I bob Kutubxona xaqidaki ta’limot


Ommaviy davlat kutubxonalarining



Download 44,04 Kb.
bet4/4
Sana13.01.2022
Hajmi44,04 Kb.
#355207
1   2   3   4
Bog'liq
Umumiy Kutubxonashunoslik (2)

Ommaviy davlat kutubxonalarining

Markazlashtirilgan sistemalari

Shahar va qishloq aholisiga xizmat qiluvchi ommaviy davlat kutubxonalari markazlashtirilgan kutubxona sistemalariga (MKS) birlashgandirlar. Ommaviy davlat kutubxonalari ma`muriy hududiy bo`linishga muvofiq joylashtiriladi. Markazlashtirish ommaviy davlat kutubxonalari tuzilishining tashkiliy prinsipidir.

Ommaviy davlat kutubxonalarining markazlashtirilgan sistemasi- bu umumiy kitob fondi va shtatiga ega bo`lgan, markazlashtirilgan asosda adabiyotlar bilan to`ldirilgan va ishlov berilgan tashkiliy va texnikaviy birlik asosida ishlaydigan, tuzilish jixatidan bir butun kutubxonalar majmuidir.

Ommaviy kutubxoalarning markazlashtirilgan kutubxona sistemalariga birlashtirilishi katta kitob fondiga, birmuncha mukammal ma`lumot biblografik aparatga ega bo`lgan yirik kutubxona muasasalarini vujudga keltirish imkonini beradi, kitobxonlarning talablarini ko`p, qo`shimcha chiqim qilmay, kutubxona sistemasi fondlaridan oqilona foydalanish hisobiga tez va birmuncha to`liq qondirish yuzasidan ularning imkonyatlarini ancha kengaytiradi va ko`paytiradi. MKS yagona kutubxona fondiga adabiyotni har tomonlama tanlash, keng axborot ishlarini olib boorish, kitobni va kitobxonlar bilan ishlashni yuksak darajada targ`ib qilish asosida aholiga kutubxona xizmati ko`rsatishni ta`minlaydi.

Markazlashtirilgan kutubxonalar ishini tashkil etish va ularni boshqarishni takomillashtirish ular faoliyatining ajralib qolishini bartaraf etishga, xodimlarning ish unumini oshirishga yordam beradi. Xozirgi vaqtda O`zbekiston Madaniyat ishlari Vazirligiga qarashli ommaviy davlat kutubxonalari sistemasida 199 ta markazlashtirilgan kutubxonalar sistemasi ishlab turibdi. Ommaviy davlat kutubxonalarini ochish va ma`lum regionlarda joylashtirish, markazlashtirilgan sistemalar barpo etish tartibi ommaviy davlat kutubxonalarini markazlashtirish to`g`risidagi maxsus Nizom bilan tartibga solinib turiladi.

Fazifa yuzaki majburiy bo`ysundirishdan, quyi kutubxonalarni markaziy kutubxonalarga maxkam bog`lab qo`yishdan va ularning faoliyatini ikir-chikirigacha qattiq tartibga solishdan iborat emas, balki kutubxonalar sistemasi barcha bo`g`inlarini markazlashtirish va nomarkazlashtirishning oqilona nisbatini belgilash va ro`yobga chiqarishdan hamda ular o`rtasidagi vazifalarni aniq taqsimlashdan iborat. Kutubxonalarni boshqarishda markazlashtirilgan asoslarning faol rolini saqlagan holda kutubxonalarning tashabbu8sini va mustaqilligini, umuman kutubxona sistemasi maqsadlari va vazifalari bilan ularning ishlash birligini ta`minlash zarur.

Kutubxonalar tarmog`ini markazlashtirish, ularni adabiyotlar bilan to`ldirish va fondga ishlov berishning, ma`lumotnoma-biblografik xizmati ko`rsatishning qoloq va kam samara beradigan usullarining o`rnini bosadi, boshqa qo`rlardan keng foydalangani holda malakali mutaxassislarning batartib ishlashini taqazo etadi. Oqibat natijada markazlashtirish kutubxonalar sistemasi tarkibiga kiruvchi barcha kutubxonalarni rivojlantirish yo`llarini belgilashda ham, uning ma`lum tartibda ishlashga oid asosiy muammolarini hal qilishda ham hamjihatlikni ta`minlaydi.

Xaddan tashqari ortiqcha tartibga solib turish markazlashtirishda havfli, salbiy omil xisoblanadi, bu xol ba`zan shunga olib keladiki, natijada quyi kutubxonalarning sharoitlari va xususiyatlari hisobga olinmaydi. Holbuki, kutubxonalar maqsad va vazifalariningmushtarakligi va birligi ularni bir-biri bilan chambarchas bog`laydi. Biroq ular funksional va hududiy jixatdan tabaqalashtirishi munosabati bilan kutubxonalarning har biri o`ziga hos vazifalarni bajaraveradi. Shu boisdan ko`pgina kutubxonachilik jarayonlari bo`yicha kutubxonalar faoliyatini kelishib olish, zarur bo`lgan barcha muomolarni bir markazdan turib hal qilish mumkin emas. To`g`ri elektron hisoblash texnikasi yangi imkonyatlarni ochib bermoqda. Yagona va tez ishlaydigan hisoblash sistemasining vujudga keltirishi boshqa yo`llar bilan qamrab olish mumkin bo`lmagan jarayonlarni markazlashtirilgan tarzda o`zaro bog`lash imkonini beradi. Lekin bu imkonyatlar ham cheksiz emas.

Nomarkazlashtirish kutubxonada kutubxonalarga birmuncha operativ xizmat ko`rsatishni ta`minlaydi, konkret vaziyatni yaxshiroq hisobga olish imkonini beradi. Quyi kutubxonalarning kutubxonalarga bevosita yaqin bo`lishi, ularning talab-extiyojlarini yaxshi bilish, ularga xizmat ko`rsatish shakl va usullarini epchillik bilan almashtirish, ularning talablarini aniq va jadal qondirish imkonini yaratib beradi. Ayni vaqtda nomarkazlashtirish bir qancha salbiy jixatlar bilan harakterlanadi. Kadrlar malakasining ancha past bo`lishi tufayli bu hol ba`zan hato yechimlarga olib kelishi mumkin.

Markazlashtirish va nomarkazlashtirish darajasi baravor bo`lishi lozim. Kutubxonalarni markazlastirish bilan ularning kundalik ishlab chiqarish mustaqilligi o`rtasida qulay nisbatning bo`lishi ularning samarali ishlashiga yordam beradi. Markazlashtirish kurtubxonalarga kitob fondini rejali ravishda, o`zaro foydalanish imkonyatini ta`minlaydi, o`z fondini kam foydalaniladigan yoki ixtisosga oid bo`lmagan adabiyotdan muntazam ravishda bo`shatib, ularni markaziy kutubxona yoxud boshqa biron kutubxonaga topshirish xuquqini beradi. Adabiyotning uzluksiz aylanib turishi, butun kutubxona sistemasi foydalanayotgan kutubxona fondining xarakatda bo`lishi, ayrim kutubxonalar doirasi bilan cheklangan fondler xaqida axborot-bularning xammasi har bir kutubxonaga o`rinsiz xarajatlarga yo`l qo`ymaslik, o`z fondini vujudga keltirishni, xizmat qilayotgan rayon (korxona, oily o`quv yurti, ilmiy muasasa) ixtisosga va ish rejasiga bo`ysundirish imkonini beradi. Markazlashtirish filiali kutubxonalarni bir qancha vazifalaridan (fondni adabiyot bilan to`ldirish hamda ishlov berishdan va shu kabi boshqa ishlardan) halos etadi, ularga diqqat-etiborini kitobxonlar talabini birmuncha to`liq qondirishga qaratish imkonini yaratadi.

Har bir markazlashtirilgan sistemani vujudga keltirishdan oldin birlashtirilgan kutubxonalar va kutubxonalar tarmog`I xususiyatlarini sinchiklab o`rganish zarur. Markazlashtirilgan kutubxona sistemalari (MKS) vazifalar va xuquqlarni taqsimlashning bir xil tayyor qolipi asosida yagona umumiy andoza bo`yicha barpo etilmaydi. Kutubxona jarayonlarini markazlashtirish darajasi, shakllari, hajmi va ularni boshqarish vazifalari bir xil bo`lmasligi mumkin. Turli MQSlarda kutibxonalarni to`la markazlshtirish ha ro`y beradi, bunda markaziy kutubxonalaning filiallariga aylanadigan kutubxonalarining huquqiy ahvoli o`zgaradi, shuningdek ayrim kutubxonachilik jarayonlarini qisman markazlashtirish sodir bo`ladi, bunda kutubxonalarning tegishli tashkilotlar va musasalarga ma`muriy bo`ysunishi o`zgarmay qoladi. Aralash tipidagi MQSlar ham tashkil qilinishi mumkin, bunday sistemalarga filyallarga aylantirilgan kutubxonalar ham qisman markazlashtirish asosida birlashtirilgan kutubxonalar ham kiradi.

Kutubxona jarayonlarining birligini, kutubxona sistemasining boshqaruvini taminlash va shu asosida kutubxonalarga kutubxona xizmatini ko`rsatish va kutubxona fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirish-markazlashtirish darajasini belgilash g`oyat muxim me`zondir. Ana shu me`zon nuqtai nazaridan kutubxonalar mustaqil ishlashi yoki filliallar xuquqida bo`lishidan qat`I nazar, MQSning tarkibiy qismidir. U holda ham, bu holda ham kutubxonalar asosiy yo`nalishlarni, birinchi navbatda, kundalik masalalarni markazlashtirilgan tartibda, belgilangan doiralarda hal qilishda muayyan mustaqillikka egadirlar. Misol tariqasida Farg`ona oblasti Quva rayon MQSning (MQ va sistemaning bir filiali) faoliyatini havola qilamiz.

Quva MQ 1978 yilda qishloq va kalxoz kutubxonalari negizida tashkil topgan. Quva rayon kutubxonasining o`zi esa 1946 yil iyun oyida farg`ona oblast madaniyat boshqarmasining farmoniga ko`ra barpo qilingan. 1991 yilga kelib, sistema tarkibida MQ, 58 filial, 2 bolalar kutubxonasi va 3 jamoa xo`jaligi kutubxonasi mavjud bo`lib, rayon mehnatkashlariga namunali kutubxonachilik xizmatini uyushtirmoqdalar.

Quva MQning kitob fondi 1990 yilda 366.688 nusxani tashkil etib, 41916 kitobxonga 883.432 kitob bergan, kutubxona xizmati bilan rayon aholisining 43,3 foizini qamrab olgan.

Aholini g`oyaviy, siyosiy va ahloqiy jixatdan tarbiyalash hamda ularni umumtalim, ma`daniy va kasbiy bilimlarini oshirishda MQSga qarashli kutubxonalar muxim ishlarni amalga oshirganlar. Ayniqsa, o`zbek tiliga davlat maqomining berilishi, O`zbekistonning mustaqillikka erishishi, 1991 yilda buyuk ma`rifatparvar shoir A.Navoiyning tavalludining 550 yilligi munosabati bilan kutubxonalarda turli suxbatlar, kitob ko`rgazmalari, adabiy-badiy kechalar, uchrashuvlar o`tkazilgan, “Kitob munozarasi”, “Sharxlar”, “Kitobxon benefisi” kabi yangi kitob targ`iboti usullari keng qo`llanilgan.

MQSning Markaziy kutubxonasida jami 25ta xodim ishlaydi. Ulardan 16 kishi-oliy maxsus, 4-o`rta maxsus, 2 kishi-to`liqsiz oily, 3 kishi-o`rta ma`lumotga ega. Ular ish stajiga qarab quyidagicha tasdiqlanadi: 6 kishi-15 yildan ko`p, 3-10 yildan 15 yilgacha, 6-5 yildan 10- yilgacha, 10-5 yilgacha ish stajiga ega.

MQda asosiy kitob fondini to`ldirish va unga ishlov berish kitobxonlarga xizmat ko`rsatish, kutubxona fondini saqlash va ilmiy biblografiya bo`limlari mavjud. Barcha bo`limlarda malakali xodimlar faoliyat ko`rsatadi.

MQSning yagona fondini to`ldirish, xisobga olish va unga ishlov berish

Ko`p millatli O`zbekiston xalqi 1991 yil avgust-sentabrida o`tgan jumxuriyat Oliy kengashining sesiyasida ta`sis etilgan yangi bayram- “Mustaqillik kuni”ni birinchi marta nishonladi. Endilikda


Download 44,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish