I bob. Kommunikativ tizimning nazariy-metodologik asoslari


I.BOB. KOMMUNIKATIV TIZIMNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI



Download 77,25 Kb.
bet2/8
Sana11.07.2022
Hajmi77,25 Kb.
#777373
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING SHAXS VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI

I.BOB. KOMMUNIKATIV TIZIMNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI.



    1. Kommunikatsiya tushunchasi va Ommaviy axborot vositalari: tarixi va buguni.

Kommunikatsiya so‘zi lotincha “communication” so‘zidan olingan bo‘lib, umumlashtiraman, bogʻlaymandegan ma’nolarni bildiradi. Amaliy hayotimizda bu tushuncha bir necha mazmunda qo‘llaniladi. birinchidan, kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni sifatida tushiniladi8. Jismoniy va ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtayi nazardan yondoshiladigan kommunikatsiyani aloqa ham deb ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanali boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy kommunikatsiya turi bor:


- “inson-inson”,
- “inson-mashina”,
- “mashina-inson”,
- “mashina-mashina”. Texnikaviy darajadagi kommunikatsiya jarayonlarida turli xil sunʼiy tillardan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan kommunikatsiya guruh yoki tashkilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi kommunikatsiya, asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashkilot ichidagi Kommunikatsiya uchun shu guruh yoki tashkilot aʼzolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli;
Ikkinchidan, esa transport, aloqa yoʻllari va shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlari. Shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlariga shaharni suv, elektr energiyasi, issiqlik, gaz bilan taʼminlash uchun yer ostidan oʻtkaziladigan suv quvurlari va kabellar kiradi.
Uchinchidan, hayvonlarda bir-biri bilan “muloqot qilish”dagi “signalli” usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun “oʻziga xos” kommunikatsiya “signallari” boʻladi.
Shu jihatdan bu tushuncha aloqa tushunchasi bilan ham izohlanadi. Kommunikatsiya - bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta’minlaydi. So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, 73% amerikalik, 85% yapon, 63% angliyalik rahbarlar, kommunikatsiya, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lidagi bosh to‘siq deb hisoblaydilar. Yana bir boshqa so‘rovga ko‘ra 2000 turli kompaniyaning 250 ming xodimi korxonalarda axborot almashish eng qiyin masaladan biri deb biladilar. Umuman har bir rahbar 50 dan 90% gacha vaqtini kommunikatsiyaga sarflaydi. Shu sababli, shuni tasdiqlash mumkinki, menejer faoliyatining samaradorligi eng avvalo kommunikatsiya samaradorligiga, ya’ni:

  • kishilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati;

  • telefonda so‘zlashuv qobiliyati;

  • rasmiy hujjatlarni tuzish va o‘qiy olish qobiliyati;

  • majlislarda qatnashish madaniyati kabilarga bog‘liq.

Ommaviy axborot yetkazuvchi kommunikatsiya tizimlarining paydo bo‘lishi rimga borib taqaladi. Gazetaning ibtidoiy turi Rim-da — mil. av. 1-asrda (varaka va byulletiyeklar shaklida paydo bo‘lgan. Milodiy VIII asrga Tan sulolasi hukmronligi davridagi Xitoyda ilk gazeta (“Di Bao”) “Poytaxt axboroti” nomi ostida paydo bo‘ldi.
Hozirgi shakldagi gazetalarning dastlabki turlari XVI—XVII asrlarda Yevropada paydo boʻlgan. Ular xususiy shaxslar, aksariyat matbaachilar, noshirlar, pochta xodimlari tomonidan nashr qilingan. Ilk gazetalar haftada va 15 kunda bir marta chop etilib, kam nusxada boʻlgan. Ularda asosan saroy yangiliklari, tijorat xabarlari bosilgan. XVI asrda Venetsiyada yozma axborotlar uchun “gazetta” degan chaqa pul toʻlashgan (gazeta nomi ham shundan kelib chiqqan). 1631-yilda Parijda qirol Lyudovik XIII (1586—1653) ning shaxsiy shifokori va yilnomachisi Teofrast Renodo parijlik kitobfurushlar — Lui Vandom va Jan Marpen bilan birgalikda “La Gazzette” nomli vaqtli bosma nashrni tashkil etadi. Hozirgi maʼnodagi “gazeta” termini mana shu nashr tashkil qilingach, soʻzlashuvda ommalashdi, degan fikr mavjud.
Gazetachilik XVIII asrdan eʼtiboran, ayniqsa Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH mamlakatlarida taraqqiy qila boshladi va bu mamlakatlarda koʻplab ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishdagi kundalik gazetalar paydo boʻldi. Mazkur davrda tarmoq, yaʼni soha gazetalari ham tarkib topdi. Umumsiyosiy nashrlar qatoriga iqtisodiyot, tijorat, ilm-fan, adabiyot, sport va boshqa sohalarga ixtisoslashgan maxsus gazetalar qoʻshildi. Gazetalar chiqarish bilan xususiy noshirlardan tashqari turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar, firma va kompaniyalar ham shugʻullana boshladi. Shu tariqa gazetalar turli siyosiy qarashlar, mafkuralar jarchisiga aylana bordi, uning paydo boʻlishi va ravnaq topishida ijtimoiy hayotning faollashuvi, ommada ijtimoiy axborotga ehtiyojning ortishi, savdo, sanoat va maorifning yuksalishi, bosmaxona anjomlari va qogʻoz ishlab chiqarishning rivojlanishi, axborot toʻplash, uni qayta ishlash va tarqatish muassasalari tarmogʻining kengayishi va boshqa omillar muhim ahamiyat kasb etdi.
Demokratik qadriyatlarning, siyosiy erkinliklarning umumjahon miqyosida eʼtirof qilinishi va jamiyat hayotiga singishi tufayli gazetalar yoʻnalishi va mazmunida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻladi. Demokratik rivojlanish yoʻlidan borayotgan mamlakatlarda gazetalar oʻzlarini shaxs va jamiyat manfaatlarining himoyachisi sifatida namoyon etdilar.
Gazetachilik taraqqiyoti Oʻzbekistonda ham oʻz tarixiga ega. Bu yerda XIX asrning 70-yillaridan “Turkestanskiye vedomosti” gazetasining chiqa boshlashi Turkistonda davriy matbuotning ibtidosi boʻldi. Unda oʻlka tarixi, madaniyati, geografiyasi, etnografiyasi, sanoati va boshqalarga oid maqolalar bosilgan. Shu bilan bir vaqtda oʻzbek tilida “Turkiston viloyatining gazeti” ham nashr etila boshladi. 1917-yilgacha Turkistonda bu ikki gazetadan tashqari, turli vaqtlarda oʻzbekcha va ruscha (baʼzan qirgʻiz va tojik tillarida) 100 dan ortiq gazetalar chiqqan. Ular asosan savdo, sanoat markazlari — Toshkent, Samarqand, Ashxobod, Qoʻqon, Andijon, Fargʻona va boshqa shaharlarda nashr etilgan. Bular vazifasi, davriyligi va boshqa xususiyatlari jihatidan turlicha edi. XX asr boshida hozirgi Oʻzbekiston hududida taraqqiyparvar oʻzbek maʼrifatchilari tomonidan nashr qilingan “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat” (1906—07), “Buxoroyi Sharif”, “Samarqand”, “Fargʻona nidosi”, “Xurriyat” kabi gazetalar milliy gazetachilik tarixida munosib oʻrin egallaydi. Ularda milliy taraqqiyot muammolari oʻz ifodasini topgan. Ayniqsa “Taraqqiy” birinchi bor erkinlik, tenglik gʻoyalarini ilgari surdi, jadidlarning qarashlariga moslashib, istiqlolning maʼnaviy zamini masalasiga katta eʼtibor berdi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Taraqqiy” gazetasining 1-soni chiqqan 27-iyun (1906) sanasini oʻzbek jurnalistlarining kasb bayrami — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” sifatida nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan (1993).
Oʻzbekistonda shoʻro tuzumi davrida oʻzbek va boshqa mahalliy tillarda, shuningdek rus tilida yangi yoʻnalishdagi gazetalar tizimi tarkib topdi. Bularning barchasi (“Sovet Oʻzbekistoni”, “Pravda Vostoka”, “Oʻqituvchilar gazetasi”, “Yosh leninchi” va b.) kommunistik mafkura nazorati ostida nashr etilgan, totalitar tuzum maqsadlariga xizmat qilib, kompartiya xohish-irodasini ifoda etgan. Ularning sahifalarida xalq tarixini soxtalashtiruvchi, milliy qadriyatlarni yerga uruvchi, mamlakatdagi yakka hokimlik siyosatini keng qoʻllab-quvvatlovchi, dahriylikni targʻib etuvchi maqolalar koʻplab bosilgan. Oʻzbekistan mustaqillikka erishgach, gazetalarga mafkuraviy yakkahokimlik barham topdi. Shundan soʻng mavjud gazetalar oʻz siyosiy yoʻnalishini, mazmun-mohiyatini tubdan oʻzgartirdi. Ayrimlarining nomi ham oʻzgardi: “Sovet Oʻzbekistoni” — “Oʻzbekiston ovozi”, “Haqiqati Oʻzbekiston” — “Ovozi tojik”, “Qishloq haqiqati” — “Qishloq hayoti”, “Oʻqituvchilar gazetasi” — “Maʼrifat nomi bilan chiqa boshladi .
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonun (1997)ga binoan gazetalar taʼsis etish huquqiga ega boʻldi. mamlakatimizda tur va xil jihatdan farqlanuvchi keng tarmoqli gazetalar tizimi tarkib topdi. Ayni paytda Oʻzbekistonda 507 nomda gazetalar nashr etiladi.
Ommaviy axborot vositalari qatorida radio ham o‘z o‘rniga ega. Radio (lotincha radius - "nur") elektromagnet to‘lqinlar orqali signallarni simsiz uzatish texnologiyasidir9. Radio 1895-yilda A. S. Popov ixtiro qilgan. Radio bundan 20-30 yillar avval boshqa vositalar hali ommalashmagan vaqtda katta ta’sirga ega edi. Bugun ham aholining hayotida radio ma’lum darajada rol o‘ynaydi, lekin boshqa vositalar uning o‘rnini egallagan.
OAV lari qatorida televideniye ham salmoqli ta’sirga ega. Televideniye (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, uzoq va koʻraman ma’nolarini bildiradi) harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimi10. Insoniyat oʻzi yashab turgan joydan uzoqdagi narsalar va voqealarni koʻrish istagi bilan hamisha band boʻlib kelgan. Bu istak koʻp xalqlarning afsona va ertaklarida oʻz aksini topgan. Masalan, Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan (Xitoylik Farhod arman qizi Shirinning jamolini koʻzguda koʻrib oshiq boʻlib qoladi). Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika “sehrli koʻzgu”ga aylangan XX asrda roʻyobga chiqdi. Hozirgi kunda kundalik hayotimizni oynai jahonsiz tasavvur qilolmaymiz. Texnika taraqqiyot etgan sari televizorlar ham rivojlanib, mukammallashib bormoqda.
Uzoq tarixdan insonlar xabar qoldirish uchun turli yo‘llardan foydalangan ularga qadimgi toshdagi yozuvlardan tortib xabar etkazuvchi elchilarga qadar misol keltirish mumkin. Lekin bunday xabarlarni qabul qilish uchun oylar ba’zan esa yillar talab qilingan. Shuning uchun olimlar qisqa vaqt ichida xabar almashish yo’llarini qidara boshladi. Avvaliga pochta xizmati, so‘ngra telegraf va telefon xizmatlari ixtiro qilindi. Lekin XX asrning oxirlariga kelib olimlar internetni ixtiro qilishi bilan hammasi o’zgardi.
OAV lari qatorida insoniyatni o’z domiga keskin tortgan yana bir turi – jahon o‘rgimcha turining imkoniyatlari bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoq - bu ijtimoiy obyektlar (odamlar yoki tashkilotlar) va ular o‘rtasidagi aloqalar (ijtimoiy munosabatlar) bo‘lgan tugunlar guruhidan iborat ijtimoiy tuzilma. Internet paydo bo'lishi bilan (1969) Jeyms Barnsning ilmiy konsepsiyasi mashhur bo‘la boshladi. Bu butun dunyo bo'ylab ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishiga olib keldi.
1969-yili AQSH Harbiy departamenti o’zining ilk arpaNet nomli tarmog‘ini ishga tushirdi. U orqali AQSHning o‘nlab ilmiy xodimlari bir-birlari bilan xabar almashish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ushbu dastur ilk ijtimoiy tarmoq sifatida qabul qilindi.
1994-yilga kelib turli web formatli saytlar paydo bo‘la boshladi. Ular yordamida insonlar turli mavzularga o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Aynan Ushbu web formatlarda ilk internet qoidalari va ta’qiqlovlar paydo bo‘ldi. 1995-yili Amerikalik dasturchi Randy Conrads o‘zining ommaviy Classmates.com saytini ishga tushirdi. Ushbu saytdan istalgan inson ro‘yhatdan o‘tishi va undan foydalanishi mumkin edi. Sayt katta tezlikda mashxurlikka erishdi. Ko‘p o‘tmay uning foydalanuvchilar soni 10 000 ga yetib sayt haqiqiy ma’noda ijtimoiy tarmoq tushunchasi aslida qanday bo‘lishi kerakligini aniqlab berdi.
2006-yili Rossiyada dasturchi Pavel Durov tomonidan V kontakte, Oleg Popkov tomoidan esa Odnoklassniki.ru saytlari ishga tushirildi. Har ikkala sayt ham katta tezlikda mashxurlikka erishib ba’zi insonlar hayotining bir qismiga aylandi. Ushbu sayt insonlarni shu qadar qiziqtirib qo‘ygandiki saytga kirish uchun insonlar ommaviy telefon xarid qilar, saytda faol bo‘lish uchun kechalari uyqu namaligini bilmay qolishgan edi.
2010-yili esa sanfransiskolik dasturchi Kevin Sistrom insonlar oddiy matndan ko‘ra rasmlarga qiziqroq degan fikrga keldi va kichik photo suratlar joylashtiriluvchi saytni ishga tushirdi, avvaliga sayt yaxshi natijani ko’rsatmadi. So’ngra Sistrom sayt nomini Instagram deb o‘zgartirib uni faqat ilova shaklida ishlatish imkoniyatini kiritdi. Ilk marta Instagram Appstorega, keyinchalik Android uchun Play marketga joylashtirdi. Shu kundan boshlab ushbu tarmoq butkul internet foydalanuvchilarning hayotini o‘zgartirib yubordi. Undagi ajoyib rasm filtrlari va ko‘plab qiziqarli funksiyalar evaziga uning foydalanuvchilari kun sayin ortib bormoqda. Ayni vaqtda Instagramga 800 mln dan ortiq foydalanuvchi mlndan ortiq fotosuratlar va videolarni har kuni yuklaydi. Shuningdek, Instagram obunachilari ko‘p bo‘lgan foydalanuvchuvlariga o’z saxifalarida turli reklama postlarini qo‘yish evaziga kam bo‘lmagan pullarni ishlab olish imkoniyatini beradi.
2016-yili xitoylik dasturchilarning Douyin ilovasi faollashdi. Ushbu ilova insonlarga o‘zining fikrlarini qisqa 1 daqiqalik video orqali yetkazishga imkon berardi. Bir yil o‘tib ilovani yuklab olganlar soni 10 mlndan ortdi. Shundan so‘ng dasturchilar ilovaning nomini “Tiktok”ga almashtirdi. Ayni vaqtda 1 yilda tiktokga 1 mlrd.dan ortiq video yuklanar ekan. Ayni vaqtda esa yuzlab nomdagi ijtimoiy tarmoqlar mavjud bo‘lib, ular bizga birgina xabar almashish emas, balki ko‘plab imkoniyatlarni beradi. Ko‘rinib turibdiki, OAV larining turli ko‘rinishlari hayotimizga mukammal o‘rnashib bo‘lgan. 


Download 77,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish