Kurs hajmi va tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat
I BOB MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA SABZAVOTLAR MAVZUSINI O`RGANISHNING ILMIY-NAZARIY ASOLARI 1.1 Maktabgacha ta’lim jarayonida ingliz tilida savzavotlar haqida ma’lumotlarni o’rganish orqali tabiat bilan tanishtirish
Ma’lumki, o’quvchi shaxsini shakllantirish faoliyatini namunali yo’lga qo’yish uchun ularga malakali pedagoglar tomonidan ta’lim beris ishlari olib boriishi va bilim ko’nikmalarini shakllantirishni maqsadga muvofiq tarkib toptirish ayni muddaodir.Har bir bolada til o’rganishga bo’lgan alohida ko’nikmalar, qobiliyatlar tizmi mavjud va ularni .
Bu davrdagi tadqiqotlarga to’xtaladigan bo’lsak, ayniqsa E.Erikson, Z.Freyd, G.A Sukerman va V.V.Rubsovlar, K.S.Vigotskiy va D.B.Elkoninlarning tadqiqot va g’oyalarini alohida ta’kidlab o’tishimiz kerak. Ular bolalarning psixik hamda shaxs sifatida rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, sinf jamoasi, o’qituvchi, ota-onasi bilan bo’ladigan munosabati orqali erishish mumkinligini ta’kidlab o’tishgan. Ularning yuqoridagi bu g’oyalariga hali to’xtalib o’tamiz. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o’rtoqlari bilan munosabatning ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg’iz qolgan holda sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlari mumkin va shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Shaxs shakllanishi nazaryalari va bosqichlariga nazar soladigan bo’lsak, Erikson: “Maktab yoshi: mehnatsevarlik o’z-o’zidan qoniqmaslik. To’rtinchi ijtimoiy psixologik davr Z.Freyd nazariyasida yashirin latent davrga mos keladi. O’z jinsidan ota- ona bilan raqiblikdan bartaraf etilgan bo’ladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bolani oila chegarasidan chiqishi sodir bo’ladi va tizimli ta`lim xususan madaniyatning texnologik tomonlariga qo’shilishi boshlanadi. E.Eriksonning kontseptsiyasida ushbu madaniyat doirasida ahamiyati bo’lgan qurol – aslahalar, hosiblik faxriy va ilmiy unvonlar bilan munosabatda bo’lishini bilish nimanidir o’rganishga aynan intilish va tez o’zlashtirishi universal deb tan olingan.
Mehnatsevarlik, ishdan zavqlanish atamalari bu davrning asosiy mavzularni ifodalaydi bu davrda bolalar nimadan nima hosil bo’lishini va u qanday ishlashini bilishga intilishi bilan band bo’ladilar. Bolaning “Ego” muvofiqligi endi bunday ifodalanadi: “Men” – men nimaga o’rgangan bo’lsam. Bolalar maktabda o’qib, faol ishtirok anglangan tartib – intizom qoidalariga qo’shiladi. Maktab tartibqoidalari bilan bog`liq bo’lgan odam mukammal ijrochidir. Bu davrning qaltisligi shundaki, o’z-o’zidan qoniqmaslik hissini, o’z qobiliyatlari yoki tengdoshlari orasidagi mavqeidan shubhalanish tajribasizlikni namoyon qilishdan iborat.” Z. Freyd boyicha bu yosh davri:Latent bosqich –jinsiy sokinlik 6-7 yoshdan 12 yoshgacha o’smirlik yoshi boshlangungacha davom etadi. Asosiy energiya kuchi o’qish, sport, bilishga intilish asosan o’zini jinsidagi tengdoshlari bilan do’stlashishga yo’naltiriladi. Freydning odamni jinsiy shakllanishidagi bu uzilishining ahamiyatini oliy insoniy madaniyatni rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida ta`kidlaydi.
Barchamizga ma'lumki, Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'rta, katta va maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning yoshi 5-7 yosh oralig'ida bo'ladi. Va aynan shu davrda ular ham jismonan, ham ruhan, ham ma'nan jadal rivojlanib, intelektual salohiyatlarining rivojlanishi ilk bosqichga boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari esa bolaning sog'lom.va barkamol shaxs bòlib yetishida , o'qishga nisbatan havas uyg'onishida ilk turtki bo'lgan holda, muntazam ravishda haftasiga 5 kun ta'lim olishlariga, hamda xorijiy tillarni o'rganishlariga imkoniyat yaratadi.Ma'lumki, mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Chet tillarini o‘rganish va o‘qitishga e'tibor, ayniqsa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingandan keyin yanada kuchaydi. Mazkur qarorda chet tillarini o‘qitishdagi yutuqlar bilan birga, ta'lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va mediatexnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayotgani, ta'lim asosan zamonaviy usullarda olib borilayotgani, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlashga oid kamchiliklar ham ko‘rsatilgan. Ingliz tilida tabiat haqidagi bilimlarni o`rgatish ham muhim hisoblanadi. Bu bolalarning dunyoqarashini yanada kengaytirishga va bilim darajasini yanada oshirishga yordam beradi. Tabiat haqidagi bilimlar bolalar tarbiyasida ham muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi – ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanishi omillariga tayanadi.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi ilk bor buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning “Buyuk didaktika” (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan Komenskiy, inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisobladi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham, shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Yan Komenskiy nafaqat tabiatning umumiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanardi. U bolalar, o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayangan holda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi.
Komenskiydan ancha ilgari Sharq Uyg‘onish davri buyuk qomusiy olimi va muttafakkiri Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z ishlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqida gapirgan edi. Masalan, “Uy-ro‘zg‘or tutish” haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. “Yomon xislatlarni qayta tarbiyalash” asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki ahloqsiz insonni tarbiyalamoqchi (qayta tarbiyalamoqchi) bo‘lsa, unda u uni har tomonlama o‘rganishi (insonni), inson tabiati qoidalarini bilishi kerak.
Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar tomonidan o‘z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, fransuz faylasufi Jan Jak Russo (1712-1778) hisoblagan ediki, bola tarbiyasi tabiat bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerak. U yozardiki, “Bolalar katta bo‘lishidan ilgari bola bo‘lishi kerak”.
Shveysar pedagogi Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827)yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisoblardiki, tabiat maqsadi – inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim.
Nemis olim-pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) ham I.G.Bestalotssi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. O’z ishlarida yozgan ediki, ta’lim va tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarni e’tiborga olish lozim.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) o‘zining asosiy “Inson tarbiyaning mavzusi sifatida” degan psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq qila olish lozim. K.D.Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, hislar, iroda) asoslarini oldindan o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi, buning asosida so‘zlash qobiliyatini, ahloqiy, estetik va diniy hislarni, didaktikani o‘rganishga o‘tish mumkin.
Sharq Uyg‘onish davri mutafakkir qomusiy olimi Abu Nasr al-Farobiy (873950) pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarlarida ediki, inson tabiatning eng ta’kidlagan oliy yutug‘idir va o‘z aqliga ko‘ra atrofmuhitni har tomonlama idrok qilish mumkin.
Abdulla Avloniy (1878-1934) “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarida turli shaxs ahloqiy xislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Uning asarini o‘zbek tilida yozilgan pedagogika bo‘yicha birinchi darslik deb hisoblash mumkin.
1) Pedagogika mustaqil fan sifatida YA.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” (XVII asr) degan asaridan so‘ng ajralib chiqdi, unda didaktika prinsiplari va pedagogik jarayon qonuniyatlari aniq ta’riflangan. Forobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratmagan, uni siyosiy (fuqaro) fan tarkibiga kiritgan. Uning fikricha, bolalarda ijobiy ahloq xislarini tarbiyalashda atrof-muhit katta tabiiy kamolotiga ishonardi, bola tabiatidan go‘zallik va mehr-oqibat bilan uyg‘un ravishda tug‘iladi.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanish lozim:
Bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish;
Bolalar jinsiy xususiyatlarini e’tiborga olish;
me’yordan chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning
individual xususiyatlarini e’tiborga olish;
bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish;
bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish.
Respublikamizda chet tillarini o‘qish, o‘rganish va baholash tizimining 2012 yildan boshlangan mana shunday besh yillik natijasi o‘laroq, yuqorida ta'kidlaganimiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi qarori qabul qilingan. Ushbu qaror respublikamizda ta'lim sohasidagi islohotlar izchil davom etilayotganidan, chet tillarini mukammal biladigan o‘quvchilar, talabalar va pedagoglarga imtiyozlar, malaka sertifikatlari berish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadi ko‘zda tutilganidan dalolat beradi.
Qarorga ko‘ra, bundan keyin uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida yosh avlodni chet tillariga o‘qitish sifatini ta'minlash, chet tillarida erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, ushbu yo‘nalishdagi o‘quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash maqsadida chet tillarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi. Bu kabi choratadbirlarni amalga oshirish uchun uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarini o‘zlashtirish darajasini davlat ta'lim standartlarida buelgilangan
"Tinglab tushunish" (Listening), "O‘qish" (Reading), "Yozish" (Writing), "Gapirish" (speaking) amalga tatbiq etiladi.
Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunga qadar davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning asosiy maqsadi - bolalarni maktabdagi o'qishga tayyorlash, bolani rivojlangan, sog'lom, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabgacha ta'limning maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Hozirgi vaqtda respublikasi 4 893 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat olib borayotgan bo’lib ularni moliyalashtirishga faqat 2016-yili Davlat byudjetidan 1.6 trilion so’m ajratilgan. Ushbu sohada sog’lom va har tomonlama rivojlangan o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan 57 mongdan ortiq mutaxasislar mehnat qilmoqda. Davlat rahbari tomonidan 2017-yili 9-sentabrda qabul qilingan "Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi qaror bilan bilan Xalq ta’lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi , Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mahalliy davlat hokimyati organlarning maktabgacha talim muassalarining infratuzilmalarini va moddiy- texnik jihozlanishi yaxshilash bo’yicha kompleks chora- tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Qishloq joylardagi boshlang'ich maktab o'quvchilari odatda ingliz tili muhitidan ancha uzoq bo’lgan sharoitda o’sishadi va bolalarning fikrlashi mavhum shaklda qolaveradi, bolalarning yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayoni doimo hissiyotlarga tayangan holda kechadi. Shuning uchun, bog’cha yoshidagi bolalarga ingliz tili o'qituvchilari o'qitishda oson metodikalar orqali, o'quvchilar atrofidagi buyumlardan, kartochkalardan va boshqa o'quv qo'llanmalaridan to'liq foydalanishadi. “Banana” va “apple” kabi so'zlarni o'qitishda o'qituvchilar banan va olma kabi mevalarni ko’rsatib birdaniga rangni bildiruvchi yangi so’zlarni ham o’rgatib ketishlari mumkin. Bolalar o'quv mashg'ulotlarini tashkil qilish uchun sinfdagi narsalar orqali ularni chet tilida qo’llanilishini o’rgatib borishadi.
Albatta, o'qitish mobaynida buyumlardan foydalanishda o'qituvchilarning metodikasi katta ro’l o’ynaydi. Misol uchun, tegishli so'zlarni o'rgatayotganda, siz avvalo buyumni bolaga ko’rsatib uni gapirishga undaysiz, o’quvchilar so’zlarni talaffuz qiladi va ular talaffuz qilgan so’zni mustahkamlash uchun kartochkalardagi rasmlardan foydalanib yana bir bor yangi so’zni takror talaffuz qildiriladi. So’zlarni o'qitishda o'qituvchilar matn mazmunini belgilab olishlari va o'quvchilar e'tiborini jalb qilish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda so’zlarni talaffuz qilib doskaga suratini chizish orqali ularning e’tiborini tortishlari mumkin bo’ladi. Shuning uchun hozirda Xitoyda tarbiyachidan rasm chizish mahoratiga ega bo’lish talab qilinadi. Bu nafaqat o'qitishning qiyinchiliklarini qisqartiribgina qolmay, balki o'quvchilarni o'rgangan bilimlarni asta-sekin mustahkamlashga yordam beradi. O’quvchilar ingliz tilini o'rganish jarayonida o’zlaridagi yutuqlarni his etishlari uchun har bir o'quv mashg'ulotiga mukammal yondashish kerak. Ana shundagina bolalarda o’rganishga motivatsiya uyg’onadi.Hozirgi kunda Xitoylik bog’cha yoshidagi bolalar yangi bilimni qabul qilish imkoniyatlari juda ilgarilab ketganligi sababli bog’chalardagi o’qitish dasturlari shunga mos ravishda intensivlashtirilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo'lgan talablar kompleksini belgilaydi. Mutaxassisning pedagogik ishga tayyorgarligini zarur va yetarli darajasini ta'minlaydigan asosiy talablarni quyidagicha belgilash mumkin. Ayni paytda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachisining mustqil ravishda bilim olib, til o'rganib, inglizchada gaplasha olish ko'nikmalarini oshirib borishi va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi- bir tomondan pedahogik faoliyatining muvaffaqiyatli borayotganligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan, bu muhim vazifa ekanligini ko'rsatadi. Chunki, bu kechiktirib bo'lmas jarayon shaxsni aqliy qashshoqlikdan qutqarib qoladi.
Demak, Prezidentimizning "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori barcha fuqarolarning chet tillarini puxta o'rganishlariga keng imkoniyatlar yaratishi bilan birgalikda, maktabgacha ta'lim tizimining malakali tarbiyachisi va pedagog kadrlari yelkasiga yanada mas'uliyat yuklaydi. Maktabgacha ta'lim tizimi tarbiyachusi ingliz tilini o'rganishi, uzluksiz izlanishda bo'lishi, erkin fikrlashi, shuning bilan bir qatorda, boshqalarda ham innovatsion g'oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko'rsatishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |