I bob. Iqtisodiy ijtimoiy praqnozlash masalalarining mohiyati



Download 64,68 Kb.
bet5/6
Sana19.04.2023
Hajmi64,68 Kb.
#930513
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Makroiqtisodiy prognozlashtirish modellari.

2.2. Iqtisodiy variatsiyalar. kkinchi alomat bo‘yicha modellarni tasniflash, iqtisodiy ko‘rsatkichlar variatsiyasi bo‘yicha tasniflashga mos keladi. Quyidagi uch xil iqtisodiy variatsiyalar mavjud: a) vaqtdagi ayrim ob’ektlar; b) makonda ob’ektlar majmui; c) vaqt va makonda ob’ektlarning to‘plam ko‘rsatkichlarining umumiy variatsiyasi. Birinchi xil variatsiyani davrlar oralig‘i izchilligida, iqtisodiy ko‘satkichlar fazasida ma’lum ob’ekt holatining o‘zgarishi sifatida tasavvur qilish mumkin. Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan birinchi modellashtirayotgan vaqtda, makon tekislikka aylanadi. Nuqtaning harakat traektoriyasi esa dinamik qatorni tashkil etadi. Variatsiyaning ikkinchi turi vaqt oralig‘ida ma’lum vaziyatda belgilangan nurli ob’ektlarga, ya’ni fazoda perpendikulyar vaqtdan qo‘llashga mos keladigan nuqtalar joylashishiga o‘xshash bo‘ladi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri modellashtirilayotgan hollarda - bu taqsimot qatori hisoblanadi. Variatsiyaning uchinchi umumiy turi oldingi ikki shaxsiy turlarning qo‘shilgan variatsiyasi bo‘lib, diskret tasodifiy jarayon sifatida talqin qilinishi mumkin. Ko‘rsatkich umumiy variatsiyalarining shakllanishini quyidagi ikki xil usul bilan ifodalash mumkin: - majmuaga kiradigai ob’ektlar ko‘rsatkichi vaqtli qatorlarning umumiyligi sifatida; - majmuaga kiradigan ob’ektlar ko‘rsatkichi taqsimot qatorlarining xarakati sifatida. Korxonalar ko‘rsatkichlarini iqtisodiy modellashtirish jarayonida, odatda, dinamik qatorlar qisqa, ob’ektlar soni majmuida vaqtli qatorlar sonidan birmuncha ortiq bo‘lganda tavsiflashning ikkinchi turi maqsadga muvofiq xisoblanadi. Variatsiyaning yuqorida qayd etilgan turlariga muvofiq ravishda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning uchta statistik modellarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: Xususiy dinamik model. Ayrim korxonalarning xususiy dinamik modeli makonda iqtisodiy ko‘rsatkichlar ma’lum nuqtasi vaqtli harakatini makonda mazkur ob’ektning ishlab chiqarish omillari bilan bog‘laydi. Bunday model ko‘pchilik xollarda korxona ichki tahlili, normallashtirish va boshqarish uchun qo‘llaniladi. Xususiy dinamik model. Xususiy dinamik model iqtisodiy ko‘rsatkichlari xususiy fazoviy modeli korxonalar iqtisodiy ko‘rsatkichlarining fazodagi turli holatini tushuntiradi. Odatda bu model korxonalar (sexlar) darajasi uchun qo‘llaniladi hamda yanada yuqoriroq darajada (vazirlikda) analitik maqsadlar uchun foylaniladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2013-yilda mamlakat YalM 8 foizga oshdi, iste’mol tovarlari narxi indeksi 1,6 foizgacha qisqardi. Shu bilan bir qatorda iqtisodiy o ‘sishga ta’sir etuvchi barcha muammolar ham yechilmagan. Ular eksport dinamikasining beqaror shaklda, inflatsiya darajasida, investitsiya jarayonlariga bank sektorining faol bo‘lmagan ta ’sirida, investitsiya, energetika va boshqa resurslardan u darajada samarasiz foydalanishda aks etadi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o ‘tish jarayonlarining makroiqtisodiy dinamikaga ta’sirini tahlil qilish o ‘tish jarayonidagi milliy iqtisodiyotini rivojlanishni 3 bosqichini ajratib ko‘rsatadi. 1 .Bosqich: Bozor asoslarini yaratish va bozor iqtisodiyotiga o‘tish (1991-yildan, 1996-yil oxiriga qadar) 0 ‘zbekistonda boshqa Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlaridan farqli ravishda iqtisodiy islohotlaming bosqichma-bosqich ishlab chiqarish xarakteri va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlanishi bilan ajralib turdi. Hukumatning asosiy vazifasi bu bosqichda bozor iqtisodiyotini institutsional asoslarini yaratishga qaratildi. Huquqiy islohotlar doirasida esa davlat boshqaruvi vazifalari o‘zgartirildi, yangi bank sektoriga doir me’yoriy bazalar yaratildi, ijtimoiy himoyaga katta e ’tibor qaratildi. Tovar va foiz birjalarini tashkil etishga oid me’yoriy' aktlar qabul qilindi, sug‘urta kompaniyalari, aksionerlik jamiyatlari faoliyati jonlana boshladi. O‘tish jarayonidagi
huquqiy asos sifatida mulk to ‘g ‘risidagi, korxonalar, banklar va bank faoliyati to‘g ‘risidagi xususiylashtirish, xorij investitsiyalari to‘g ‘risidagi qonunni qabul qilinishini ko‘rsatish mumkin. Shu bilan bir vaqtning o ‘zida narxlar erkinlashuvi, uy-joy fondining va kichik korxonalarni xususiylashtirish jarayoni amalga oshirildi. Lekin shu bilan bir qatorda islohotlarga yakunlanish jarayoni yetib kelmadi. Masalan, narxni erkinlashuvi alohida iste’mol tovarlari uchungina joriy qilindi. Import uchun tariflar yo‘q qilingani bilan tashqi savdo qattiq nazorat ostida edi. Yirik va o‘rta korxonalarni aksionerlik jamiyatlariga aylantirish mulkka bo‘lgan munosabatlami o ‘zgarishiga olib keldi, lekin amalda davlat bu korxonalarni ega sifatida qolaverdi. Davlat buyurtmasi tizimi orqali davlat paxta va bug‘doy uchun narxni belgiladi. Davlat nazorati faqatgina narxni tashkil etishdagina emas, balki kreditlarni taqsimlashda valutani tartibga solishda saqlanib qolindi. Narx erkinlashuvi natijasida esa iste’mol tovarlari narxi oshdi. O‘rtacha oylik o ‘sish hajmi 1992-1993-yillar ichida 19-21% ni tashkil etdi. Islohotlarni jadallashuviga 0 ‘zbekiston milliy valutasining 1994- yilda so‘mni muomalaga kiritishi va yagona rubl zonasidan chiqishi katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda zarur bo‘lgan monetar siyosatni o‘tkazishni ta’minladi. Lekin milliy valutaning konvertatsiyasining cheklangan imkoniyatlarga ega ekanligi tashqi savdo va iqtisodiyotni rivojlanishiga to‘sqinlik berdi. Lekin shu bilan birga qabul qilingan chora-tadbirlar makroiqtisodiy va moliyaviy holatni barqarorlashtirishda o ‘z o‘rniga ega bo‘lishdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga (paxta va bug‘doydan tashqari) davlat buyurtmasini yo‘q qilinishi, narxning kelgusi erkinlashuvi, bank nazoratini kuchayishi bunga sabab bo‘ldi. Kuchli monetar siyosat natijasida inflatsiya darajasi 6,3%ga 1995-yilda, 1996-yilning dastlabki to‘qqiz oyida esa 4,4% ni tashkil etdi. Valuta kursi orasidagi farq 1994-yil boshida 7,5 martadan 1995- yilda l,lmartagacha qisqardi. 1995-yilda joriy operatsiy'alar schyoti taqchilligi YalMga nisbatan 0,2%ni tashkil etdi. YalMning qisqarish hajmi 1994-yilda 4,2%ga, 1995-yilda 0,9%ga, 1996- yil birinchi yarim yilligida YalM o ‘sishi ko‘zga tashlanib, u l,7%ni tashkil etdi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonga nisbatan ishonch oshdi. 1995-yil yanvaridan boshlab XVF tomonidan moddiy qo‘llab quvvatlashib, tarkibiy o ‘zgarishlarni amalga oshirdi. MDH davlatlari ichida O‘zbekistonda birinchilar qatorida ishlab chiqarish pasayishidan 1996-yildan boshlab o‘sishga erishildi. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning dastlabki besh yilida O‘zbekistonda eng kam 16,5% ishlab chiqarish pasayishi (MDH bo‘yicha 38,5%, Rossiyada-30%, 32,7% Qozog‘istonda 29%ni tashkil etgan). O‘tish jarayonida O‘zbekistonda Belarusiya va Ukrainadan farqli ravishda ortiqcha sanoat quvvatiga ega bo‘lmagan. Bu yerda asosiy o‘rinni mavjud rivojlangan yoqilg‘i-energetika kompleksi va boy tabiiy-xomashyo' resurslarga ega bo‘lganligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga yo‘nalganligini egalladi. Bozor islohotlarining 0 ‘zbekistondagi yana bir xususiyati shundaki, iqtisodiy jabhalarda davlatning ahamiyati saqlanib qolingan. Bu MDH va sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan solishtirilganda budjet daromadlarining (YalM nisbatan 35dan 45%gacha) davlat investitsiyalarida (20%ga yaqin) umumiy hajmi yuqoriligi, shuningdek, eksport-import operatsiyalari tarkibida, nomarkaz eksportlari hajmi yuqori emasligi faol davlat tomonidan tartibga solish siyosati iqtisodiy mustaqillikka erishishda foydalanilgan. Respublikani to‘liq energetika yoqilg‘i resurslari bilan ta ’minlanishiga harakat qilindi. Bu strategiyani amalga oshishi natijasida o‘tish jarayonida ishlab chiqarish dinamikasiga ta ’sir qiluvchi omillarga ta’sirini susayganini ko‘rish mumkin. Bu siyosat obyektiv bozor erkinligi amalga oshishiga va iqtisodiyot sektorida eksport salohiyati rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan. 2. Bosqich: valuta bozorini tartibga solish (1996-yil oxiridan 2000-yil oxirigacha) iqtisodiy islohotlarni tempini pasayishiga 1996- yildagi paxta hosilini
pasayishi va O‘zbekiston eksportidagi oltin va boshqa tovarlarga jahon narxlarini pasayganligi sabab bo‘ldi. O‘zbekiston 1996-yil IV choragidan boshlab almashuv kursi va valuta operatsiyalarining qattiq administrativ tartibga solishga o ‘tdi. Kurs tafovuti tez oshdi va bu bozor indikatorlarining asosiysi hisoblanadi. 1997-yilga kelib, monetar siyosat ancha yumshadi, bank tizimi soliq siyosatida xususiylashtirishda ilgarigi siljishlar ko‘zga tashlandi. Islohotlaming huquqiy bazasi kengaydi, Oliy Majlis tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, Yer kodeksi qabul qilindi. Bulaming bari natijasida makroiqtisodiy barqarorlikka olib keldi. O‘rtacha iste’mol tovarlari indeksi 28%gacha pasaydi, YalM surati o ‘sdi. Lekin so‘mning oshirilgan almashuv kursi eksportning pasayishiga sabab bo‘ldi. Kechiktirilgan qarzlar oshdi, tashqi qarz oshish tendensiyasi va rezervlar qisqardi. 3. Bosqich: islohotlaming jonlanishi va iqtisodiyotni erkinlashuvi (2001-yildan hozirgi davrgacha) bu bosqich ishlab chiqarish aniq bosilgan qadamlar bilan ajralib turadi, ya’ni valuta bozori erkinlashuvi va soliq jarayonlarining bir oz susayganligi ko‘zga tashlanadi. Makroiqtisodiy darajada bu eksport dinamikasini barqarorlashshuvida va kurs farqini 2002-yil o ‘rtasiga kelib l,5marta pasaygan. Yangi impuls XVF va O‘zbekiston hukumatining o ‘zaro rivojlanishi memorandumi natijasida 2002-yilda imzolanganligi bosqichlab chiqarish sezildi. Iqtisodiyotning kelgusi rivojlanishi uchun iqtisodiy o ‘sishni 6-7- yil oralig‘idagi holatini tahlil qilish zarur.
Talab yoki taklif: YalM dinamikasini o ‘tish jarayonida nima belgilanadi? Iqtisodiyotni ikki omil: talab va taklif ta’sirida rivojlanishi mumkin.

Xulosa


Model iqtisodiy pognozlashni o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashni muxim vositasi xisoblanadi. Ijtimoiy va iqtisodiy prognozlashtirish modellari ayrim turlari optimallash kriteriyasi yoki qutilgan yuqori natijasi bilan tasniflanadi. Tarmoqlararo balans iqtisodiyotdagi asosiy model bo‘lib, unda xalq xo‘jaligidagi turli natural va qiymat aloqadorligi ko‘rsatiladi. Natural qiymat balansini modeli xalq xo‘jaligini kompleks tavsifini aks ettiradi. Iqtisodiy matematik modellar makroiqtisodiy darajada iqtisodiy prognozlarni tuzishda keng qo‘llaniladi. Tarmoqlararo balansda sanoat, kapital qo‘yilmalar, mexnat resurslari va boshqa resurs etkazib beradigan tarmoqlar orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar xisobga olingan xolda reja davri qator yillar uchun xalq xo‘jaligi mahsulotining ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi ko‘rsatkichlarini xisoblash imkonini beradi. Xalq xo‘jaligi balansi prognozlashtirishni mukammallashtirishning muxim yo‘nalishiiqtisodiy o‘sishning asosiy parametrlarini prognozlashtirishni vertifikatsion-statistik yondashish dinamik vaqt qatori ma’lumotlaridan maksimal foydalanishga asoslangan xolda ularning xaqiqiy iqtisodiy jarayonlar bilan moslangan va baxolanayotgan sharoitlar ma’nosini tekshirishni ko‘zda tutadi. Modeli umumiy makroiqtisodiy muvozanat modeli bo‘lib milliy bozorni qisqa va uzoq muddatga tahlil qilish imkonini beradi. AD-AS modeli iqtisodiy tebranishlarni tahlil qilish va baholash uchun asos yaratadi. Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir. Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi AD egri chizig‘i traektoriyasini pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan hamda baho omillari bo‘lgan foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import xaridlari samarasi bilan izohlash mumkin. Bahodan boshqa omillar ta’sirida AD egri chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi. AS egri chizig‘i keyns, oraliq va klassik kesmalarni o‘z ichiga oladi. Uzoq muddatli davrlarda AS egri chizig‘i vertikal, qisqa muddatga esa gorizantal bo‘ladi. Shuning uchun AD dagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmi, bandlik hamda baholar darajasiga bu kesmalarda turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Yalpi talab va yalpi taklif hajmlari o‘zaro mos kelgan, ya’ni AD va AS egri chiziqlari kesishgan nuqta makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi, unga mos keluvchi baholar darajasi baholarning muvozanatli darajasi deb aytiladi. AS egri chizig‘i ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar hajmi ko‘payishi hamda chngi texnologiyalarning kiritilishi hisobiga o‘ngga siljiydi. Bu holat iqtisodiy o‘sish deb ataladi. AS egri chizig‘ining chapga siljishi stagflyasiyadan dalolat beradi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish sababini yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat buzilishi bilan izohlash mumkin. IS- LM modeli tovar va pul bozorlarining o‘zaro aloqalarini va har ikki bozorda birgalikda muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini izohlovchi modeldir. IS egri chizig‘i tovar va xizmatlar bozorida paydo bo‘ladigan daromadlar darajasi va foiz stavkasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. IS egri chizig‘ining har bir nuqtasida tovar pul bozorida muvozanat tarkib topadi. LM egri chizig‘i o‘zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. LM egri chizig‘ining har bir nuqtasida pul bozorida talab va taklif o‘zaro teng bo‘ladi. IS va LM egri chiziqlarining kesishuv nuqtasi har ikki bozor uchun muvozanat nuqtadir. Bu nuqtada asosiy makroiqtisodiy ayniyat iste’mol, investitsiya, sof eksport va pulga talab funksiyalari tengligini to‘liq qanoatlantiradi.Model unda IS va LM egri ichiziqlarining holati aks ettiradigan makroiqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib makroiqtisodiy siyosat usullarning qay birini qo‘llash, yoki ularni muvofiqlashtirish masalalarini hal etish imkonini beradi.Tarmoqlararo modellar majmuasi yiriklashgan dinamik va kengaytirilgan tabiiy-qiymatli modellami o ‘zi ichiga oladi. Tizimning hamjihatligi milliy daromad, uni taqsimlash tuzilmasi hamda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining sarmoya qo‘yilmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va boshqalar kabi yiriklashgan dinamik modelining asosiy ko‘rsatkichlarning tabiiy-qiymatli tarmoqlararo balansini tuzish uchun qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi.



Download 64,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish