Kasperskiy antivirus programmasi eng ommabop programmalardan bo’lib, u bir nechta zaruriy modullardan tashkil topgan:
1.Skaner – qattiq diskni virus bilan zararlanganligini tekshiradi. Umumiy qidirish rejimi buyrug’i berilsa, programma barcha fayllarni ketma-ket tekshiradi. Shu bilan birgalikda arxiv fayllarni tekshirish ham mumkin.
2.Monitor – bu programma Windows bilan birgalikda avtomatik ravishda yuklanadi. U kompyuterda ishlatilayogan barcha fayllar va ochilayotgan barcha hujjatlarni avtomatik tarzda tekshiradi hamda virus topilgan holda foydalanuvchiga signal beradi. Bundan tashqari Monitor virus bilan zararlangan faylni bajarilish jarayonini chegaralab qo’yib, uning yuklanishga yo’l bermaydi.
3.Inspektor – sezilmaydigan viruslarni topuvchi modul bo’lib, u fayllarning hajmini o’zgarishini tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |