I bob. Depressiyaga olib keluvchi sabab va vaziyatlar


Depressiyada psixosomatik buzilishlar va bemorlarga tashxis qo'yish



Download 53,8 Kb.
bet6/12
Sana25.01.2023
Hajmi53,8 Kb.
#902379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
sherzod kurs iwi gam

2.2. Depressiyada psixosomatik buzilishlar va bemorlarga tashxis qo'yish
Depressiya aksariyat hollarda bemorlar tomonidan ham, yaqinlari tomonidan ham, ba’zan vrachlar tomonidan ham yomon xulq-atvorning bir ko‘rinishi sifatida qabul qilinadi va shu sabablarga ko‘ra, vaqtida aniqlanmay qoladi. Psixosomatik buzilishlar bilan namoyon bo‘luvchi depressiya ham o‘z vaqtida aniqlanmay qolada va “ichki kasalliklar” tashxisi qo‘yiladi. Depressiya faqat kayfiyatning tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan holat emas, balki bir nechta simptomlardan iborat kasallikdir. Bu kasallikni erta aniqlash va davolash muolajalarini erta boshlash bemorning depressiyadan tezda chiqib ketishiga yordam beradi.
Depresciya tashxisini qo‘yish uchun quyidagi 3 ta simptomning ikki haftadan oshiq davom etishi ham yetarlidir. Bular – kayfiyatning pasayishi, fikrlar karaxtligi va harakatga bo‘lgan intilishning yo‘qolishi.
Depressiyani davolashda dori-darmolar va psixoterapevtik suhbatlar qo‘llaniladi. Bu ikkala davolash usuli birgalikda olib borilsa, samarasi yuqori bo‘ladi. Dorilar bilan davolashdan oldin o‘tkazilgan psixoterapiya davolanish jarayonini yengillashtirsa, undan so‘ng o‘tkazilgan psixoterapiya esa depressiya qaytalanishining oldini oladi. Bugungi kunda depressiyani davolash jarayonida qo‘llaniladigan psixoterapevtik usullar juda ko‘p bo‘lib, ularning ba’zilari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Depressiya negizida ichki ziddiyatlar yig‘indisi yotadi: shaxs bir tomondan birovlarga qaram bo‘lishni xohlamaydi, ikkinchi tomondan boshqalar uni e’tirof etishini, qo‘llab-quvvatlashini istaydi. Albatta, ushbu bir-biriga zid holatlar doimiy qoniqmaslik hissini yuzaga keltiradi, ya’ni boshqalarga nisbatan qahr-g‘azab va xafagarchilik shaxsning ichki dunyosini qamrab oladi. Shu asnoda shaxsning o‘zi esa boshqalarning nazdida mehribon, odamovi va ajoyib inson sifatida tan olinishni xohlaydi. Mana shu istaklarning ro‘yobga chiqmasligi depressiya shakllanishiga turtki bo‘ladi. E’tirof etilmagan har bir xohish va istak yillar mobaynida ong ostida qo‘nim topadi va ular yig‘ilgan sayin ichki ziddiyatlar kuchaya boradi. Bunday paytlarda depressiya shakllanishi uchun kuchli stressning o‘zi kifoya. Surunkali tarzda shakllanadigan depressiya esa doimiy ruhiy-hissiy zo‘riqishlar ta’siri ostida rivojlanadi.
Psixanalitik terapiyaning asosiy maqsadi – depressiya kasalligiga chalingan bemorda ichki ziddiyatlarni to‘la ochib tashlashdan iborat. Bu terapiya, albatta, individual tarzda olib boriladi va har bir bemorda ichki ziddiyatlar sababini ochishga qaratilgan bo‘ladi. Psixanalitik terapiya bemorda katarsis, ya’ni ruhiy poklanishga erishilgunga qadar o‘tkaziladi. Ijobiy natijaga bir necha kun ichida erishish mumkin, ba’zan esa bu jarayon bir necha oyga cho‘ziladi.
Kognitiv psixoterapiya usuli bemorda o‘ziga bo‘lgan ishonchni optimistik ruhda kuchaytirishga qaratilgan. Uning asosida ham bemorning fikrlash dunyosini ijobiy tomonga o‘zgartirish yotadi. Kognitiv psixoterapiya usullari ko‘p bo‘lib, ular maxsus adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Bemor bilan olib boriladigan psixologik suhbatlar depressiyaning turi va og‘ir-yengilligiga qarab 10-20 seansni tashkil qiladi.
Albatta! Psixolog bemorning yaqinlari bilan suhbatlar olib borishi shart. Chunki bu suhbatlar bemor haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishga yordam beradi. Depressiyaga chalingan bemorni davolashda, uning yaqinlari bilan o‘zaro muloqotlar olib borish juda ahamiyatlidir. Biroq, bu muloqot teskari natija berishi ham mumkin, agar bemor bunga ruxsat bermasa. Shuningdek, psixolog bemorning yaqinlariga uning oldida o‘zlarini qanday tutish lozimligini tushuntiradi. Bu o‘ta muhim. Chunki ba’zi oila a’zolari bemor bilan birgalikda uyda motamsaro muhit yaratadiki, bu vaziyat bemorning ahvolini yanada og‘irlashtiradi va o‘z joniga qasd qilishga urinishlarni kuchaytiradi. Bemorga hadeb yonbosaverish yoki uning hulq-atvorini tanqid qilaverish ham mumkin emas. Agar bemorda suitsidal fikrlar va urinishlar kuzatilsa, uni yolg‘iz qoldirmaslik kerak. Oila a’zolari tomonidan nazorat shunday bo‘lishi kerak-ki, bemorning o‘zi buni bilmasin. Chunki hadeb bemorni qo‘riqlayverish uning joniga tegadi. Bemorning ishonchini qozongan oila a’zolari bilan ko‘chaga chiqib aylanib kelish va sayr paytida asosan bemorni so‘zlatish, uning his-tuyg‘ulariga hamdard bo‘lish yaxshi samara beradi. Bemor doimo psixolog bilan har qanday vaziyatda ham bog‘lana oladigan bo‘lishi lozim. Chunki zudlik bilan psixolog yordami kerak bo‘lib qolishi mumkin.
Albatta yordam beradi! Biroq ularni to‘g‘ri tanlay olish kerak. Dorilar depressiyaning barcha turlarida tavsiya etilishi mumkin. Vrach yoki psixologning bemor oldiga qo‘yadigan eng asosiy shartlaridan biri – davolanishni reja asosida olib borish va vrach tavsiyalarini so‘zsiz bajarishdir.
Depressiyani bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan doorilarga antidepressantlar deb aytiladi. Antidepressantlar miyada kayfiyat gormoni deb atalmish serotonin miqdorini oshiradi.
Antidepressantlar bilan davolash qonun-qoidalarini keltirib o‘tamiz:
1. Bemorning o‘zi hech qachon internet yoki vrachlar uchun yozilgan kitoblardan foydalanib depressiyaga qarshi dori qabul qilishi aslo mumkin emas. Ayniqsa depressiyada dorilarni beruxsat ichish juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
2. Vrach depressiya turi, darajasi, klinik manzarasi va bemorning somatik ahvolidan kelib chiqqan holda, aniq bir antidepressant tanlab oladi va bemorga tavsiya qiladi. Vrach uning kundalik dozasini belgilaydi va davolash sxemasini tuzadi.
3. Antidepressantlar bilan davolash davrida depressiya belgilari sekin-asta yo‘qolib borishi (odatda, 1-2 haftadan so‘ng) bemorga tushuntiriladi. Uni vrachdan bemaslahat to‘xtatib qo‘yish mumkin emasligi uqtiriladi. Antidepressantlarni bir necha oy ichish zarurligi va depressiya belgilari butunlay yo‘qolgandan so‘ng vrachning o‘zi davolashni to‘xtatish vaqtini belgilashi aytiladi.
4. Antidepressantlarni kasallik belgilari yo‘qolgandan so‘ng ham yana 2-4 oy mobaynida (ba’zan undan ham ko‘p) ichish zarurligi tushuntiriladi. Bu qoida depressiyaning yana qaytalamasligi uchun qabul qilingan.
Dorilar bilan davolash jarayonida psixoterapiya muolajalarining o‘tkazilishi bemorning depressiyadan chiqish davrini tezlashtiradi. Psixoterapevtik muolajalar paytida bemor bilan muloqotlar olib boriladi, antidepressantlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar yechiladi (chunki, aksariyat bemorlar 1 oydan so‘ng dori ichishni to‘xtatib qo‘yishadi), bemorda yaxshi natijalarga ishonch hosil qilinadi. Ularni erta to‘xtatib qo‘yish yoki asossiz tarzda kam miqdorda berish kutilgan ijobiy natijani bermaydi. Bemor depressiya belgilari tugaguncha doimo vrach nazoratida bo‘lishi zarur. Dorilarni to‘satdan to‘xtatish depressiyaning yana qo‘zg‘ashiga sababchi bo‘ladi.
Depressiyani davolashda antidepressantlar bilan birgalikda, fizioterapiya, nina sanchib va giyohlar bilan davolash ham keng qo‘llaniladi.
Depressiya bilan kasallangan bemorlarni uzoq yillardan buyon kuzativlarim asosida ularning psixologik portretini yaratishga harakat qildim. Chunki mening yaqin odamlarimda ham depressiya kuzatilgan va men ularni ko‘p yillar mobaynida kuzatib kelganman. Mana ularning psixologik portreti. “Ular dunyoni va atrofda bo‘layotgan voqealarni salbiy tarzda qabul qilishadi, o‘zining hayotda tutgan o‘rnini pessimistik ruhda baholashadi, o‘zini hech kimga keraksizdek his qiladi. Ular doimo xavotirda yashashadi, hech qanday faoliyatga qiziqishmaydi, atrofdagi o‘yin-kulgilar va yaqinlarining taqdiriga mutloq e’tiborsiz bo‘lishadi.
Ular doimo xo‘rsinib yurishadi va o‘zlarini doimo aybdordek his etishadi. Ularni chalg‘itish uchun biror-bir ishga majburlash mumkin, biroq uni hech qanday qiziqish va e’tiborsiz bajarishadi. Hech qanday ish ularning kayfiyati ko‘tarilishiga ijobiy ta’sir qilmaydi. Ular uyqusizlikdan aziyat chekishadi yoki faqat uyqu bosaveradi, yomon tushlar ko‘rib chiqishadi. Bu tushlar turli-tuman bo‘lib, tushida birovlarni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘yadi yoki pichoqlab tashlaydi, olamdan o‘tgan yaqinlari va qonli voqealar tushiga ko‘p kiradi. Bunday tushlar bemorning kayfiyatini yanada tushiradi va ahvolini og‘irlashtiradi. Ular doimo parishonxotir va karaxt bo‘lib yurishadi, o‘z joniga qasd qilishga urinishadi. Ular o‘zlarining tuzalishiga sira ishonishmaydi, davolanishga ham yaqinlarining qistovi bilan kelishadi”.
Depressiyaga ta’rif bera turib, ushbu kasallik uchun xos bo‘lgan yana bir xavfli belgini aytib o‘tish lozim, ya’ni o‘z joniga qasd qilishga intilish. Shuning uchun ham depressiya barcha davlatlarda ijtimoiy muammoga aylangan. Biroq tuzalishga intilish va kuchli iroda ularni bu kasallikdan halos bo‘lishiga katta yordam beradi. Ushbu satrlarni o‘qiyotgan hurmatli bemorlar. Siz albatta tuzalib ketasiz! Irodangizni mustahkam qiling. Axir Siz avval kuchli inson bo‘lgansiz! Ushbu kuch Sizni vaqtincha tark etgan bo‘lsa, u yana yoningizga albatta qaytib keladi. Chunki bu Sizning kuchingiz!
Har qanday ish bilan shug‘ullanayotganda odatda hayolimizdan turli narsalar o‘tadi: rejalarimiz ro‘yxatini yangilaymiz, kechki ovqatga nima pishirishni o‘ylaymiz, kimdir qo‘ng‘iroqqa javob bermagani sabablarini chamalab chiqamiz. Bu joriy ishimizdan chalg‘itadi, hatto charchatadi.
Agar bunday fikrlarga tez-tez ko‘milib borayotganingizni sezsangiz, ongni rivojlantirishni mashq qiling. Buning uchun meditatsiya qilish afzal. U sizga fikrlaringizni kuzatishni, ularga o‘ralashib qolmaslikni o‘rgatadi. Bu esa stressdan
xalos qiladi.

2.3. Farg’ona viloyati Farg’ona tumani 53-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-sinfda o’qiydigan 21 nafar o’quvchilarida Gamilton Depressiyani baholash bo’yicha so’rovnoma o’tkazildi maktab yoshdagi bolalarda depressiya darajasini baholashga qaratilgan Gamilton so’rovnomasi tahlili





F.I.SH

To’plangan ballar

Abdullayev Sharifjon Abdulloh o’g’li

8

Behruzov Abdulvosit Sherzod o’g’li

9

Egamberdiyeva Dilfuza Alisher qizi

3

Ibragimov Sardorbek Murodjon o’g’li

8

Ibodullayeva Shahnoza Avaz qizi

8

Kattabekov Samandar Akmal o’g’li

5

Kimsanova Gulshoda Mirsaid qizi

8

Muhammadjonov Bahrom Baxtiyor o’g’li

7

Normatov Abdulloh Ahad o’g’li

9

Qo’shmatova Gulnoza Asadbek qizi

6

Rahimov Azizbek Iskandar o’g’li

3

Rahmiddinov Behzod Baxtiyor o’g’li

8

Sobirov Samadjon Alisher o’g’li

5

Xolyigitova Nafisa Sherbek qizi

7

Yoqubov Diyorbek Farhod o’g’li

9

Zokirov Ahmadjon Asliddin o’g’li

6

G’aniyev Shoxrux Addulvosit o’g’li

9

Sherzodov Hayrullo Alisher o’g’li

9

Shokirov Abdulloh Yursunali o’g’li

7

Choriyev Kimsanboy Diyorbek o’g’li

3

Shoxruxov Samandar Abdulloh o’g’li

8

Shuhratov Begzod Ahadjon og’li

9

Ballar maksimum 52-minimum 0 shaklida baholandi.


Natijalar shuni kor’satyaptiki, 21 nafar o’quvchilardan 7 nafarida Depressiya mavjud emas.Qolgan 14 nafar o’quvchilarda esa depressiyani yengil darajasini ko’rishimiz mumkin.E’tiborga molik jihati bu o’quvchilarda Depressiyani og’ir darajasi kuzatilmadi.


Download 53,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish