I bob. Buyuk ajdodlarimiz merosida milliy tarbiya masalasi


Milliy tarbiyaning fuqarolik jamiyati shakllanishidagi o’rni va ahamiyati



Download 286,5 Kb.
bet10/12
Sana09.03.2022
Hajmi286,5 Kb.
#486975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
I. bob. Buyuk ajdodlarimiz merosida milliy tarbiya masalasi

2. 2. Milliy tarbiyaning fuqarolik jamiyati shakllanishidagi o’rni va ahamiyati

Yoshlar ta’limi va tarbiyasida, ularda ijtimoiy taraqqiyotning nazariy-metodologik masalalarini rivojlantirishda oʻqituvchining shaxsiy fazilatlari, nazariy, metodik tayyorgarligi hamda axloqiy qiyofasi birinchi darajali ahamiyatga ega. Shuning uchun ham XXI asr – intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligi hozirgi kunda hech kimga sir emas.


Oʻzbekiston demografik xususiyatiga koʻra yoshlar mamlakati hisoblanadi. Oʻziga xos ijtimoiy guruh sifatida yoshlar doimo olimlar tomonidan olib boriladigan tadqiqotlarning diqqat-markazida boʻlib kelmoqda. Chunki, aynan ular yuz berayotgan oʻzgarishlarning indikatorlari boʻlib hisoblanadi va jamiyat rivojlanishining salohiyatini belgilab beradi. Ma’lumki, bugungi kunda Oʻzbekistonda 10 mln 675 ming kishi 18 yoshgacha boʻlgan yoshlarni, yoki butun aholining tahminan 35 foizini tashkil qiladi. 18 mln 300 ming kishi esa 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni, yoki, butun aholining 60 foizini tashkil qiladi. Aholining katta qismini tashkil qiluvchi yoshlarning mavjud muammolarini hal qilish, ularni hayotimizning haqiqatdan hal qiluvchi amaldagi kuchiga aylantirish toʻgʻrisida butun jamiyatning doimiy gʻamxorlik qilishi masalasi oʻz-oʻzidan jamoatchilikning diqqat-markazida boʻlib kelmoqda.
Oʻzbekistonda bugun umumiy aholi soni 30 million 500 mingga yaqin kishini tashkil etmoqda.8 Bu raqamlar faqat yurtimiz aholisining son jihatdan oʻsishinigina koʻrsatib qolmay, u navqiron millat sifatida katta intellektual imkoniyatlarga ega ekanini ham namoyon etadi.
Oʻzbekiston oʻz istiqbolini yoshlarda koʻrishi sotsiolog olimlar oldiga ham ulkan vazifalarni qoʻyadiki, bu sharafli yumush jamiyatimizdagi muhim ijtimoiy qatlamning ijtimoiy qiyofasi, tavsifini, fe’li, orzu-niyatlari haqida doimo boxabarlikni ta’minlashdan tashqari ular faoliyatini optimallashtirish, ezgulikka yoʻnaltirib turish, oxir oqibatda esa barkamol avlodni tarbiyalashga hissa qoʻshishdan iboratdir.
Biroq, biror narsadan natija kutishdan avval biz oʻsha narsani chuqur anglab, masalaga ilmiy-amaliy yondashishimiz darkor. Shu jihatdan olganda davlatning yoshlar siyosati, kadrlar tayyorlash milliy dasturi samarasini oshirish uchun ham jamiyatimizdagi yoshlarni oʻziga xos qatlam sifatida chuqurroq oʻrganish sotsiologiyaning bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Bundan tashqari, yoshlarning ma’naviy kamolatini yanada yuksatirishga xizmat qilayotgan ijtimoiy-siyosiy institutlardan “Kamolot” YIH, Siyosiy partiyalar, Kasaba uyushmalari, Turli xil jamgʻarmalar, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar jamiyati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va boshqa shu kabilarini misol keltirish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 7800 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu koʻrsatgich 2000-yilga qaraganda 2,5 barobar koʻpdir.
Jumladan, “Kamolot” YIH yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, yoshlarda chuqur bilim, yuksak madaniyat hosil qilish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, fazilatlarini yuksaltirish, zamonaviy ishbilarmonlik, tadbirkorlik omilkorlikni shakllantirish, yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy, huquqiy manfaatlari va ehtiyojlarini oʻrganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish, hayotga tadbiq etish va boshqa vazifalarni bajaradi.
“Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga chuqur singdirish, yosh avlodning mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlariga keng jalb qilinishini ta`minlash.”-harakatning bugungi kundagi asosiy vazifalardan biridir.9 Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga ishonch bildirish, jamiyat va davlatning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Hattoki, uning huquqiy asoslari ham taminlangan.
Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qiladigan yana bir tashkilot “Mahalla” institutidir. Mahalla instituti yurtimiz va xalqimizga xos milliy qadriyatlar va ma’naviyat sarchashmasidir. Oʻzaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, toʻy-tomosha, hashar va ma’rakalarni koʻpchilik bilan bahamjihat oʻtkazish kabi yumushlar azaldan mahalla hayotida oʻz aksini topgan.
Istiqlol yillarida mahalla hayoti bilan bogʻliq asriy an’ana va urf-odatlarimiz tiklanib, zamon bilan uygʻun rivojlanmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususan, mahalla institutining oʻrni va rolini oshirishga doimiy e’tibor qaratilayotgani “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini hayotga joriy etishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada mahallalarda olib borilayotgan amaliy ishlar aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Mahallalarda sport maydonchalari barpo etilmoqda, mavjudlari ta’mirdan chiqarilib, zarur jihozlar bilan ta’minlanmoqda.10
Darhaqiqat, mahallalardagi ijtimoiy muhit barqarorligiga erishish, yoshlarni turli yot gʻoya va mafkuralar ta’siridan asrash hamda yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida muntazam ravishda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazilmoqda. Bu ishlarga mas’ul boʻlgan diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilar uchun oʻquv-seminarlar tashkil etilib, ularning malakasi oshirilmoqda.
Fuqarolik jamiyatiga xos qadriyatlardan biri fuqarolar istak va manfaatlarini demokratik institutlar vositasida davlat vazifasi darajasiga koʻtarish amaliyotiga erishishdir. Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining institutlaridan biri sifatida Mazkur maqsadga erishishda muhim oʻrin tutadi.
Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yoshlar qatlami ishtirokini ta’minlashda va ularning manfaatlarini himoyalashda ham siyosiy partiyalarning ta’siri kuchayib bormoqda. Yoshlarning ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini davlat organlari va turli nodavlat notijorat tashkilotlar vositasida himoyalash, mavjud muammolarini hal etish mumkin, lekin siyosiy partiyalarning ishtirokisiz yoshlarning siyosiy manfaatlarini himoyalash qiyin.
Partiyalarning yoshlar qatlamiga munosabatida umumiy jihatlar boʻlgani holda, dasturlarida ularning oʻz siyosiy platformalariga xos maqsad va vazifalar ham belgilanganligini qayd etish lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni oʻz vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davlat jahon taraqqiyoti yoʻlidan chetda qolib ketishi muqarrar.
Hayot, taraqqiyot doimiy yuksalishda, yangi-yangi marralar sari odimlayveradi. Yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir yetuk mutaxassis yoshlar Vatanimiz rivoji yoʻlidagi ezgu sa’y-harakatlarni amalga oshiradigan, roʻyobga chiqaradigan qudratli kuchdir.
“Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning oʻz salohiyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga koʻmaklashmoqda”.11
Darhaqiqat, jamiyat fuqarolarining ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda, nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati katta. Har bir nodavlat notijorat tashkilotlar yoki ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyati kelajak avlod kamolotiga ta’sir etuvchi muhim omillaridan biri boʻlib hisoblanadi. Jamiyatning ma’naviy salohiyati va davlat taraqqiyoti va farovonligiga oʻz hissasini qoʻshayotgan bu tashkilot va institutlarning kun sayin ortib borayotgani quvonarli hol, albatta. Lekin, shunga qaramay yoshlar ma’naviyatiga oid yuzaga kelayotgan muammolar ham yoʻq emas. Bu narsaga koʻz yumib ham boʻlmaydi. Chunki, birgina e’tiborsizlik, keyinchalik koʻpchilllikka tarqalishi va oxir-oqibat salbiy holatlarga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun, ijtimoiy-siyosiy institutlardan yanada ogohlik talab etiladi.

Sharq falsafasi va islom ta’limotida axloq, odob, ta’lim tarbiya masalalariga doimo katta e’tibor berib kelingan.


«Qadimgi ajdodlarimiz, - deydi I. Karimov,- komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, Sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi kerak. SHunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo’ladi, Vatani, halqi uchun jonini fido etishga ham o’zini ayamaydi. Buning aksi ularoq, yolg’onchi, va’daboz kishida vataniarvarlik tuyg’usi bo’lmaydi»12.
Axloq ma’naviyatning shirayu sharbatidir. Inson akloqi shunchaki salom alik, hushmuomaladangina iborat emas. Axloq - bu avvalo, insof va adolat tuyg’usi, imon, halollik degani.
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy siyosiy qadriyatlar alohida o’rin tutadi. erkinlik, tenglik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e’zozlab, qadrlanib kelingan.
Insonning erkinligi, uning shon-shuhrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatidir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu tug’risida shunday so’zlar yozilgan: «O’zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-kimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi»13.
Jahon halqlari tomonidan e’tirof etilgan, «Inson huquqlari va erkinliklari deklaratsiyasi»ga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida har bir insonning fuqarolik shahsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari kafolatlangan, fuqarolarning burchlari belgilab qo’yilgan.
Respublikamiz barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shahsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, konun oldida tengdirlar. Konstitutsiyada yozib qo’yilgandek, «O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi»14.
Boshqa halqlar, millatlarga nisbatan do’stlik birodarlik munosabatida bo’lishi — bu o’zbek halqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Halqimiz hech qachon o’zini boshqa halqdan ustun qo’ymagan. Boshqa millatlarga, boshqa mazhab vakillariga munosib darajada ehtirom ko’rsatgan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, biz milliy belgi bo’yicha har qanaqa farqlashlarga qat’iyan qarshi chiqamiz. Jahonda katta va kichik millatlar va elatlar yo’q. Ularning har biri asriy barqaror va tengi yo’q an’analari bilan, tarihiy merosining boyligi bilan, milliy ruhining umumiyligi bilan, madaniyatining o’ziga hosligi bilan ahamiyatlidir. «Respublika aholisi orasida ko’pcxilikni tashkil qilgan o’zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o’z milliy madaniyati va tarihini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli halqlarning taqdiri uchun, ularning o’ziga hos madaniy-ma’naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o’zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas’ul bo’lishdan ham iboratdir.
Fuqarolar o’rtasidagi tinchlik, millatlararo totuvlik va do’stlik, ularni saqlash va mustahkamlashga intilish doimo halqimizning o’ziga hos fazilati bo’­lib keldi va shunday bo’lib qolmokda»15.
Ijtimoiy siyosiy qadriyatlar ichida istiqlol tufayli qo’lga kiritilgan barqarorlik, tinchlik totuvlik alohida ahamiyat kasb etadi.
«Ko’p millatli jamiyatimizda, - deydi I. Karimov, - ijtimoiy siyosiy barqarorlik fuqarolar o’tasida tinchlik va millatlararo totuvlik saqlanganligi mustaqil O’zbekistonning bunyod bo’lishi va rivojlanishining birinchi, boshlang’ich bosqichida qo’lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo’ldi» 16.
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik - bular davlatcxiligimizning yangi binosi barpo qilinadigan poydevordir. Bu bizni ertangi porloq. kunimizga olib boradigan yo’ldir. Tinchlik va barqarorlik — bular xalqaro hamjamiyat bilan birlashtiruvchi vositadir. «Insonparvarlik, yahsxilik sofdillik singari umuminsoniy qadriyatlarni qabul qilgan va birgalikda barham ko’rgan mamlakatgina, halqgina butun dunyo halqlariga yaqin va tushunarli bo’lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi mumkin. Faqat ular bilan teng huquqli, o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatilishi mumkin»17. Yuqorida biz qadriyatlarning asosiy turlariga to’htalib o’tdiq holos. Qadriyatlar mohiyati shular bilan chegaralanib qolmaydi, albatta.
Qadriyatlar sub’ektini inobatga olgan holda, turli shakldagi mulkdorlarga tegishli bo’lgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarning mavjudligini eslatib o’tish joizdir.
Ma’lumki, jumhuriyatimiz iqtisodiyoti negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. «O’zbekis­tan Respublikasida mulkcxilik tug’risida»gi qonuniga 1993 yil 7 mayda qilingan qo’shimchaga muvofiq hozir mamlakatimizda besh xil mulk shakli mavjud. Ularga quyidagilar kiradi: 1) xususiy mulk; 2) shirkat (jamoa) mulki; 3) davlat mulki; 4) aralash mulklar; 5) boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar, yuridik va jismoniy shahslarining mulki.
Yuqorida ko’rsatilgan mulk egalarining tasarrufidagi moddiy va ma’naviy boyliklar — turli mulk ega­larining qadriyatlarini tashkil etadi.
Xususiy qadriyatlarga oila va oila a’zolarining mulklari, ularning xususiy tadbirkorlik asosida orttirgan moddiy va ma’naviy boyliklari kiradi. «Xususiy tadbirkorlik va tashabbusni qo’llab-quvvatlash haqida»gi qonunning qabul qilinishi tufayli keyingi ikki-uch yilda jumhuriyatimizda kichik tadbirkorlik faoliyati keng rivojlanib bormoqda.
Konstitutsiyamizga muvofiq «xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat konunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Mulkdor mulkiga o’z hohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi»1.
Jamiyatning negizini tashkil qiluvchi oila — eng ulug’ qadriyat bo’lib hisoblanadi. Unda odamlarning talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. «O’zbeklarning aksariyati o’zining shahsiy farovonligi to’g’risida emas, balki oilasining, qarindosh urug’lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining omon esonligi tug’risida g’amho’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajadagi ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir»1.
Jamoa, kooperativ, fermer ho’jaliklari, o’rta va kichik korxonalarning faoliyati bilan uzviy borlik bo’lgan moddiy va ma’naviy mulklarning majmuasi, ularning orzu umidlari, iymon e’tiqodlari shirkat (jamoa) qadriyatlari turkumini tashkil etadi.
Davlat qadriyatlariga uning tasarrufida bo’lgan er osti va er usti boyliklari, moddiy va ma’naviy mulklari, suverenitet va hududiy yahlitligi, aholining tinch hayoti va havfsizligi, davlat ramzlari — bayrog’i, gerbi va madhiyasi, qurolli kuchlari, moliya, pul, kredit tizimi qabilar kiradi.
Har xil mulk egalarining, MDH va horijiy mamlakatlar, turli tashkilotlar bilan hamkorlikda tuzilgan qo’shma korxonalarning mol mulklari, moddiy va ma’naviy boyliklari — aralash mulkni, qo’shma qadriyatlarni tashkil etadi.
Boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar, shuningdek yuridik va jismoniy shahslarning mulklari ham alohida qadriyatlarni tashkil etadi. Ularning dahlsizligi konun bilan kafolatlanadi. Respublikamizda barcha fuqarolar va yuridik shahslarga ishbilarmonlikni rivojlantirish, ho’jalik faoliyatining qonun tomonidan man etilmagan barcha turlarini amalga oshirish uchun teng imkoniyatlar yaratib berilgan.
Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko’ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo’linadi.
Milliy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy ruhiy hodisa bo’lib, u millatning tili, madaniyati, tarihi, urf odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.
Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvuri faqat g’oyagina emas, balki tuyg’u hamdir. Bu tuyg’u kishida millatning tarihi, ruhiyati, hozirgi holati va xususiyatini tushunish, his qilish shaklida mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va g’ypyp bo’lmasa, u o’zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarni anglashini tasavvur qilish qiyin. Toki, millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy his-tuyg’ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan mahrum qilishga urinish tarih va insoniyat oldidagi eng katta jinoyatdir.
Har bir ruhan sog’lom kishida o’z qadr qimmatini saqlash, o’zini hurmat qilish tuyg’usi mavjud. Har bir millatda ham huddi shu holatni ko’ramiz. Millatlarning o’z o’zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.
Milliy qadriyatlarning e’zozlanishi va kuchayib borishi zinhor milliy hudbinlikka, manmanlikka olib kelmasligi kerak SHuning uchun ham bu masalada hushyorlik, nazokat, insof, diyonat, bag’rikengliq sahovat talab qilinadi. Zotan, milliy qadriyatlarning o’zi ayni paytda, mintaqaviy yoki umuminsoniy qadriyatlarning uzviy qismi sifatida namoyon bo’ladi.
Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarihi, tili, dini, urf-odat va an’analari mushtarak bo’lgan halqlar manfaatlariga hizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi.
Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida Markaziy Osiyo hududida istiqomat qiluvchi o’zbeq qozoq, tojiq qirg’iz, turkman halqlariga hos bo’lgan qadriyatlarni eslatib o’tishimiz mumkin. Buyuk Turon diyorida unib o’sgan mazkur halqlarning tarihi, tili, mada­niyati, dini, urf odat va an’analarida juda ko’p umumiylik mavjud. Ular hamisha bir birlariga orasini, quda qudag’ay bo’lganlar, hozir ham bahamjihat, totuv hayot kechirmoqdalar. Mazkur halqlarning iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, savdo sotiq. munosabatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi.
Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan halqlarimiz tarihimizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli davrida aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g’urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham mehr oqibatliroq bo’lishlari lozimligini hayotiing o’zi taqozo qilmoqda.
Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga Markaziy Osiyoda yagona iqtisodiy hududni tashkil qilish, Orol muammolarini hal etish, ekologik havfsizlikni ta’minlash, mintaqamizda yashovchi halqlarni tibbiy, ijtimoiy jihatdan himoyalash, boy tarihiy, ma’naviy merosimizni avaylab asrash qabilar kiradi.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmuni jihatdan chuqur va keng bo’lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va halqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq koladi. Shuni ta’kidlash kerakki, jahondagi birorta halq va millat o’zidan boshqa halq va millatlardan, umuman jahon tsivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan, alohida madaniyatga ega emas. Millatlar boshqa halqlarning madaniy ma’naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. SHu sababli, barcha halqlarning ijtimoiy iqtisodiy, madaniy ma’naviy rivojlanishi, tarihi bir biri bilan chambarchas bo’lib ketgan.
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat tsivilizatsiyasining tarakqiyoti bilan bog’lik bo’lgan umum­bashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari er yuzida ilm fanini taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini to’htatish, xalqaro havfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat hom ashyosi, ener­giya manbalari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni va jahon okeani resurslarini o’zlashtirish bilan bog’lik bo’lgan muammolar kiradi.
Qadriyatlarning jamiyat taraqqiyoti, inson hayotiga ko’rsatadigan ta’siri nuqtai nazaridan progressiv va reakion qadriyatlarga ajratilishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Jamiyatimizning iqtisodiyoti, mada­niyati va ma’naviyatining ilgari qarab rivojlanishiga, milliy axloq, odob, urf-odat negizlarida komil insonni tarbiyalashga, mustaqil Respublikamizni har tomonlama ravnaq toptirib, jahon tsivilizatsiyasiga qo’shishga astoydil hizmat qiladigan qadriyatlar — bu progressiv qadriyatlarni tashkil etadi. Aksincha, jumhuriyatimizning oldida turgan ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy. madaniy, ma’naviy muammolarni hal etishga tusqinlik qiladigan hodisalar reaktsion qadriyatlarga kiradi.


Xulosa
Mustaqillik sharoitida ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilish, Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini amalga oshirish davlatchiligimiz uchun strategik ahamiyatga molik zaruratdir. SHu bois mamlakatimizda «O’zbek xalqining yuksak qadr-qimmati, or-nomusi, shon-sharafi, o’ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangan milliy g’ururni ma’naviy yuksaltirish va shu bilan birga, umumiy Vatanimizda biz bilan birga yashovchi va O’zbekiston Respublikasiga sadoqatli bo’lgan barcha xalqlar bilan birodarlikka yo’naltirilgan» (I. Karimov) milliy-istiqloliy tamoyil ijtimoiy-ma’naviy hayotning turli jabhalariga jadal kirib bormoqda. O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgach, uning tarihida birinchi bor milliy tuyg’uning inson uchun tabiiyligi, uning tabiiy ravishda ota-onadan meros qilib olinishi, o’z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o’z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o’z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berildi.
Bu O’zbekistonda jahon pedagogika fani nazariyasi va amaliyoti nuqtai nazaridan yangi, zamonaviy va ilmiy-eksperimental pedagogik tehnologiya — milliy tarbiyaning mafkuraviy, siyosiy, madaniy, ma’naviy, ilmiy asoslarini yaratish kabi dolzarb vazifani kun tartibiga qo’ydi. Ana shu jihatlardan ham milliy mustaqillik qo’lga kiritilgach, O’zbekiston maktablarida o’quvchilarni milliy tarbiyalash ham nazariy (pedagogika nazariyoti nuqtai nazaridan), ham amaliy (O’zbekiston maktablarida milliy tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil qilish nuqtai nazaridan) ehtiyojga aylandi. Mazkur tadqiqotimiz ana shu ehtiyoj — mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirishning pedagogik kafolatlarini qaratilgan ilmiy izlanishlardan biridir.
«Milliy tarbiya»ni ilmiy-pedagogik muomalaga kiritish — uning har bir tushunchasi, tarkibiy qismlari etimologiyasi, mohiyati, uyg’unlanish shartini, chegaralarini, maqsad, vazifalari, uslub va vositalar tizimini chuqur, atroflicha tahlil qilishni talab qiladi. Antropologik bilimlar tizimi, jahon pedagogik tajribasi va xalq pedagogakasi erishgan ilmiy yutuklarga tayangan holda «milliy tarbiya»ning mohiyati asoslandi. Hulosa o’laroq, «milliy tarbiya» tushunchasi — har bir halkda betakror mavjud bo’lgan «yahshi inson», «yahshi bola» siymosi va oila, ijtimoiy hayotda yosh avlodni ana shu «siymo»ga yaqinlashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sir tizimini amalga oshirishning tarihiy, zamonaviy va uzluksiz jarayonidir.
Mustaqil O’zbekistonda amalga oshiriluvchi milliy tarbiyaning maqsadi—xalqimiz, Prezidentimiz, milliy istiqlol mafkurasining yosh o’zbekistonliklarda muayyan fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy buyurtmasini o’rganish, aniqlash va amalga oshirishni ilmiy ta’minlashdir. Milliy istiklol sharoitida ijtimoiy hayotni, mafkuraviy pedagogik zaruratni, O’zbekiston huqumati, Prezidenti tomonidan milliy taraqqiyot uchun dolzarb-ligi e’tirof qyupshayotgan insoniy fazilatlarni o’rganib umumlashtirish milliy tarbiyaning asosiy yo’nalishlarini belgilash imkonini berdi. Natijada, O’zbekiston maktablarida o’quvchilarning milliy tuyg’ulariga bevosita bog’liq bo’lgan milliy g’ururni, millatlararo muloqot madaniyatini, O’zbekiston vatanparvarligini, vijdoniylikni, milliy odobni va milliy-mafkuraviy onglilikni shakllantirish etakchi vazifalar sifatida belgilandi. Bu fazi-latlarni maqsadga yo’naltirilgan ravishda shakllantirish masalasini sobiq sovet pedagogikasi fanida ilmiy muammo sifatida kun tartibiga qo’yish mumkin emas edi. Prezidentimizning yuqoridagi fazilatlar hozirgi avlodda etarli darajada shakllanmagani islohotlar sifati va sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani haqidagi qator fikrlari va ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilish, Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi haqidagi farmon va qarorlari buni tasdiklaydi. Vaziyat milliy mustaqillikning pedagogik kafolatini ta’minlash uchun milliy, ilmiy pedagogikaning barcha yutuklarini yosh avlodlarda istikloliy fazilatlarni shakllantirishga safarbar qilishni taqozo qildi. YUqoridagi fazilatlarni tarbiyalash, ularga muholif bo’lgan millatchilik, mafkurasizlik, g’urursizlik, Vatan muammolariga e’tiborsizlik, odobsizlik, vijdonsizlik va h.k. kabi ichki tahdidlarning oldini olish barcha O’zbekiston maktablarida mahsus, ilmiy asoslangan, maqsadga yo’naltirilgan, maktab va oila, mahalla, maktabdan tashqari muassasalarning uzviy hamkorligiga asoslanuvchi jarayonga aylantirilmog’i kerak.
Milliy tarbiyaning ob’ekvdv ijtamoiy jarayon ekani va bu jarayonni umuminsoniylikning muayyanlashgan shakli sifatida yaratuvchilik maqsadlariga yo’naltirish — sobiq sovet jamiyatida uchragan millatchilik, mahalliychilik, milliy biqiklik, manqurtlik kabi illatlarga barham berishning oqilona shakli sifatidagi imkoniyatlari nazariy, amaliy darajalarda asoslandi va milliy qadriyatlar tizimini sotsiologik o’rganish;
— milliy tarbiya bo’yicha tarihiy tadqiqotlarni yangi
sharoitda rivojlantirish;
milliy tarbiyani Ijtimoiy tarbiyaning ob’ektiv milliyligi qonuniyatidan kelib chiqib uning uch darajasi belgilatstsi. Ya’ni, umuminsoniy daraja—insoniyat, xalqlardir; xalqlar, millatlar mavjud tarbiyaning o’ziga hosligi—milliyligi mahsulidir. Demak, umuminsoniy tarbiya milliy tarbiya shaklida muayyanlashgan.
Umuminsoniy daraja — muayyan davlatning yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ma’naviy, ma’rifiy, pedagogik siyosati sifatida; hususiy daraja — qozoq, gruzin, rus, o’zbek, hind, yapon va h.k. halklariga hos betakror tarbiya tizimi sifatida belgilandi. SHu tariqa mustaqil O’zbekiston maktablarida milliy tarbiya tizimining amalga oshirilishi
1) umuminsoniy;
2) umummilliy; va
3) O’zbekistonda yashovchi barcha millatlar manfaatlarini qondirishning va o’zbekistonlik o’zbek, rus, turkman, tojik, arman va h.k. bolalarini O’zbekistonning yosh vatanparvarlariga ay-lantirishning pedagogik sharti ekanliga asoslandi.
O’tkazilgan tadqiqot quyidagi nazariy va uslubiy-pedagogik xulosalarni yasashga asos bo’ldi:
— Insoniyat turli millatlardan iborat va har bir millat — umuminsoniy qadriyatdir. Demak, har bir millatning ma’naviy taraqqiysi - umuminsoniy taraqqiyot shartidir.

  • Millatlarning qadimiyligi milliy tarbiyaning qadimiyligini, millatlarning mavjudligi milliy tarbiyaning mavjudligini, millatlarning bundan keyin ham
    mavjud bo’lishi esa milliy tarbiyaning bundan keyin ham
    mavjud bo’lishini, abadiyligini ko’rsatadi.

  • Umuminsoniy antropologik halokatning bosh sabablari—turli sabablarga (tehnokratik tafakkur, mustamlakachilik siyosati, kosmopolitizm, g’arbiylashuv,
    proletar internatsionalizmi va h.k) ko’ra milliylik va zamonaviylikaro uyg’unlik ta’minlanmaganida; ilmiy pedagogikaning shu paytgacha milliy tarbiyani o’z predmetiga aylantira olmaganida; va buning natijasi o’laroq,
    «tsivilizatsiyalashganlik va milliylik» tushunchalariniig bir-biriga qarshi qo’yib kelinganidadir.

  • Mustaqil O’zbekiston milliy davlat sifatida o’z yo’liga, mafkurasiga, ma’naviyat sohasida ustuvor siyosatiga ega. U milliy tarihiy turmush tarzimiz, xalq urf-odatlari, an’-
    analari, kishilarning fikrlash tarzini, islom ahloqiy qadriyatlarini, psihologiyaning milliyligani, ko’p millatlilik kabi ijtimoiy hususiyatlarni o’zida mujassam qilgan.
    YA’ni, jahon taraqqiyoti tizimqda O’zbekistonning nafaqat bozor iqgisodiyotiga o’tashda, balki uning tarbiyaviy siyosatida betakror va boy an’analarga to’la o’z yo’li borligani va uni ishga tushirish zaruratani belgiladi.

  • Har bir xalqqa, demak, o’zbek xalqiga ham hos bo’lgan milliy tarbiya insonparvarona maqsad va mohiyatga ega. Hech bir xalq millatchi emas. Millatchilik yoki manqurtlik o’z va o’zga xalqparning milliy-ma’naviy qadriyatlaridan begona, milliy tuyg’ulari stihiyali shakllangan,
    bir so’z bilan aytganda, milliy tarbiyalanmagan kishilardagina namoyon bo’ladi.

  • Maishiy tarbiya jarayoni har bir ota-ona, mahalla, mustaqil O’zbekiston har bir maktab o’quvchisidan qutayotgan ijobiy fazilatlar majmuini shakllantiradi. Milliy g’urur, O’zbekiston vatanparvarligi, milliy odob, millatlararo muloqot madaniyati, vijdoniylik, milliy mafkuraviy onglilik fazilatlari mustaqillikni mustahkamlashning doimiy zaruratidir.

- Mazkur fazilatlar hozir va kelajakda o’zining ishonchli samaralarini berishi uchun milliy-istiqloliy tarbiya O’zbekiston umumta’lim maktablarida maqsadga yo’naltirilgan ustuvor tarbiya yo’nalishiga aylantirilishi lozim.
—Milliy tarbiyaning samaradorligi ko’p jihatdan bo’lajak o’qituvchilarning mazkur faoliyatni boshqarishga mahsus yo’naltirilganligiga bog’liqdir.
- Maktab, oila, mahalla, turar joylar, maktabdan tash-
qari muassasalarning milliy-tarbiyaviy hamkorligi — milliy tarbiya samaradorligi shartlaridan biridir.

  • Maktablardagi muvaffaqiyatlar ulardagi tobora milliylashayotgan ta’lim mazmunidan milliy-tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishni takomillashtirishga bog’liq.

  • Har qanday tarbiyaviy yo’nalish kabi milliy tarbiyaning muvaffaqiyati bu jarayonning ilmiy asosda tashkil qilinishiga—maqsad, vazifa, uslub, vosita, natajaga sistemali yondashuv, ularni o’rganish, qayd qila borish va milliy istiqlolning har bir bosqichi talablari asosida boyita borilishiga bog’liq.

  • O’quvchilarning yosh, milliy, mahalliy, ruhiy, jinsiy, shahsiy hususiyatlarini hisobga olish va tarbiyalanganlik mezonlari, darajalarining amaliyotga joriy
    qilinishi milliy tarbiya samaradorligini belgilaydi.

  • O’quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini milliy-tarbiyaviy maqsadlarga yo’naltirilishi o’quvchilarda milliy-istiqloliy fazilatlar haqida tushuncha, bilimlarni amalda qo’llash, mashq qildirish, ko’nikma, malaka va odatlarga aylantirishning shartidir.

Amalga oshirilgan tadqiqot milliy tarbiyaning ilmiy-pedagogik, metodologik, nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini ishlab chiqish va ishga tushirish orqali O’zbekiston maktablarida umuminsoniy ahamiyatga molik natijalarga erishish mumkinligini ko’rsatmoqda. Qolaversa, mazkur yo’nalishda olib borilajak ilmiy tadqiqotlar kelajakda behad samarali natijalar berishi pgubha-sizdir. Bizningcha, pedagog-psiholog olimlar va mutahassislarimizni mahsus o’rganilishi kerak bo’lgan quyidagi ilmiy mavzular kutib turibdi:

  • Davlat va jamiyat kurilishida milliy tarbiyaning rol 11;

  • maktab, oila va mahallaning maishiy-tarbiyaviy hamkorligini takomillashtirish;

  • zamonaviy o’zbek qizlarida ijtimoiy faollik, tadbirkorlik sifatlarini shakllantirish;

  • bo’lajak o’qituvchilarni milliy-tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish;

  • oliy o’quv yurtlari talabalarini milliy tarbiyalash mazmuni, uslub, vositalarini takomillashtirish;

  • kollejlarning milliy tarbiya tizimi;

  • mahallaning milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini takomill ashtirish;

  • milliy tarbiyaning mehnat, ahloqiy, nafosat, gigienik, kasbga yo’naltirish, ekologik, iqgisodiy, badiiy tarbiya yo’nalishlari bilan uzviy aloqasini ta’minlash;

  • O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan milliy markazlar va ularning milliy-istiqloliy imkoniyatlarini o’rganish va takomillashtirish;

  • O’zbekistonning ta’lim qozoq, rus, turkman, tojik va boshqa tillarda olib borilayotgan maktablarida milliy tarbiyaning hususiyatlari va ularni milliy istiqlol maqsadlari bilan uyg’unlashtirish;

  • milliy tarbiyaning diagnostik, tehnologik, prognostik tizimini takomillashtirish;

  • milliy tarbiya jarayonini tadqiq qilishda yangi texnologik uslublarni joriy qilish;

  • maktabdan tashqari muassasalarda milliy tarbiyatizimini ishlab chiqish;

  • ota-onalarning milliy-tarbiyaviy bilimlari, ko’nikma va malakalarini takomillashtirish;

  • milliy tarbiyaning harbiy-pedagogik mohiyatini o’rganish;

  • - o’quvchilarning bo’sh vaqtiamalga oshirishning mintaqaviy xususiyatlari va ularni takomillashtirish masalalari;

  • o’quvchilarning milliy qadriyatlar tizimiga munosabatlari dialektikasini o’rganish;

  • milliy tarbiyaga qiyosiy-pedagogik yondashuv va uning samaradorligini oshirish;

  • maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni milliy tarbiyalashning nazariy va uslubiy-pedagogik asoslari;

  • milliy tarbiyaga gerontopedagogik yondashuv;

  • litsey, gimnaziyalarda milliy tarbiya jarayonish tashkil qilishning pedagogik hususiyatlari va hokazo.



Download 286,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish