I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


* * * “Vatan ostonadan boshlanadi”. (“Otalar so’zi”)



Download 1,1 Mb.
bet50/120
Sana07.06.2023
Hajmi1,1 Mb.
#949401
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

* * *
“Vatan ostonadan boshlanadi”.
(“Otalar so’zi”)


* * *
“Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg’a, madhiya O’zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g’ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi, mana shu ramzlarni e’zozlash o’zining qadr-qimmatiga, o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”.
Islom Karimov.
* * *
“Istiqlol, eng avvalo, ruhiyatni uyg’otadi. Mudroq vujudimizga shijoat bag’ishlaydi. Mamlakatimizga bo’lgan mehrimizni orttiradi va g’ururimizni yuksaltiradi”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Davlat ramzlariga bo’lgan munosabat, yurtga-vatangga bo’lgan munosabatdir”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Mustaqillik – bu avlodu ajdodlarimiz tomonidan bizga berilgan boy va muqaddas merosdir. Merosni avaylab - asrashimiz va uni kelajak avlodga bus – butun hamda takomillashtirib, sayqallab yetkazish biz yoshlarning muqaddas burchimizdir. Qolaversa bu davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muhim masala hamdir”.
Xolbo’ta To’raqulov.
Mazkur mashg’ulot davomida bolalar qalbiga milliy qadryatlarga sodiqlik, milliy merosimizni avaylab asrashni, vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik kabi tuyg’ularni singdira olgan bo’lsangiz, siz yaxshi mashg’ulot olib borgansiz.

2.3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat saboqlari” darslarini tashkil etish va uyushtirish

Murabbiy (tarbiyachi), eng avvalo, ma'naviy jihatdan barkamol, dunyoqarashi kеng, o’z yurti va xalqining g’oyasi va mafkurasining bayroqdori bo’lmog’i lozim”.
Xolbo’ta To’raqulov



“Ma’lumki, o’zbek xalqi azaldan o’zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Albatta, farzandga mehr qo’yish, ularning qornini to’q, ustini but qilish o’z yo’li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog’idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu masalaga e’tibor bermaslik nafaqat ayrim ota - onalar, balki butun jamiyat uchun ham juda qimmatga tushushini ham ko’pgina
hayotiy misollarda ham ko’rish mumkin” [2. 35 – 36].
Ushbu fikr orqali odamzod uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik va ulug’ meros bo’lib kelgan ma’naviyat insonning faol shaxs bo’lib shakllanishidagi ahamiyati, ma’naviyatli odamning oila, jamoa va jamiyat (davlat) hayotidagi o’rni hamda ma’naviyatsizlikning jamiyat ma’naviy hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishigacha bo’lgan holatlar yuzaga kelishi to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lamiz.
Bu tarbiyachilar va murabbiylar oldiga ma’naviy – mafkuraviy tarbiyani zamon talablari asosida olib borishni talab etadi. Zamonaviy talablar esa hozirda, ya’ni bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolardir. Ular: xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish; yosh avlodning qalbi ongiga turli zararli va yot g’oyalar kirib kelishining oldini olish, ya’ni yoshlarimizni mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish; yoshlarimizning hayot so’qmoqlaridan adashmasliklarini ta’minlash, ularni shiddatkor zamonning bo’ronu to’fonlaridan himoya qilish va eng asosiysi, yoshlarimiz tarbiyasida sog’lom nasl masalasi ham ushbu sohaning dolzarb masalalaridan biridir va u oiladan boshlanib, odamzot umrining oxirigacha olib boriladigan jarayondir. Shu sababli ham yoshlar tarbiyasiga beparvolik qilib bo’lmaydi, chunki ma’naviy tarbiyadagi loqaydlik tuzatib bo’lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham ulug’larimiz bola tarbiyasini ona qornidanoq boshlash kerak, deb bejiz aytishmagan.
Bu borada J.J. Russoning quyidagi fikri ahamiyatlidir: “Tarbiya inson tug’ilishi hamona boshlanadi: chaqaloq hali gapirmaydi, ammo o’rgana boshlaydi. Bilish tarbiyadan kelib chiqadi”.
Bugungi kunda mamlakatimizda farzandlarimiz baxtu saodatini va istiqbolli kelajagini o’ylab uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi va uni og’ishmay amalga oshirish uchun “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan, ya’ni bu masala davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.
Demak, jamiyatimiz va davlatimiz oldida ham yoshlarimizni barkamol qilib tarbiyalashdek muhim vazifa bor. Bu borada hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviy – ma’rifiy tarbiya o’ta muhim bo’lib, uni amalga oshirish nafaqat asosiy vazifamiz, balki insoniylik burchimiz hamda Vatan oldidagi qarzimiz hamdir.
Shu sababli ham ma’naviy hayotimizni: milliy ong, milliy va umuminsoniy qadryatlarimizni; imon – e’tiqodimizni; g’oya va tafakkurimizni, urf – odat, marosimu an’analarimizni ongli his qilish va ularni asrab – avaylash kabilar ma’naviy olamimizni yanada yuksaltirishga mustaxkam poydevor bo’ladi.
Bularning barchasi bog’cha ta’lim - tarbiya tizimida hal bo’ladi. Bu muammo yechimini izlashni uzluksiz ta’lim tizimidan emas, balki oiladanoq boshlamoq kerak bo’ladi [22 – 24].
Bu borada, ya’ni ma’naviyatni shakllantirishda bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim omil – bu MTM dir. Bu omilning muhimligi shundaki, ushbu jarayonda bola tarbiyasiga oila bilan MTM si bob-baravar qayg’uradi, ya’ni bolaga tarbiyaviy ta’sir kuchlari birdaniga ta’sir qiladi. Shu bois uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki talim turi bo’lgan maktabgacha ta’limga yuzaki qarashga, rasmiy yondashuvlar bilan chegaralanishga, puxta o’ylanmagan ishlar qilishga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bu borada MTM ni davlat va jamiyat nazoratida bo’lishini ham Asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan va bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo’llab quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masala hamdir.
Demak, uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida yoshlarimizning ma’naviy tarbiyasiga beparvolik bilan qarab bo’lmasligi sababli, MTM da ham bolalar tarbiyasiga yanada kuchliroq e’tibor berishimiz kerak ekan, ya’ni bog’chada ham yoshlar tarbiyasiga beparvolik, loqaydlik bilan qarab bo’lmaydi. Oddiygina bir misol guruhda o’rtoqlaridan o’zining qo’polligi; so’qong’ichligi; urushqoqligi; o’rtoqlarining qo’lidagi o’yinchoqlarini tortib olishligi; qatorda turgan bolani itarib yuborib qochib ketishligi; uch-to’rtta bola bir o’yinni o’ynab turganda uni buzib yuborishga urinish; avtomat o’yinchoqni olib, “hammangni qirib tashlayman”, deb avtomatni trillatishi va shu kabilar bilan ajralib turadigan bolaga beparvolik qilish yaxshimi? Unday bolada og’zi beandozalik, nosog’lom muhitni yoqtiruvchi, zo’ravonlik, tartibsizlik, odamlarning kayfiyatini buzuvchi, jangarilik kabi illatlar paydo bo’ladi, xolos. Bu tarbiyachilar tomonidan yo’l qo’yiladigan loqaydlikning oqibati emasmi? Loqaydlik – eng yomon illatlardan biridir.
E’tibor bering “Bolaligida qush uyasini buzishga odatlanggan odam katta bo’lganda birovning oilasini bemalol buza oladi” (O’tkir Hoshimov). Shuning uchun ham bola tarbiyasida mayda narsa bo’lmaydi, degan gap absalyut haqiqatdir.
Aslidayam bolalarimizga MTM da ma’naviy tarbiya berishdan maqsad ham ularni illatlarga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalashdir. Bu bizga tarbiyaning hayot mamot masalasi ekanligini anglatadi.
MTM da olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” turkumidagi dars mashg’ulotlarimizda ham aynan bolalarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratiladi. Bu turkumdagi ishlar oilada bolaning ma’naviy tarbiyasini yuksaltirishga bag’ishlanggan “Oila darsi” mashg’ulotlarida ham o’z isbotini topdi [22 – 24]. Bu mashg’ulotlarni olib borishda suhbatlar, savol - javob, baxs-munozara, davra suhbati, aqliy hujum, ulug’ odamlar bilan uchrashuvlar, quvnoqlar va zukkolar musobaqasidan ijodiy foydalanish maqsadga muofiqdir. Bunday mashg’ulotlarning nechog’lik jonli bo’lishi MTM dagi murabbiy va tarbiyachilarning kasbiy mahoratining nechog’lik darajada tarkib topganligiga bog’liq. Tadqiqotimizning keyingi qismida ular haqida to’xtalamiz.


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish