I. bob. Buyuk ajdodlarimiz merosida milliy tarbiya masalasi



Download 279,5 Kb.
bet4/4
Sana01.10.2019
Hajmi279,5 Kb.
#22847
1   2   3   4
Bog'liq
MILLIY TARBIYA diplom as


Xulosa

Mustaqillik sharoitida ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilish, Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini amalga oshirish davlatchiligimiz uchun strategik ahamiyatga molik zaruratdir. SHu bois mamlakatimizda «O’zbek xalqining yuksak qadr-qimmati, or-nomusi, shon-sharafi, o’ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangan milliy g’ururni ma’naviy yuksaltirish va shu bilan birga, umumiy Vatanimizda biz bilan birga yashovchi va O’zbekiston Respublikasiga sadoqatli bo’lgan barcha xalqlar bilan birodarlikka yo’naltirilgan» (I. Karimov) milliy-istiqloliy tamoyil ijtimoiy-ma’naviy hayotning turli jabhalariga jadal kirib bormoqda. O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgach, uning tarihida birinchi bor milliy tuyg’uning inson uchun tabiiyligi, uning tabiiy ravishda ota-onadan meros qilib olinishi, o’z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o’z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o’z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berildi.

Bu O’zbekistonda jahon pedagogika fani nazariyasi va amaliyoti nuqtai nazaridan yangi, zamonaviy va ilmiy-eksperimental pedagogik tehnologiya — milliy tarbiyaning mafkuraviy, siyosiy, madaniy, ma’naviy, ilmiy asoslarini yaratish kabi dolzarb vazifani kun tartibiga qo’ydi. Ana shu jihatlardan ham milliy mustaqillik qo’lga kiritilgach, O’zbekiston maktablarida o’quvchilarni milliy tarbiyalash ham nazariy (pedagogika nazariyoti nuqtai nazaridan), ham amaliy (O’zbekiston maktablarida milliy tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil qilish nuqtai nazaridan) ehtiyojga aylandi. Mazkur tadqiqotimiz ana shu ehtiyoj — mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirishning pedagogik kafolatlarini qaratilgan ilmiy izlanishlardan biridir.

«Milliy tarbiya»ni ilmiy-pedagogik muomalaga kiritish — uning har bir tushunchasi, tarkibiy qismlari etimologiyasi, mohiyati, uyg’unlanish shartini, chegaralarini, maqsad, vazifalari, uslub va vositalar tizimini chuqur, atroflicha tahlil qilishni talab qiladi. Antropologik bilimlar tizimi, jahon pedagogik tajribasi va xalq pedagogakasi erishgan ilmiy yutuklarga tayangan holda «milliy tarbiya»ning mohiyati asoslandi. Hulosa o’laroq, «milliy tarbiya» tushunchasi — har bir halkda betakror mavjud bo’lgan «yahshi inson», «yahshi bola» siymosi va oila, ijtimoiy hayotda yosh avlodni ana shu «siymo»ga yaqinlashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sir tizimini amalga oshirishning tarihiy, zamonaviy va uzluksiz jarayonidir.

Mustaqil O’zbekistonda amalga oshiriluvchi milliy tarbiyaning maqsadi—xalqimiz, Prezidentimiz, milliy istiqlol mafkurasining yosh o’zbekistonliklarda muayyan fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy buyurtmasini o’rganish, aniqlash va amalga oshirishni ilmiy ta’minlashdir. Milliy istiklol sharoitida ijtimoiy hayotni, mafkuraviy pedagogik zaruratni, O’zbekiston huqumati, Prezidenti tomonidan milliy taraqqiyot uchun dolzarb-ligi e’tirof qyupshayotgan insoniy fazilatlarni o’rganib umumlashtirish milliy tarbiyaning asosiy yo’nalishlarini belgilash imkonini berdi. Natijada, O’zbekiston maktablarida o’quvchilarning milliy tuyg’ulariga bevosita bog’liq bo’lgan milliy g’ururni, millatlararo muloqot madaniyatini, O’zbekiston vatanparvarligini, vijdoniylikni, milliy odobni va milliy-mafkuraviy onglilikni shakllantirish etakchi vazifalar sifatida belgilandi. Bu fazi-latlarni maqsadga yo’naltirilgan ravishda shakllantirish masalasini sobiq sovet pedagogikasi fanida ilmiy muammo sifatida kun tartibiga qo’yish mumkin emas edi. Prezidentimizning yuqoridagi fazilatlar hozirgi avlodda etarli darajada shakllanmagani islohotlar sifati va sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani haqidagi qator fikrlari va ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilish, Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi haqidagi farmon va qarorlari buni tasdiklaydi. Vaziyat milliy mustaqillikning pedagogik kafolatini ta’minlash uchun milliy, ilmiy pedagogikaning barcha yutuklarini yosh avlodlarda istikloliy fazilatlarni shakllantirishga safarbar qilishni taqozo qildi. YUqoridagi fazilatlarni tarbiyalash, ularga muholif bo’lgan millatchilik, mafkurasizlik, g’urursizlik, Vatan muammolariga e’tiborsizlik, odobsizlik, vijdonsizlik va h.k. kabi ichki tahdidlarning oldini olish barcha O’zbekiston maktablarida mahsus, ilmiy asoslangan, maqsadga yo’naltirilgan, maktab va oila, mahalla, maktabdan tashqari muassasalarning uzviy hamkorligiga asoslanuvchi jarayonga aylantirilmog’i kerak.

Milliy tarbiyaning ob’ekvdv ijtamoiy jarayon ekani va bu jarayonni umuminsoniylikning muayyanlashgan shakli sifatida yaratuvchilik maqsadlariga yo’naltirish — sobiq sovet jamiyatida uchragan millatchilik, mahalliychilik, milliy biqiklik, manqurtlik kabi illatlarga barham berishning oqilona shakli sifatidagi imkoniyatlari nazariy, amaliy darajalarda asoslandi va milliy qadriyatlar tizimini sotsiologik o’rganish;

milliy tarbiya bo’yicha tarihiy tadqiqotlarni yangi


sharoitda rivojlantirish;

milliy tarbiyani Ijtimoiy tarbiyaning ob’ektiv milliyligi qonuniyatidan kelib chiqib uning uch darajasi belgilatstsi. Ya’ni, umuminsoniy daraja—insoniyat, xalqlardir; xalqlar, millatlar mavjud tarbiyaning o’ziga hosligi—milliyligi mahsulidir. Demak, umuminsoniy tarbiya milliy tarbiya shaklida muayyanlashgan.

Umuminsoniy daraja — muayyan davlatning yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ma’naviy, ma’rifiy, pedagogik siyosati sifatida; hususiy daraja — qozoq, gruzin, rus, o’zbek, hind, yapon va h.k. halklariga hos betakror tarbiya tizimi sifatida belgilandi. SHu tariqa mustaqil O’zbekiston maktablarida milliy tarbiya tizimining amalga oshirilishi

1) umuminsoniy;

2) umummilliy; va

3) O’zbekistonda yashovchi barcha millatlar manfaatlarini qondirishning va o’zbekistonlik o’zbek, rus, turkman, tojik, arman va h.k. bolalarini O’zbekistonning yosh vatanparvarlariga ay-lantirishning pedagogik sharti ekanliga asoslandi.



O’tkazilgan tadqiqot quyidagi nazariy va uslubiy-pedagogik xulosalarni yasashga asos bo’ldi:

— Insoniyat turli millatlardan iborat va har bir millat — umuminsoniy qadriyatdir. Demak, har bir millatning ma’naviy taraqqiysi - umuminsoniy taraqqiyot shartidir.

  • Millatlarning qadimiyligi milliy tarbiyaning qadimiyligini, millatlarning mavjudligi milliy tarbiyaning mavjudligini, millatlarning bundan keyin ham
    mavjud bo’lishi esa milliy tarbiyaning bundan keyin ham
    mavjud bo’lishini, abadiyligini ko’rsatadi.

  • Umuminsoniy antropologik halokatning bosh sabablari—turli sabablarga (tehnokratik tafakkur, mustamlakachilik siyosati, kosmopolitizm, g’arbiylashuv,
    proletar internatsionalizmi va h.k) ko’ra milliylik va zamonaviylikaro uyg’unlik ta’minlanmaganida; ilmiy pedagogikaning shu paytgacha milliy tarbiyani o’z predmetiga aylantira olmaganida; va buning natijasi o’laroq,
    «tsivilizatsiyalashganlik va milliylik» tushunchalariniig bir-biriga qarshi qo’yib kelinganidadir.

  • Mustaqil O’zbekiston milliy davlat sifatida o’z yo’liga, mafkurasiga, ma’naviyat sohasida ustuvor siyosatiga ega. U milliy tarihiy turmush tarzimiz, xalq urf-odatlari, an’-
    analari, kishilarning fikrlash tarzini, islom ahloqiy qadriyatlarini, psihologiyaning milliyligani, ko’p millatlilik kabi ijtimoiy hususiyatlarni o’zida mujassam qilgan.
    YA’ni, jahon taraqqiyoti tizimqda O’zbekistonning nafaqat bozor iqgisodiyotiga o’tashda, balki uning tarbiyaviy siyosatida betakror va boy an’analarga to’la o’z yo’li borligani va uni ishga tushirish zaruratani belgiladi.

  • Har bir xalqqa, demak, o’zbek xalqiga ham hos bo’lgan milliy tarbiya insonparvarona maqsad va mohiyatga ega. Hech bir xalq millatchi emas. Millatchilik yoki manqurtlik o’z va o’zga xalqparning milliy-ma’naviy qadriyatlaridan begona, milliy tuyg’ulari stihiyali shakllangan,
    bir so’z bilan aytganda,
    milliy tarbiyalanmagan kishilardagina namoyon bo’ladi.

  • Maishiy tarbiya jarayoni har bir ota-ona, mahalla, mustaqil O’zbekiston har bir maktab o’quvchisidan qutayotgan ijobiy fazilatlar majmuini shakllantiradi. Milliy g’urur, O’zbekiston vatanparvarligi, milliy odob, millatlararo muloqot madaniyati, vijdoniylik, milliy mafkuraviy onglilik fazilatlari mustaqillikni mustahkamlashning doimiy zaruratidir.

- Mazkur fazilatlar hozir va kelajakda o’zining ishonchli samaralarini berishi uchun milliy-istiqloliy tarbiya O’zbekiston umumta’lim maktablarida maqsadga yo’naltirilgan ustuvor tarbiya yo’nalishiga aylantirilishi lozim.

Milliy tarbiyaning samaradorligi ko’p jihatdan bo’lajak o’qituvchilarning mazkur faoliyatni boshqarishga mahsus yo’naltirilganligiga bog’liqdir.



- Maktab, oila, mahalla, turar joylar, maktabdan tash-
qari muassasalarning milliy-tarbiyaviy hamkorligi — milliy tarbiya samaradorligi shartlaridan biridir.

  • Maktablardagi muvaffaqiyatlar ulardagi tobora milliylashayotgan ta’lim mazmunidan milliy-tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishni takomillashtirishga bog’liq.

  • Har qanday tarbiyaviy yo’nalish kabi milliy tarbiyaning muvaffaqiyati bu jarayonning ilmiy asosda tashkil qilinishiga—maqsad, vazifa, uslub, vosita, natajaga sistemali yondashuv, ularni o’rganish, qayd qila borish va milliy istiqlolning har bir bosqichi talablari asosida boyita borilishiga bog’liq.

  • O’quvchilarning yosh, milliy, mahalliy, ruhiy, jinsiy, shahsiy hususiyatlarini hisobga olish va tarbiyalanganlik mezonlari, darajalarining amaliyotga joriy
    qilinishi milliy tarbiya samaradorligini belgilaydi.

  • O’quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini milliy-tarbiyaviy maqsadlarga yo’naltirilishi o’quvchilarda milliy-istiqloliy fazilatlar haqida tushuncha, bilimlarni amalda qo’llash, mashq qildirish, ko’nikma, malaka va odatlarga aylantirishning shartidir.

Amalga oshirilgan tadqiqot milliy tarbiyaning ilmiy-pedagogik, metodologik, nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini ishlab chiqish va ishga tushirish orqali O’zbekiston maktablarida umuminsoniy ahamiyatga molik natijalarga erishish mumkinligini ko’rsatmoqda. Qolaversa, mazkur yo’nalishda olib borilajak ilmiy tadqiqotlar kelajakda behad samarali natijalar berishi pgubha-sizdir. Bizningcha, pedagog-psiholog olimlar va mutahassislarimizni mahsus o’rganilishi kerak bo’lgan quyidagi ilmiy mavzular kutib turibdi:

  • Davlat va jamiyat kurilishida milliy tarbiyaning rol 11;

  • maktab, oila va mahallaning maishiy-tarbiyaviy hamkorligini takomillashtirish;

  • zamonaviy o’zbek qizlarida ijtimoiy faollik, tadbirkorlik sifatlarini shakllantirish;

  • bo’lajak o’qituvchilarni milliy-tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish;

  • oliy o’quv yurtlari talabalarini milliy tarbiyalash mazmuni, uslub, vositalarini takomillashtirish;

  • kollejlarning milliy tarbiya tizimi;

  • mahallaning milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini takomill ashtirish;

  • milliy tarbiyaning mehnat, ahloqiy, nafosat, gigienik, kasbga yo’naltirish, ekologik, iqgisodiy, badiiy tarbiya yo’nalishlari bilan uzviy aloqasini ta’minlash;

  • O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan milliy markazlar va ularning milliy-istiqloliy imkoniyatlarini o’rganish va takomillashtirish;

  • O’zbekistonning ta’lim qozoq, rus, turkman, tojik va boshqa tillarda olib borilayotgan maktablarida milliy tarbiyaning hususiyatlari va ularni milliy istiqlol maqsadlari bilan uyg’unlashtirish;

  • milliy tarbiyaning diagnostik, tehnologik, prognostik tizimini takomillashtirish;

  • milliy tarbiya jarayonini tadqiq qilishda yangi texnologik uslublarni joriy qilish;

  • maktabdan tashqari muassasalarda milliy tarbiyatizimini ishlab chiqish;

  • ota-onalarning milliy-tarbiyaviy bilimlari, ko’nikma va malakalarini takomillashtirish;

  • milliy tarbiyaning harbiy-pedagogik mohiyatini o’rganish;

  • - o’quvchilarning bo’sh vaqtiamalga oshirishning mintaqaviy xususiyatlari va ularni takomillashtirish masalalari;

  • o’quvchilarning milliy qadriyatlar tizimiga munosabatlari dialektikasini o’rganish;

  • milliy tarbiyaga qiyosiy-pedagogik yondashuv va uning samaradorligini oshirish;

  • maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni milliy tarbiyalashning nazariy va uslubiy-pedagogik asoslari;

  • milliy tarbiyaga gerontopedagogik yondashuv;

  • litsey, gimnaziyalarda milliy tarbiya jarayonish tashkil qilishning pedagogik hususiyatlari va hokazo.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


  1. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va isloh etishdir. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2005 yil, 29 yanvar.

  2. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 1999 yil.

  3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.: ”O‘zbekiston”, 1996. - 72 bet.

  4. Karimov I.A. Demokratik o‘zgarishlar - jamiyatimiz yangilanishi asosi. Diplomatik korpus rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda so‘zlangan nutq. 1996 yil 27 dekabr.//YAngicha fikrlash va ishlash - davr talabi. - T.: “O‘zbekiston”, 1997 yil, 290-bet.

  5. Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash — barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir. // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2008 yil 12 fevral.

  6. Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo‘lida. –T.: “O‘zbekiston”, 1998 yil, 328 bet.

  7. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. - T.: “Ma’naviyat”, 2008. - 176 bet.

  8. Karimov I.A. YAngicha fikrlash va ishlash - davr talabi. Asarlar to‘plami, 5-jild. – T.: ”O‘zbekiston”, 1997 yil. - 149 bet.

  9. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.// I.Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. –T.: “O‘zbekiston”, 1998 yil. – 208 bet.

  10. Karimov I.A. O‘zbekiston suzib yuradigan muztog‘ emas. “Izvestiya” gazetasi muxbirlari bilan suhbat. // I.Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. Toshkent, “O‘zbekiston” 1998 yil. - 389 bet.

  11. Karimov I.A. Qonunlarimiz xalq manfaatlariga xizmat qilsin.// Karimov I.A. YAngicha fikrlash va ishlash - davr talabi. 5-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1997 yil, 283 bet.

  12. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirishdir. Prezident I.Karimovning 2009 ytlning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2010 yil 30 yanvar.

  13. I.A. Karimov «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» T. 2012 yil

  14. Sh. M Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asari, Toshkent “O`zbekiston” 2016-yil, 5-bet

  15. Sh. M Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak” asari, Toshkent “O`zbekiston” 2017-yil, 45-bet

  16. Abdullaeva SH.A. Pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Monografiya.-T.: “Fan”, 2005.

  17. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis. (Al-Jome’ as-sahih). Qomuslar Bosh tahririyati. T.: 1997. – 560 b.

  18. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. – T.: “Oۥzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. - 160 b.

  19. Agzamxodjaeva S.S. Ijtimoiy ideal va ma’naviy hayot. - T.: ”Falsafa va huquq” instituti nashriyoti, 2007 yil. - 229 bet.

  20. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T., “SHarq”, 1997. - 39-bet.

  21. Barotov SH. O‘quvchi shaxsini o‘rganish usullari. O‘quv qo‘llanma. - T.: «O‘qituvchi», 1995.

  22. Begmatov A. Ma’naviyat falsafasi yoxud Islom Karimov asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi. T.: “Akademiya”, 2000. – 136 b.

  23. Begmatov A. O‘zbekiston xalqi ma’naviyati. (O‘quv qo‘llanma). T.: 1995. – 104 b.

  24. Bekmurodov M.B. O‘zbek mentaliteti. –T.: “YAngi asr avlodi”, 2004. -36 b.

  25. Jalolov H. Maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari. / ”Tarbiya”jurnali, 2007 yil, 6-son.

  26. Ziyomuhammadov B. va boshqalar. Ma’naviyat asoslari. (Darslik). – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2000. – 192 b.

  27. Ziyomuhammadov B., Abdullaeva SH. Pedagogika. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2000. – 127 b.

  28. Ibrohimov A., Sultonov X., Jo‘raev N. Vatan tuyg‘usi. T.: “O‘zbekiston”, 1996. – 396 b.

  29. Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz asoslari : O‘quv qo‘llanma. –T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. – 448 b.

  30. Inoyatov M. Oila, ijod, tarbiya va ma’naviyat. – T.: “SHarq”, 2000. -112 b.

  31. Ismoilova Z.K. Milliy g‘oya va ma’naviy-axloqiy tarbiya. (O‘quv-uslubiy qo‘llanma). - T.: “Moliya”, 2007. – 72 bet.

  32. Komilov N. Komil inson – millat kelajagi.- T.: O‘zbekiston, 2001.-47 b.



1 O’zbekiston espublikasi Prezidentining 2001 yil 18 yanvarda qabul qilingan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida»gi farmoyishi. «Ma’rifat» gazetasi. 2001 yil 20 yanvar.

2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustda qabul qilingan «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»gi qarori. «Xalq so’zi» gazetasi, 2006 yil 26 avgust.

3 Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston! O’z R mustaqilligining 26-yilligiga bag’ishlangan uslubiy qo’llanma, T., “Paradigma”, 2017, 55-bet

4 Ватан туйғуси. Т. Ўзбекистон, 1996 й. 111 бет

5 Каримов И.А.Тарихий хотирасиз келажак йўқ.-Т.:Шарқ.1998.-Б.17.

3 Сафо Очил. Мустақиллик маънавияти ва тарбия асослари. Тошкент, 1997 200-бет

6 Toshkent viloyati Zangiota Tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji I kurs “Bank ishi-33” guruhi va Toshkent shahar Yunusobod Mashinasozlik kasb-hunar kolleji II kurs 8-12-“Keng assortimentdagi kiyimlarni modellashtirish konstruktori (Tikuvchilik)” yo’nalishi hamda III kurs 12-11-“Avtomabillarga texnik xizmat ko’rsatish mexanigi” guruh o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan ijtimoiy so’rov natijasi.

7 Ijtimoiy soʻrov natijasi.

8 Toshkent viloyati Zangiota Tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji I kurs “Bank ishi-33” guruhi va Toshkent shahar Yunusobod Mashinasozlik kasb-hunar kolleji II kurs 8-12-“Keng assortimentdagi kiyimlarni modellashtirish konstruktori (Tikuvchilik)” yo’nalishi hamda III kurs 12-11-“Avtomabillarga texnik xizmat ko’rsatish mexanigi” guruh o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan ijtimoiy so’rov natijasi.

9  Prezident Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir” deb nomlangan ma’ruzasi. –T.: Oʻzbekiston, 06.12.2013 yil.



10 Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati dasturidan

11 OʻzA. Mahalla instituti mavqeini yanada oshirish yoʻlida. 15.12.2011. 20:12.



12 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlatirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi ma’ruza. 2010-yil 12-noyabr.

13 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболини асосий тамойиллари.-Т.:Ўзбекистон, 1995, 53-бет.

14 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. –Т.:Ўзбекистон, 2003, 5 – бет.

15 Ўша ерда, 4-бет.

16 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида.-Т.:Ўзбекистон, 1995, 262- 263 бетлар.

17 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида.-Т.:Ўзбекистон, 1995, 167-бет.

18 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида.-Т.:Ўзбекистон, 1995, 170 – 171-бетлар.

1 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. –Т.:Ўзбекистон, 2003, 11– бет

1


Download 279,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish