I bob fizika fanini o‘qitish metodlari tavsifi



Download 83,56 Kb.
bet2/6
Sana20.07.2022
Hajmi83,56 Kb.
#829586
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yusupova Ozoda

Kurs ishining ahamiyati Kurs ishida o’qitishning an’anaviy usullari bilan bir qatorda fizikani o’qitishда fizika ta’lim texnologiyalaridan foydalanish davr talabi ekanligi asoslanadi va uning samaradorligi ko’rsatiladi.


I.BOB FIZIKA FANINI O‘QITISH METODLARI
1.1 Fizikani o’qitishda qo’llaniladigan metodlar
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida» ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish zarurligi ko‘p karra takrorlanadi.
Pedagogik texnologiyalarning o‘zi nima va u an’anaviy ta’limdan nimasi bilan farq qiladi?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg‘or pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya» «Zamonaviy ta’lim texnologiyasi» iboralari keng qo‘llanilmoqda.
Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yo‘q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina tariflari mavjud.
Respublikamizning pedagogika sohasidagi olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. Xo‘sh, nega yangi pedagogik texnologiyalar zarur bo‘lib qoldi?
Birinchidan, ma’lum sabablarga ko‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;
Ikkinchidan, an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli «axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; 
To‘rtinchidan, kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi;
Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.
Ta’lim texnologiyasi yuqorida sanab o‘tilgan beshta sababiy shartlarni barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir.
Bu zaruriyat, shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma (namuna, misol) lari asosida o‘qitilganligi, ularda o‘zgacha nuqtai nazarnitan olmaslik, faqat o‘z fikrini to‘g‘ri deb bilish shakllantirilganligidandir. Bu hol har qanday taraqqiyotga g‘ov bo‘lib, shu paradigmada yurgan kishilarniinqiroz sari yetaklaydi. Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa,ta’lim-tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yo‘llaridan biri ta’lim-tarbiyajarayonini qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir.[1]
Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy o‘n yettinchi asrdayoq ta’limning “vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashdan» boshqa narsanitalab qilmaydigan umumiy tartibini topishga harakat qilgan edi. Komenskiyning fikricha, idealda o‘qitishning yagona mukammal uslubi topilsa, “hammanarsa toshlari to‘g‘ri muvozanatlangan soatdek aniq, faqat ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bo‘lgan bexatolik bilan arilaydi».
Pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tez tarqaldi. YUNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo‘llab-quvvatlandiva hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli o‘zlashtirilmoqda, qo‘llanilmoqda. Ko‘pgina mamlakatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib,o‘quvchilar o‘zlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiya bo‘yicha tajriba-sinov tarzidao‘qiyotgan 50 ming boladan 75 foizida an’anaviy o‘qitishda faqat eng yaxshi o‘quvchilar erishadigan natijalar qo‘lga kiritilgan.
Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini, ta’lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta’lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqtichida loyihalashtirilayotgan o‘quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish g‘oyasi tashkil etadi.
Bunday yondoshishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan - uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo‘yicha aniq elementlarga bo‘lib tashlash yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat.
Ta’lim texnologiyasining predmeti - ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo‘yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o‘quvmaterialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasiniba holashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. [2]
Bizda ta’lim nazariyasi va amaliyotida, o‘quv jarayoniga texnologik xarakterni kiritish 50–yillardan boshlangan. Ular, an’anaviy o‘qitish uchun texnik vositalar majmuasini yaratishda o‘z ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda, pedagogik texnologiyaga oddiygina «o‘qitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu, o‘qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qo‘llash yo‘li bilan hamda qo‘llanilayotgan usullarni baholash vositasida ta’lim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotlardir».
V.P. Bespalko bo‘yicha, barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo‘liga o‘tkazish – o‘quv amaliyotini, pedagogik jarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning har bir elementini va bosqichini tartibli asoslashga, obektiv tashhis qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin ravishda burilishini ifodalaydi 
Ma’rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib kelinayotgan ta’lim texnologiyalarini o‘rganib, xalqimizning milliy pedagogika an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonning milliy ta’lim texnologiyasini yaratish lozim.
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi va tamoyillari. Pedagogika fani va amaliyotida, «pedagogik texnologiya», «ta’lim texnologiyasi», «o‘qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. Shu bilan birga, ularni tushunish paytida alohida farqlar mavjud. Avvalambor, «texnik texnologiya» va «pedagogik texnologiya» tushunchalarining mohiyatini aniqlaylik.
«Texnologiya» – yunoncha ikki so‘zdan – «texnos» (techne)- mahorat, san’at va «logos» (logos) – fan, ta’limot so‘zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda zamonaviy texnologiya jarayonini to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnik texnologiya quyidagilarni bildiradi:
Quyida pedagogik texnologiyaning yana bir nechta ta’riflarini keltiramiz:
Pedagogik texnologiya -bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.[3]
Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir.
Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriY. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida - ta’lim texnologiyasi, o‘qitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin.

  • O‘qitish texnologiyasi - birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli-harakat aspektini anglatadi. Bu, ta’lim jarayonini o‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi, usul va vositalar (texnologik operatsiyalar) ning tartibli birligini o‘zida mujassamlashtirgan ta’lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni: ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli-bayonli aspektini ifodalaydi. Bu, maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo‘yicha pedagogik hamda o‘quv faoliyatini loyihasini bajarishni bayonidir (texnologik xarita).

  • Ta’lim texnologiyasi - pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini hamda ularni, o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli usuli.

  • Pedagogik texnologiya -bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida ko‘rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo‘lgan o‘qituvchi(pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir.

  • Pedagogik texnologiya - bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir.Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyani o‘qitishga boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.BMT nufuzli idoralaridan biri bo‘lgan YUNESKOning ta’rificha,   

Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlash tizimidir. 
Keltirilgan ta’riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, uzoq xorijda berilgan ta’riflar bilan MDH mamlakatlari bergan ta’riflari bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini ko‘ramiz. Jumladan, YUNESKO ta’riflarida tizimli yondoshuv tamoyiliga alohida urg‘u berilgan.
Ijtimoiy texnologiyalar safiga kiruvchi «pedagogik texnologiya» tushunchasining mazmunini aniqlaymiz. Ko‘pchilik pedagog-olimlarning fikricha, ushbu keng ishlatiladigan so‘zlar birikmasi inglizcha «an educationaltechnology» - ya’ni «ta’lim texnologiyasi» ifodasini noaniq tarjima qilishdan kelib chiqqan. Bizning fikrimizcha, ta’lim texnologiyasiga dastlab asos solgan olimlar pedagogik texnologiyani emas, balki aynan ta’lim texnologiyasini nazarda tutishgan. Buni tushunib yetish uchun pedagog atamasining lug‘aviy ma’nosini esga olaylik, bu atama yunoncha «payne»-bola, «agogeyin» - yetaklamoq so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, bola yetaklamoq ma’nosini anglatadi. Bundan «bola yetaklash texnologiyasi» degan atama kelib chiqadi, bu tushuncha ta’lim texnologiyasi maqsadi va mantig‘iga zid bo‘lib, ta’lim texnologiyasining haqiqiy ma’nosini bermaydi.[3]
Bugungi kun ta'lim tizimida amal qilayotgan an'anaviy ta'limning mazmunini yangilash va ta'lim jarayonini tashkil etishni tubdan o'zgartirish davr taqozosidir. Buning uchun fizika ta'limi tizimini pedagogik va axborot texnologiyalarni uyg'unlashtirgan holda qo'llash orqali ta'lim samaradorligini yuqori pog'onalarga ko'tarish mumkin. Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) — kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini qisman yoki to'liq avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, unda zamonaviy texnologiyalar o'qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o'quv fani bo'yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik vositalar, qo'shimcha yordamchi vositalar kiradi. Fizikadan pedagogik dasturiy vositalar (PDV) ga quyidagilarni e'tirof etish mumkin: 1. Matnli material; 2. Elektron jadvallar; 3. Ma'lumotlar bazalari; 4. Grafiklar, diagrammalar, plakatlar; 5. Fizik modellar; 6. Namoyishlar, animatsiyalar; 7. Virtual laboratoriya ishlari; 8. Masala yechishni modellashtiruvchi dasturlar; 9. Testlar, ularni yechish metodikalari, namunalari; 10. Elektron darsliklar va elektron ishlanmalar; 11. Elektron ma'lumotnomalar; 12. Elektron ensiklopediyalar. Fizikani o'qitishda PDVlarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an'anaviy vositalardan afzalligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, ergonomik guruhlarga ajratildi.
Fizikani o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi:

Talablar

Mazmuni

Ilmiylik

Ta'lim mazmunining zamonaviy fan darajasiga muvofiqligi; akademik litsey o'quvchilarida ilmiy bilishning umumiy metodlari haqida to'g'ri tasawurlarni hosil qiladi.

Tushunarlilik

Bu talab nazariy murakkablik va bayon etish chuqurligi darajasining aniqlanishida ifodalanadi, u o'quvchilarning xotirasi va shaxsiy fikrlash xususiyatlari bilan, shuningdek ularning tayyorgarlik va rivojlanish darajasi bilan chambarchas bog'liq.

Ko'rgazmalilik

O'quv axborotini ng kompyuter tasviri, axborotni qabul qilishga у o'naltirilganligi, dinamikligi, yuqori sifati bilan ajralib turadi. Demak, axborotning kompyuter tasviri imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga o'qitishning ko'rgazmaliligini yuqori darajada oshirish mumkin.

Muammolilik

O'rganuvchi yechishi lozim bo'lgan muammoli vaziyatga duch kelganida, uning qiziqishi va fikrlash qobiliyati ortadi; kompyuter yordamidagi namoyish tajribalaridan foydalanganda o'quv muammosining nisbatan yorqinroq ko'rgazmali qo'yilishi va undan ham yorqinroq uni yechish yo'llarini tasawur etishi mumkin bo'ladi.

Faollashtirish

Mustaqil ishlab chiqish, o'z bilimini tekshirish va o'quvchilar tomonidan yakka tartibda modellarni tuzish imkoniyati mavjud bo'ladi.

Fizikani o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan psixologik talablarga quyidagilarni kiritish mumkin:



Talablar

Mazmuni

Idrok etish

Idrok qilishning ongliligi unga fikriashning ham qo'shilganini anglatadi. Alohida predmet yoki hodisani idrok qila turib, biz uni umumiyning xususiy holati kabi qabul qilishimiz mumkin. Biror bir fizik tajribani namoyish qilayotganida, u ma'lum asboblardan foydalanadi. Ammo ushbu tajriba vositasida isbotlanayotgan qoida yoki qonun nafaqat berilgan konkret jarayon yok i hodisa ga taalluqli, balki umumiy ma'noga ham ega. Shu sababli, tajribani tushunish uchun, tajriba vaqtida ro'y berayotganlar qandaydir umumiy qonuniyatning bir ko'rinishi ekanligini idrok etishi kerak.

Xotira

Predmetlarni, jarayonlarni, hodisalarni ongli ravishda idrok qilish doimo ularni tanib olishni, ya'ni tanishni taqazo qiladi. Tanish esa o'z navbatida ularni eslab qolishga yordam beradi.

Tasavvur

O'quvchi foydalanadigan obrazlar bevosita qabul qilinganlarni qayta tiklash bilan chegaralanmaydi. Xotiraning funksiyasi - awalgi tajribaning natijalarini imkon qadar o'zgartirmasdan saqlash, tasawurning funksiyasi ularni qayta tiklashdir.

Tafakkur

Bizning ob'yektiv borliqni tanishimiz sezgilar va qabul qilishdan boshlanadi, shuningdek fikrlarning xususiydan umumiyga va umumiydan xususiyga o'tishni ochib beradigan harakati. Tafakkur amaliy faoliyat ongi sifatida tug'iladi va faqat undan keyingina mustaqil nazariy faoliyatga aylanadi.

Yuqoridagi talablardan tashqari ilmiy-metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o'quv fanining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma'lum bir fanning o'ziga xosligini hisobga olish, axborotning zamonaviy metodlari o'zaro bog'liqliligi, o'zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi va boshqalar. Shuningdek, tashkiliy-texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test o'tkaziladigan manbalar kiradi. Internet-navigatorlar, tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (o'qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. Maxsus talablarga esa, interfaollik, maqsadga yo'nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiasiyalash, kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik kiradi. Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o'qitishga mo'ljallangan fizika fanining o'ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko'zda tutadi. Demak, fizika fanini o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan talablar asosida yaratilgan DPVdan foydalanish ijobiy natija beradi, ya'ni fizikani o'qitishda ularni qo'llash asosida o'quvchilarning fizika fani bo'yicha ko'nikma va malakalar shakllantirish bilan birga mustaqil ta'lim olish jarayonini osonlashtiradi hamda intensivlashtirishga imkon beradi.[4]


Ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini yanada oshirish uchun faqat ilg‘or o‘qitish metodlarini ishlab chiqish to‘g‘risida gapirmasdan, shu bilan birga ularning qo‘llanilishiga ham ahamiyat berish kerak. O‘qitish metodlari darslikdan, masala yechish uchun qo‘llanmalardan, demonstratsion tajribadan va laboratoriya ishlaridan ajralgan holda bo‘lmaydi. O‘qitish metodlari o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi, ammo darslik matni masalalar mazmuni, demonstratsion tajribalar va laboratoriya ishlari o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari bilan chambarchas bog‘langan bo’ladi. O‘qituvchilarni o‘qitish metodlari bilan qurollantirishning bosh yo‘li-bu o‘quv ishlarining strate-giyasini, ya’ni o‘qitish tarbiyalash va o‘stirishning vazifalari, fundamental fizik nazariyalar va o‘quv predmetining o‘ziga xos o‘qitish metodlarini amalga oshira borib, har bir darsni o‘quv-tarbiya jarayonining bir qismi deb qarab, darsda asosiy ish shakllarini qo‘llay olish mahoratini egallashdan iborat.
Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o’qitishning maqsadi o’quvchi va talabalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga fizikaning metodik masalalaridan bo’lib, o’quv kursining mazmunini, tarkibini va dasturini, uni o’qitishga taaluqli darslik, o’quv qo’llanmalar va vositalarni aniqlash va ulardan o’qitish jarayonida samarali foydalanish usullarini toppish hisoblanadi.
O’qitish jarayoni tushunchasi asosan quyidagi savollarga javob berishi kerak:

  1. Yoshlarni nima uchun o’qitamiz? Bu har bir davlatdagi o’qitishningmaqsadi va vazifasi orqali aniqlanib,direktiv hujjatlarda (konstitutsiya, “ta’lim to’g’risidagi” qonun, bilim berish konsersiyalari, davlat ta’lim standartlari, o’quv yurtining ustavi, dasturiy hujjaylar va boshqalar) ko’rsatiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o’qitishning maqsadi o’quv dasturlarining tushuntirish xatida quyidagi tarzda berilgan:

  • Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish jarayonida fizikaning tutgan o’rni va rolini tushuntirish asosida o’quvchilarni siyosiy-g’oyaviy, fidoyilik va internatsional milliy ruhda tarbiyalash, direktiv hujjatlarda mos tarzda ilm va texnikani rivojlantirishiga vatanimiz va chet ellik olimlarning qo’shgan hissalari bilan tanishtirish;

  • Ilmiy dalillar, tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, fizika fanining tadqiqot metodlari, bilimlarni amalda qo’llash va olamning ilmiy manzarasi to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish;

  • Materiya tuzilishining birligi, tuzilishining cheksizligini, tabiatdagi saqlanish qonunlarining universialligini, fizik hodisalarning dialektik mohiyatini, fizik nazariyalarning uzluksizligi va izchilligini, fizikaning rivojlanishida nazariya bilan tajribani birgalikda qatnashishini, fizikani o’rganishda amaliyotning rolini ochib berish;

  • Ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy jihatlari bilan tanishtirish – kompleks avtomatlashtirishni, elektronika va mikroprotsessorlarni, texnikani, robotatexnikani, atom energetikani, ishlab chiqarish va axborot texnologiyasining hamda yangi materiallarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan o’quvchilarni tanishtirish;

  • Bilimlarga mustaqil ega bo’lishni tushuntirish, darslik, o’quv qo’llanmalar, ma’lumot beruvchi ilmiy adabiyotlar hamda xrestomatik adabiyotlar bilan ishlash usullarini shakllantirish;

  • Ayrim eksperimental ko’nikmalarni shakllantirish: asbob – anjomlar bilan ishlash, o’lchash, o’lchash natijalaridan foydalanish va eksperiment asosida xulosa chiqarish, texnik xavfsizlikka rioya qilish;

  • Fizika va texnikani bilishga qiziqtirish, bilish imkoniyatlarini rivojlantirish, o’qishga samarali yondashishni shakllantirish, fizikani hayot bilan bevosita bog’lab o’qitish natijasida o’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash, o’quvchilarni esa kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish;

  1. Yoshlarga nimani va qancha o’qitamiz? Bu savolga javob umuta’lim maktab, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari, mutaxassislik o’quv rejalari hamda fizika o’quv dasturlaridan, darsliklardan olinadi.

  2. Yoshlarni qanday o’qitamiz? Amalda bu savolga aniq javob beradigan direktiv hujjat yo’q . u o’qitish metodlari, vositalari hamda o’qitishni tashkil qilish shakllari orqali amalga oshirishga tegishli. Ularni ishlab chiqish, tanlab olish va foydalanish o’qituvchilardan yuqori darajadagi ijodkorlikni talab qiladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishilgandan so’ng, Respublikamiz rahbariyati ushbu sohaga alohida e’tibor berib, 1997-yili “Talim to’g’risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ushbu hujjatlar asosida O’zbekistonda yoshlarni o’qitishning yangi tizimiga o’tildi va u hozirgi kunda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.
Oliy maktablarda fizika o’qitish metodikasi quyidagi bo’limlardan iborat: fizika o’qitishning ununiy nazariy masalalari; fizika kursining ayrim bo’limlarini yoki mavzularini o’qitish metodikasi; fizik eksperimentlarni bajarish metodiaksi va texnikasi. Fizika kursining barcha bo’limlarining mavzulari mazmunini, tarkibini aniqlash va ularni o’qitishni (xususiy metodika) didaktik nuqtai nazardan ta’minlash hamda o’qitish metodlarini tanlash va ular asosida ta’lim-tarbiya jarayoninin tashkil qilish ( ummiy metodika) bilan shug’ullandi.
Fizika o’qitishning umumiy nazariy masalalariga quyidagilar kiradi:

  • Turli o’quv yurtlarida fizika o’qitishning maqsadi va vazifalari;

  • O’quv yurtlarida o’qitiluvchi fizika kursining mazmuni, tuzilishi va hajmi;

  • Fizika o’qitishning matodologik va psixologik asoslari;

  • Fizika o’qitish jarayonida politexnik ta’lim berish va uni amaliyot bilan bog’lash;

  • Fizika kursini predmetlararo aloqasini o’rnatish va o’qitishning turli bosqichlari orasida izchillikni amalga oshirish;

  • Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilarda dialektik – materialistic dunyoqarashni shaklantirish va ularning ilmiy fikr yuritilishini o’stirish;

  • O’qitishning adekvat texnologiyasi, metodlari hamda vositalari, o’qitishning tashkiliy shakllarini, ‘quvchilarning bilimini tekshirish va baholash mezonlarini aniqlash va boshqalar.



Download 83,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish