4-jadval
Fermer xo‘jaliklarida asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish quyidagicha ifodalanadi9
|
2014 yil yanvar-iyun
|
2015 yil yanvar-iyun
|
2014 yil yanvar-iyunga nisbatan foiz hisobida
|
tonna
|
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz
|
tonna
|
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz
|
Go‘sht, tirik vaznda
|
1994
|
2.2
|
2164
|
2.3
|
108.5
|
Sut
|
15074
|
4.6
|
16001
|
4.6
|
106.1
|
Tuxum, ming dona
|
2121
|
1.3
|
2310
|
1.2
|
108.9
|
Qorako‘l teri, dona
|
26454
|
7.7
|
28695
|
8.1
|
108.5
|
Jun
|
178
|
10.9
|
193
|
10.8
|
108.4
|
Pilla
|
3122.4
|
91.8
|
2778.1
|
89.8
|
89.0
|
Boshoqli don
|
341125
|
68.0
|
341517
|
68.0
|
100.1
|
Kartoshka
|
7987
|
5.8
|
8388
|
5.7
|
105.0
|
Sabzavot
|
15334
|
9.5
|
15953
|
8.8
|
104.0
|
Poliz
|
3653
|
35.4
|
3769
|
33.7
|
103.2
|
Meva va rezavorlar
|
31758
|
27.6
|
32927
|
26.3
|
103.7
|
Uzum
|
85
|
2.8
|
100
|
3.0
|
117.6
|
2015 yil yanvar-iyun oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1677,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 106,6 foizga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy xajmida dehqonchilik mahsulotlari 899,1 mlrd. so‘mni (o‘tgan yilga nisbatan 106,7 foizga ko‘p), chorvachilik mahsulotlari 778,2 mlrd. so‘mni (o‘tgan yilga nisbatan 106,4 foizga ko‘p) tashkil etdi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik tadbirkorlik sub’ektlari ulushi 98,4 foizni tashkil etdi, jumladan dehkon xo‘jaliklarining ulushi 80,7 foizni tashkil etmoqda.
Dehqonchilik. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda joriy yil hosili uchun qishloq xo‘jalik ekinlarining umumiy maydoni 240,3 ming gektarni tashkil qildi. Boshoqli don ekinlari bilan band bo‘lgan ekin maydoni 91,7 ming gektar, paxta ekin maydoni 110,3 ming gektar, kartoshka 4,0 ming gektar, sabzavot ekinlari 8,7 ming gektar maydonni tashkil qildi. Hosil yig‘imi. 2015 yil 1 iyul holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 502,4 ming tonna boshoqli don, shundan 501,2 ming tonna bug‘doy ishlab chiqarildi.
Barcha toifadagi xo‘jaliklarda 145,6 ming tonna kartoshka qazib olindi, (2014 yilga nisbatan 6,4 foizga ko‘p), 180,5 ming tonna sabzavot (12,0 foizga ko‘p) yig‘ib olindi, 11,2 ming tonna poliz ekinlari (8,1 foizga ko‘p) 125,0 ming tonna meva va rezavorlar (8,6 foizga ko‘p) etishtirildi.
Chorvachilik. 2015 yilning 1 iyul holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan yirik shoxli qoramollar 1077,7 ming boshni, (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga ko‘p), shu jumladan sigirlar 382,3 ming boshni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,3 foizga ko‘p), qo‘y va echkilar 1888,5 ming boshni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 foizga ko‘p), parrandalar 3590,1 ming boshni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,8 foizga ko‘p) tashkil etdi.
2015 yil 1 iyul holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklarda 95619 tonna tirik vaznda go‘sht (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,4 foizga ko‘p), 347530 tonna sut 6,8 foizga ko‘p), 188549 ming dona tuxum (19,2 foizga ko‘p) ishlab chiqarildi.
Barcha hududlarda chorvachilik mahsulotlari (go‘sht, sut, tuxum) ishlab chiqarishning o‘sishi asosan, dehqon xo‘jaliklari hisobidan amalga oshirilib, go‘sht ishlab chiqarish umumiy xajmida ularning ulushi 96,8 foizni, sut ishlab chiqarishda 95,1 foizni, tuxum ishlab chiqarishda 60,5 foizni tashkil qildi.
Yuqoridagi bildirilgan fikr-mulohazalarni tahlil qilib, bizning fikrimizcha, fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishdan tashqari, shu mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulot sifatida yoki yarim tayyor mahsulot sifatida iste’molchilarga sotishni shuningdek, o‘z xo‘jaligidan tashqari boshqa xo‘jalik sub’ektlariga ta’minot va turli xil xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilgan bo‘lsa, bu toifadagi tadbirkorlik sub’ektlarini ish bilan band bo‘lgan ishchilar sonidan qat’iy nazar, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari deb belgilash maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |