3. MTMsi murabbiy va tarbiyachilarning pedagogik ta’sir uslublari bo’yicha kasbiy mahoratiga qo’yilgan talablar:
Murabbiy va tarbiyachi bolalar tarbiyasidagi sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirishda musobaqa, talab, rag’batlanlirish, jazolash, ishontirish usullaridan oqilona va o’z vaqtida foydalana olishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachilar bolalar bilan ishlashda sinchikovlik, uddabironlik, ziyraklik bilan faoliyat yuritmog’i lozim va bolalarga topshiriqlar berishda ularning individual xususiyatlariga e’tibor berish kerak hamda ular bilan muloqotdan kelib chiqadigan natijalarga befarq bo’lmasligi kerak;
Murabbiy va tarbiyachining insoniylik xislatlari bolalarda chuqur hurmat tuyg’usini shakllantirishi lozim va bunda ularning bolalar uchun ibrat - namuna bo’lishi hamda tashqi va ichki dunyosi ko’rkam bo’lishi talab qilinadi;
Murabbiy va tarbiyachilarning o’z hayotiy – kasbiy shiori bo’lsin. Bu shior bilan hamkasblarni va iloji bo’lsa bolalarni ham tanishtirishga erinmang. Shioringizni mazkur sohadagi buyuk shaxslar va taniqli ustozlar faoliyati bilan uyg’unlashtiring va hamda bu ishingizdan boshqalar ham o’rnak olishini o’ylab faoliyat yuriting.
Tarbiyachi va murabbiylar! Jamoadagi psixologik muhitga doimo e’tiborda bo’ling, guruhingizdagi bolalarning o’zaro munosabatlari, ularning sizga munosabatlari, guruhdagi tartib-intizom me’yorlariga bo’ysunishlari har bir bolaning ruhini ko’tarsin;
Murabbiy va tarbiyachilarning bolalarga munosabati o’zaro hurmat asosida qurilmog’i lozim, aks holda ularning shaxsiy tashabbusi bilan berilgan ba’zi topshiriqlar bajarilmay qolishi ham mumkin;
Murabbiy va tarbiyachilarning so’zi bilan ishi bir bo’lishi, o’zini tutishida muloyimlik bo’lishi, javobgarlikni his qilishi, eng asosiysi bola shaxsiga hurmat nazari bilan qarashi kerak.
MTM si murabbiy va tarbiyachilarning amaliy faoliyati bo’yicha kasbiy mahoratiga qo’yilgan talablar:
Murabbiy va tarbiyachi eng avvalo, bolalarning bog’chaga kirib kelishi bilanoq iliq kutib oluvchi ustozdir va bunda bolalarni kutib olishga arziydigan MTM ning jihozining mazmun - ma’nosiga e’tibor berish kerakligi ular faoliyatining ajralmas qismi ekanligini unutmaslik kerak;
Bolalar xonalarida ma’naviyat burchagi bo’lishi va unda hurmatli Prezidentimiz siymosi (iloji bo’lsa bolani ko’tarib turgan paytdagi rasmi) tushirilgan stenti bo’lishi lozim;
Murabbiy va tarbiyachilar bolalarning guruhlariga mos holdagi ko’rgazmalarni tayyorlashi va uni muntazam ravishda boyitib borishga erishishi lozim;
Murabbiy va tarbiyachilarning bolalar bilan jamoaviy o’yinlarni tashkil kilishi lozim va bunda bajarilgan o’yinning natijasi oldindan rejalashtirilgan bo’lishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachilar o’z guruhidagi bolalardan kim yakka tartibda, kimlar ommaviy tarzda qo’shiq ijro eta olishini bilish kerak, shuningdek, bolalardagi raqsga tushish ishtiyoqi va qiziqishini ham doimo e’tiborga olish lozim. Bular bolalarning kelajakda tashabbuskor bo’lib yetishishida o’ta muhimdir;
Murabbiy va tarbiyachilar bolalarni sayr qildirish, ular bilan ekskursiya haqidagi ko’nikma va malakaga ega bo’lishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachilar guruh a’zolari va guruh o’rtasida sport o’yinlarini o’tkazish ko’nikma va malakalariga ega bo’lishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachilar bolalarni bayramlarni kutib olishga tayyorlash malakasiga ega bo’lishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachilar bolalarga sodda narsalarni yasashga o’rgata olish malakasiga ega bo’lishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachilar bolalarga rasm chizishni, guldastalar yasashni o’rgatish qobilyatiga ega bo’lishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachilar bolalarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish sohasi bo’yicha ma’lumot bera olishi kerak, shuningdek, uyda va MTM da texnik xavfsizlikdan shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |