I bob Kutubxona xaqidaki ta’limot



Download 44,04 Kb.
bet1/4
Sana13.01.2022
Hajmi44,04 Kb.
#355207
  1   2   3   4
Bog'liq
Umumiy Kutubxonashunoslik (2)


Umumiy Kutubxonashunoslik

I bob

Kutubxona xaqidaki ta’limot

1-& Kitob, kutubxona va jamiyat

Kishilik jamiyati tarixi bilmaslikdan bilishga tomon tutilgan yo’l, xur fikrlikning jaxolatparaslikka qarshi kurashi, aql-idrok va marifatning nodonlik va mutasiblik ustidan g’alabasi tarixidir. Insoniyat uzluksiz ijtimoiy taraqqiyot yo’lidan olg’a qarab bormoqda.Inson tafakkurining buyuk g’alabalarini o’zida saqlab kelayotgan insoniyatning ijtimoiy xotirasi esa anashu taraqqiyot asosini tashkil etadi. Ijtimoiy xotira hamma davrlarda axborotni qayd qilish yoki ro’yxatga olish, saqlash, qayta tiklash va avloddan-avlodga yetkazishning muayyan davrga mos bo’lgan shakllarini topar edi. Odatda bu shakllar ma’lum sifatga ega bo’ladi. Insoniyat tarixining ibtidosida tilning paydo bo’lishi dastlabki tajribalarni o’zlashtirishda, mehnat qirollarini takomillashtirishda, ulardan foydalanishda hal qiluvchi rol o’yladi fikrlarni uzoq vaqt mobaynida saqlashga, ularni bir kishidan ikkinchi kishiga, avloddan avlodga yetkazishga imkon bergan yozuv eng muxim belgilar tuzilmasi bo’lib qoldi. Yozuv fikrlarning og;zaki majmuining (xalq og’zaki ijodi, qadimgi diniy matnlar, masalan, “avesto”, “Bundaxishn”, “Denkard” eramizdan avvalgi VII-VI asrlar) adabiyotga aylanishiga yordam berdi.Insoniyat yaratgan eng muxim kashfiyotlardan biri bo’lgan kitob adabiyotning jamiyatda ( tabiyki, gap faqat badiy adabiyot xaqida bo’layotgani yoq ) mavjudlik shakllariga aylandi.

O’z navbatida kitobning o’zi yuksak darajada rivojlangan ma’lum tuzilmadur. Ko’p asrlar davomida kitobning tashqi ko’rinishi, mujassam holda namoyon bo’lishi, ishlab chiqarilishi uzluksiz ravishda takomillashib keldi. Antik davrning o’rama kitoblari o’rniga eramizning IV asrida hozrda biz foydalanayotgan muqovalangan qo’lyozma kitob paydo bo’ldi. Qo’yozmalarni qo’lda ko’chirib yozish o’rniga V asrda kitob chop etish kashf qilindi. Bizning davrimiz matn va rasimlar bilan berilgan axborotlarni qayta ishlashning elektron uslublarini joriy etish yo’li bilan kitob chiqarishni tubdab o’zgartirib yubordi. Biroq kitob chiqarishdaki barcha o’zgarishlar kitobning mohiyatiga ta’sir qilmadi. U qo’lyozma kitoblar bo’lgan davrda ham, an’anaviy kitob bosib chiqarish vaqtida ham, hozirgi zamon elektron qurulmalar yordamida kitob bosish davrida ham o’zgarmadi. Tasavurimizdaki kelajakda ham kitob shunday bo’lib qoladi.

Kitob jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismidir. Insoniyat madaniyat taraqqiyotini eng to’liq va har tomonlama ifodasi sifatida kitob ko’p asrlar davomida shaxsni tarbiyalashda va uning aqliy rivojlanishida muhim rol o’ynaydi insoniyatning tarixiy taraqiyot jarayonida hosil qilgan madaniy, ilmiy va texnikaviy bilimlarni to’plash uslubi sifatida kitob ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda quldorlik, feodalizim, kapitalizm va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fornatsiyalarning tayyorlanishi va almashinishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Inson tafakkurini shakllanishida erkinlikni qo’ga kiritishda yozuv va kitob insonning sodiq itifoqchilari bo’lgan. Garchand, ba’zi madaniyat, marifatchilik shakllarining taraqqiyoti og’zaki aloqa an’analariga asoslansa – da , ularning xozirki zamongacha yetib kelishi va rivojlanishi faqat yozuvni o’zlashtirganda keyingina mumkin bo’ldi, voqelikka aylandi.

Xozirki kunda kitob insoniyat yaratgan muomila vositalari ichida eng ishonchli va eng qulay vositadir. Keyingi yarim asr mobaynida biz kitobning ommaviy aloqa vositalaridan biri sifatida ahamiyati ortib borayotganligini guvohi bo’lamiz.

Jumladan, 1940-yilda O’zbekiston xududida 1219 kitob va broyushyura 11187 ming nusxada chop etilgan bo’lsa, 1990-yil ularning miqdori tegishli ravishda 2080 va 51015,1 mingni tashkil etdi. Jon boshiga 1940-yilda 1,6 kitob to’g’ri kelgan bo’lsa, 1990-yilda 2,4 kitobga yetdi.

1990-yilda chiqqan 2080 kitobning 874 tasi yoki 42 foizi o’zbek tilidaki kitoblar bo’lsa, ular umumiy miqdorning qariyb 64 foizini tashkil etadi.Bulardan tashqari, 1990-uilda O’zbekistonda 95 nomda jurnal va boshqa davomli nashrlar, 279 nomda gazetalar nashr qilingan ( ПЕЧАТ СССР в 1990 годуб СТАТб сборникю М Финанси и статистикаб 1991, 127, 144, 187, 208-бетлар).

Insonning aql-zakovati va bilimlarini saqlash va keng yonishning eng mukammal quroli bo’lgan kitob shaxsning har tomonlama yuksalishiga va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam beradi; u har bir kishiga insoniyat erishgan yutuqlarini bilish imkonini beradi va bu bilan xalqlar o’rtasidagi hamjihatlikni mustaxkamlashga hizmat qiladi. Bu esa chinakam va barqaror tinchlikni o’rnatish uchun zaruriy shart sharoitdir.

Ulug’ yurtdoshimiz, shoir Yususf Xos Xojib (Bolasog’uniy) ning 1069 yilda yaratgan “Qutatg’u Bilig” ( qutga yani baxt saodatga erishtiruvchi bilim) asaridaki quyidagi misralar diqatga sazovordir:

Bitib qolmasaydi dono qalami

Qorong’u qolardi moziy olami

Xaqiqatdan ham bizgacha saqlanib qolgan shunday yozuvlar, kitoblar bo’lmaganida insoniyat o’z o’tmishini ham, bilim, donolik va hikmatlarni ham bilolmagan, ilm fanni ham taraqqiy etira olmagan bo’lardi.

Bilim esa kitoblarda jamlangandir. “Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning iptidosidir”,-degan edi mashhur nemis yozuvchisi S.Sveyg. Xaqiqatdan ham, barcha davrlarda ham kitoblar kishilar uchun bilim manbai bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolaveradi. Kitob haqida uning hislatlari, inson hayotidagi o’rni to’g’risida juda ko’p allomalarning fikrini keltirish mumkin. Jumladan, XV asrda yashab va ijod etgan, fors-tojik adabiyotining buyuk vakillaridan biri Abduraxmon Jomiyning (1414-1492) quyidaki falsafiy she’ri diqatga sazovordir:

Kitobdan yaxshiroq do’st yoq jaxonda

G’amxo’ring bo’lgan u g’amli zamonda

U bilan qol tanxo hech bermas ozor

Bilimdonlar so’zi border bu bobda,

“Bilimdon go’rda-yu, ilmi kitobda!”

Agar yolg’iz esang hamdard kitobdir

Bilim subxidaki nur ham kitobdir.

Bu yerda keying avlod oldingi avlod yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarning vorisligini, insonning bu dunyoda omonat ekanligini bir jumla bilan, bobolar tilidan ifodalab bergan: “Bilimdon go’rda-yu, ilmi kitobda!” Bu yerda ham ma’naviyatning, ularning o’ziga mujassamlashtirgan kitoblarning abadiyligi, keying avlodga merosligi tabiy bir hol ekanligi ifodalanadi.

Ingliz yozuvchisi Tomas Karleyl (1795-1881) kitobning ahamiyati, jamiyatdaki tutgan o’rni ancha batafsil ta’rif beradi: “Kitob insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va etibrga loyiq ko’rinishidir. Kitoblarda kechmish zamonlarning aql-idriki yashaydi; hoki tuproqlari tush singari allaqachonlar to’zg’ib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi. Insoniyat yaratgan qayta-qayta o’ylab ko’rgan va urushgan narsalarning bari – huddi sexrli sandiqday kitoblar sahifalarida saqlanib qolgan.

Insoniyat ilmining barcha sohalariga katta qismi qog’ozlarda, kishilikning qog’oz hotirasi bo’lmish kitoblarda yashaydi.”

Demak kitob barcha zamonlar uchun ham eng zarur narsa, qalblar malhami, bilimlar hazinasi, donishmandlik chashmasi bo’lgan va shunday bo’lib qolaveradi. Xalq mana shu “javohirlar” qadriga yetgan, ularni Bernard Shou ta’biri bilan aytganda “Insoniyat xotirasi” bo’lmish ( u Iskandariyadaki mashxur kutubxonani shunday deb atagan edi) kutubxonalarda avaylab asragan, kelajak avlod uchun saqlagan. Zero, bu kutubxonalarda faqat kitob boyliklarigina emas, balki shu xalq tomonidan uning butun tarixi davomida yaratilgan barcha ma’naviyati to’plangan bo’ladi. U yoki bu xalqning kutubxonalari ahvoli, ularning qanday to’ldirilishi , kim v anima uchun unga qatnashi, qanday kitoblarni talab qilishi, kataloglarning sifati va hilma-hilligiga qarab o’sha millatning aqliy jixatdan yetukligi, ularning qiziqishlari kengligi haqida, saviyasi, ma’daniyat darajasi, ma’naviyat va hatto, turmush darajasi to’g’risida hulosa chiqarish mumkin. Yer yuzida bundan 4,5 ming yildan avvalroq (eramizdan avvalgi XXVII-XXIV asrlarda) mavjud bo’lgan eng qadimiy kutubxonalarning spool taxtachalarda bitilgan qo’lyozma boyliklari butun osuriy-vavilon madaniyatini tushunishga yo’l ochib berdi hamda boshqa arxeologik topilmalar bilan birga Mesopotamiyaning qadimgi ma’daniyati tarixini, uning yozuvi, saroy, cherkov va boshqa kutubxonalari sirlarini ochishga yordam qildi. Kitoblar tufayli bizgacha yetib kelgan juda ko’p turk, fors, arab tillaridaki kitoblar, tarixiy shaxslar haqidaki adabiy manbalar “jonli” guvohlar bo’lib, ularda qadimgi va o’rta asrlarda O’rta Osiyoda qunt bilan, ishning ko’zini bilib to’plangan yirik sulolaviy kitob fondlari, machit va madrasalar qoshidagi kutubxonalar shaxsiy kitob to’plamlari bo’lganligidan dalolat beruvchi ma’lumotlar o’z aksini topgan.

Somoniylar Xorazm shohlari, qorahoniylar va mo’g’ullarning O’rta Osiyoga bostirib kirgan davrida esa Saljuqiylar davlatlaridagi juda boy kitob hazinalari, Shaxrisabz, Samarqand va Xirotdagi shayboniylar va ashtarxoniylar kutubxonalari, Qo’qon, Xiva va Buxoro xonliklarning markazlaridagi kutubxonalar butun musulmon olamida shuxrat qozongan edi.

1925-1991 yillarda kutubxonachilik qurilishi anchagina moddiy manba sariflandi. Universal va maxsus kutubxonalarning yangi sistemasi yaratildi. Biroq kutubxonachilik ishini tashkil etish va uni boshqarish umumiy tartibining o’zi nuqsonli edi. Unda faqat sosializm qurilishiga xizmat qiladigan narsalargina qimmatli bo’lar, bu sohadagi har bir qadamni partiya xodimlari va mafkurachilari belgilar edi. Kutubxonalar ustidan yalpi nazorat o’rnatilar, kutubxona ishiga rejali ravishda raxbarlik qilish va uni natijalarini shakllantirish vazifasi qo’yilar edi. Vaqti-vaqti bilan kutubxona fondlari va cataloglarini qayta ko’rib chiqishga doir farmoish va yo’l yo’riqlar paydo bo’lib turar, ularga sovet kishilarini inqilobga qarshi va “zararli adabiyotlardan” saqlash uchun yo’qotilishi lozim bo’lgan uzundan-uzun kitoblar ro’yxatini ilova qilib berilar edi. Barcha ilmiy kutubxonalarda maxsus fondler tashkil qilingan bo’lib, o’qish uchun taqiqlangan kitoblar alohida qulflangan shkaflarda saqlanishi kerak edi.Kitoblarning foydali va zararligini OGPU-NKVD-KGB xodimlari baxolashar, kutubxonalardagi “fitna”larni kuzatib borar edilar. Jaxon, rus adabiyoti, musulmon falsafiy va diniy maslakdagi adabiyotlar taqib ostiga qoldi. N.Gogol, L.Talstoy, F.Dostoeviskiy, S,Esenin, A.Blok, N.Gumilov, A.Ahmatova, M.Bulgakov, M.Svetaeva, B.Pasternak, A.Qodiriy, A.Avloniy, Otahon Hoshim, Azam Ayub, Botu, Muhammad Hasan, G’ulom Zafariy, G’ozi Yunus, Fitrat, Cho’lpon, Elbek, Mahmudho’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Usmon Nosir, Vadid Mahmud, va boshqalarning ba’zi bir asarlari necha o’n yillab nashr etishga etishga ruxsat etilmadi. Jamiyatda ahloqiy qadriyatlar sil-silasi izchillik bilan buzilib ko’rsatildi. O’z navbatida u huddu ko’zgu kabi, barcha tipdagi kutubxonalar fondiga o’z aksini topdi. 80-yillarga kelib, kitob fondini g’oyaviy sabablarga ko’ra muntazam ravishda tozalab turish, qimmatli asarlarni maxsus bo’limga o’tkazish, mavjud siyosiy sistema uchun nomaqbul mualliflarning kitoblarini hisobdan chiqarish va yo’q qilish shunday ahvolni yuzaga keltirdiki, bunda ommaviy kutubxonalarda ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar: marksiszm-lelinizm klassiklarining asarlari va ularning qayta nashrlari, partiya hujjatlari, KPSS sezdlari va Markaziy Komitet plenumlarining materiallari, partiya va davlat arboplarining nutqlari bilan to’lib toshdi. Yangi kishini-“Komunizm quruvchisini” tarbiyalash maqsadida bu adabiyot barcha vositalari, jumladan savet kutubxona-biblografiya tasnifi yordamida zo’r berib targ’ib qilindi. Bularning hammasi mamlakatning olg’a qarab rivojlanishiga, jahon halqlari hamjihatligi uyumlariga kirishiga kishilarning umuminsoniy ma’naviyatlarini o’zlashtirib olishga katta zarar keltirdi, kutubxonalarning jamiyat madaniyat muassasalari silsilasidagi o’rni va rolini, ularning ijtimoiy vazifalarini buzib talqin qilisga olib keldi. Endilikda jamiyat hayotini qayta qurish munosabati bilan kutubxonalarning umuminsoniy qadriyatlarini saqlash, ma’naviy meroslarni bir avloddan ikkinchi avlodga uzatish bilan bog’liq vazifalarni birinchi o’ringa qoyish vaqti keldi. Shaxs sifatida kitobxonga etiborni kuchaytirish, o’qish uchun nashrlar tanlashda unga to’liq erkinlik berish kutubxonalar ishida sosiy mezonga aylanmoqda. Kitobxon bilan kutubxonachining tengligi ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning asosi bo’lmoqda. Jamiyatning umumiy madaniyatining o’sishi jarayonning to’sqinlik qiluvchi shaxslar aro muloqotining tangligi sharoitida kutubxonaning ma’daniy bilish va ma’daniy-axborot vazifalarini kengaytirish, uni muloqot, ma’daniy dam olish va xalqning milliy hotirasi markaziga aylantirish hamma ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining hamma jabalarida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar kutubxonachilik ishining ko’pkina yo’nalishlarini qayta ko’rib chiqish va yangilashni talab qiladi. Bu birinchi galda kutubxonani bir butun yaxlit ramzini qayta tiklab olishni taqazo etadi. Fikrimizcha bu ramzning tarkibiga quyidaki alomatlarni mansub deb hisoblash mumkin:

-ijtimoiy muassasa sifatida o’z-o’zini baxolay bilish; buning uchun kutubxonalarning har qanday partiyalar, tashviqot organlari sistemasiga haqsis ravishda kiritilishiga barxam berish; uni ilmiy texnika axboroti sistemasiga bo’ysunishdan ozod qilish, kutubxonani madaniyatni shakllantirishdagi insoniyat hujjatlashgan hotirasi sifatida asosiygi asosiy mohiyatini tiklash;

- butun kutubxona ishining insonparvarlikka yo’naltirilganligi, birinchi galda kitobxonlarni, yaqin o’tmishda amal qilinganidek “yuqori”ning ko’rsatmasi bo’yicha emas, balki ularga haqiqiy talab va ehtiyojlariga muvofiq tarzda hizmat ko’rsatish: bu borada mutahasislar ongiga zo’r berib tiqishtirib kelinga mafkuraviy aqidalarga suyanmay, ishga umumbashariy qadriyatlar tomon yo’l tutish;

-kutubxona xizmatining xalqchilligi. Shu jumladan jamiyatning turli qatlamlariga kitob fondlaridan teng asosda foydalanish imkonini berish, aholini kafolat berilgan bepul hizmat bilan ta'minlash, zarur manbalar axborotini va xizmat shaklini tanlash erkinligi sharoitini yaratish, aholini kutubxonani boshqarish va uni baholash ishiga jalb etish;

-muayyan hususiyatlaridan kelib chiqib, kutubxona xizmatlaridan kelib chiqib, kutubxona ishining turli-tuman tashkiliy shakllarini qo’llash, shunga muvofiq tarzda chetdan tiqishtiriladigan nomaqbul ish shakllari va turlaridan voz kechish;

-mehnat jamoasi ishtirokida ishlab chiqilgan kutubxona xususiy dasturlarini qabul qilish asosiga qurilgan mustaqil kutubxona siyosatini hayotga tatbiq etish, kutubxonachilarning iqtisodiy va huquqiy mustaqilligini taminlash, kutubxonachilik ishini tashkil etishning mavjud markazlashgan sistemalarini yanada chuqurlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishlatish, aniq vaqtda, mustaqil kutubxonalar va markazlashgan sistemalarni boshqarish ishini takomillashtirish ;

-kutubxonalararo axborot almashinishni taminlash yo’lidagi ishlarni uyushtirish. Bu vazifa ommaviy kutubxonalar ish sifatini ko’tarish shu jumladan maxsus kutubxonalarni istisno qilmagan holda, barcha kutubxonalarni ommaviy axborot sistemasiga qo’shish;maxsus tdbirlar majmuasini amalga oshirish, ya’ni yig’ma an’anaviy va elektron kataloglar tuzish; yangi axborot olish va uzatish texnologiyasini joriy qilish; axborotning ommabopligini xuquqiy ta’minlash;

- kutubxona xizmati turlarini kengaytirish, kutubxonalarni texnik qayta qurollantirish orqali bu xizmatlar sifatini oshirish;

- xodimlarni iqtisodiy raxbatlantirish, kutubxona ishlarini tashkil etish va boshqarishda xo’jalik hisobi elementlaridan foydalanish.

Jamiyatda insonparvarlik jarayonining kengayib borishi kutubxonalarda kitobxonlarning umummadaniy saviyasini oshirishga ko’proq etibor berishni talab etadi. Bu jamiyatning ma’naviy, ruxiy va ahloqiy imkoniyatlarni yangilash zarurligi bilan bog’langandir. Shu munosabat bilan o’qishga bo’lgan qiziqishni tarkip toptirish, kitobdan, kutubxonadan mohirona foydalanish malakalarini hosil qilish muhim vazifaga aylanmoqda. Kitob mutolasiga raxbarlik qilish va o’qish uchun adabiyotlarni erkin tanlash bir-birini istisno qiladigan tushunchalardir. Lekin bunday aniq bir maqsad-kasb tanlash va uni egallahda, kasbiy jihatdan takomillashishida, o’z-o’zini anglashda klassik adabiyotga muayyan muallifning ijodiga milliy madaniyatga ,tilga va hokazolarga bo’lgan qiziqishni rivojlantirishda yordam albatta zarurdir.

Madaniy merosning vorisligida,avlodlarning jonli aloqasini amalga oshirishda kutubxonalar katta ro’l o’ynaydi. O’ziga xos qadimiy, ma’daniy merosni tiklashga, ona tilimizning saqlanishi va rivojlanishida ular asosiy o’rin egallaydi.

Shunday qilib jamiyat hayotida kitob, axborot va kutubxonalarning roli keskin ortib bormoqda bizlar, yer deb nomlangan sayyorada yashovchi barcha kishilar, shunday asrga kirib kelayoturmizki, endilikda biz kuch va qurolga suyanib emas, balki aql-idrokka, inson taffakuriga tayanib ish ko`ramiz.


Download 44,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish