Маънавият жамият ва миллат равнақининг бош омили ва пойдеворидир4
Маънавият – бу кишининг эгаллаган фойдалари билимлари амалий ҳаётида синалавериб, кўникма ва малака даражаларида ўтган ва руҳига сингиб, ҳаёт тарзида акс этадиган ижобий ижтимоий сифат мажмуи. Ижтимоий воқелик бўлган маънавият тараққиётининг ўзига хос томони шундаки, у жамиятнинг инсон манфаатларига мувофиқ ҳолда бошқарилиши ва мухофаза қилинишга асосланади. Маънавий соҳадаги бошқариш иқтисодий, ижтимоий ва сиёсий жиҳатларни ўз ичига олиб, оқибат натижада унинг моддий таъминланиш, маданият муассасаларининг ижтимоий-сиёсий манфаатларига хизмат қилиш, оммавий ахборот воситалари ва тузулмалари фаолияти мукаммаллаштириш, ахолига маиший хизмат кўрсатиш маданият соҳасидаги етук қадрларни етиштириш, улар жой-жойига қўйиш каби масалаларни назарда тутади.
Маънавият соҳасида конкрет вазифалар ҳал қилинганда иқтисодий, ижтимоий сиёсий, мафкуравий ва ташкилий омилларни яхлит ҳолда олиб ҳал этиш юксак натижалар бериш мумкин. Маънавиятга ана шундай ёндашиш мустакил давлатимиз олиб бораётган сиёсатнинг негизини ташкил этади.
Fiziologlar olib borgan izlanishlar kishi u yoki bu millat tilida so’zlashgan vaqtida uning tashqi qiyofasi, yuz ko’rinishi o’sha millat kishilariga o’hshab ketishini asoslamoqda. Chunki boshqa tilda so’zni talaffuz qilish, tushuntirish uchun o’sha millatda qabul qilingan imo-ishoralar, hatti-harakatlardan foydalaniladi. SHuning uchun ham «kishi boshqa millat ahborotini qabul qilmasdan turib, miyaning toza bo’limlariga avvalo o’z ona tilida va o’sha hududga tegishli ahborotni joylashtirgandagina milliy o’ziga hoslikni saqlab qoladi. Mabodo olinayotgan ahborot turli-tuman, omuhta bo’lsa, ustiga-ustak keraksiz ahborot qabul qilinsa, u miyada mustahkam o’rna-sha olmaydi. Natijada, bunday kishi fikrlash jihatidan ham arosatda qoladi».
Etnopsihologlarning bergan hulosalariga ko’ra, milliy psihologiyani aynan o’sha etnos vakillarining faoliyat, xulq-atvor va muloqotlari jarayonlari orqali o’rganish mumkin. Bizningcha, milliy tarbiya jarayonining pedagogik-psihologik hususiyatlarini o’rganish uchun ham aynan shu yo’ldan bormoq samaralidir. Zero, milliy tarbiya milliy (ichki) va millatlararo (tashqi) munosabatlarning muvaffaqiyatini ta’minlashga hizmat qiladi. Milliy tarbiya jarayonida makondagi muqimlik va milliy-madaniy jipslikni, birlikni ta’minlovchi etnik, milliy ma’lumotlar sinhron va diahron shaklda avloddan-avlodga uzatiladi. SHunday qilib, faqat shu millatgagina hos bo’lgan o’ziga hos tarbiyaviy tizim ushbu millatning boshqa millatlardan farq qilishini, ichki yahlitligini, benazirligini ta’minlaydi. Agarda milliy tarbiya e’tiborsiz qoldirilsa, stihiyali tarzda kechsa, xalqning milliy o’zligini anglash darajasi, milliy g’ururi, madaniyati, vatanparvarlik darajasi susaya boradi. CHunki har bir individ o’ziga hos milliy-madaniy an’analar, me’yorlari bo’lgan jamiyatda shakllanadi. Ana shu urf-odat, me’yorlar, an’analar ruhida ijtimoiylashuvi uni ana shu madaniy-tarihiy birlikning a’zosiga aylantiradi. Bu jarayonni boshqacha tarzda chaqaloqning yo frantsuz, yo hind, yo o’zbekka aylanish jarayoni, deb ham ifodalash mumkin. Chaqaloqning (milliy tarbiya ob’ekti o’laroq) o’zbek sifatida shakllanishi o’zbeklar uchun an’anaviy bo’lganligi tufayli ko’zga tashlanmaydi. Tadqiqotlar shuni qayd qilmoqdaki, shahs madaniylasha (ukrainasha, arablasha, o’zbeklasha...) borar ekan, bu milliylashuv jarayoni milliy-ijtimoiy rollar talablaridan kelib chiqib, jamiyatning uzluksiz nazorati ostida amalga oshadi. «Milliy-ijtimoiy rel’»- tushunchasini, zamonaviy ijtimoiy rollar sotsiologik kontseptsiyasi va I. Konning ijtimoiy rolga bergan ta’rifidan foydalangan holda, «muayyan milliy birlik ichida an’anaviy ma’qullangan, shu millatga mansub a’zolaridan ularning yoshi, jinsi va muayyan vaziyatdan kelib chiqib kutiladigan xulq-atvor namunasi», deb ta’riflash mumkin.
«O’quvchining milliy roli» tushunchasi milliy tarbiyani tahlil qilish uchun sotsiologik kalit vazifasini o’taydi. Chunki bu tushunchaning ko’p qirraligi milliy-zamonaviy hayot jabhalarini, milliy tarbiya yo’nalishlarini ilg’ab olish imkonini beradi. Milliy tarbiya tizimini «milliy rol» tushunchasi orqali o’rganish har bir o’zbek o’g’il-qizini ilk yoshlaridan «yahshi bola», «yahshi aka, uka, singil, opa», «yahshi jiyan, tog’a, bo’la...», «yahshi mehmon, mezbon», «yahshi do’st», «odobli bola» kabi «unvonli» munosabatga tayyorlash mehanizmini ochib beradi. Keng ma’noda esa o’quvchining milliy rolini o’zlashtirishi - o’z ichiga milliy fazilatlarni, milliy ahloq me’yorlarini singdirishi, milliy-ijtimoiy hayotga tayyorgarlik ja-rayonlarini ham jamlaydi.
Millatning paydo bo’lishi, rivojlanishini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar bilan belgilash, o’lchash nisbiydir. Chunki «millat» tushunchasi millatning mavjudligi haqidagi hujjatdir. Bu tushuncha esa qadimiy bo’lib, bizning keyingi talqinlarimiz, uning asl mohiyati qandayligidan emas, balki bizga qanday tushuntirilganidan kelib chiqqanligi tufayli sub’ektivdir. Zero, millat, o’ziga hos barcha hususiyatlari bilan birlamchi, bizning talqinlarimiz esa ikkilamchidir. Ana shu nuqtai nazardan millatlarning paydo bo’lishi haqidagi diniy qarashlar ham pedagogik diqqatga sazovordir.
Milliy tarbiyaning manbai—milliylik! «Millat», «milliylik», «milliy g’urur», «milliy odob», «millat-lararo muloqot madaniyati» tushunchalarining o’zagini arabcha «mil» so’zi tashkil qiladi. Bu so’z arabchada «o’zak», «tub mohiyat», «negiz» ma’nolarini anglatadi. «Millat» so’zi esa bir necha ma’noni: 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub aholi; 3) xalq ma’nolarini anglatadi.
«Millat», «milliylik» tushunchalarining talqini bilan tanishar ekanmiz, ularning g’arbona va sharqona tarzlari bor ekanligini ko’ramiz. Aniqrog’i, g’arbiy talqin hristian, sharqiy talqin esa islomiy o’zaklarga borib tutashadi. YA’ni Ovrupo xalqlari tillariga «millat» tushunchasi lotincha «paydo»—qabila, xalq sifatida hristian dini bilan birga kirib kelgan bo’lsa, Osiyoga esa islom ta’limoti orqali yuqoridagi uch hil ma’noda kirib kelib singdi.
Юртбошимизни «Биз соғлом авлодни тарбиялаб, вояга етказишимиз керак. Соғлом киши деганда, фақат жисмонан соғломликни эмас, балки шарқона аҳлоқ-одоб ва умумбашарий ғоялар руҳида камол топган инсонни тушунамиз»5 деган фикридан кўринадики бугун жамиятимизга соғлом фикрли, баркамол, комил шахслар керак. Бунинг учун ёшларимизни инсонда мавжуд бўлган жисмоний, руҳий, ақлий ва ахлоқий кучни шакллантириш, мукаммаллаштириш лозим. Чунки шу уч куч инсонни камолотга ундайди. Ёшлардаги жисмоний куч мехнат, билимга интилиш, хатти-ҳаракат фаолиятини ташкил қилса, ақлий куч уларни атроф-муҳит ва ўзгалар муносабатини англаши, билиши билан белгиланади.
Шунинг учун ҳам Президентимиз «Юксак маънавият-келажак пойдевори» деган ҳикматли шиорни янада баландроқ кўтардики, юксак маънавият мустақилликни мустаҳкамлаш, ривожлантириш ва такомиллаштириш учун муҳим ва зурур тамойиллардан биридир.3
«Tarbiya» so’zi «milliy tarbiya» tushunchasining tarkibiy qismi bo’lganligi tufayli bu tushunchaga ham yangicha yondoshgan holda, holis ilmiy-pedagogik ta’rif bermoq kerak. Arabcha «tarbiya», «tarbiyat» so’zlari 1) parvarish qilmoq; ta’lim bermoq; o’rgatish; odob o’rgatish; 2) navozish, mehribonlik ko’rsatish: ko’z-quloq bo’lish; himoya qilish kabi ko’p qirrali mazmunga ega. «Tarbiyachi» esa shu ko’p qirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi odam, demakdir. Demak, milliy tarbiyaning lug’aviy ma’nosini «yosh avlodlarni o’z xalqiga hos milliy fazilatlar namunasida shakllantirish, ta’lim bermoq» sifatida aniqlash mumkin.
Sharq, hususan, o’zbeklar milliy tarbiyasining falsafiy, metodologik asoslarini Sharq falsafasi—dunyoni idrok qilishning sharqona «ruhi», uslubini tushunmasdan aniqlab bo’lmaydi. Dunyoni idrok qilishning sharqona tarzi mavjudligidan kelib chiqish yaqin yillargacha ijtimoiy fanlarda etakchilik qilib kelgan bir yoqlamalik ~ evropotsentrizm oqimiga barham beradi. G’arb kishisining ongidagi personalistik qarash hristianlikning, sharq kishisi ongidagi antipersonalistik qarash esa islomning bevosita ta’sirida yuzaga keldi. Ana shuning uchun ham ovrupolik shahs mohiyatini hristianliksiz («Xristian dini — Ovruponing o’qituvchisidir». N. S. Trubetskoy), sharq kishisining mohiyatini esa islom dinining ahloqiy qarashlarisiz tadqiq qilish yanglish hulosalarga olib keladi. Jumladan, to shu paytgacha SHarq ahloqining qomusi — Qur’oni karim, hadisi shariflar, shariat pedagogik e’tibordan chetda qoldirilib kelinayotgan edi. Biz imkon darajasida ana shu nazariy-pedagogik kamchilikni to’ldirishga harakat qilamiz.
Milliy tarbiyani tadqiqot qilishning metodologik talablaridan biri — aniq fanlarda erishilgan yutuqlarni o’rganish, ularning mazkur tadqiqot predmetiga munosabatini umumlashtirishdir. Ana shunday fanlardan biri bo’lmish oliy nerv faoliyati fiziologiyasi va pedagogika orasida uzviy bog’liqlik mavjud. Zero, «har qanday ta’-lim va tarbiya o’zining fiziologik mehanizmiga ko’ra, shartli reaktsiya (organizmning tashqi ta’siriga javobi), ko’nikma va taassurotlarni hosil qilish jarayonidir».
Ma’lumki, birinchi signallar sistemasi inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, insonning ikkinchi signallar sistemasi uchun tabiiy manba bo’lib hizmat qiladi. Ikkinchi signallar sistemasi esa — bu biz eshitayotgan, so’zlayotgan, o’qiyotgan so’zlarimizdir. Ya’ni so’z bizga birinchi signallar sistemasining obrazlari, siymolari, hususiyatlari haqida mujassamlashgan habar beradi. Masalan, o’quvchilar sohibqiron Amir Temurning ismi shariflarini eshitganlarida u kishiga hurmat hissini tuyadilar, «Orol» so’zi esa «Orol muammosi»ni eslatib ularda achinish, uni saqlab qolishda ishtirok etish istagini paydo qiladi va h.k. Xullas, o’quvchilar so’z orqali birinchi signallar haqida ma’lumot olgach, ularda hurmat, achinish, rahm-shafqat yoki, aksincha, «hizbut-tahrir», «vahdobiylik», «aqidaparastlik» degan so’zlarni eshitganida ularda nafrat kechinmalari paydo bo’ladi. Demak, birinchi signallar sistemasi orqali hosil qilish mumkin bo’lgan hatti-harakat, his-tuyg’ularni ikkinchi signallar sistemasi — so’zlar orqali ham hosil qilish mumkin.
So’z esa milliy hususiyatga ega. Eshitilgan, o’qilgan so’z ma’nosi tinglovchi, o’quvchi tushunadigan tilda bo’lsagina u hatti-harakatga, tuyg’ularga ta’sir qilib, milliy madaniy muhitni tushunishga, unga moslashishga hizmat qiladi. Agar so’z va uning milliy ma’nosi, mohiyati tushunarsiz bo’lsa, u o’quvchiga birinchi signal sifatida ham, ikkinchi signal sifatida ham ta’sir qo’rsata olmaydi. O’quvchi uchun ma’nosiz tovush bo’lib qolaveradi. Demak, ikkinchi signallar sistemasining so’zlar orqali namoyon bo’lishini, inson milliyligining bosh belgisi — til, esa so’zlardan iboratligini, shuningdek, yuqorida keltirilgan etnopsihologik yutuqlarni umumlashtirish ikkinchi signallar sistemasi milliy xususiyatga ega, degan ilmiy hulosani hosil qiladi. Bu esa milliy tarbiyaning aniq fan - oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga tayanuvchi nazariy asosini belgilaydi.
Xalqlar, millatlar o’zlari istiqomat qilayotgan jug’rofiy hudud, tabiat, jonzot va insoniy fazilatlarga hos va mos nomlar berganlar. Ular so’zda ifodalanib, ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarning ikkinchi signallar sistemasining milliy, hususiy jihatini belgi-lab kelgan, Ana shuning uchun ham tilda talaffuz qilingan so’z faqatgina shu tilni tushunuvchi kishi uchun ikkinchi signallar sistemasi sifatida ta’sir qiladi. Bola, odam o’zi tushunmaydigan so’zdan ta’sirlanmaydi, harakatga kelmaydi, o’z hatti-harakatini o’zgartirmaydi.
O’zbekona tarbiya mazmunidan joy olib, o’zaro munosabatlarda namoyon qilinishi lozim bo’lgan insoniy fazilatlarni ifodalovchi so’z-signallar mavjud. Masalan, «tavoze», «hayo», «vijdon», «iymon» va boshqa so’zlarning faol qo’llanilganligi milliy ma’naviyati-mizning yuksak cho’qqiga ko’tarilganligidan dalolat beradi. Lekin xalqimiz tarihining keyingi asrlarida sodir bo’lgan mustamlakachilik, milliy fazilatlarni «qoloqlik, madaniyatsizlik ko’rsatkichi», «eskilik sarqiti» deya qadrsizlanishi yuqoridagi tushunchalarni o’zbek maktabi darsliklari matnidan siqib chiqardi. Natijada, milliy fazilatlar o’quvchilarning ikkinchi signallar sistemasiga kiritilmaganligi tufayli, boshqa tildagi so’zdek tushunarsiz bo’lib qolaverdi. O’quvchilar bilan o’tkazilgan suhbatlar, savol-javoblar buni tasdiqladi. Qo’shimcha misol tariqasida atoqdi yozuvchimiz Ibrohim Rahimning 80-yillardagi kuzatuvlaridan bir parcha keltiramiz: «... Ko’pgina yoshlarimiz «insof» nimaligini bilish u yoqda tursin, bu so’zning o’zini ham eshitmagandek, tushunmaydilar.
Eski hovlimizning ro’parasidagi o’rta maktabning to’polonchi o’quvchisi o’zidan kichik bolani do’pposlaganida qo’lidan ushlab, «Insofing bormi, o’zingdan kichik bolani urasanmi?» desam, «Insof deganingiz nima?» deb anqayib qoldi. SHundan keyin boshqa bir necha boladan ham so’radim. Unaqa dars o’tganimiz yo’q, deb javob qildilar. SHu voqeadan keyin maktablarda insof darsini o’tish kerak shekilli, degan hulosaga keldim.
Insofli bo’lish haqida na uyda, na maktabda va na atrofdagilardan ta’lim olmagan ayrim yoshlar insofsizlik qilib qo’yganini o’zlari anglamayaptilar, anglasalar ham uning hunuk oqibati — gunohi to’g’risida mutlaqo o’ylamayaptilar... (Ibrohim Rahim. Hayot chorrahalarida. - T.; O’zbekiston, 1991. 110-6.)
Bu holat o’zbek umumta’lim maktabi o’quvchilarini «O’zbek tilining izohli lugati»dan joy olgan, insoniy fazilatlarni ifodalovchi 1,5 mingdan ortiq so’zlar(masalan, «odamgarchilik», «insof», «vijdonlilik», «mehribonlik» va h.k.) bilan mahsus tanishtira borishni taqozo qiladi. Biroq, so’zlarning faqat ma’nosini tushuntirish bilan yuqoridagi fazilatlarni o’quvchilarning odatiga aylantirish mushkul. Buning uchun milliy-insoniy fazilatlarni mahsus tashkil qilinuvchi tarbiyaviy vaziyatlarda, tarbiyaviy soatlarda o’quvchilarga namoyish qilish (masalan, «milliy odob»ning qanday namoyon bo’lishini nafaqat tushuntirish, balki ko’rsatish) va o’quvchilar bilan milliy odob mashqparini tashkil qilish talab etiladi. Xullas, milliy-tarbiyaviy ta’lim milliy fazilatlarni o’quvchilarning dastlab birinchi, keyin esa ikkinchi signallar sistemasiga aylantirishga, pirovard natijada esa, o’quvchilarning shahsiy hislatlariga, odatlariga aylanishida pedagogik tehnologiya vazifasini o’taydi.
O’zbekiston sotsiolog olimlari olib borgan ilmiy tadqiqotlar milliy tarbiyaning sotsiologik jihatlarini oydinlashtiradi. Toshkent Davlat universiteti sotsiologik Markazi «G’arb—Sharq: shahs xulq-atvori va moslashuvi-ning madaniy-etnik hususiyatlari» mavzusi bo’yicha tadqiqotlar olib bordilar. Qiyosiy natijalar shuni ko’rsatadiki, Amerika-Evropa madaniyati, musulmon Sharqi madaniyatlari tamomila turlicha qadriyatlarga tayanadi. Ya’ni sharqona xulq-atvor qadriyatlari an’anaviylikka tayansa, g’arbona xulq-atvor esa indivvdualistik tip sifatida ijtimoiy muhit, hatto makrosotsiumlarni inkor qilish orqali o’zligini namoyon qiladi. Sharqona xulq-atvor muhitida taraqqiyot va islohotlar tadrijiy tarzda kechib, bunday jamiyatda qadriyatlarning keskin inqirozi havfi yo’q. Masalan, ajdodlarga hurmat ijtimoiy mo’tadillikning o’ziga hos kafolati bo’lib hizmat qiladi. Pedagogika uchun muhim tomoni shundaki, tarbiyaning milliyligi va ijtimoiylikning silliq kechishi tufayli o’smirlik — o’tish davri engil kechadi. G’arb o’smirlarida esa bu jarayon ijtimoiy muhit, xalq, millatni inkor qilish, jamiyatda qabul qilingan ahloqiy, ma’naviy me’yorlarga qarshi turish, egotsentrizmda namoyon bo’ladi. Sharqlik kishi uchun el, urug’, mahalla manfaatlari, fikrlari kuchli ta’sirga ega. G’arb kishisi uchun tevarak-atrofdagilarning fikrlaridan ko’ra o’zining «men»ini namoyon qilish birinchi darajada turadi. O’zbek sotsiologi A. A. Ilhomovning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoda diniy, milliy o’zligini anglashning o’sishi yoshlarning o’zlarini musulmon va sharq kishisi sifatida anglashi tarzida; Ovrupo yoshlarida esa jinoyatchilikning bundan buyon ko’payishiga olib keluvchi «xulq-atvorning affektiv tipi»da namoyon bo’lmoqda. Ana shu ob’ektiv hususiyatlar O’zbekiston pedagogikasida, uning nazariy asoslarida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi.
Fan taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanganida u yoki bu atama, tushuncha mazmuniga aniqliklar kiritilib, boyita boriladi. Pedagogikaning tub atamalari bo’lmish «ta’lim», «shahs rivojlanishi», «ijtimoiylashuv», «tarbiya» kabilar ham ana shu qonuniyatga bo’ysunadi. «Kommunistik tarbiya» iborasi ijtimoiy qo’llanuvdan chiqarilgach, «milliy tarbiya» tushunchasi qo’llanila boshlandi. Ilmiylik tamoyili boyagi iboralardagi «kommunistik» va «milliy» sifatlovchilarini ta’riflash bilan bir vaqtda «tarbiya» tushunchasining yangilanayotgan jamiyatdagi yangi, zamonaviy, ilmiy ta’rifini talab qiladi.
Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv orasidagi umumiylik «hayot tarbiyasi» tushunchasi orqali namoyon bo’ladi. Lekin ijtimoiylashuv — bu inson tomonidan ko’rsatilayotgan maqsadli va maqsadsiz tarbiyaviy ta’sirlarni qabul qilish jarayonidir. Ushbu ta’sir yig’indisi shahsning ijtimoiylashuvi hususiyatlarini, sifat o’zgarishlarini belgilaydi. Ko’rinib turganidek, shahs ijtimoiylashuv jarayonini bevosita pedagogik nazorat ostiga olish, boshqarish mumkin emas. Shuning bilan birga, rivojlanayotgan bola bir vaqtning o’zida ham ijtimoiylashtiruvchi omillar, ham milliy tarbiya omillarining muttasil ta’-sirida bo’lishini ta’kidlash zarur. Har bir shahsning bolaligi — uning milliy tarbiya qaramog’ida o’tkazgan tarihidir. Bola balog’atga etgan sari ijtimoiylashtiruvchi omillarning ta’siri kuchaya boradi.
Ijtimoiylashuv va milliy tarbiya ta’sirlari orasi-dagi uyg’unlik yoki ziddiyat milliy-ma’naviy taraqqiyotga davlat tomonidan ko’rsatilayotgan e’tiborga bog’liqdir.
Mustaqil O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat o’zbek davlatchiligi, an’analari va milliy, umuminsoniy qadriyatlarni chuqur hurmat qilishga asoslanadi; O’zbekiston xalqining umumiy manfaatlarini ifodalovchi, birlashtiruvchi milliy g’oyasi mavjud; hizmat ko’rsatuvchi muassasalar tili — davlat tilidir va h.k.
«Milliy tarbiya, milliylashuv esa (quyidagi tasvir) rivojlanayotgan bola shahsiga ilk yoshlardanoq bevosita ta’sir qilish orqali samaradorlik, tabiiylik, ustuvorlik kasb etadi. Dastlab birinchi, keyinchalik ikkinchi signallar sistemasi mazmunini belgilovchi milliy muhit, milliy ruh, oila, mahalla, qishloq muhiti shahsga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, quyidagi hulosalarni bayon etish mumkin: milliylik-ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy rivoji natijasida yig’ilgan madaniy qadriyatlar sintezidir. Milliy tarbiya ana shu madaniy-tadrijiy sintezga asoslangan holda yosh avlodni zamonaviy sharoitda kelajakka mos ravishda shakllantirish jarayonidir: shahsning milliyligi uning madaniy darajasidir; har bir milliy madaniyat-umuminsoniy qadriyatning muayyan ko’rinishidir. Chunki insoniyat bu xalqlar, millatlardir. Ana shu nuqtai nazardan milliy tarbiya har bir insonni o’z milliy madaniyati manbaida, ya’ni muayyan umuminsoniy qadriyat asosida shakllantirish jarayonidir; har bir inson o’z hayoti davomida turli ijtimoiy rollarni o’taydi. Bu rollar mazmuni, ko’lami, namoyon bo’lish jabhalari ilk yoshlardan boshlab ko’payib, kengayib, murakkablashib boradi. Ana shunday tug’ma va ilk o’zlashtiriluvchi ijtimoiy rollardan biri shahsning milliy rolidir); aslida dinlar, millatlar orasida ziddiyat uchun hech qanday asos yo’q. Jahonda dinlar va millatlar orasida bo’lib o’tgan ziddiyatlar ayrim ulamolar, siyosatchilarning o’z maqsadlariga erishmoq uchun din, millat nomidan ish ko’rishga chaqirikqari va insoniyatning ularga ergashib yo’l qo’ygan hatolaridir: xalqlar, millatlar mavjud ekan, milliy tarbiya jarayoni bizning hohishimizdan tashqari ravishda, madaniy determinizm asosida davom etaveradi. SHuning uchun bu jarayonni davlatning manfaatlariga mos ravishda maqsadga yo’naltirilsa, milliy tarbiya ulkan yaratuvchan, taraqqiyparvar ma’rifiy kuchga aylanadi.
Ёшларнинг таълими ва тарбияси соҳасида ўтказилган ҳамда амалга оширилаётган ислоҳотлар муваффақиятли бажарилиб, маънавий тафаккур асосида тарихий онг ва тарихий хотирани, ҳар томонлама уйғун ривожланган, илмий дунёқарашга эга, мустақил фикрловчи, халқимизга ёт таъсирларга берилмайдиган шахсни, Ватанига муҳаббат руҳида тарбияланаётган, Ўзбекистоннинг буюк келажагини унинг бугунги кунига айлантиришга қодир ёшларни шакллантириш ва ривожлантириш борасида олиб борилган ишлар ўз самарасини бера бошлади.
Ҳозирги пайтда ёшларда маънавий етукликни, илмий дунёқарашни шакллантириш ҳамда ривожлантиришда ижтимоий воситалар, методлар ва шакллар ҳам катта роль ўйнамоқдаки, уларга ёшларни таълим ва тарбиянинг барча даражаларида мафкуравий тарбиялаш, оммавий ахборот воситалари: радио, телевидение, газета, журналлар, музейлар, турли ёшлар ташкилотлари, ватанимиз ва жаҳон илм-фани, маданияти, санъати ва спортнинг ривожланиши киради.
Ўзбекистон ёшларида маънавий баркамолликни шакллантириш ҳамда ривожлантиришнинг ижтимоий воситалари, шакл ва методлари бўйича чора-тадбирлар мажмуи аввалги йилларда бой берилган миллий қадр-қиммат туйғусини тиклашда, ўзбек давлатчилигининг тарихий сарчашмалари ҳамда унинг қарор топишини билишга юқори даражада қизиқиш уйғотишда, ор-номус, бурч ҳиссини, виждон, ҳаққонийлик, ёт мафкураларни қабул қилмаслик ва уларга танқидий муносабатда бўлишни шакллантириш ҳамда ривожлантиришда кўмаклашади.
Узлуксиз таълим тизимидаги тарбиявий сиёсатнинг бош мақсади ёшларнинг мустақиллик мафкураси ва миллий ғояни пухта ўзлаштириш асосида кенг дунёқарашга, фуқаролик бурчи ҳамда Ватанга муҳаббат туйғусига, касбий, интеллектуал ва ижтимоий-ижодкорлик қобилиятларига эга бўлган бўлажак мутахассиснинг комил инсон сифатида шаклланиши ва ўзини намоён эта олиши учун энг мақбул шароитларни яратиш деб белгиланиши мумкин.
Мазкур бош мақсаддан келиб чиқан ҳолда баркамол шахс маънавиятини шакллантиришда тарбиявий ишларнинг вазифаларини қуйидагича шакллантириш мумкин:
● шахснинг тегишли дунёқараши ва асосий миллий қадриятлар тизимини шакллантириш;
● ёшларда Ватан равнақи, халқ фаровонлиги учун жон куйдириш, уларга нисбатан бефарқ бўлмаслик туйғуларини шакллантириш ва ривожлантириш;
● ёшларнинг умуминсоний ахлоқий меъёр ва мезонлар, миллий қадриятлар ҳамда анъаналар билан яқиндан танишган бўлиши, шу асосда таълим-дтарбия жараёнида ҳамкорлик ва ҳамжиҳатлик, бурч ва илмий ахлоқ меъёрларини пухта эгаллаши;
● шахснинг ривожини ҳамда унинг ижтимоий-психологик қўллаб-қувватланишини таъминлаш, самарали касбий фаолият учун зарур бўлган шахсиятга оид фазилатларни шакллантириш;
● соғлом турмуш тарзи, табиий ва ҳаётий муҳитга маъсулиятли ёндашув учун шахсдаги ички маънавий эҳтиёжни шакллантириш.
Қўйилган мақсад ва белгилаб олинган вазифалардан келиб чиққан ҳолда баркамол шахс маънавиятини шакллантириш мақсадида таълимий-тарбиявий фаолият йўналишларини қуйидагича белгилаш мумкин бўлади:
● гражданлик-ватанпарварлик ва ҳуқуқий тарбия – фаол фуқаролик нуқтаи назарининг шаклланишини, миллий қадриятларга хурмат, ўз мамлакати ривожи учун ўзини масъул деб англашни, ҳуқуқий ва ахлоқий меъёрларни ўзлаштиришни таъминлаб бера оладиган чора-тадбирлар;
● ахлоқий-маънавий тарбия – талабаларнинг мантиқий оламига, онгига таъсир ўтказиш, шахсий ахлоқий тамойилларини, унинг ижтимоий ҳаётдаги меъёр ва анъаналар билан уйғун бўла оладиган ахлоқий фазилатлари ва қадриятларини шакллантириш. Талабаларнинг миллий адабиёт, айниқса классик меросдан кенгроқ ва чуқурроқ билим ва маълумот олишлари учун шароит яратиш;
● касбий-меҳнат тарбияси - меҳнатга ижодий ёндашувни, танлаган касбига нисбатан меҳнатсеварлик ва ўз касбий маҳоратини ошириб бориш иштиёқини уйғотиш, талабаларнинг ўз соҳаларидаги касбий анъаналар ва қадриятларга, умумжамоа ахлоғий қадриятларига муҳаббат уйғотиш;
● эстетик тарбия – бадиий ижод воситасида хал этиладиган муаммолар доирасига ёшларнинг жонли, барқарор ва онгли қизиқишларини уйғотиш, санъат асарларининг ўқувчи-ёшлар шахси томонидан онгли тушунилиши ва ўзлаштирилишига эришиш;
● жисмоний тарбия – спортни оммалаштирилишини, талабалар саломатлигини, улар томонидан соғлом турмуш тарзига оид тамойил ва кўникмаларни эгаллашни таъминлайдиган чора-тадбирлар мажмуи;
● экологик тарбия – табиатни асраш ва муҳофаза қилиш, экологик фалокатларнинг фақат табиат муаммоси эмас, балки умуминсоний муаммо сифатида англанишига эришиш, инсониятнинг табиат олдидаги бурчи ва масъулиятларини англаб етишни таъминлайдиган чора-тадбирлар яхлитлиги.
Узлуксиз таълим тизимидаги таълим муассасаларида баркамол шахс маънавиятини шакллантиришга қаратилган тарбиявий ишларнинг самарадорлиги қуйидаги шарт-шароитлар асосида аниқланади:
● тарбиявий ишларнинг назарий-методологик ва методик таъминоти ҳамда тарбия жараёнининг барча иштирокчиларни ва маъмурий ходимларнинг фаолиятларини мувофиқлаштирувчи меъёрий хужжатларнинг мавжудлиги;
● икки томонлама алоқа воситалари орқали тушадиган ишончли ахборотларни таҳлил этиш асосида қарорларнинг қабул қилиниши ва тарбия жараёнининг барча иштирокчиларини ўзаро аниқ ҳаракатини таъминловчи тарбиявий фаолиятни бошқаришга оид ташкилий тузилманинг мавжудлиги;
● ёшларга ижтимоий, интеллектуал ва ижодий муҳитни яратиш мақсадида ёшлар ва бошқа ижтимоий бирлашмаларига оид ўз-ўзини бошқариш органларининг мавжудлиги;
● ўқишдан ташқари тарбиявий ишларнинг амалга оширишни таъминлаш учун моддий-техник база ва молиявий таъминотнинг мавжудлиги.
Do'stlaringiz bilan baham: |