I. bob. Buyuk ajdodlarimiz merosida milliy tarbiya masalasi



Download 279,5 Kb.
bet1/4
Sana01.10.2019
Hajmi279,5 Kb.
#22847
  1   2   3   4
Bog'liq
MILLIY TARBIYA diplom as

MILLIY TARBIYA VA MA’NAVIYAT.



Kirish.
I. BOB. BUYUK AJDODLARIMIZ MEROSIDA MILLIY TARBIYA MASALASI.


    1. Ajdodlarimiz merosida milliy tarbiyaning o’rni va ahamiyati.

    2. Milliy tarbiya tushunchasining ma’naviy talqini.




II. BOB. FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY TARBIYA MA’NAVIYATINING AHAMIYATI.


2.1. “Milliy tarbiya, fuqarolik jamiyati” tushunchalarining mohiyati va ularning bog’liqligi.

2. 2. Milliy tarbiyaning fuqarolik jamiyati shakllanishidagi o’rni va ahamiyati .


Xulosa

Foydalanilgan adabyotlar ro’yxati


KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham rivojlanishining mohiyati, uning sur’atlari insonlarning ma’naviy kamoloti darajasiga bog‘liq bo‘lgan. Qaysi erda ma’naviy kamolot yuksak bo‘lib ma’rifiy-tarbiyaviy tadbirlar oqilona yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, shu jamiyat gullab rivojlangan, taraqqiy etgan.

Biz qurayotgan demokratik-xuquqiy jamiyatning uch muhim tomoni bor: iqtisodiyot, siyosat va ma’naviyat. Bu tomonlar qancha mustahkam va baquvvat bo‘lsa kelajagimiz ravnaqi ham baqquvvat bo‘ladi.

Mustaqil O‘zbekistonimiz oldida turgan iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy ta’lim va tarbiya ishini takomillashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Ta’lim tizimidagi vazifalarga zamonaviy yondashuv-davlatimizning bu sohaga nihoyatda katta e’tibor berayotganida qabul qilingan bir qator hujjatlarda o‘z ifodasini topdi.

YUksak ma’naviy burchlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan emas. Ular insoniyatning ming yillik tarixi ota-bobolarimizning necha-necha avlodlari tajribasi davomida yuzaga kelgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singib kelgan.

Bugungi kunda ma’rifiy va ma’naviy hayotimizda sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Milliy an’analarimiz va asriy qadriyatlarimizning hayotimizdagi o‘rni yanada mustahkamlanmoqda.
Kadrlar ma’naviy tarbiyasi keng qamrovli tushunchadir. YOsh avlod muqarrar ravishda yangi asoslarga o‘tayotgan davlatimiz, jamiyatimiz boshqaruvi tepasiga keladi. Ular biz boshlagan ulkan ishlarini davom ettiradilar. O‘zbekistonning buyuk davlatlar qatoriga kirishi, kelajagi obod va farovon bo‘lishi, huquqiy demokratik davlat adolatli fuqarolik jamiyati maydonga kelishi ko‘p jihatdan yoshlar tarbiyasiga bog‘liq. SHu sababli Prezidentmiz yangi avlod tarbiyasiga eng muhim vazifalardan biri deb qaramoqda. Bu yo‘lda cheksiz g‘amho‘rlik namunalarini ko‘rsatmoqda.

Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish tadbirlari – bu ta’lim tizimini demokratik va insonparvarlik yo‘nalishlarida qayta qurish bilan ham bog‘liq. CHunki, insonparvarlik g‘oyalari va tamoyillari milliy g‘oya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, insonning moddiy va ma’naviy farovonligini, erkin, mustaqil, ijodiy faoliyatini, kishilarning o‘zaro hamkorligi, do‘stligi, hamjihatligi, birdamligi va bir-biriga g‘amxo‘rligi kabi eng yuksak, ilg‘or insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etadi. Odillik, halollik, poklik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, baynalmilalchilik, odoblilik, vijdonlilik, iymon-e’tiqodlilik, mehmondo‘stlik, kamtarlik, or-nomusni, sharm-hayo va iffatni e’zozlash, tinchliksevarlik, olijanoblik, el-yurt manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish kabi yuksak insoniy fazilatlar ham insonparvarlikning namoyon bo‘lishidir. Bu esa, o‘z-o‘zidan, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish orqali barkamol shaxs ma’naviyatini shakllantirish ehtiyojini kun tartibiga qo‘yadi. Biz tanlagan ushbu mavzu mazkur masala bo‘yicha ilgari surilgan fikr-mulohazalarni va tavsiyalarni ta’lim-tarbiya tizimiga joriy etish, ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmuniga kiritish yo‘l-yo‘riqlarini o‘zida ifoda etadi.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da shaxs milliy modelimizning asosiy tashkil etuvchisi sifatida belgilangan bo‘lib, unga nisbatan qo‘yiladigan talablarning amalga oshirilishi ta’lim islohotlarining pirovard natijasini belgilab beradi. o‘z navbatida mazkur hujjatda shaxsning ijodkorligi va intellektual qobiliyatlari barkamollikning asosiy belgilari sifatida qaraladi. Bundan kelib chiqadigan asosiy vazifa uzluksiz ta’lim tizimida shaxsda ijodkorlik va intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish orqali uning barkamolligiga erishishdan iborat.

Bu vazifani amalga oshirish yo‘nalishida bugungi kunda yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, modulli texnologiyalar va interfaol metodlar kabi juda keng miqyosdagi majmualar mavjud. Biroq shu paytgacha amalga oshirilgan izlanishlarda tadqiqot muammosini o‘zining to‘laqonli echimini topmagan. Mazkur bitiruv malakaviy ishimizda barkamol shaxs to‘g‘risidagi tushunchalarni umumlashtirib, uning yagona strukturasini ishlab chiqish, bu jarayonnni boshqarishning axborot ta’minoti texnologiyasi asoslarini ishlab chiqishni ko‘zda tutganmiz.


Milliy-tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish umuminsoniy ehtiyoj hamdir. Sobiq sho’rolar davrida ijtimoiy ongda «zamonaviylik — milliylik» tushunchalari orasida «sivilizatsiya — ekzotika» shaklidagi sun’iy antiteza hosil qilindi. Natijada milliylikni ajdodlardan avlodlarga boyitib etkazuvchi jarayon — milliy tarbiyaning tobora zaiflashuvi yuzaga keddi. Mafkuraviy maqsadlar ostida rang-barang milliy qadriyatlarni o’zaro aloqada yuksaltirish emas, balki bir hillashtirish harakati rag’batlantirildi.

Tarbiyani sotsialistik baynalminallashtirish siyosati va amaliyotining asoratlaridan qutulish istagi, bugun xalqlarning o’z milliy g’ururini tiklash, ajdodlar me-rosini o’rganish kabi ehtiyojlarida namoyon bo’lmoqda. SHu nuqtai nazardan mustaqillikni qo’lga kiritgan millatlarning qadimgi milliy-ma’naviy qadriyatlarini tiklashga bo’lgan ehtiyoji tabiiy, qonuniydir. Bu esa milliy tarbiya masalasini ilmiy talqin qilishni ma’rifiy zarurat maqomiga ko’taradi.

Har bir mamlakatning o’ziga hos tarbiyaviy tizimi uning mustaqillik, milliy taraqqiyot yo’lining pedagogik in’ikosidir. O’tgan asrning ohiri va XXI asr boshlarida MDH mamlakatlari ham, jahonning sobiq mustamlaka mamlakatlari ham o’z taqdirlarida ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotning uch yo’liga duch keldilar. Dunyoviy tajriba bu yo’llarni quyidagicha ta’riflaydi:

milliy fundamentalizm — o’tmishdagidek yashash;

milliy modernizm — milliy zamonaviylashuv;

milliy reformizm - boshqacha (masalan, ovrupocha, amerikacha...) shakl va mazmun kasb etish.

Mustaqillik qo’lga kiritilgach, «O’zbek xalqining bundan buyon millat sifatidagi hayotini muvaffaqiyatli davom ettirishi, o’zligini saqlab qolib, jahon tsivilizatsiyasida namoyish qilishi uchun qaysi yo’lni tanlagan ma’qul?», «O’zbekiston maktablaridagi sobiq kommunistik tarbiya tizimi o’rnini qanday tarbiya tizimi egallashi kerak?» singari pedagogik savollar yuzaga chiqdi. «Jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutgan, millatni millat qiladigan narsalar butunlay toptalgan vaziyatda» bu yo’l — milliy-madaniy taraqqiyotning modernistik tarzi — milliy zamoniylashuvdir.

Milliy davlatchilik, mustaqillikni mustahkamlashning pedagogik kafolatini ham aynan shu yo’l — milliy-istiqloliy tarbiya g’oyasi ta’minlashga qodir. Chunki milliy tarbiya, jadid bobolarimiz idrok etganidek, ta’lim va tarbiyani boshqa tsivilizatsiyalarga (ular o’z sharoiti uchun har qancha ilg’or sanalmasin!) moslashtirish emas, balki dunyodagi ilg’or tsivilizatsiyani o’rganib, uni milliy madaniyatga hizmat ettirish, ta’lim va tarbiyani yangi sharoitda, mustaqillikni mustahkamlash talablari bilan boyitib, amalga tatbiq etishdir.

Milliy-zamoniylashuv yo’lidan borish BMTning teng huquqli a’zosi — O’zbekistonning «Inson huquqlari Deklaradiyasi»da «Har bir kishining ona tilidan foydalanish, ona tilida ta’lim olish, milliy madaniyatni saqlab qolish va rivojlantirish huquqi ta’minlanadi», — deb ta’kidlangan 4-moddasini amalda tatbiq etishga kirishganligidan ham dalolat beradi. YUNESKO amaliy ta-moyillarida «o’z madaniyatiga ega bo’lmagan xalq yo’q; har bir madaniyat hurmat qilinishi va saqlab qolinishi kerak bo’lgan qadr-qiymatga ega; o’z madaniyatini rivojlantirish har bir xalqning huquqi va burchidir» deyiladi. Demak, qo’lga kiritilgan mustaqillik barcha millatlar kabi o’zbek xalqiga ham milliy o’zlik, ahloq, ma’naviyatni tiklash huquqini, imkoniyatini berdi. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi, bizningcha, shu tarihiy imkoniyatdai yosh avlodni tarbiyalashda qanchalik samarali foydalana olishimizga bog’liq.

Davlat bosh islohotchi bo’lgan mustaqil O’zbekistonda ta’lim va tarbiyaning milliy asosga qurilishining eng oliy vakolati uning Konstitutsiyasida himoyaga olingan. Konstitutsiyaning mohiyati ochiqlik, hamkorlik, milliy madainiyatlar ravnaqi, millatlararo inoqlik, dinlararo bag’rikenglik ruhiga ega. O’zbekistonda milliy madaniyatlarni tiklash, ravnaq toptirish yo’lida milliy-madaniy markazlar tashkil etilganligi, bu markazlar faoliyati matbuot, radio va televidenieda keng yoritilayotganligi va boshqa ko’plab misollar mustaqil O’zbekiston milliy munosabatlarini takomillashtirishning’ yangi—milliylikni tiklash, boyitish orqali umummilliy va umuminsoniy totuvlikka erishish yo’lini tanlaganini ko’rsatadi.

«Milliy tarbiya» tushunchasi ko’p qirrali tushunchadir. Uning:

  • milliy qadriyatlar asosida olib boriluvchi maq-
    sadga yo’naltirilgan tarbiyaviy faoliyat;

  • umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa hos va mos
    betakror shakli;

  • xalq va uning madaniyatini saqlab qolish, tiklash
    va rivojlantirish (YUNESKO tamoyili) vositasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash mil-
    liy dasturi maqsad, vazifa va tamoyillarining tarki-
    biy qismi;

  • turli millatlar bolalarini har tomonlama rivojlantirish jarayonining hususiy, ma’naviy manbai;

o’quvchilarni ahloqiy, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, go’zallik, iqtisodiy, ekologiya va boshqa yo’nalishlarda tarbiyalashning bosh tamoyili;

  • millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalash va buning natijasida O’zbekistonda umumfuqaroviy totuvlikka erishishning insonparvarona yo’li va vositasi;

  • ijtimoiy tarbiya va maktab tarbiyasi uyg’unligining pedagogik sharti;

  • insoniyatni umumbashariy uyg’unlikka olib borishning pedagogik yo’li;

  • ijtimoiy-ma’naviy jabhada milliy havfsizlikni ta’minlashning strategik ob’ekti va vositasi;

  • o’quvchilarda milliy (avto va getero) stereotiplarni maqsadli shakllantirish, ma’naviy boyitish jarayoni ekanli shundan dalolat beradi.

Mustaqil O’zbekiston umumiy o’rta ta’lim maktablarining milliy tarbiya tizimi bu o’zbek xalqining o’ziga hos milliy madaniy fe’l-atvori, ahloq qoidalariga va milliy mustaqillikni mustahkamlashning tarbiyaviy talablariga asoslanuvchi, xalq hayotining barcha jabhalari bilan chambarchas bog’liq, yangi, hech kimdan kam bo’lmagan barkamol avlodni shakllantirishning pedagogik jarayonidir. Milliy tarbiya O’zbekistonda ilmiy-pedagogik atama sifatida milliy mustaqillik bergan imkoniyat orqali yangidan ko’tarilib qo’llanilayotgan bo’lsa-da, u azal-azaldan goh oshkora, goh pinhona tarzda bo’lsin, xalqimiz turmushida bardavom edi. Chunki o’zbek xalqining tarihi — o’zbekchilikka asoslangan milliy tarbiyaning tarihi hamdir.

Bitiruv malakaviy ish maqsadi: Milliy tarbiya tizimini joriy qilishning nazariy va amaliy asoslarini, yo’nalishlarini asoslab berish,bu borada o’qituvchi va ota-onalarga, tarbiyachilarga tavsiyalar ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishda belgilangan vazifalar :

1. Milliy tarbiya tizimini joriy qilishning nazariy asoslari to’grisida tushuncha berish.

2. Milliy tarbiya mazmun, mohiyatini ochib berish.

3. O’zbek milliy tarbiyasi tajribasining pedagogik tasnifini berish.

4. Ta’limning milliy tarbiyaviy mazmunini yoritib berish va uni takomillashtirish yo’llarini ochib berish.

5. Milliy tarbiyaning fuqarolik jamiyati shakllanishidagi o’rni va ahamiyati asoslab berildi.

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ta’limning milliy yo’naltirilganligi O’zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tamoyillaridan biridir. U ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg’unligani, O’zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o’ta muhim omili sifa-tida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarih va madaniyatini hurmatlashga yo’naltirilgan yangi tarbiya tizimini taqozo qiladi. Ushbu davlat buyurtmasini mukammal bajarmoq uchun uzluksiz ta’lim tizimi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari nuqtai nazaridan isloh qilinmoqda. Chunki bu O’zbekiston uchun muhim strategik, siyosiy zaruratdir.

Milliy-tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish umuminsoniy ehtiyoj hamdir. Sobiq sho’rolar davrida ijtimoiy ongda «zamonaviylik — milliylik» tushunchalari orasida «tsivilizatsiya — ekzotika» shaklidagi sun’iy antiteza hosil qilindi. Natijada milliylikni ajdodlardan avlodlarga boyitib etkazuvchi jarayon — milliy tarbiyaning tobora zaiflashuvi yuzaga keddi. Mafkuraviy maqsadlar ostida rang-barang milliy qadriyatlarni o’zaro aloqada yuksaltirish emas, balki bir xillashtirish harakati rag’batlantirildi.

Bitiruv malakaviy ishning predmeti va ob’ekti - Milliy tarbiya tizimini joriy qilishning nazariy asoslari, metod , usullari va vositalari .

Bitiruv malakaviy ishning metodlari: nazariy tahlil, kuzatish, suhbat, savol-javob

Bitiruv malakaviy ishning ilmiy ahamiyati:

1 Maktablada milliy tarbiya tizimini joriy qilishning nazariy asoslari to’grisida ilmiy tushuncha berildi.

2.Milliy tarbiya mazmun, mohiyati ilmiy asoslab berildi.

3.O’zbek milliy tarbiyasi tajribasining pedagogic tasnifini ilmiy ravishla asoslab berildi.

4. Ta’limning milliy tarbiyaviy mazmunini uoritib berish va uni takomillashtirish yo’llarini ilmiy tasdigini topdi .

5. Milliy tarbiyaning fuqarolik jamiyati shakllanishidagi o’rni va ahamiyati asoslab berildi.

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari.

1. Sharq ma’naviy merosida ma’naviyat va ma’naviy barkamollik masalalarini aniqlash.

2. Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ijtimoiylashtirishning oʻzaro aloqadorligini yoshlar ma’naviyatiga ta’sirini ochib berish.

3. Mustaqillik yillarida yuzaga kelgan ma’naviy boʻshliqni sabablarini aniqlash va uni bartaraf etish usullarini tadqiq etish.

4. Yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirishda ma’naviy merosning ahamiyatini koʻrsatish.

5. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda milliy va xalqaro huquq normalarining ahamiyatini koʻrsatish.

6. Ijtimoiy-siyosiy institutlarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi oʻrni.

7. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda qonun hujjatlarini takomillash-tirishning mohiyatini ochib berish.

8. OAV va Internet tizimini yoshlar maʻnaviyatini yuksaltirishdagi roʻlini asoslash va ulardan toʻgʻri foydalanish usullarini ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ish tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
I. BOB. BUYUK AJDODLARIMIZ MEROSIDA MILLIY TARBIYA MASALASI.


    1. Ajdodlarimiz merosida milliy tarbiyaning o’rni va ahamiyati.

O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida mafkura dunyosida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmasligi, hozirgi paytda ro’y berayotgan ayrim salbiy holatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo’shliq tufayli sodir bo’layotganligini ta’kidlab o’tgan edi. «Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi mazmunini xalqqa, yoshlar tarbiyasi jarayoniga olib kirish bugungi kunning dolzarb masalasi qilib qo’yildi.

Yoshlar ongida g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, ularni milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash va Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol avlodni voyaga etkazish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarni qayta ko’rib chiqish va yangilarini yaratish bo’yicha respublika muvofiqlashtirish komissiyasi» kengaytirilgan majlisining 2000 yil 30 sentyabrdagi «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanini uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etish haqida»gi Qaroriga ko’ra 2000-2001 o’quv yilining 2-choragidan e’tiboran umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’quv rejasidagi 7-9-sinflar uchun «Ma’naviyat asoslari» o’rniga «Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari» o’quv fani joriy etildi. 2000 yil 9 oktyabrda Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari bu masalani yana bir bor ko’rib chiqib uni hayotga joriy qilish uchun zaruriy ishlarni belgilab oldilar.



2001-yil 18-yanvarda O’zbekiston Prezidentining «Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va Respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida»gi Farmoyishi qabul qilindi1. Shuningdek, 2006-yil 25-avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»2 Qarori, 2017-yil 28-iyulda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida”gi PQ-3160-son Qarori3 qabul qilindi.

Insoniyat tarixiy taraqqiyotining tsivilizatsiyalashgan davri biron-bir jamiyatning ezgu g’oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgach Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o’zbek xalqi o’z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo’ydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug’ildi. Buning uchun bizga yot va begona g’oya tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga etkazish, bu yo’lda g’oyaviy, mafkuraviy bo’shliq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni taqozo etdi.

Mustaqillikning ilk yilidanoq mustabid «kommunistik g’oya»dan voz kechildi. O’zbekiston xalqi o’z milliy g’oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo’lini tanladi. Buning o’ziga xos sabablari mavjud bo’lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin:

1. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o’ziga xos yo’lni tanlash huquqiga ega bo’ldi. Bu xalqimizning ma’naviy merosi, qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi.

2. «Mustabid» totalitar tuzum «kommunistik g’oya»si o’zbek xalqini ma’naviy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, ma’naviyatidan begonalash-tirish siyosatini olib bordi. Endilikda ana shu asoratlardan xalos bo’lish ehtiyoji paydo bo’ldi.

3. Har qanday davlat, jamiyat, xalq maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun ma’naviy asoslarni belgilab olishi zarur. Bu maqsad xalqning milliy-ma’naviy g’oyalarida aks etgan bo’lib, milliy istiqlol g’oyani o’rganish zaruriyatga aylandi.

4. Jamiyat taraqqiyotida turli xil g’oyalar hukmronlik qilib kelgan bo’lib, g’oyaviy maqsadlar tufayli har xil salbiy oqibatlarni yuzaga keltirgan. Ana shu g’oya bilan g’oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganish lozim.

5. Shaxs, inson, ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millat, davlat maqsadi, orzu intilishi, qarashlari bir-biridan farq qilganidek, uning qanday maqsad va g’oya ekanligiga qarab baho beriladi.

6. Ayrim g’oyalar ma’lum bir millat, xalqning maqsad, intilishlarini hisobga olmasdan o’z g’oyalarini «singdirishga» urinadi, bunday yot yoki yovuz g’oyalardan ogoh bo’lish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganmoq kerak.

7. Bugungi kunda dunyoda mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbi uchun kurash ketar ekan, ayrim yot g’oyalar yoshlarni o’ziga rom qilib o’z shaxsiy manfaat yo’lida foydalanishga harakat qilayotganliklari boisdan ham milliy istiqlol g’oyasini o’rganish zaruriyatga aylandi. «Kelajagi buyuk davlat»ni barpo etish milliy istiqlol g’oyasini singdirish orqali amalga oshiriladi.



Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu borada: «Oldimizga qo’ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga etish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo’lish, g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, begona va yot g’oyalarning hurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga etkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda» (Karimov I.A. Asarlar. T.9. 220-bet) degan edi.

Antropologlarning shahodat berishlaricha, odamning tashqi ko’rinishi kechki paleolit—kromanonlar davridan buyon o’zgarmasdan kelmoqda. Bu fikrning zamonaviy fanlar tomonidan tasdiqlanganligi odamning biologik evolyutsiyasi tugallanganligini bildiradi. Odamdagi evolyutsion rivojlanishning yakunlanishi esa undagi madaniy rivojlanishni boshlab beradi. Odamda oliy taraq-qiy etgan turlarga hos bo’lgan emotsional-instinktiv hususiyatlar genetik meros sifatida mavjud bo’lib, bu hususiyatlarni chaqaloq dunyoga kelganida, uning rivojlanishining ilk oylarida kuzatish mumkin. Ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) esa odam mohiyatini go’daklikdan boshlab kamolatga erishuv tomonga o’zgartira boradi.

Inson o’zining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ajdodlarining milliy qadriyatlarini ijodiy o’zlashtiruvchi, zamoniylashtiruvchi, boyituvchi va o’zgartiruvchidir. Ana shu insoniy burchlarning har bir shahs tomonidan mukammal bajarilishi ijtimoiy taraqqiyotning boy, rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi, saqlab turadi. Shu nuqtai nazardan, har bir inson o’zida tarihiy, ijtimoiy, madaiiy-milliy ko’rsatkichlarni mujassamlashtiruvchi tarbiya mahsulidir.

Turli xalqlarning bir-birlarini tanishida, bilishida, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning milliy jihatlari alohida qiziqish uyg’otgan. Qadim zamonlarda ham tarihchilar, sayyohlar, qomusiy bilimga ega mutafakkirlar (Ibn Batuta, Strabon, Abu Rayhon Beruniy, Mikluho Maklay, Lui Gonsales de Klaviho, Herman Vamberi va boshqalar) qoldirgan asarlar, ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy ta’limotlarda ham boshqa xalqlar hayotini qiyosiy o’rganish yo’nalishi mavjud edi.

XIX asrga kelib g’arb ijtimoiy fanlarida boshqa xalqlar milliy-madaniy hususiyatlarini tadqiq qiluvchi kulturantropologiya va sotsiologiya yo’nalishlari mahsus fanlarga aylandi. Bu fanlar «boshqa dunyo kishisi» muammosini o’rgana boshladi. Aslida esa bu — boshqacha tarbiya — milliy tarbiyaning tizim, uslublari, maqsadlaridagi hususiyliklarni ilmiy nuqtai nazardan o’rganish davri boshlanganligini anglatar edi.

XIX asr uchun «boshqa dunyo kishisi»ni o’rganish taraqqiyparvar yangilik edi. Zero, kulturantropologiya «Boshqa mamlakat, millat kishisi qanaqa?», «U o’zini o’rab olgan dunyoni, borliqni qanday idrok qiladi?», «U yahshilik va yomonlikni qanday tushunadi?», «U o’z hatti-harakatlarida qanday mezonlarga asoslanib yo’l tutadi?» kabi savollarga javob izlar edi. Odamlarning dunyo haqidagi bilimlari ortib, yangi erlar ochilib, savdo-sotiq, munosabatlari kengaya borgani sari ushbu muammoga qiziqish ham orta bordi. Ayniqsa, Ovrupoda kapitalistik jamiyatning shakllana borishi va shu bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ayniqsa, mustamlakachilik davri u yohud bu xalqlarning milliy hususiyatlarini o’rganishga kuchli turtki berdi. Chunki mustamlakachi, milltsioner, plantatorlar o’z mustamlakalari — mahalliy xalqlar haqida hech bo’lmasa ibtidoiy tasavvurga ega bo’lishlari o’zlari uchun foydali edi. Qolaversa, bu masala mustamlakachilikning kelajagi—mahalliy xalqlarni «madaniy-oqartuv» orqali inglizlashtirish, frantsuzlashtirish, ya’ni madaniy-ma’naviy mustamlakalarga aylantirishning samaradorligini ta’minlash uchun ham kerak edi.

O’zga xalqlarning maishiy harakterini o’rganish faqat mo’may foyda orttirish maqsadi bilan cheklanib qolmadi. Chunki mustamlakachilar va mahalliy xalqlar milliy qadriyatlari orasidagi mavjud tafovutni echish ilmiy muammoga aylanib ulgurgandi. Zero, ovrupoliklar boshqa millatlarni shahslar majmui emas, balki qandaydir aqlga zid afsonalar ta’sirida yashovchi individlar, deb id-rok qilar edi (N. Trubetskoy, N. Berdyaev). Masalan, osiyoliklar yoki afrikaliklar o’zlari uchun milliy, ovrupoliklar nazarida esa qandaydir «g’alati» ahloq-odob, urf-odat, an’analarga rioya qilar edilar. Ikkinchi tomondan, mahalliy xalqlar uchun ovrupoliklarning hatti-harakatlari, odob-ahloqi, urf-odatlari huddi shunday g’alati ko’rinardi.Hsu tariqa, yuqoridagidek o’zaro milliy-madaniy tushunmovchiliklar, ziddiyatlarni echish, bir-birini tushunish ehtiyojlari XIX asrda madaniy antropologiya asosida «noovrupo jamiyatda madaniyat va shahs», «etnopsihologiya» singari ilmiy yo’nalishlarni yuzaga keltirdi. Natijada, «fe’l-atvorning milliyliga» ilk bor ijtimoiy-siyosiy, keyinchalak esa pedagogik ilmiy tushunchalarga aylana bordi.

Milliy tarbiyaning etnopedagogik qirralarini ilk bor kashf etgan olimlardan biri — kulturantropolog M. Mid bo’ldi. Uning tadqiqotlari nafaqat geterostereotip (bir xalqning boshqa xalqlar haqidagi bilimlari yig’indisi)ning, balki osiyolik va afrikaliklarda avtostereotip (o’z xalqi haqidagi bilimlar yig’indisi)ning shakllanishiga, boshqacha qilib aytganda, o’zligini anglashga ham turtki bo’ldi.

M. Mid har bir kishining ma’lum milliy muhitdagi xulq-atvorini tushunishda uning bolalikda olgan milliy tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta ahamiyatga egaligini qayd qiladi. CHunki bolalarning milliy tarbiyaviy ta’sirni qabul qilish jarayoni va kattalarning milliy fe’l-atvorlari orasida izchil aloqa mavjud. Tarbiyaning milliy hususiyat kasb etishida bir avloddan ikkinchi avlodga o’tib keluvchi an’analar, marosim, udum, ishlab chiqarish va hayotiy malakalar, afsonalar, xulq-atvor tarzi, bolalarga, o’smirlarga, qariyalarga munosabatlarning o’ziga hosligi katta rol o’ynashini M. Mid alohida qayd etadi.

Milliy tarbiyaning o’ta muhim ijtimoiy-psihologik omili bor. Bu-harakterning milliyligidir. Milliy harakter kontseptsiyasi turli etnoslarda ularning o’zlarigagina hos milliy harakter mavjudligini: shahsning milliy harakteri ustuvor psihologik hodisa bo’lib, bu uning milliy xulq-atvorida namoyon bo’lishini; ana shu ko’rsatkichlarga asoslanib, u yoki bu xalqqa, millatga mansub kishilar harakgerining modelini — o’rtacha milliy harakter namunasini yaratish mumkin, degan hulosalarni asoslaydi.

Bir millatga mansub kishilar uchun umumiy bo’lgan fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan namunaviy milliy shahs siymosi mavjudligini birinchi bo’lib A. Kardiner qayd qildi. U «milliy shahs»ning shakllanishida, eng avvalo, oilaning milliy-tarbiyaviy ta’sirini, undan keyin ijtimoiy tarbiya omillarining etakchi roli-ni alohida qayd qiladi2.

.Milliylikning barkamol sub’ektini tarbiyalashni tadqiq qilish yo’lidan borar ekanmiz, milliylikning nafaqat madaniy-ijtimoiy, balki fiziologik asoslari ham ochildi.

Download 279,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish