K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil davlatimizning ertangi kuni, uning gullab yashnashi va rivojlanishi ko’p jihatdan o’sib kelayotgan avlodning sog’lom bo’lishiga bog’liq. Bu esa o’z navbatida Vatanimizning kelajagi-farzandlarimizning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishni taqozo etadi. O’zbekiston mustaqillikka erishib, yangi demokratik davlat sifatida butun dunyoda tanilgach, mamlakatimizda keng miqyosda iqtisodiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Shu bilan birga Prezidentimiz I.A.Karimov farmonlari bo’yicha Respublika aholisini sog’lomlashtirish, xalq sog’ligini mustahkamlash uchun jismoniy tarbiyaga va sportga katta e’tibor berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov:"Biz sog’lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. "Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona odob - axloq va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz",-deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig’ilishidagi ma’ruzasida. "Sog’lom avlod uchun" ordeni ta’sis etilganligi, xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.
Har kim o’zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy tarbiya va sportning zarurligini tushunib yetishi va qunt bilan o’ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy mashg’ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. Xalqimiz farzandlarining jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo’lgan jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi:O’zbekiston xalqini kamolotga erishgan demokratik davlatning faol quruvchilari ijodiy mehnatga va vatan mudofasiga tayyorlashdan iboratdir. Shuning uchun nafaqat jismoniy tarbiya daryoslarida, balki tanaffuslarda ham jismoniy tarbiyadan, uning turli shakllaridan foydalanish zarur va bu masalani o’rganish, tadqiq etish lozimligi ko’rinadi. Bu esa mavzuning dolzarbligini namoyon etadi.
Xalning milliy o’yinlarini o’zbek xalqi ko’p yillar, asrlar davomida shakllantirdi, avlodlarga meros qilib qoldirdi. Bu o’yinlardan foydalanish mustaqillikka erishgan bugungi kunlarimizda juda zarur. Buning ustiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Sog’lom avlod uchun"(1993) Farmoni ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishga, o’quvchilarning dunyoqarashi, jismoniy va ma’naviy qadriyatlar bilan uzviy bog’liqligini ta’minlashga qaratilganini ta’kidlab o’tish kerak.
O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlashda va jismoniy tarbiyani yaxshilashda, jismoniy sifatlarni tarbiyalashda va milliylashtirishda xalq o’yinlari va milliy sport turlarining katta ahamiyati borligi ko’rinadi, yana shunisi ham borki, xalq milliy o’yinlari xalqaro maydonlarda sport aloqalarini kengaytirishning chuqur imkoniyatlarini ham ochib beradi. Shuning uchun o’zbek xalqining milliy o’yinlarini o’rganish, jismoniy tarbiya darslarida, darsdan va maktabdan tashqarida, tanafuslarda tadbiq etish juda zarur. Bu o’yinlar o’quvchilarni xalqimizning bir necha asrlik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada kengaytiradi, hayotimizga singdirish yo’llarini boyitishga, yosh avlodda milliy iftixor hislarini tarbiyalashga katta yordam beradi. Biz tanlagan mavzuning dolzarbligi va muhimligi ana shundan kelib chiqadi.