Replikatorli virus – “chuvalchang” deb nomlanadi, kompyuter tarmoqlari bo’yicha tarqalib, kompyuterlarning tarmoqdagi manzilini aniqlaydi va u erda o’z nusxasini qoldiradi.
Ko’rinmas virus – stels-virus deb nom olib, zararlangan fayllarga va setkorlarga OT tomonidan murojaat qilinsa, avtomatik ravishda zararlangan qismlar o’rniga diskning toza qismini taqdim etadi. Natijada ushbu viruslarni aniqlash va iozalash juda katta qiyinchiliklarga olib keladi.
Mutant virus – shifrlash va deshifrlash algoritmlaridan iborat bo’lib, natijada virus nusxalari umuman bir-biriga o’xshamaydi. Ushbu viruslarni aniqlash juda qiyin muammo.
Kvazivirus – “Troyan” dastulari, deb nom olgan bo’lib, ushbu viruslar ko’payish xususiyatiga ega bo’lmasa-da, “foydali” qism-dastur hisobida bo’lib, antivirus dasturlar tomonidan aniqlanmaydi. Shuning uchun ular o’zlarida mukammallashtirilgan algoritmlarni to’siqsiz bajarib, qo’yilgan maqsadlariga erishishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |