Sinf tarkibi.
Common Type System da aniqlangan tiplar sinflarda qo’llab quvvatlanadi va quyidagi ko’rinishda bo’ladi :
Maydon. Bu o’zgaruvchi o’zida bir necha qiymatni saqlaydi. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillarida bu o’zgaruvchilar obyekt ma’lumotlari deb ham yuritiladi. Maydonga bir necha modifikator qo’llash mumkin (uni qanday ishlatishingizdan qat’iy nazar). Bu modifikatorlarga readonly, static va const lar kiradi.
Metod(usul). Bu real (amaldagi) kod bo’lib, u obyekt ma’lumotlariga (maydonga ham) ta’sir ko’rsatadi. Hozir biz bu metod tushunchasi bilan obyekt ma’lumotlarini aniqlashga harakat qilamiz.
Xususiyat. Ba’zida xususiyatlarni aqlli maydon deb atashadi(smart fields). Chunki, xususiyatlar aslida metod, lekin ular sinf foydalanuvchilari uchun maydon bo’lib ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |