni milliy maʼnaviy muxitini yaratish va mustaxkamlash jamiyatning maʼnaviy sogʼlom turmush tarzini taʼminlash, taʼlim tizimining eng quyi bosqichida amalga oshiriladigan ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish lozimligini taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, biz tadqiqot ishimizni «Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalarni ta’limiy-tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlash» mavzusini dolzarb pedagogik muammo sifatida tadqiq etishimiz uchun asos boʼldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |