Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, milliy iqtisodiyotning turli soha hamda tarmoqlarida tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bu makroiqtisodiy barqarorlik, barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari va aholi turmush darajasining oshishida yaqqol nomoyon bo’lmoqda.
Bunday ijobiy o’zgarishlarda investitsiyalarning ahamiyati kattadir. 2013yilga mo’jallangan Davlat investitsiya dasturini amalga oshirishda O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi.
Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon ishlab chiqarishni modernizatsiyalash deyiladi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo’nalish va vositalari quyidagilar hisoblanadi:
-korxonalarda eskirgan asbob-uskunalardan voz kechish;
-ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko’paytirish;
-ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash;
-ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
Mamlakatizmizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining hozirgi bosqichida investitsiya siyosati iqtisodiyotdagi barqarorlik, tarkibiy va sifat o’zgarishlarini belgilovchi muhim omil bo’lmoqda. Doimiy olib borilayotgan investitsiya siyosati yurtimizda xorijiy va mahalliy investorlar uchun har tomonlama qulay investitsiya muhitini yaratish imkonini yaratmoqda.
So’nggi yillarda iqtisodiyotimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar va modernizatsiyalash jarayoni investitsion faollikni ham o’sishini ta`minladi. Buni isboti tariqasida, birgina “O’tgan yilda iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million AQSH dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi ko’rsatkich 2011-yilga nisbatan 14 foizga o’sdi. Jami investitsiyalarning 22 foizdan yoki 2 milliard 500 million AQSH dollardan ortig’ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 79 foizdan ko’prog’i to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir.
E'tiborga sazovor tomoni shuki, jami investitsiyalarning qariyb 74 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirildi.
Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bu investitsiyalarni moliyalashtirish sohasida davlatimizda muammolarning mavjudligi. Ushbu muammolarni yechishda O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan bir qator amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqilmoqda.
Buning natijasida investitsiyalar moliyaviy manbalari tarkibiy tuzilishida ham sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda (1.1-jadval). Jadval ma`lumotlari bo’yicha investitsiyalashning moliyaviy manbalari tarkibida davlat budjetining ulushi 2015-yildagi 10,4 foizdan 2020-yilda 6,4 foizga, korxonalar va aholi mablag’lari ulushi tegishli ravishda 60,2 foizdan 50,2 foizga qadar pasaygan. Chet el investitsiyalarining ulushi esa, shu davrda 18,4 foizdan 25,1 foizgacha oshgan.
Ushbu raqamlar milliy iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Investitsiya muhiti sarmoyani samarali qo’yish uchun yangi imkoniyatlar va rag’batlarni shakllantiradi. Boshqacha qilib aytganda, qulay investitsiya muhiti yaratilishi korxonalar uchun daromadlar o’sishi va xarajatlar hamda risklar kamayishini ta`minlaydi. Natijada, qulay investitsiya muhiti yaratilishi tufayli mehnat unumdorligining o’sishi, innovatsiyalarni tatbiq qilish, sifat va mahsulot raqobatbardoshligi, aholi bandligini ko’tarish, turli darajadagi budjetga soliq to’lovlarini oshirish ta`minlanadi. Har tomonlama qulay investitsiya muhiti korxonalar faoliyat samaradorligiga ta`sir etadi, bu esa investitsiyalashga xos bo’lgan daromadlar va kapitalning o’sishiga olib keladi.
1.1-jadval
O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarining dinamikasi (%da)
Moliyalashtirish manbalari
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
2020-yilda 2015yilga nisbatan
o’zgarishi, foiz hisobida.
|
Jami
|
100,0
|
100, 0
|
100, 0
|
100, 0
|
100, 0
|
100, 0
|
100,0
|
Davlat budjeti
|
10,4
|
8,0
|
8,5
|
8,1
|
7,8
|
6,0
|
-4,4
|
Budjetdan tashqari fondlar
|
6,8
|
5,8
|
6,2
|
7,4
|
7,0
|
7,6
|
0,8
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |