4-& Kutubxona tarmoqlari va sistemalari
Xozirgi davrda kuyubxonalarni ma`lum idoralarga, soxalarga bo`ysunishiga qarab soxaviy-tarmoq yoki soxaviy tarmoq territorial kutubxona sistemalariga ajratish mumkin. Respublikada mavjut kutubxonalar tarmoqlaridan O`zbekiston madaniyat ishlari vazirligiga qarashli davlat kutubxonalari sistemasi, respublikaa xalq ta`lim vazirligiga qarashli maktab, oily va maxsus o`quv yurtlari kutubxonalari, texnika, tibbiyot kutubxonalari va qishloq xo`jaligi vazirliklariga qarashli kutubxonalar, shuningdek respublika kasaba uyushmalari kutubxonalari sistemalari eng katta tarmoqlar xisoblanadi.
O`zbekiston madaniyat ishlari vazirligiga qarashli davlat kutubxonalari sistemalariga respublika, oblast, rayon, shahar, bolalar qishloq kutubxonalari tarmoqlari kiradi. Bu eng ko`p sonly tarmoq bo`lib, ularning umumiy miqdori 1991 yilda 6791 kutubxonadan iborat bo`ldi. Ularning umumiy kitob fondi 83111,8 nusxani tashkil etib, 6111,5 ming kutubcona 1991 yil mobaynida 128681,0 ming nusxa kitob bergan.
O`zbekiston madaniyat ishlari vazirligiga qarashli iniversal davlat kutubxonalari o`z xududida aholiga kutubxonachilk xizmati ko`rsatishning tashkilotchisidir. Markaziy davlat kutubxonalari esa KAA, tashkiliy-metodik ishlar hamda kutubxonachilk ishlarini muvofiqlashtirish va uyg`unlashtirish bo`yicha boshqa tarmoq kutubxonalariga metodik markaz fazifasini bajaradi. Tarmoqning bosh kutubxonasi A.Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasidir.
Respublika davlat kutubxonalari (RDK)
RDKning faoliyatida barcha universal ilmiy kutubxonalarga xos bo`lgan umumiy xususiyatlar mavjuddir. Bunda RDK faoliyatining asosiy yo`nalishlari: kitib fondini to`ldirish va saqlash, kutubxonalarga xizmat ko`rsatish, ilmiy-axborot, mqtodik va ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilishdir.
Respublikada matbuot sarlarining davlat ombori bo`lmish RDK milliy adabiyot (mahalliy tillardagi nashrlar)ning hozirgi va o`tgan davrlarga oid fondini to`la to`kis to`ldirishni amalga oshiradi. Bu fondni to`ldirish va saqlash respublika yagona kutubxona fondini shakllantirishda sosiy vazifadir. Bundan tashqari RDK boshqa xorijiy tillardagi nashrlarni yig`adi, saqlaydi va ularni faol foydalanishni tashkil etadi, respublika ixtisosiga muvofiq bosma nashrlarning bir muncha to`la majmuini vujudga keltirishni ta`minlagan holda ish olib boradi.
Shu bilan birga respublikadaki maxsus kutubxonalar birmuncha to`liq olayotgan nashrlarning ayrim tiplari va turlari nusxalarini kamaytirish va ularni fondga qo`shmaslik RDK uchun xos xususiyatdir. Bosma nashrlarning universal ombori sifatida RDK o`z maqomiga putur yetkazmagan holda to`ldirishni muvofiqlashtirish, regiondagi mavjud kitob fondining muayyan qismlaridan yanada faolroq foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Xorijiy adabiyotni avvalo vaqtli nashrlar bilan to`ldirishni muvofiqlashtirish an`ana tusini olgan bo`lib, keng ommalashgandir.
80-yillarning birinchi yarmida RDKning respublika depozitariyasi maqomini olganligi davlat kutubxonasi fazifasini ro`yobga chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratib berdi. RDK ana shu yangi vazifani amalga oshirib, kam talab qilinadigan adabiyotni samarali saqlash va undan foydalanishni hamda kutubxona fondini depositor saqlash tuzilmasining ishlashini ilmiy-metodik jixatdan ta`minlashni tashkil qilmoqda.
Respublikada kutubxona xizmatini tashkil qilish RDKning ikkinchi asosiy vazifasidir. RDK jamoatchilkning axborotga bo`lgan talabini o`z fondidan faol foydalanish yo`li bilan, shuningdek respublika doirasida va xalqaro ko`lamda boshqa kutubxonalar, oxborot organlari va arxiv muasasalari fondlaridan o`zaro foydalanishda ko`maklashish orqali qondirilmoqda. RDKning bu vazifasi birmuncha ko`p qirralidir.Avvalo RDK kutubxonadan ilmiy, ishlab chiqarish, o`quv, mustaqil bilim olish maqsadida foydalanayotgan kitoblarning hamma guruhlari uchun hammapob kutubxona xisoblanadi. RDK kutubxonalar aro abanent va yig`ma kataloglarning respublika markazi sifatida ish ko`rib, kitobxonlarning xorijiy davlatlardagi boshqa kutubxonalar fondiga bemalol kirib borishlarini ta`minlaydi.
Universal ixtisosdagi respublika axborot biblografik markaz vazifasi RDKning mixim tipologik xususiyatidir. RDK ilmiy yordamchi biblografik qo`llanmalar yaratib, respublika Kitob palatasi bilan birgalikda o`tgan davrga oid milliy biblografiya tayorlashni ta`minlaydi.
Respublika boshqaruv organlariga axborot xizmatini ko`rsatish RDK faoliyatining yana bir jabxasidir. RDK axborot biblografik ish soxasida kutubxonalar aro hamjiharlik tashkilotchisi sifatida ham ish ko`radi. Tegishli muvofiqlashtiruvchi idoralar aro hamjixatlikni ro`yobga chiqarishga yordam beradi.Bunday rejalar RDK tashabusi bilan va uning raxbarligida ishlab chiqiladi.
RDK kutubxonashunoslik, biblografiya hamda kitobshunoslik ishi bo`yichametodik hamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. U kutubxonachilk ishini muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika organlari qarorlarining bajarilishini ham tashkil qiladi.
RDKning metodik faoliyati uchun o`zaro bog`lig bo`lgan ikki jixat: idoraviy va idoralararo jixatlar xarakterlidir.Idoraviy jixat respublika madaniyat vazirlik sistemasidagi kutubxonalar ishining g`oyaviy siyosiy darajasini oshirishda, kitob fondini vujudga keltirish va ulardav foydalanishni tashkil etishda Madaniyat vazirligi sistemasiga bevosita metodik yordam berishdir.
Ikkinchi, idoralararo jixat asosan tashkiliy metodik va muvofiqlashuvchi faoliyat roli bilan ro`yobga chiqariladi. Bu faoliyat ilmiy metodik ishning muvofiqlashtirlgan rejalarni ishab chiqish, respublikada kutubxonachilk ishi mazmuni va tashkil etishiga ta`sir qiladigan ham mustaqil, ham birgalikdagi tadbirkorlarni o`tkzishdir.
ILmiy tadqiqot ishlari (ITI) tashkil etish va muvofiqlashtirish markazi sifatida RDkning faoliyati quyidagilardan iborat. U respublika ma`daniyat vazirligi va kutubxonachil ishini boshqarishning idoralararo organlari bilan birgalikda muayyan davr mobaynida ilmiy-tadqiqot o`tkazishni talab qiladigan muxim muomolarni belgilaydi. ITIning muvofiqlashtirilgan rejasi tuziladi. RDKning idoralar va idoralararo miqyosidagi markazlashtirilgan tadqiqotlar dasturini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini tashkil qiladi; ITIning rejalashtirishning respublika va regional darajalarining o`zaro bog`lanishini ta`minlaydi; milliy, regional tusdagi umumiy oqimlar va qonuniyatlarni tadqiq etish natijalarini taxlil qiladi, ITI xulosalarini respublika kutubxonachilk amalyotiga joriy etishga ko`maklashadi.
Xozirki kunda RDK kitob fondining hajmi va tarkibi, kitoblar soni, ish ko`lami va darajasi jixatidan eng yirik kutubxonalar qatoriga kiradi.
A.Navoiy nomidaki O`zbekiston davlat milliy kutubxonasi ham qariyb shunday bir sharoitda barpo qilingan bo`lib, XIX asrning ikkinchi yarmida O`rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan ishg`ol qilinganidan keyin tashkil etilgan.
Bu o`lkani istilo qilishdan chor xukmdor doiralarning o`z ichki xisobi bor edi: avvalo, tabiy boyliklarni o`zlashtirish, arzon ishchi kuchiga ega bo`lish, ichki va tashqi bozorni kengaytirish, shu yerlar xisobidan imperiya chegarasini mustaxkamlash hamda Hindiston, Xitoy va boshqa sharq davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni yo`lga qoyish va hokazo. Mana shu uzoqni ko`zlagan maqsadni amalga oshirish yo`llaridan biri mahalliy aholining tarixi, madaniyati va adabiyotini, turmushini, urf-odatlarini o`rganishni, ularni atroflicha tadqiq qilinishi zarur edi, buning uchun esa shunday madaniyat markaz kerak edi.
Chor Rossiyasini O`rta Osiyoga bostirib kirishi aslida yovuzlik, bosqinchilk bo`lsada, ikkinchi tomondan ular o`lkaga ilg`or fikrlarning, rus xalqi ma`naviyati yetuk g`oyalarini yoyilishiga sababchi bo`ldi. Rus olimlari, o`qituvchilar, vrachlar, agranomlar, injenerlar O`rta osiyoning o`tmish va o`sha davrdagi siyosiy, iqtisodiy ahvolini, o`lkada bilimlarning tarqalishini, ma`rifiy ishlarning ahvolini o`rganishga qiziqdilar. Ular o`lkada ilmiy-tadqiqotlarning yaratilishiga, kutubxonalar va muzeylarning tashkil qilinishiga turtki berdilar.
1867 yil 16 avgustda o`sha paytdagi Turkiston regional-gubernatori K.P.Kaufman Xalq maorifi Ministrligi, fanlar akademiyasi, xalq kutubxonasiga, Geografik jamiyat ba Rossiyaning bosh shtabiga kutubxona tashkil etish va uni kitob fondini to`ldirishda bevosita yordam berishni so`rab murojat qildi. Ular o`z jamg`armalarini dublikat kitoblarini Toshkentga-Turkiston xukumatiga jo`nata boshladilar, xar`kov universiteti esa muntazam o`z nashrlaridan jo`natib turdi. Bundan tashqari ko`pgina shaxslar sovg`a sifatida ham kitoblar yuborib turdilar. Shunday qilib 1870 yil aprelida 2200 tom (1200)nomda dan iborat jamg`arma yig`ildi, bu esa bo`lg`usi Turkiston kutubxonasining asosini tashkil qildi.
Kutubxonaga kelib tushayotgan hamma adabiyotlar tavsif qilindi, bu katta ishni o`sha paytdagi Turkiston general-gubernatorining munshiyxonasi xodimi N.V.Dmidrovskiy amalga oshirdi. Dmidrovskiy Toshkent xalq kutubxonasi tarixida juda katta rol o`ynadi.
U o`lkani chuqur biluvchi va katta bibliofil (kitobsevar) sifatida umrining oxirigacha kutubxona faoliyatida faol qatnashdi.
1870- yil may oyida Dmidroviskiy tuzgan tavsif ko`rib chiqilgandan so`ng munshiyxona binosida xalq kutubxonasini ochish imkoni paydo bo`ldi. Taniqli kutubxonashunos olim va biblograf, keyinchalik A.Navoiy nomidagi respublika davlat kutubxonasini ilmiy xodimi bo`lib ishlagan E.G.Betgerning ma`lumotlariga ko`ra kutubxona 1870 yil 7-12 iyun orasida ochilgan. Ancha vaqt kutubxona general gubernatorining nazoratida va boshqaruvida bo`lgan. 1872-yil 12-iyunda N.V.Dmidroviskiy kutubxonadan ketadi va uning o`rnini musiqachi mutaxasisligiga ega bo`lgan nazoratchi V.V.Chuykir (1884 yil 12 yanvargacha )
Kutubxona jamg`armasi yildan yilga o`sib boradi 1876 yilga kelib u 4401 nusxani tashkil etdi. 1882 yilga qadar, avval general gubernator Q.P.Kaaufman, so`ngra vaqtincha bu vazifani bajaruvchi G.A.Kolpakoviskiy kutubxona ishini yaxshilashga, uning fondini aniq hisobga olib borishga ko`p etibor qilishdi. Lekin, 1882 yil o`lkaga general-gubernator bo`lib kelgan M.G.Cherneyayev bo`lsa kutubxonaning xatto yopib qoyilishiga sababchi bo`ldi. Cherneyaevning buyruxi bilan kutubxona taftish qilindi 1883 yil 1 yanvarda kutubxona faoliyatini toxtatish to`g`risida qaror chiqarildi. Kutubxona fondi mazmuniga ko`ra bir qancha boshqa tashkilotlarga tarqatildi. Chernyaev vazifasidan ozod qilingandan so`ng kutubxona ishini kuzatish komissiyasi tuzildi va kutubxona yana o`z faoliyatini boshladi.
Kutubxona fondi u tashkil qilinmasdan oldin 1867 yildayoq yig`ila boshlagan edi. Yuqorida qayd qilinganlardan tashqari osiyo muzeyi, Peterbueg Batanika bog`I, Tabiatni sevuvchilarning Maskva jamiyati, Markaziy statistic qo`mitasi, Pochta va Tekegraf bosh boshqarmasi, imperator erkin iqtisodiy jamiyati, Rumyansev muzeyi han o`z kitoblaridan jo`natishgan edi.
Ayniqsa, to`ntarishdan oldingi kitob fondining asosiy qismini to`plashga mashxur biblograf V.I.Mejof muxim o`rin tutdi. U peterburgda yashab turib, kutubxonaga adabiyot olish uchun ajratilgan mablag`ga “Osiyo ma`zmunidagi adabiyotlarni” sotib olish Turkiston general-gubernatorining munshiyxonasiga kutubxona uchun yuborib turdi.
Kutubxona ochikgandan so`ng ayrim mashxur shaxslar ham kutubxonaga adabiyot jo`natdilar. XVI-XVIII asrlarda nashr qilingan harbiy, tarixiy, geografik va gumanitar mazmundagi adabiyotlar kelib tushdi. Ular orasida A.S.Pushkin juda ko`p foydalangan 39 nomdagi 189 tomlik kiyoblardan biri xozirki kunda ham kutubxona fondida saqlanmoqda. 1895 yili Toshkentda surgunda yurgan buyuk knyaz Nikolay Konstantinovich Ramanov kutubxonaga turli tildagi o`rta Osiyo haqidagi 5000 kitobni sovg`a qildi. 10 yildan so`ng esa yana turli mazmundagi G`arbiy Yevropa tillaridagi 447 tildan iborata 1293 kitobni sovg`a qildi. Turli kitob magazinlari, mahalliy bosmahonalar jurnal va gazeta muxariryatlari ham kutubxona fondining boyishida o`z xissalarini qo`shganlar. Kutubxona o`z fondini to`ldirishda kitob almashish va chet el muassasalaridan kitob olish usulidan ham foydalangan. 20-asrning birinchi o`n yilligiga kelib, kutubxona fondining to`rtdan bir qismini tilshunoslik va og`zaki adabiyotlar tashkil etardi.
1917 yilga kelib kutubxona fondi 80000 dan oshib ketdi. O`sha paytda kutubxonaning asosiy fazifasini Shrq mazmunidaki barcha adabiyotlarni saqlovchi yirik tashkilotni yuzaga keltirishdan iborat edi. Kutubxonada qimmatbaxo adabiyotlar to`plana boshlandi. 1905 yil imperator halq kutubxonasi Quronning zeb-ziynatli nusxasini jo`natdi. Professor N.I.Vaselovskiy Go`r-Amir maqbarasini tafsiflovchi tarixiy-arxitektura nashrini sovg`a qildi. 1907 yil xarbiy V.P.Kolosovskiy kontr-admiral A.I.Butakovning o`z qo`li bilan yozgan hujjatlarini va Amudaryo va Orol dengizini tadqiq etuvchi hujjatlarni keltirib berdi. O`sha vaqtda Qoshg`ardagi rus elchisi N.F.Petrovskiy 1909 yili Osiyo haqidagi adabiyotlarni jo`natdi, bu sharqshunoslik adabiyotlari Osiyo haqidagi ma`lumotlarni berishda boshqa hech bir joyda yoqligi yo`qligi bilan ahamiyatlidir.
Ayniqsa, “turkiston toqplami” muxim manba bo`lib qoldi. Bu to`plam O`rta Osiyo maslasiga oid katta qomusiy va monumental asardir. Buni mashxur rus biblografi V.I.Mejov tuzgan. U to`plamni Peterburgda tuzib, tayyorini Turkistonga jo`natib turgan.
To`plam 1887 yilgacha muntazam tuzib borildi. 20 yilda 416 tomi tayyorlandi. Unga 3 marta yordamchi ko`rsatkich nashr qilindi. Bular alifbo va sistemali ko`rsatkichlardir. To`plam 20 yillik tanaffusdan so`ng 1907 yilda bir qancha biblograflar: N.V.Dmidrofiskiy, A.A.Semenov, E.K.Betgerlar tomonidan davom ettirildi.
1916 yilga qadar yana 175 tomi tayyorlandi, shunday qilib to`plam 594 tomdan iborat bo`lib, unga kiritilgan maqolalar turkumi 10711 tani tashkil etdi.
O`tgan asrning oxirlarida Turkistonda tashkil etilgan birinchi mahalliy bosmahonalar ham o`zlarini toshbosma va litokrafik nashrlarni kutubxonaga uzatganlar. Ular orasida Xiva xoni Muhammad Raxim tomonidan tashkil etilgan birinchi litografik bosmahonadan chiqqan A.Navoiyning “Hamsa”sidan (1880,), Munis “Devon” va boshqalar.
Kutubxona faoliyat ko`rsata boshlagan davridan kutubxonalarning asosiy qismini harbiylar tashkil qilgan.N.V.Dmitroviskiyning ma`lumotiga ko`ra, afitserlar harbiy mazmundaki adabiyotlarni ko`proq so`raganlar.1870 yilning mayidan 1871 yilning sentabrigacha kutubxonadan foydalangan kitobxonlar haqidaki ma`lumotga etibor bersak, jami 75 kitobxonga xizmat ko`rsatilgan, shundan 45 tasi afitserlar, 19 tasi amaldorlar, 5 tasi savdogarlar, 2 tasi ruxoniylar, 2 tasi harbiy yozuvchilar, 1 tasi mahhaliy bilim yurti talabasi, 1 tasi ayyol bo`lgan.
1876 yilda birinchi marta kutubxonadan foydalanish qoidasi nashr qilingan. Unda kutubxona har kuni bepul soat 10 dan kech 10 gacha xizmat ko`rsatilgan. Kitob uyga berilsa bir oyga 75 tiyn, bir yilga 6 so`m va 5 so`m garov olingan. 1878 yili kitobxonlar soni 182 tani tashkil etgan. 1906 yilga kelib ularning soni 2183 taga yetdi, O`quv zaliga qatnov 36000 tadan oshgan. 1906 yilga kelib o`zbek kitobxonlar soni 2059 bo`lsa, 1916 yil ularning soni 12975 tagaa yetgan.
1968 yil Turkistonda maorif va Xalq kommisarligi tashkil etildi. 1918 yil 21 aprelda Turkuston xalq universitetining ochilish marosimi bo`ldi. 1920 yil shu Universitet asosida Toshkent Davlat universiteti (o`sha paytda
Turkiston davlat universiteti) tashkil etildi. Turkiston Xalq kutubxonasi esa uning tasarufiga o`tdi.
Kutubxona fan, madaniyat arboblari va xalqqa xizmat ko`rsata boshladi.1919 yil may oyidan boshlab, Maorif xalq komissarligida kutubxonachilik bo`limi tashkil etilgandan so`ng Turkiston xalq kutubxonasi bevosita anashu bo`lim ixtiyoriga o`tdi. 1919 yil fevralida kutubxona turkiston xalq kutubxonasi, 1920 yil esa tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan Turkiston ASSR Xalq komissarligi Sovetning qarori bilan Turkiston Davlat kutubxonasi sifatida qayta tashkil etildi.
Endi Turkiston davlat kutubxonasi respublikaning markaziy kutubxonasi sifatida joylardagi yangi kutubxonalarga raxbarlik va amaliy yordam vazifasini bajara boshladi.
1918 yil 30 sentabrda E.K.Betger kutubxonachilk ishi bo`yicha o`lkaning raxbar-instruktori etib tayinlandi. Bu ish bo`yicha yana bir qancha intruktoor tayinlandi. 1919 yil 14 aprelda grajdanlar urushi qizigan bir paytda Turkiston o`lkasida kutubxonalarni milliylashtirish haqida Turkiston Xalq Komissarligi sovetining qarori chiqdi. Hamma ommaviy, shahar, jamoat, shaxsiy kutubxonalar Turkistton respublikasining xalq ta`limi komissariyati ixtiyoriga berildi. Ularning faoliyatini boshqarib borishi uchun bu yerda kutubxonachilk bo`limi tashkil etildi.
Shular qatorida Turkiston xalq kutubxonasi ham bor edi. 1919 yil kutubxona haqida nizom qabul qilindi. Unda belgilab berilganiga ko`ra, kutubxona joylardagi kutubxonalarga ko`rsatma berishi, yo`naltiruvchi va nazorat qilib turuvchiagent mutaxasislarni jo`natishi, kutubxonachilk bo`limi bilan birgalikda o`lkada kutubxonachi xodimlarni tayyorlash kurslarini tashkil qilishi, o`lka kutubxona qurultoylarini o`tkazishi, joylardagi kutubxonalar uchun o`lka kitob fondini tashkil qilishi kerag edi. Kutubxona Toshkent shaxrida va boshqa hududlarda ko`chma kutubxonalar, kutubxona filiallarini tashkil qilishi va nashriyotchilik faoliyatini ham olib borishi kerak edi.
Ortiqcha nushadagi adabiyotlar va keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan adabiyotlar kutubxona filiallarini tashkil etish maqsadida ajratildi. 1921-22 yillarda ular asta-sekinlik bilan Xalq Komissarlari Soveti ixtiyoriga, keyinroq esa Toshkent shahar xalq maorifi bo`limi ixtiyoriga o`tkazildi. Bir nechaa yildan so`ng ular asosida shaharning hozirgi rayon kutubxonalari vujudga keldi.
Turkiston xalq kutubxonasi uzoq joylarda masalan, Kerki, Kazalinsk, Cherniyaev va Samarqanda o`zining bo`limlariga ega bo`ldi.
1919 yil O`rta Osiyoda birinchi kutubxona xodimlarining ikki oylik malaka oshirish kurslari ochildi. Ularda N.A.Burov, A.A.Metlenkov, E.N.Betger va boshqalar dars berishdi. Kursda 40 ta kutubxonachi o`qidi.
1921-yil sentabrdan kutubxonalar haqidagi nizomga ko’ra kutubxona mudiri kutubxona direktori deb yuritila boshlandi. Shu yili kutubxonalaer fondini markazlashtirilgan holda to`ldirish maqsadida Toshkentda kutubxona kolektori tashkil qilindi. 1920-yildan Turkistondan mahalliy davlat nashriyotlari ha tashkil qilina boshlandi. Kutubxona fondi ana shu tashkilotlar orqali boshqa respublikaning kitob palatalari jo`natayotgan adabiyotlar evaziga to`lab bordi. Ayniqsa kutubxona bu yillarda qadimgi qo`lyozma adabiyotlarni to`plashga etibotr berdi. Kitobxonlar soni ortib bordi ularga bepul xizmat ko`rsatish ham kengaydi. 1921-yil sentabrda (kutubxona haqida nizom) qabul qilindi. Nizomga ko`ra, kutubxona aholining hamma qatlamiga bepul xizmat ko`rsatishi (matbuot asarlar va qo`lyozmalar uyga berilmaydi) taqiqlandi, kutubxonadan foydalanish qoidasi kutubxona kengashi tomonidan ishlab chiilishi kerak deb belgilandi.
Kitobxonlar tarkibi va soni oshdi. Qizil armiyachilar, siyosiy hodimlar, ishchilar guruhi paydo bo`ldi. Kitobxonlarning asosiy tarkibini oily va boshqa o`quv yurtlarining o`quvchilari tashkil qiladi.
1923 yil 17-dekabrda Turkiston respublikasi halq komissarlar saveti Turkiston davlat kutubxonasida spravka-biblografiya buyurosi haqida nizom va qoidalarni tasdiqladi, maqsad kutubxonada spravka-biblografiya xizmatini yaxshilashdan iborat edi.
Kutubxona 1920 yildan nashriyotchilik faoliyatini ham boshladi. 1924 yil 16 sentabrda kutubxona qoshida biblografiya politsiyasi tuzildi. Bu komissiya 1925 yil 4 aprelda qadar faoliyat ko`rsatdi. Shu yili 26 dekabrda kutubxona O`rta osiyop davlat kutubxonasi deb o`zgartirildi. 1934 yil 21 oktabrda o`rta osiyo tugatilishi bilan kutubxona O`zbekiston SSR davlat kutubxonasi deb qayta nomlandi. 1938 yil 27 fevralidan kutubxona o`zbekiston xalq komissarlari soveti ixtiyoridan o`zbekiston xalq ta`limi komissarligi tasarufiga o`tdi.
O`zbekiston SSR xalq maorifi komissarligining 1933 yil 25 apreldagi “respublika qo`lyozma fondlarini birlashtirish haqida”gi qaroriga ko`ra kutubxona O`zbekiston SSR ning qo`lyozmalarni saqlovchi markaziy muassasasiga aylantirildi.
1937 yil 17 mayda metodik markaz sifatida kutubxonada kutubxonashunoslik va biblografiya kabineti tashkil etildi.
Urish yillarida kitobxonlar soni ortdi ularning tarkibi ham kengaydi: talabalar, ilmiy hodimlar, ishchilar, harbiylar, vaqtincha Toshkentga o`chib kelgan taniqli kishilar shular jumlasidandir.
Kutubxona xarbiylar kasalxoalarida, zavod fabrikalarida omaviy ishlar olib bordi.
Ma`lumotnoma-biblografiya ishlarti kengaydi. Tavsiya biblografiyasi turli mavzular, turli muomolar bo`yicha avvalgiga nisbatan juda ham ko`p tuzildi.
Urish yillarida ilmiy sesiya va yig`ilishlar ham o`tkazilib turildi. Kutubxona tarixida birinchi marta 1942 yil Ulug` Oktyabrning 25 yilligiga bag`ishlangan birinch sessiya bo`lib o`tdi. Unda yirik kutubxonashunos va biblograf olimlar turlio ma`lumotlar yuzasidan mavzular bilan qatnashdilar.
Ikkinchi sesiya 1944 yil o`tkazildi bu respublikaning 20 yilligiga bag`ishlandi. 1945 yl 25 – 27 iyulda kutubxona tashkil topganinning 75 yilig yubleyiga bag`ishlangan sessiya bo`ldi. Unda E.K.Betger T.G.Stern, N.N.Yakovlev, N.N.Benediktova professor A.A.Semenovlar qatnashdi.
Urushdan keying yillarsda kutubxona fondi yana boyib bordi. Balgarya, Polsha, Ruminya, Aqsh,Yaponya, Fransiya, Angliya, Germanya, Koreya xalq demokratik respublikasi va boshqa davlat kutubxonalari bilan kitob almashdi.
!970- yilga kelib dunyoing 90dan ortiq yirik kutubxonalari bilan kitob almash abo shladi . Ular orasidan Arabiston, Turkiya, Eron, Avg`on kabi mamlakatlar ham bor.
1971 yilga kelib kutubxonaning kitob fondi 3.718333 dan oshdi. 50dan ortiq mamlakat kutubxonalari bilan KAA orqali kitob almashdi.
Kutubxona 1948 yil 15 maydagi O`zSSR vazirlar kengashining qaroriga ko`ra, buyuk mutafakkir va shoir A.Navoiy nomi bilan atala boshlandi.
Kutubxonaning tarkibiy tuzilishi O`zvbekiston madanyat ishlar vaziri tomonidan tasdiqlandi. Unda dereksiya, kutubxona fondinin tio`ldirish bo`limi va ichki va xalqaro kitob almashuv sektori: kitob fondiga ishlov berish va kataloglarni tashkil etish hamda O`rta Osiyo xalqlari adabiyotiga ishlov berish , alifbo va sistemali katalog, adabiyotlarga gurpali ishlov berisgh sektorlari bilan birga, kitobxonlarga xizmat ko`rsatish bo`limi: kutubxonalar aro aboniment, sanat, omaviy ishlar, chetel adabiyotlari bo`limi va o`quv zali, kitob fondini saqlash bo`limi, milliy biblografiya, ma`lumotnoma-biblografiya, ilmiy-tadqiqot, imiy-metodik, noyob nashrlar o`smirlar bo`limi mavjud edi.
Kutubxona xozirki vaqtda bosma sarlarning milliy xazinasiga aylangan bo`lib uning umumiy miqdori 5 milyon bosma birlkni tashkil etadi. 1991 yilda 77,9 ming nusxa yangi matbuot asarlari bilan to`ldirildi. Olingan nashrlarning 11,6 % ya`ni 9100 nusxadan ortig`I o`zbek tilidagi nashrlardir.
Kutubxona 35 xorijiy mamlakatlarni 97 ta kutubxonasi bilan, sobiq ittifoqdosh respublikalaring 190 kutubxonasi bilan nashrlar almashadi.
Kutubxona respublika milliy kutubxona sifatida O`bekistonda chiqadigan nashrlarning bepul majburiy nusxasini oladi. U tafsiya biblografyasining hamda kutubxonashunoslik, biblografiyashunoslik, kitobshunoslik bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarining markazi xisoblanadi. Shuningdek, u madaniyat va san`at masalalari yuzasidan axborot, kutubxonalar aro abonent va xalqaro kitob ayrboshlash muomolari bo`yicha muvofaqlashtiruvchi markazdir.
Kutubxona respublika miqyosida bosh metodik markaz rolini bajaradi. U barcha oblast kutubxonalari faoliyatini o`rganadi, ularga tavsiyalar, operativ xatlar, metodik ko`rsatmalar ishlab chiqish, seminaerlar, konfrensiyalar tayorlash va o`tkazishda metodik yordam ko`rsatadi, raxbarlikni amalga oshiradi.
Kutubxona bosh metodik markaz sifatida respublikadaki boshqa tarmoq metodik markazlari faoliyati bilan o`z ishlarini muvofiqlashtiradi, ilg`or tajribalarni o`rganadi, taxlil qiladi va tegishli kutubxonalar ishlariga joriy qiladi. Ilmiy-metodik ishlar bo`yicha muvofiqlashtiruvchi markaz vazifasini bajara borib, A.Navoiy nomidagi respublika milliy kutubxonasi metodik ishlarning yig`ma istiqbolli va joriy rejalarini (“O`zbekistonda kutubxona ishiga oid metodik qo`llanmalar sistemasi 1986-1990 va 2000 yillargacha”) takomillashtirmoqda. U respublika kutubxonalarining o`zaro hamkorligi to`g`risidagi nizomini ishlab chiqadi, ilmiy-amaliy konfrensiyalar o`tkazadi, kutubxonalarning ishi ko`rigini tashkil qiladi.
Milliy kutubxona ommaviy kutubxonalar uchun 1961-yildan boshlab o`zbek va rus tillarida “ Muxim sanalar kalendari” 1976 yildan ilmiy, nazariy ham amaliy masalalar yoritiladigan “O`zbekiston kutubxonalari” to`plamini, har yili 30 nomga yaqin metodik qo`llanmalar nashr etib, kutubxonalarga tarqatadi.
Oblast davlat universal ilmiy kutubxonalari (bundan keyin qisqacha oblast kutubxonasini OK deb ataymiz) OK tashkil qilingan dastlabki yillardayoq bu kutubxonalarning masdaniy-tarbiyaviy faoliyat ularning adabiyotga bo`lgan kasbiy talablarni qondirish vazifasi bilan qo`shib olib borilmoqda. 30-yillardan boshlab rasmiy xujjatlarda, 1965 va 1983 yillardagi namunaviy ustavlarda OK doimo universal ilmiy kutubxona deb hisoblanadi.
OKning turkumiy xususiyatlariga ta`rif bergan vaqtda ular tarixiy taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlarini xisobga olish lozim. Birinchidan, 60-yillarning o`rtalariga qadar OK ma`lum darajada ommaviy kutubxonalar vazifasini bajardi, bu esa, ilmiy va maxsus adabiyotdan yetarli foydalanmaslikga olib keldi. Ikkinchidan ko`p yillar mobaynida bu kutubxonalardagi ilmiy adabiyotlarning universal fonda mavjud regiondagi deyarli yagona muasasa bo`lib qolganligi oqibatida ayrim OK o`z faoliyatining vazifa va mavzu chegaralari to`g`risida aniq tasavurga ega emasdilar hamda 60- va 70-yillarda vujudga kelgan maxsus kutubxonalarning imkonyatlarini xisobga olmay, barcha axborot talablarini o`z kuchlari bilan qondirishga harakart qildilar.
Mafkuraviy va axborot muassasasi bo`lgan OK etibori mexnatkashlarni axloqiy tarbiyalash maqsadida va ilmiy-texnika taraqqiyotiga yordam berish yuzasidan adabiyotni keng targ`ib qilishga qaratilgandir.
Universal ilmiy kutubxonalar sifatida OK ni rivojlantirish tabaqalashtirilgan tarzda xizmat ko`rsatishni shunday tashkil qilishni taqazo etadiki, toki u kitobxonlar barcha guruhlarining ortib borayotgan qiziqishlarini qondiradigan bo`lsin. Shu boisdan ishchilar, xizmatchilar, talabalar va boshqa guruxdaki kitobxonlarning maxsus talablarini qodirish, ilmiy xodimlarga va xalq xo`jaligi mutaxasislariga xizmat ko`rsatish OKning muxim vazifasidir. Bunda OK davlat boshqarish organlari xodimlariga, olimlarga, xalq xo`jaligi mutaxassislariga, xalq maorifi va madaniyat xodimlariga, sanoat va qishloq xo`jaligi ilg`orlariga, ixtirochilarga ko`proq etibor beradi.
OKning universal ilmiy kutubxonalar sifatida qaror topishi va rivojlanishi O`zbekistonning ma`muriy-xududiy rayonlari iqtisodiyotini, fanini va madaniyatini rivojlantirish bilan chabmarchas bog`langan. OK yagona xududiy ma`lumotnoma axborot fondlarini vujudga keltirish doirasida oblastining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, tabiy-geografik, demografik xususiyatlariga muvofiq bilimlarning barcha soxalari bo`yicha o`z kitob fondini to`ldiradi. U mazkur xududda yashayotgan xalqlar tillaridagi adabiyotni va o`lkashunoslik adabiyotlarini zo`r berib to`playdi. Pullik majburiy nusxa negizida tarkib topgan g`oyat boy universal fondga ega bo`lgan OK ( bir OKga o`rta xisobda 500 ming nusxa to`g`ri keladi) regionda matbuot asarlarining markziy ombori vazifasini bajaradi. OKlar oblast ahamiyatiga ega bo`lgan depositor kutubxona xisoblanadilar. O`lkashunoslik soxasidagi regional axborot biblografik, ilmiy-tadqiqot hamda uslibiy markaz vazifasini bajarishi OKning eng muxim xususiyatlaridan biridir.
Kitob fondini to`ldirish, ma`lumotnoma-qidiruv aparatini va kutubxona-axborot xizmati ko`rsatishni tashkil etishdan iborat barcha kutubxonalar uchun umumiy bo`lgan vazifani OK oblastda tarkib topgan axborot qo`rlarini hamda boshqa sistema va turli idoralarga qarashli kutubxonalar va ilmiy-texnika axboroti organlari taqdim etadigan anashunday qo`rlardan foydalanish imkonyatlarini xisobga olib ado etadi. Universal ixtisosdagi birdan-bir xududiy ilmiy kutubxona sifatida OKning o`ziga xos xususiyati ana shundaydir.
Ilmiy-texnika axboroti umumdavlat sistemasi hamda madaniyat vas n`at bo`yicha axborot xududiy organlarining yo`qligi oblast kutubxonalarida xududiy ilmiy-texnika axboroti markazlarini tashkil qilishni taqazo etdi. Xozirgi vaqtda OKning asosiy ko`pchiligida shunday bo`linmalar ishlab turibdi. Ma`lumotnoma axborot fondlari vujudga keltirilmoqda, axborot abonentlari doirasida belgilanmoqda, muasasalarda hamda madaniyat va san`at muxlislariga axborot xizmati ko`rsatish shakllari tarkib topmoqda.
OK da tabiy-ilmiy va tabbiy, fizika-matematika va texnik, san`at va badiy, gumanitar fanlarga oid adabiyot; qishloq xo`jaligi, o`lkashunoslik va milliy adabiyotlar majmuidan iborat bo`limlar tashkil qilindi.
Regionning ilmiy-texnika imkoniyati darajasiga (sanoat ishlab chiqarish tuzilishi, ilmiy muassasalar va oily o`quv yurtlari tarmog`I, olimlar va mutaxasislar soni va tarkibi) hamda maxsus kutubxonalar va ilmiy-texnika axboroti organlarining mavjud tarmog`iga qarab OKni shartli ravishda uch guruhga bo`lish mumkin.
Ilmiy va loyixa tashkilotlari ko`p bo`lgan, xalq xo`jaligi tarmoqlari keng rivoj topgan, injener-texnik xodimlar va xalq xo`jaliginin boshqa mutaxassislari hamda talabalar ko`p to`plangan, boshqa sistemalardagi va turli idoralarga qarashli kutubxonalar tarmog`I rivojlangan, markaziy xududiy tarmoq kutubxonalari hamda axborot organlarining ilmiy-texnika axboroti kutubxonasi, oblast tibbiy kutubxonasi, fanlar akademiyasi ilmiy kutubxonalari va shu kabilar mavjud bo`lgan eng yirik oblast, respublika markazlarida joylashgan kutubxonalar bitinchi guruhga kiradi (masalan Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg`ona oblast kutubxonalari).
OKning ikkinchi guruhi ilmiy muassasalar va oily o`quv yurtlarining tarmog`I kamroq rivoj topgan, asosan sanoat korxonalari ko`p bo`lgan, tor tarmoqlar bo`yicha maxsus kutubxonalar ishlab turgan, ilmiy-texnika axboroti territorial markazlari bo`lmagan yirik oblast markazlarida joylashadi (Buxoro, Namangan oblastlari kutubxonalari).
Uchinchi o`ringa o`rtacha kattalikdagi shaxarlaening OK, shuningdek kichik shaxarlarda yangidan barpo etilgan OK tashkil etadi. Bunday shaxarlarda mutaxasislar o`rtasida ilmiy xodimlar tabaqasi ko`p emas, injenerlar soni ancha kam, maxsuskutubxonalar tarmog`I sust rivojlangan (Qoraqalpog`iston Respublikasi kutubxonasi, Xorazim,Qashqadaryo, Surxondayo, Jizzax,Sirdaryo, Navoiy oblastlari kutubxonalari).
Ushbu guruh OK vazifalarining muayyan darajada tabaqalashtirilganligi kuzatish imkonini beradi. Chunonchi, birinchi guruhdagi OKlari umumiy, tarmoqlararo muamolarga oid adabiyotni shakllantirish va targ`ib qilishga hamda fanlar o`rtasida bog`lanishlarni alohida etibor berayotgan bo`lsalar, ikkinchi guruh uchun kitob fondlarini vujudga keltirishda katta universallik hamda fanlar o`rtasidagi bog`lanishlarga alohida etibor berayotgan bo`lsak, ikkinchi guruh uchun kitob fondlarini vujudga keltirishda katta universallik hamda etiborni ko`proq injener-texnik xidimlar, o`qituvchilar, madaniyat arboblari, talabalar va o`quvchilardan iborat kitobxonlarga xizmat qilishga qaratish xarakterlidir.Uchinchi guruh regiondagi aholining barcha guruhlariga xizmat qiluvchi kutubxona-axborot markazi sifatida ish ko`radi hamda maxsus kutubxonalar uchun ham-xos bo`lgan ish shakllari va usullarini qo`llaydi.
OK mazkur guruhlaridan kelib chiqadigan umumiy xulosa shundan iboratki, regiondagi maxsus kutubxonalar tarmog`I qanchalik keng bo`lsa, olimlar va mutaxasislarning tor doiradagi talablarini qondirishda OKning vazifasi o`shancha tor bo`ladi va shu bilan birga muvofiqlashtiruvchi markaz sifatidagi uning roli ancha katta bo`ladi. Xozirgi OK regiondagi boshqa kutubxonalarga faqat metodik yordam berayotgan shuningdek regional kutubxona sistemasining yo`q bo`g`inlarining yoki yaxshi ishlayotgan bo`g`inlatining bosadigan muassasalardan ancha o`sib ketdi. Bunday kutubxonalar o`z faoliyati tarsi, fondining sifati va xajmi, kadrlarning tayyorgarligi jixatidan regiondagi barcha kutubxonalar bilan kelishilgan holda rejali ishlashni ta`minlaydigan markaz bo`lishi mumkin. OK regiondagi eng yirik xalq kutubxonasi, kutubxonalar aro abonentlarning, tavfsiya biblografyasining, turli idoralar kutubxonalarining axborot-biblografik, metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarining universal markazi rolida ish ko`rib, ana shu vazifani hal qilmoqdalar.
Vujudga kelgan an`anaga muvofiq OK ilmiy va metodik ishni avvalo davlat va kasaba uyushmasi markaziy kutubxonalariga, maktab kutubxonalariga, shuningdek o`z metodik markazlariga ega bo`lmagan boshqa kutubxonalarga yordam tariqasida olib boradilar. OK boshqa idoralar (ITA, akademiya, oily o`quv yurtlari va boshqa idoralar) metodik markazlari bilan o`z ishlarini muvofiqlashtirish asosida bog`lanadi.
Ilmiy-metodik markaz sifatida OK oblastd kitobni targ`ib qilish shakl va usullarini takomillashtiradilar: ilg`or tajribalarni aniqlaydilar, o`rganadilar va umumlashtiradilar, ilmiy tadqiqotlar va ilg`or natijalarini joriy etishni tashkil qilladilar; ilmiy-amaliy konfrensiyalar, kengashlar, seminarlar, praktukumlar o`tkazadilar, stajirofkalar uyushtiradilar, ilg`or tajriba maktablarini tashkil qiladilar, kutubxona xodimlarining malakasini oshirish kursali ishida qatnashadilar; asosan o`lkashunoslik mazmunidagi metodik qo`llanmalar va tavsiyanomalar, ilmiy-yordamchi va tavsiya biblografik ko`rsatkichlar nashr etadilar; barcha turdagi musobaqa va konkurslar (masalan, eng yaxshi ilmiy ish uchun) tashkil etish va o`tkazishda qatnashadilar.
Kutubxonashunoslik, biblografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida mahalliy ilmiy-tadqiqotlar o`tkazishda va markazlashtirilgan ana shunday tadqiqotlarda qatnashishda, ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy metodik ishlar (ITI va IMI) ning respublika muvofiqlashtiruvchi rejalariga takliflar tayyorlashda va shu rejalarning bajarilishini tashkil etish hamda nazorat qilishda OK qo`shayotgan hissa rejali ravishda ortib bormoqda.
O`tgan yillar mobaynida ITI va IMI ni tashkil etishning ta`sirchan (amaliy) mehanizm qaror topdi. OK xuzurida MKC direktorlarining kengashi, ilmiy-metodik kengash taxririy nashriyot guruhi, muvaqqat ilmiy va metodik komissiyalar tuzilmoqda. ITI sektori bo`lgan ilmiy-metodik bo`lim oblast kutubxonalari ITI va IMI butun muomolarini va tashkil etish ishlarini o`zida to`playotgan oblast kutubxonasining muxim bo`linmasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |