I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari


Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshlik afzalliklari, uni aniqlovchi omillari va shakllantiruvchi manbalari



Download 1,27 Mb.
bet12/31
Sana14.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#360682
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining

2.2. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshlik afzalliklari, uni aniqlovchi omillari va shakllantiruvchi manbalari
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini qaror topishi va rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning turli tarmoqlari va sohalarida band bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlari, mamlakatda yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlardan kelib chiqib, o‘zlarining rivojlanish strategiyasiga ega bo‘ladi va faoliyat yuritish jarayonida u yoki bu darajadagi o‘zgarishlarga moslashishga harakat qiladi. Har bir korxonaning muvaffaqqiyatli rivojlanishi, u tomonidan aholi va boshqa iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni eng maqbul narxda ishlab chiqarish, xarajatlar bilan foyda o‘rtasidagi nisbatlarning optimal ravishda ekanligi va korxonani kelajakda yanada faol amal qilish shartlari bilan belgilanadi. Chunki aholi tomonidan bildirilgan umumiy talablar rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunining 4-moddasida keltirilgandek: "Raqobat-xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi". Mana shunday rag‘batlantiruvchi omillardan biri raqobat munosabatlarining yuzaga kelishi hisoblanadi va bu jarayon sub’ektlar o‘rtasida xaridor bozori uchun sof iqtisodiy kurash turlarini sodir bo‘lishiga olib keladi.

Haqiqatdan ham bozor iqtisodiyotida tovar tijorat yutug‘ining asosiy omili, tovarning iste’mol qiymati sifati yoki uning raqobatbardoshligiga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligi va iqtisodiy barqarorlik kategoriyalari juda murakkab va o‘zaro bir-biri bog‘langan bo‘lib, raqobatbardoshlik faqat iqtisodiy barqarorlik mavjud bo‘lgandagina sodir bo‘ladi. Iqtisodiy barqarorlikka juda ham ko‘plab ichki va tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi va ular korxonaning rivojlanish istiqbollarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, raqobat muhitida g‘olib chiqish imkoniyatini yaratadi. Raqobat tushunchasi juda ko‘p qirrali, sermazmun bo‘lib, tovarning bozor shartlariga mos kelishi, tovarlar texnik, iqtisodiy, estetik tafsilotlari bilan iste’molchilarning faqat aniq talablarini qondirib qolmasdan, balki tijorat va sotish jarayonidagi boshqa jarayonlarning ham bajarilishini hisobga oladi. Bular, narx-navo, tovarni etkazib berish muddati, o‘tkazish-sotish kanallari, servis, reklama va hokazolardan iborat.

Bulardan tashqari, raqobatbardoshlikda tovardan foydalanish hisobga olinishi lozim bo‘lgan xarajatlar darajasini hisobga olish lozim bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, raqobatbardoshlik kategoriyalari haqida fikr bildirilganda fanning turli tarmoqlarida ko‘plab jihatlari borligi tufayli ham, ilmiy adabiyotlarda qator tushunchalar va hatto bir-birini inkor qiluvchi ta’riflar bor.

Fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligini shakllanishi va rivojlanishi o‘zaro bir-birini tudiruvchi-mahsulot etishtiruvchi-fermer xo‘jaligi, sotuvchi, kayta ishlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar va ular munosabatlarining shakllangan sharoiti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini takror ishlab chiqarish tizimida biologik, texnikaviy va iqtisodiy jarayonlarni ishlab chiqarish, tashish, saklash, sotish va iste’mol qilish boskichlarida namoyon bo‘lishi va fermer xo‘jaliklarining ustuvorlikni egallash uchun bo‘ladigan ko‘rashi hamda mahsulotni narx, sifat va ekologik ko‘rsatkichlar orqali xaridorlar talab, istak-xoxishlarini qondira olishi hamda ma’lum vaqt mobaynida raqobatchilar mahsulotidan ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunligi bilan bog‘lik munosabatlardan iboratdir.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xo‘jaligini muvaffaqiyatli yurgizishning asosiy mezonini ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshlik darajasi tashkil etadi. Har bir fermer xo‘jaligini rivojlanish darajasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning turli ixtisoslashgan faoliyatlarining unumdorlgidan bog‘liq bo‘lib, hozirgi sharoitda xo‘jalikning yutuqi uning raqobatbardoshlik darajasi bilan aniqlanadi.

“Fermer xo‘jaliklarning raqobatbardoshligi” va “qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligi” bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan atamalar hisoblanadi.Fikrimizcha, raqobatbardoshlik tizimida, agar fermer xo‘jaligining raqobatbardoshligi o‘ziga xos bazis rolini o‘ynasa, unda etishtiradigan mahsulotlarining raqobatbardoshligini ustqurma sifatida tasavvur qilish mumkin (4-rasmga qarang).

Bir tomondan, fermer xo‘jaligi raqobatbardosh bo‘lolmaydi agar, uning etishtiradigan mahsulotlari xaridorlar tomonidan e’tirof etilmasa-yu, ularning sotishida muammolar mavjud bo‘lsa, boshqa tomondan, fermer xo‘jaligining imiji, uning raqobatbardoshlik afzalliklari etishtiradigan mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay imkoniyat tug‘diradi. Ya’ni, bu ikki atama bir butunlik sifatida agrar sohasidagi raqobatbardoshlik tizimning ikkita uzviy qismini tashkil etadi deb, o‘ylaymiz.






Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish