Yelektr uskunalarini ta’mirlash ishlarini bajarayotganda rioya qilinadigan xavfsizlik koidalari
Metallar va boshqa materiallarga har xil asboblar bilan ishlov berayotganda xavfsizlik choralariga amal qilmaslik jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin.Slesarlik uchastkasida quyidagi qoidalarni bajarish zarur: tiskini dastgohga shunday o’rnatish kerakki, ish vaqtida qulay vaziyatni yegallash mumkin bo’lsin; asbobni charxlayotganda himoya ko’zoynagi yoki shishadan foydalanish; kesish ishlarini o’tkir asboblar yordamida bajarish, bunda zagotovkani tiskiga puxta mahkamlab qo’yish; yegovlayotganda yegovning dastasi chiqib ketib qo’lni jaroxatlamasligi uchun yegov dastasining halqasi bilan detalga urmaslik; ko’zga tushmasligi uchun qirindini og’iz bilan puflamaslik; dastasiz yoki dastasi yorilgan yegovdan foydalanmaslik; yegovlayotganda detal sirtini qo’l bilan ush-lamaslik (aks holda yegov sirpanib ketib qo’lni jarohatlashi mumkin); payvandlayotganda va kavsharlayotganda ko’zni yerigan metall zarralari hamda yorug’lik nuridan asrash uchun himoya ko’zoynagini taqish lozim. Atrofdagilarni otilayotgan metall zarralaridan saqlash uchun slesarlik dastgohi himoya to’ri bilan ta’minlanishi kerak. Asboblar benuqson bo’lishi zarur. Bolg’alar dastasi faqat, buk, qayin va boshqa qattiq yog’ochdan yasaladi. Yumshoq yoki yirik qatlamli daraxtlar qarag’ay, qoraqarag’ay, arg’ivon yog’ochidan bu maqsadda foydalanishga ruxsat yetilmaydi. Dastasining teshikka o’tqazilishi bo’shashib qolgan, dastasi singan, yorilgan va zarb beruvchi qismi chaqalangan bolg’a ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi. Zubilolar, podboylar va boshqa asboblarning bolg’a bilan uriladigan qismi pachoqlangan yoki singan bo’lmasligi kerak. Faqat yog’och yoki plastmassa dastali yegovlardan foydalanish mumkin. Dastaning asbob tiqilgan teshigiga metall halqa kiydirilgan bo’lishi lozim. Gayka kalitlari gaykalar (boltlar kallagi) o’lchamiga moslab tanlanishi zarur. Kalitlardan foydalanayotganda kalit bilan gayka orasiga kistirma qo’yish taqiqlanadi. Kalitni truba yoki boshqa narsalar bilan uzaytirishga ruxsat yetilmaydi. Slesarga ko’pincha parmalar va charxlash stanoklardan foydalanishga to’g’ri keladi. Stanoklarda ishlayotganda ushbu qoidalarga rioya qilish zarur: maxsus o’qimasdan va instruktaj olmasdan ishga kirishish mumkin yemas; to’siqlarning tuzukligini tekshirish kerak; uzun sochni bosh kiyimi ostiga bostirib qo’yish lozim; uzun va keng yenglarni panja yaqinida bog’lab qo’yish darkor. Parmalash stanogida ishlayotganda shikastlanishga qirindi yoki bo’sh mahkamlab aylantirilgan detalning o’zi sabab bo’lishi mumkin. Detalni tiskiga puxta mahkamlash zarur. Mayda detallar qo’l tiskisi (iskanja) bilan ushlab turiladi.
Stanok batamom to’xtagandan keyingina parmani patrondan olish mumkin. Stanokni ishga tushirishdan oldin stoldan hamma ortiqcha narsalarni olib tashlash va atrofdagilarga hyech qanday xavf yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak. Parma yoki zenkerni detalga haddan tashqari qattiq bosish kerak yemas, chunki bunda detal tiskidan chiqib ketishi yoki asbob sinib, uning siniqlari ko’zni shikastlashi mumkin. Aylanayotgan parmaga qo’l tekkizish, qirindini qo’l bilan olib tashlash, aylanayotgan parmani ho’l latta bilan sovitish, shuningdek qo’lqop kiyib ishlash yaramaydi, chunki qo’lqopni asbob tortib ketishi mumkin.Charxlash stanogi o’ta yehtiyotkorlik va diqqat bilan ish-lashni talab qiladi. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik jilvirlash doirasining sinib otilishi, otilgan mayda zarra-larining ko’zga tushishi, to’silmagan aylanuvchi qismlarining kiyimni tortib ketishi natijasida jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin. Charxlash stanogida ishlayotganda doiraning ro’parasida yemas, balki yonida turish kerak. Detalni doiraga qattiq bosmasdan, ohista tekkizish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |