I bob. Maktabgacha ta`lim tashkilotida bola ta`lim-tarbiyasining asosiy omili sifatida



Download 208,5 Kb.
bet1/12
Sana05.05.2023
Hajmi208,5 Kb.
#935638
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
maktabgacha va boshlang\'ich umumiy ta`limning uzluksizligi


MUNDARIJA:
KIRISH ……………………………….……………………………………..
I BOB. MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA BOLA TA`LIM-TARBIYASINING ASOSIY OMILI SIFATIDA………………………..…

    1. Maktabgacha ta‘limning uzluksizligi va izchilligi.……………..…..

    2. Maktabgacha talim tashkiloti bilan maktab aloqasining shakllari…………………………………………………………………….…

    3. Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab dasturlarining uzluksizligi………………………………………………………………..…….

II BOB. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI…………………………………………………....
2.1. Bolalarni maktabda o`qishga axloqiy, aqliy, jismoniy va psixologik tayyorgarligi………………………………………………………………...
2.2. Bolani maktab ta`limiga tayyorlashda ta`lim-tarbiyaviy jarayonning o`rni va o`ziga xos xususiyatlari…………………………………………………..
XULOSA………………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….
KIRISH
Ma`lumki, so`nggi yillarda O`zbekiston Respublikasining chekka hududlaridagi bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olishni jadallashtirish, sog`lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli o`quv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlang`ich ta`limga sifatli tayyorlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Jumladan, respublikamizda 2020-2025 yillarda bolalarni majburiy maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish, unga ko`ra bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish, tayyorlov guruhlarini moddiy-texnik vositalar va ta`lim-didaktik materiallar bilan jihozlash hamda boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o`tganlik to`g`risida sertifikat berish yo`lga qo`yildi.
Tayyorlov guruhlari maktabgacha ta`lim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi va quyidagilar ularning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarni umumiy o`rta ta`lim muassasalarida o`qishga tayyorlash;
O`zbekiston Respublikasidagi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq va ilg`or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, bolalar har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning sog`lig`ini muhofaza qilish va mustahkamlash;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
o`quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta`lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
bola shaxsining asoslarini shakllantirish, unda bilimga qiziqishni rivojlantirish.
Tayyorlov guruhlarida o`quv yili joriy yilning 2 sentabridan keyingi yilning 31 mayigacha bo`lgan davrni, yozgi sog`lomlashtirish davri joriy yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
Davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari to`liq yoki to`liq bo`lmagan kun (bir haftada kamida 15 soat ta`lim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan holda) rejimida tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang`ich ta`limga tayyorgarlikdan o`tgan deb hisoblanadi va majburiy bepul bir yillik tayyorlovdan ozod etiladi. Davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etilgan tayyorlov guruhlarida boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o`tgan bolalarga boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o`tganlik to`g`risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Ayni paytda Navoiy viloyatda 6 yoshdagi bolalar soni 19 ming 925 nafarni tashkil etib, ularning 16 ming 932 nafari yoki 85 foizi maktabgacha ta`lim bilan qamrab olingan. Qamrab olinmagan bolalar soni esa 2 ming 993 nafarni tashkil etadi.
Viloyatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi “Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy maktabgacha ta`lim tashkilotlari negizidagi bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida`gi qaroriga asosan 6 yoshli bolalarni bepul maktabga majburiy tayyorlov guruhlari bilan qamrab olish bo`yicha aniq va maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yil sentabr oyi holatiga viloyatning 9 ta tuman (shahar)idagi (G`ozg`on shahri va Tomdi tumanidan tashqari) MTTlarda 21 ta, umumta`lim maktablarida 247 ta, kollejlarda 4 ta, MFYda 10 ta 6 yoshli bola uchun bepul maktabga majburiy tayyorlov guruhlari tashkil etildi, – deydi viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasi bo`lim boshlig`i Nigora Yaxshiyeva. – Bugungi kunda 6 yoshli bolalarning 6762 nafari qamrab olindi. Barcha tashkilotlarimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi va yangi imlo qoidalari bo`yicha savodxonligini shakllantirishga alohida e`tibor qaratganmiz. Bunda bolajonlarimizga alifbo harflarini o`qish va yozish, qo`shish va ayirish amallari o`rgatib kelinmoqda. Maqsadimiz, bog`cha yoshidagi bolajonlar maktabga o`qish va yozishni o`zlashtirgan holda borishidir.
MTT va maktab ta`limining uzviy aloqasini tahlil etish va maktabgach va boshlag`ich ta`lim ta`lim-tarbiya jarayonini o`rganish maqsadida biz aynan yuqoridagi ma`lumotlarga tayandik va kurs ishi mavzumizni “Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda ta`lim va tarbiyaning uzluksizligi` deb nomladik.
O`zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida`gi 595-sonli Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha ta`lim va tarbiyaning Davlat standarti 802-sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrda Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o`tish chora-tadbirlari to`g`risida`gi 999-son Qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martda “Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida`gi 132-son Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” va mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur kurs ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 208,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish