I bob maktabgacha ta`lim tashkilotida 4 sabzavotlar mavzusini o`rganishning ilmiy-nazariy asolari 4



Download 57,26 Kb.
bet10/11
Sana08.07.2022
Hajmi57,26 Kb.
#758550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sabzavotlar

Fe'llarni takrorlash. O'qituvchi har xil xatti-harakatlarni amalga oshiradi, bolalar u nima qilayotganini ingliz tilida aytishlari kerak - uchish, jilmayish, yig'lash, ichish, sakrash, qo'llaringni qarsak chalish, qo'llaringni silkit, oyoqlaringni bosib, orqaga o'gir, o'tir, o'rnidan tur, cho'z baland, sakrash, yurish, chopish, suzish, oyoq uchi, uxlash.

Two little eyes to look around (bolalar o'zlarini atrofga qarashadi). Two little ears to hear each sound(biron narsani tinglaganday, qo'llarini quloqlariga qo'ying). One little nose to smell what is sweet(burun bilan mos keladigan harakatni bajaring)

  1. Yangi mavzu: Sabzavotlar nomi bor kartochkalar yordamida bolalarga sabzavotlarini o'rgatish: carrot, potato, tomato, cucumber, onion, cabbage, pumpkin, radish, pepper, pea, ginger.


  1. Taqdimot qo'yish: O'qituvchi taqdimotni yoqadi, har bir bosilganda, klaviaturada bir sabzavotning rasmi paydo bo'ladi bolalar imkon qadar tezroq har bir sabzavotning ingliz tilida nomlashlari kerak, kim ko'proq aytsa dars oxirida qo'shimcha stiker beriladi.


  1. Video qo'yish: https://youtu.be/HNadLaRrcZM

Dars oxirida o'qituvchi natijalarni sarhisob qiladi, og'zaki so'rov o'tkazadi.
Xulosa

O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o'qitish va o'rganish tizimi takomillashib borayotgan bugungi kunda ta'lim jarayonida ingliz tilini zamonaviy texnologiyalar asosida, interfaol uslublar ishtirokida o'qitishni samarali tashkil etish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Amalga oshirilgan mazkur ilmiy kurs ishi ta'lim tizimini takomillashtirish, didaktik o'yinlar vositasida, ilg'or pedagogik texnologiyalar orqali ingliz tilini o'rgatish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi
IX sessiyasidagi "Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusidagi so‘zlagan nutqidan kelib chiqqan holdaqabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur (1997 yil 29 avgust) ning amalda qo‘llanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish
yo‘llarini izlashga da’vat etadi. Bu esa, avvalo inson ma’naviyati, ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan shug‘ullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo‘ygan talablar asosida qaror toptirishga ko‘maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo‘nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko‘pgina olimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. Bu jarayonlarni ta'minlash maqsadida olib borilgan nazariy va eksperimental kurs ishi natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:

  • ta'lim to'g'risidagi qator xujjatlar, qarorlar bilan birga bir qancha sohaga tegishli adabiyotlar ko'rib chiqildi. Shu bilan birga, chet tillarni kichik yoshdagi bolalarga samarali o'qitishning dolzarb masalalariga yo'naltirilgan o'zbekistonlik olimlar va xorijlik pedagoglarning asarlari va ilmiy maqolalari tahlilga etilib, ijobiy fikrlaridan foydalanildi;

  • maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tili darsini didaktik loyihalashtirish maqsadida, ingliz tilini didaktik o'yinlar, zamonaviy interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar hamda AKT vositalariyordamida o'rgatishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari o'rganildi va tahlil qilindi;

  • maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ingliz tili mashg'ulotlari kuzatildi, metodik tavsiyalar ishlab chiqildi, mavzularga oid namunaviy dars rejalari tuzildi, tajriba-sinovdan o'tkazildi va o'quv jarayoniga tatbiq etildi;

  • kurs ishi maqsadiga mos texnologiya vositalari tanlandi va ingliz tilini o'rgatish jarayoniga tatbiq etildi.

Shunday qilib, ingliz tili mashg'ulotlari mavzusiga mos didaktik va kompyuter o'yin turlarining tanlanishi, o'yin texnologiyasida o'rganiladigan material mazmunining o'ziga xosligi va o'quv topshiriqlarining hisobga olinishi, tarbiyalanuvchilarning o'yin faoliyatini tashkil qilishda o'yin tuzilishining e'tiborga olinishi dars samaradorligini ta'minlash vositasiga aylandi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o'rgatishda quyidagi tavsiyalar asosida ish ko'rilishi maqsadga muvofiq:

tarbiyalanuvchilar guruhining bilim va talablariga yo'naltirilishi lozim;

  • mashg'ulot rejasi har bir bolaning talablari, imkoniyatlari va ehtiyojlariga to'g'ri kelishi shart;

  • ingliz tili mashg'ulotlari bolalarning dunyo to'g'risidagi tasavvurlari bilan bog'lanishi, ular uchun muhim hisoblangan o'yin elementlari orqali boshqa sohalarda ham ularning qobiliyatlarini rivojlantirish lozim.

Maktabgacha ta'lim sohasi mutaxassislari bolani yoshligidan chet tilini o'rgatishga shoshmaslikni tavsiya qiladilar. Taxminan, 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda boshning o'ng yarim miya shari ishlaydi. Shuning uchun mantiqiy fikrlash hali yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Bularning barchasi bola bilan axborotlarni tahlil qilish, mantiqiy fikrlash bilan bog'liq qandaydir mashg'ulot o'tkazishga xalaqit beradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarga klassik ko'rinishdagi ingliz tilini o'rgatish uslubi to'g'ri kelmaydi. Ya'ni, ingliz tilini kattalarga o'rgatadigan ko'rinish (grammatik tuzilishlar va hokazo) nazarda tutilmoqda. Demak, bolalarga o'yinlar vositasida ingliz tilini o'rgatish, ya'ni
―o'ynab o'rganish usuli yaxshi samara beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ingliz tili darslarida didaktik o'yinlardan foydalanishda bolalarning yoshi, ularning ma'lum tayyorgarligi va mavzuga mos mazmundagi didaktik o'yinlar tizimi bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

Download 57,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish