7. Darsda o‘rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa chiqarish.
– Bugungi o‘qish darsida nima haqidagi bilimlaringiz boyidi?
– Vatan deganda endi qayerlarni tushunasiz?
– O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillari qanday yashayapti?
– Vatanga muhabbat deganda nimani tushunasiz?
– Sizning Vatan oldidagi burchingiz nimalardan iborat?
8. Uyga vazifa. Qissani ifodali o‘qib berishga tayyorlanib kelish. Ota-onalaringizdan o‘z hududingiz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar oling va daftaringizlagi tarmoqlashni davom ettiring.
9. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish.
XULOSA
Boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo’nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.
Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda yashash har bir insondan ayniqsa, o’quvchi-yoshlardan keng bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi. SHunday ekan, voyaga yetayotgan yosh avlodni oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida ijodiy mushohada qilishga o’rgatib borish zarur.
Ilmiy izlanish jarayonida uzluksiz, yaxlit, o’zaro bog’liqlikni ta’minlovchi ta’lim to’laqonli amalga oshmayotganligi sababli o’quvchi-yoshlarning ijodiy faoliyat darajasi sust darajada rivojlanayotganligi aniqlandi. Ayrim paytlarda mustaqil mushohada yuritmaslik oqibatida ta’lim jarayonida muammolar yuzaga kelmoqda.
SHunday qilib, boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyati shaxsning shakllanishi bilan o’zaro aloqada real pedagogik jarayonni vujudga keltiradi va bu jarayon turli ta’lim konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilishi va ta’lim muassasalarida tadbiq etilishi maqsadga muvofiq.
Intellektuallik, mustaqil va erkin fikrga egalik, yuksak onglilik va intellektual madaniyatlilik kabi hislatlarni shakllantirish hamda o’quvchilarni ob’ektiv va hissiy bilishlarini rivojlantirish uchun maxsus metodika, maxsus pedagogik ta’sir o’tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |