I bob. Buyuk ajdodlarimiz merosida milliy tarbiya masalasi



Download 286,5 Kb.
bet7/12
Sana09.03.2022
Hajmi286,5 Kb.
#486975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
I. bob. Buyuk ajdodlarimiz merosida milliy tarbiya masalasi

Tarbiyaviy vositasi sifatida o’qituvchining shaxsiy namunasi va obro’si, an’ana va qadriyatlar, ta’lim muassasasidagi muxitning insonparvarona ekanligi xizmat qilishi mumkin.
Faqat axloqiy va ma’naviy jihatdan komil shaxsgina ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lib, faqat mutaxassis sifatida yetilgan kishigina yoshlarga yuksak ma’naviyat xamda taqakkur sohibi sifatida o’zining ijodiy o’zligini namoyish qilishga harakat qilish tuyg’usini yuqtirish mumkin.
Yuksak ma’naviy komillik, yurt ozodligi, obodligi va xalq farovonli yo’lida fidokorona mehnat qilish, o’ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchan bo’lish, o’zida irodaviy sifatlarni tarbiyalay olish, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijodkorlik hamda mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo’lish kabi xislatlarni mustaqil O’zbekiston Respublikasi hayotida ustuvor bo’lgan tamoyillar sifatida e’tirof etish mumkin.


    1. Milliy tarbiya tushunchasining ma’naviy talqini.



O’zbekistonda davom etayotgan milliy mustaqillikni mustahkamlash jarayoni ta’lim va tarbiya targ’ibotini ham isloh qilishni, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarga payvand qilishni, yosh avlodlarda O’zbekiston vatanparvarlariga hos fazilatlarning tarihiy o’zaklarini aniqlashni, o’zbek xalqi tarihi, tili, ma’naviyati, adabiyoti, san’ati, an’analari va urf-odatlarini milliy-tarbiyaviy tadqiq qilishni talab etmoqda. O’zbek xalqi oldiga qachon, qanday tarbiyaviy talablar qo’yganligini; davr o’zgarishi bilan milliy tarbiyada fe’l-atvorimizda qay sifatlar qaysi tomonlarga o’zgarganligi, qaysi sifatlar o’zgarmay, avloddan-avlodga meros bo’lib etib kelganligini aniqlash respublikamizda milliy ma’naviyatni o’rganish, tiklash va istiqbolini belgilash nuqtai nazaridan g’oyat qimmatlidir.
Markaziy Osiyo xalqlari, ularning turmush tarzi, odatlari bilan jahonning atoqli tarihchilari qiziqib kelishgan. Buni tarihchi Strabonning asarlaridagi massagetlar ahloqiy tasavvurlari haqidagi ma’lumotlardan ham ko’rish mumkin. Uning yozishicha, qadim zamonlarda ajdodlarimiz o’lkamiz hududida ko’plab qabilalarga bo’linib yashagan. Ular uchun o’zaro halollik, adolatlilik hamma narsadan ustun qadriyatlar hisoblangan.
O’tmishda ajdodlarimiz qanday fazilatlarga ega bo’lgan farzandni orzu qilishganini anglash uchun xalqimiz uzoq tarih davomida yaratgan afsona, ertaklar, dostonlarga murojaat qilish kerak. O’zbek xalq og’zaki ijodiyoti namunalarida tarannum qilingan vatanga muhabbat, erkparvarlik, g’ururlilik, sadoqatli (jon do’sti) do’st bo’la olish, o’z burchini, o’z so’zini oqlash, mardlik, jasoratga qodirlik eng zarur fazilatlar bo’lgan. O’zbek olimi, professor Y. Jumaboevning qayd qilishicha, ajdoddarimiz « ... o’z burchini ado etish, dushman ustidan g’alaba qilshl yo’lida qahramonlarcha o’z jonlaridan kechishga, har qanday mashaqqatlarga bardosh berishga, sevgi, muhabbatdan kechishga, o’z qabiladoshlarining or-nomusi uchun to ohirigacha kurashishga shay» turganlar.
Ajdodlarimizda milliy vatanparvarlik fazilatining qanday namoyon bo’lganligini sak qabilasiga mansub cho’pon Shiroqning eramizdan avvalgi 519 yilda ko’rsatgan mashhur jasoratidan bilish mumkin. Grek tarihchisi Gerodot shoh Doroning O’rta Osiyoga qilgan hujumi haqida hikoya qila turib, Shiroqning mingboshi Ranosbatga qarata aytgan quyidagi so’zlarini keltiradi:
« — Men g’alaba qildim, chunki saklarni, mening yurt-doshlarimni sizlarning hammangizda saqlash uchun men siz forslarni ochlik va chanqoqlik azobiga mubtalo etib, holdan toydirishga muvaffaq bo’ldim».
Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, madaniyati, urf-odatlari orasida tarihiy umumiylik mavjud. Demak, mazkur umumiylik ushbu xalqlar orasida tarbiyada ham umumiylik mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Bu haqda islomgacha davr madaniyati tarihi, qadimiy yozma obidalar: Avesto, O’rhun-Enisey yozma obidalari, maniheylik, mazdakizm kabi oqimlar ta’limotlarini o’rgangan olimlarning ilmiy hulosalari mavjud. Avestoning eng eski qismlaridan biri «Yasna»da chorvadorning adolatli, oqil va hur-matga sazovor bo’lishi maqsadiga etkazishini e’tiqod darajasiga ko’tarishgan. Lekin qo’lida qurol bilan, zo’rlik ishlatib, yaylovlarni er bilan yakson qilib, merosga qolgan mol-mulkini talon-toroj qiluvchi ko’chmanchilarni manfur dushman hisoblaganlar. Natijada, qadimgi ajdolarimiz nazdidayoq adolatsizlik natijasida «biz» — «ular» (bosqinchilar) antitezasi paydo bo’lgan. Bu esa o’z navbatida yosh avlodlarda vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishni qabilaviy tarbiya vazifalariga aylantirgan.
Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatida ahloqiy uchlik: o’y-niyat—so’z—ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyinchalik lug’atimizga kirib kelgan «vijdon» so’zi bilan ham ifodalash mumkin. «Men Yahshi niyat, Yahshi so’z va Yahshi ishga shon-shavkat bahsh etaman. Men yahshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat bahsh etaman» — deb yozilgan «Yasna»da. «Yahshi fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo’lish, muhtoj va havf-hatar ostida qolganda ko’maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baht-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvliqda, o’z maslakdosh birodarlari bilan do’stlik va hamkorliqda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o’z fikri-hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yahshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki bunday holatida yahshi niyatini yo’qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi», — deb hisoblangan.
Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo’shilishga, el bilan birga bo’lishga, elning tashvishi bilan yashashga tayyor turuvchi xalqparvar kishini tarbiyalashga qaratilganligi o’z-o’zidan ko’rinib turibdi. Zamonlar o’tib, odamlar orasidagi munosabatlarning boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan qabilaviy tarbiyaga qo’yiladi-gan talablar ham o’zgarib, zamonaviylasha bordi. Ajdodlarimiz o’zlaridagi hislatlarning nafaqat Hudo tomonidan ato qilingan, balki shakllantirilishini tobora chuqurroq ilg’ay bordilar. Jumladan, yahshi so’zlar — ahliga vafodorlik, berilgan va’dani oqlah, hamma oldi-berdilarda halol bo’lish, o’zgalarning haqini yemaslik, buzuqlikdan o’zini to’htata bilish kabi yangi sifatlar bilan boyib bordi.
Ma’naviyat – nur, ma’naviyatli shaxs dilida haqiqat nuri aks etgan, o‘zligini anglagan, o‘zining borliqdagi o‘rni va vazifasini tushunib etgan, haqiqat oldidagi o‘z maqomiga loyiq bo‘lish va burchini ijro etish ma’suliyatini zimmasiga ola biladigan inson. Millat ma’naviyati, o‘z tarixiy shakllangan qiyofasiga ega, shu bilan birga mohiyatan umumbashariy qadriyatlarga aslo zid emas, balki muvofiqdir.
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida SHarq halqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davomi etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbek xalqi milliy ma’naviyat jahon xalqlari madaniyati tarixida o‘ziga xos bebaho o‘ringa ega. Jahon madaniyati qadriyatlarini boyitish, sermazmun, o‘ziga xos xususiyatlari bilan kishini o‘ziga tortadi.
Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy, ilmiy, falsafiy, axloqiy, estetik huquqiy, siyosiy badiiy, ekologik qarashlar, butun insoniyatning mulki bo‘lgan boshqa qadriyatlardan iboratdir. Xaqiqatan madaniyat-umuminsoniy hodisa.
«Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qoidalariga asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etiladi» Demak, milliy ma’naviyat va uning asosiy mohiyati;

Download 286,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish