va ahamiyati
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishini belgilab oldi. Qaysi tarmoq korxonalari misolida bo’lmasin, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish bilan bog’liq masalalar tadqiq etilayotgan paytda, birinchi navbatda, e’tiborga olinishi lozim. Shu jihatdan investitsiya va investitsion faoliyatni moliyalashtirishning mazmun-mohiyati, vazifalari, amalga oshirish shakllari va prinsiplari xususida bir to’xtamga kelish muhim hisoblanadi. Chunki mazkur masalalarga aniqlik kiritmasdan, bir to’xtamga kelinmasadan va umumiy o’rinni shakllantirmasdan investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish xususida gapirish ma’lum noaniqliklarni keltirib chiqaradiki, ular oxir-oqibatda noto’g’ri qarorlar qabul qilinishiga olib kelinish mumkin.
Iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o’rni tutishini o’z vaqtida to’g’ri anglab yetganligi natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo’lgan e`tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo’lga qo’yilishini hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta`kidlash lozim.
Investitsiya faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishda investitsiyalarga alohida ahamiyat berish zarur.
Har qanday jamiyatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayniqsa bugungi kunda shu narsa yaqqol nomoyon bo’lmoqdaki, har qanday mamlakatning bundan keyingi yuksalishi investitsiyalarni jalb etish holatiga bo’liq.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati to’g’risida xorijlik va
mamlakatimiz iqtisodchi olimlari o’rtasida xilma-xilfikrlar mavjud.
Investitsiyalarga bir aniq ta`rif berilmagan. Har qaysi izlanuvchi bu atamaga nisbatan o’z yondashuv uslubi va fikriga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Turli iqtisodiy adabiyotlarda investitsiya faoliyatiga turlicha ta’riflar berilgan. Iqtisodchi olim Neshitoyning fikricha, “Invetitsion faoliyat bu daromad olish va foydali samaraga erishish maqsadida mablag’larni
joylashtirish(investitsiyalash) va amaliy harakatlarni sodir etishdir”.3
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunda: “Investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati sub`ektlarining
Investitsion faoliyatda investorlar investitsiya resurslarini iqtisodiyot sohalariga foyda (daromad) olish yoki samaraga erishish uchun joylashtiradi. Bunda uning tarkibiy tizimini investitsion faoliyatning ob`ekti va sub`ektlari tashkil etadi.4
1.2-rasm. Investitsion faoliyatning ob`ekti va sub`ektlari
Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi, eng avvalo, o’z manfaatlarini ko’zlab, ya’ni foyda olish maqsadida harakat qiladilar.
Sanoat korxonalarida investitsiyalarning yo’naltirish ob’ekti quyidagilar hisoblanadi:
-yangi uskuna va jihozlar, texnika vositalarini sotib olish va o’rnatish;
-yangi inovatsion g’oyalarni moliyalashtirish;
-yangi bino-inshootlar qurish va foydalanishga topshirish;
-asosiy fondlarni ta’mirlash, yangilash;
-mahsulot assortimentini ko’paytirish;
-kadrlar malakasini oshirish va boshqalar.
Investitsiya faoliyati iqtisodiyot rivojining jadal sur`atlarini belgilab berish bilan birga u har qanday tizimda ko’p jihatdan mintaqa va mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sib borishini hamda taraqqiy etish darajasini ifoda etishi lozim. Investitsiyalar sanoat korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirishda muhim omil bo’lib, u kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosini tashkil etadi. Sanoat korxonalari faoliyatida samaradorlikka erishish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, qolaversa, mamlakatning aholi bandligini ta’minlashda investitsiyalarning o’rni va ahamiyati juda katta.
Investor investitsiyalashni amalga oshirish uchun ma`lum miqdordagi mablag’ yoki investitsiya resurslariga ega bo’lishni yoki jamg’arishni talab etadi. Buning uchun jamg’arma mablag’larini banklarda to’plash va ular orqali kapital mablag’larni iqtisodiyotning istiqbolli sohalariga yo’naltirilishini ta`minlashga erishish mumkin. Bu, avvalo, investitsiya faoliyatida banklar ishtirokini oshirishni talab etadi.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyasini faol jalb etish uchun, nafaqat, hududlar balki, tarmoqlarda, shuningdek investitsiya faoliyatining sub`ekti va ob`ektlarida ham investitsion jozibadorlik reytinglarini tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir. Bunda, asosan, chet el investitsiyasini iqtisodiyot sohalari bo’yicha mutanosib jalb etishning kompleks dasturini ishlab chiqish va unda tarmoqlarni, asosan, 3 guruhga, ya`ni ishlab chiqarish, hizmat ko’rsatish va ijtimoiy sohalarga bo’lib, investitsiyani ustuvor darajada real sektorga yo’naltirib, so’ng qolgan sohalarni rivojlantirishga hamda iqtisodiyot rivojlanishi va zaruriyatidan kelib chiqib, hizmat ko’rsatish va ijtimoiy sohalarga ham jalb etilsa, maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarning o`rni beqiyosdir. Bunda ilg`or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o`rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta`minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo`lgan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta`minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to`qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog`i hamda boshqa yo`nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e`tibor berilmoqda.
Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishda investitsiya faoliyati va uning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Investitsion faoliyat faqat investitsiyalarni amalga oshirish va investitsiyalarni amalga oshirish hamda investitsiya jarayonlari bilan bog’liq faoliyat hisoblanadi. Investitsiya faoliyati uchun nisbatan katta miqdordagi mablag’larni sarflash, foydaga yoki boshqa foydali samaraga ega bo’lish muhimdir.
Demak, O’zbekiston iqtisodiyotining taraqqiyotini ta`minlashda investitsiyalarning roli benihoya katta bo’lib, u, eng avvalo, iqtisodiyotni intensiv rivojlantirish asosida hamda yangi texnika-texnologiyalar jalb qilish va o’zlashtirish negizida rivojlantirishi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |