1.3. Sinflar, metodlar, xususiyatlar.
Sinflar. Sinflar – har bir obyektga yo’nalritilgan dasturlash tilining yuragi hisoblanadi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, sinflar usullar va ma’lumotlar uchun kapsula(yig’imi) vazifasini bajarib, ularni qayta ishlanishida asos hisoblanadi.
Sinflarni aniqlash.
Agarda siz C++ yoki Java dasturlash tillari bilan tanish bo’lsangiz, siz uchun C# tilida sinflarni aniqlashning sintaksisi qiyinchilik tug’dirmaydi. Yaratayotgan sinfingiz oldiga class kalit so’zini qo’yib, { } orasiga shu sinf elementlarini (a’zolarini) yozishingiz kerak.
class Uchburchak
{ private long a,b,c;
}
Bu oddiy sinf bo’lib, unda faqat a, b, c o’zgaruvchisi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |