I bob. Buxoro xonligining XVIII asrda savdo-sotiq va pul munosabatlari


Buxoro amirligining Hindiston, Afg’oniston bilan savdo aloqalari



Download 171,5 Kb.
bet4/7
Sana17.07.2022
Hajmi171,5 Kb.
#817330
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs

Buxoro amirligining Hindiston, Afg’oniston bilan savdo aloqalari

1751 yilda I.I.Neplyuyev Peterburgda Tevkelev hamkorligida Rossiyaning Hindiston bilan savdo aloqalari o’rnatish tug’risidagi loyihani ishlab chiqqan edi. Ammo bu loyiha amalga oshmay qolgan. Ular har yili kichik savdo karvonlarini Hindistongacha jo’natishni rejalashtirgan edilar. O’sha paytda Rossiyada Orenburgdan Hindistonga boradigan uchta karvon yo’li ma’lum bo’lgan, birinchisi Balx., ikkinchisi Badaxshon va uchinchisi Qandaxor orqali yo’l. I.I.Neplyuyevning fikriga ko’ra, Qandahor hokimlarining o’zaro urushlari natijasida uchinchi yo’l ancha xavfli bo’lgan17.
Shunday qilib, I.I.Neplyuyevning faoliyati Rus davlatining O’rta Osiyoning qo’shni Sharq davlatlari bilan tashqi aloqalari to’g’risidagi ma’lumotlarni bilishga intilishidan dalolat beradi.
XVIII asr o’rtalarida Buxoroning qo’shni Sharq davlatlari bilan aloqalari haqidagi muhim ma’lumotlar yirik rus sharqshunos olimi V.V.Velyaminov-Zernovning “Istoricheskiye izvestiya o Kirgiz-kaysakax i snosheniyax Rossii so Sredneyu Aziyeyu so vremeni konchini Abul-Xayr xana (1748-1765 gg.)” nomli asarida ham o’z aksini topgan18. Bu asar O’rta Osiyoning, jumladan, Buxoro va Xiva xonliklarining qo’shni davlatlar bilan savdo aloqalarini o’rganish uchun muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Asarda XVIII asrning 50-yillarida Buxoroda yashagan yunon savdogari Nikolay Grigoryevning hikoyasi berilgan. Uning so’zlariga qaraganda, buxorolik savdogarlar har yili Afg’oniston orqali Hindistonga borib, u yerdan hind tovarlarini keltirishgan. Hind savdogarlari esa o’z navbatida hind tovarlari bilan Buxoroga kelishgan. Buxoro bilan Hindiston o’rtasidagi savdo aloqalari to’xtovsiz davom etib turgan. Buxoro bozorlari lapis-lazur, lal, zumrad kabi qimmatbaho toshlari bilan shuxrat topgan. Grigoryev, Badaxshon aholisi qimmatbaho toshlar va tilloni qidirib topish hamda qazib olish bilan shug’ullangan, deb yozadi.
Grigoryev hikoyasida Buxoroning Eron bilan aloqalari xususida ham fikr bildirilgan. Uning yozishicha, Buxoroga Erondan kumush va mis keltirilgan. Bundan tashqari, Buxoroga Eronning turli tumanlaridan savdogarlar kelib, bu yerda savdo yarmarkalarini o’tkazishgan. Buxoroliklar har yili yoki xoxlagan vaqtida Eronga, jumladan, Mashxad va Isfahon hamda Hindistonning Lahor va Dehli shaharlariga savdo bilan borishgan. Grigoryev, buxoroliklar Hindistonga zotdor otlarni, Eronga esa Qirg’izistonning tuya va qo’ylarni haydab borib, savdo qilganliklari haqida xabar beradi. Uning yozishicha, Hindiston va Erondan Buxoroga ipak, parcha matolari, zarbop, paxta matolari, tillo olib kelingan. U Hindistonda ipak va paxta matolar juda arzon bo’lganligini va buxoroliklar ularni tilloga sotib olishganligini yozgan1.
XVIII asrning o’rtalari Sharq xalqlari tarixida katta siyosiy kurashlar davri bo’lgan Eronda Nodirshox boshchiligidagi kuchli davlatning vujudga kelishi va uning Buxoro, Hindiston kabi mamlakatlarni bosib olishi kuzatiladi. Mamlakatda sodir bo’lgan urushlar O’rta Osiyoning Sharq davlatlari bilan savdo aloqalarining yomonlashishiga olib keldi. Lekin, ayrim savdogarlar shunday holatda ham o’z faoliyatlarini davom ettirib turgan. Mashhur rus olimi va davlat arbobi A.I.Levshin “Opisaniye kirgiz-kazachix, ili kirgiz-kaysakskix ord i stepey” nomli asarini yozishda Orenburg ilmiy guberniya komissiyasining materiallaridan foydalangan. Asarda Nodirshoxning o’limidan so’ng uning boyliklari butun Osiyo bo’ylab tarqab ketganligi ta’kidlanadi. Jumladan, buxoroliklar, xivaliklar va qirg’iz-qozoqlar chegaradagi rus qal’alariga hind rupiylari va boshqa sharq tangalari yoki quymalari bilan to’ldirilgan qoplarni olib kelgan. Levshinning ma’lumotlariga ko’ra, besh-olti yil mobaynida Orenburgning o’ziga 50 pudgacha oltin, hamda 4000 pud kumush keltirilgan.
Buxoro bilan Hindiston o’rtasida davom etayotgan jadal savdo va Rossiyaning savdo-iqtisodiy aloqalarida buxoroliklarning roli haqida noma’lum muallifning “Izvestiye o pesoshnom zolote v Buxarii, o chinennix dlya onago otpravleniya i o stroyenii krepostey pri reke Irtishe, kotorim imyana Omskaya, Jeleznaya, Yamishevskaya, Semipalatnaya i Ustkamenegorskaya” nomli maqolasi yozilgan. Maqolada Rossiya-Buxoro va Rossi-Hindiston savdosining kelajagi haqida fikr bildirilgan. Unda har yili Rossiyaning chegara shaharlariga, asosan, Orenburg va Astraxanga savdo karvonlarining kelib turishi, ular nafaqat Buxoroda tayyorlangan ipak va ip gazlamalar, balki Hindistonda ishlab chiqilgan turli tovarlarni, jumladan, qimmatbaho toshlar, tillo va kumushni keltirishi ta’kidlangan. Bu ma’lumotlar Buxoro bilan Hindiston o’rtasida savdo aloqalarining beto’xtov davom etib turganligidan dalolat beradi.
1776 yil mashhur rus tadqiqotchisi I.G.Georgining "Opisaniye vsex v Rossiyskom gosudarstve obitayuщix narodov, tak je ix jiteyskix obryadov, verovaniy, obiknoveniy, jilih, odejd i prochix dostopamyatnostey" nomli kitobi nashr qilingan. Asarda asosan Rossiya imperiyasida yashovchi xalqlar bilan bir qatorda ayrim Rossiyaga chegaradosh xalqlar tarixi ham yoritilgan. I.G.Georgi Buxoro xonligining qo’shni xalqlar bilan aloqalari masalalarini yoritishga alohida e’tibor bergan. Uning yozishicha, chorvachilik buxoroliklarning xo’jalik turlaridan biri hisoblanadi. Buxoro otlari yaxshi bo’lib, hindlar ularning har birini 30 dan 80 buxoro chervonigacha narxda sotib oladi, deb yozgan edi3. Buxoro savdogarlari Hindiston, Eron, Xitoy, Rossiya bilan savdo qilgan. Buxorolik savdogarlar Hindistonga, asosan, Kalkutta va Multonga savdo qilish uchun borgan. U yerdan o’zlarinikidan ham yaxshi ipak va ip gazlamalar, dur, ziravor, yetmak ildizlari, zumrad, yoqut, damlama uchun ishlatiladigan hind shafrani (zafaron guli) va boshqalar keltirganlar. Erondan Buxoroga barxat, kamar keltirgan, buxoroliklar esa o’z navbatida Eronga Xitoydan keltirilgan kumush va reven (quritilib ko’nchilikda ishqor sifatida ishlatiladigan ravoch) jo’natgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiyada O’rta Osiyo xonliklari, jumladan, Buxoro xonligi haqida ko’p ma’lumotlar to’plana boshlagan. Rus soldati F.Yefremov "Devyatiletneye stranstvovaniye" nomli kitobida o’zining to’qqiz yil sayohat qilib, Buxoro, Eron, Xorazm, Farg’ona, Qarshi, Tibet va Hindistonda bo’lib, Afrika janubini aylanib Angliyaga va undan Rossiyaga borganligi haqida yozadi.
Yefremov Buxoro xonligida paxta yetishtirish masalasi bilan qiziqadi. U xonlik xo’jaligining qorako’l terisi eksporti bilan bog’liq bo’lgan qo’ychilik sohasini kengroq yoritishga ahamiyat bergan. “Ma’lumki,- deb yozadi Yefremov, Buxoro qorako’l terisi eksporti orqasidan shuhrat topgan va xon xazinasiga katta daromad keltirgan”1.
Muallif Buxoroni Osiyoning yirik savdo markazi ekanligini ta’kidlaydi. U buxoroliklarning mamlakat ichki savdosida faol qatnashishini, u yerda ko’plab savdo rastalari va karvon-saroylari mavjudligini eslatib o’tadi. Yefremovning tassurotlari Buxoro xonligi tashqi savdosining taraqqiyot darajasini belgilashga yordam beradi. Ma’lumotlarga boy va shu bilan birga Buxoroning kelajagi haqidagi Yefremovning asari XVIII asrdagi Yevropa fani uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Rossiyaning Hindiston bilan savdosida vositachi rolini o’ynagan Buxoro to’g’risida tarixchi-iqtisodchi M.D.Chulkov qimmatli ma’lumotlarni keltirib o’tadi. Uning yozishicha, buxoroliklar savdo qilish uchun Rossiyaga borgan va u yerdan rus tovarlarini olib kelib, bir qismini O’rta Osiyoda sotgan, qolgan qismini esa Hindiston va Eronga olib borgan.
Chulkov boshqa mualliflar kabi Orenburg qurilganidan so’ng u yerga tillo va kumush tangalar oqib kela boshlagan, ularning aksariyati hind, eron va buxoro tanga pullari bo’lgan edi, deb yozadi. O’rta Osiyodan ip matolar, ipak parcha matolari, parda va kanop surp, buxoroning kulrang va qora rangli qorako’li, lyapis-lazur va boshqa qimmatbaho toshlar olib kelina boshlagan2. Uning ta’kidlashiga ko’ra, buxorolik savdogarlar Orenburga hind tovarlari, jumladan, malmal, ip, ipak va yarim ipak matolar olib kelishgan.
Chulkov Orenburg savdosini tahlil qilib, Rossiya Sharq mamlakatlari – O’rta Osiyo, u orqali esa Hindiston va Eron bilan savdo qilgan, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, O’rta Osiyo va uning qo’shni davlatlar bilan aloqalarini yanada rivojlantirish uchun Rossiyada Sharq xalqlari manfaatlariga mos keladigan ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish masalasini ko’tarib chiqqan. Is’tedodli rus iqtisodchisining fikri rus savdo doiralarining manfaatlarini ifoda qilardi va Rossiyaning qo’shni Sharq davlatlariga o’zining ta’sirini ko’rsatish istagidan dalolat berardi.
Chulkov ma’lumotlariga ko’ra, Buxoro, Xiva va Turkmanistondan Rossiyaga tillo, kumush, hind va boshqa mamlakat mollari, lazurit toshi (ko’k rangli qimmatbaho tosh), buxoro va sheroz qorako’li, parcha, har xil bo’z, toshlar, olmos, yoqut, lal, zumrad, darmana urug’i va boshqa tovarlar keltirilgan3. Shunday qilib, Chulkovning bergan ma’lumotlari ko’rib o’tilayotgan davrda Orenburg Rossiyaning boshqa sharq davlatlari bilan savdo aloqalarida alohida o’rin eallaganligini va hattoki, Rus savdosining sharq davlatlari bilan aloqalarida asosiy savdo markazi rolini bajarganligini tasdiqlaydi. Lekin shu narsani eslatib o’tish joizki, na Chulkov va na undan oldingi mualliflarning asarlarida Orenburgga qancha miqdorda qanday tovarlar olib kelinganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar aniq berilmagan.
Bizni qiziqtirgan masala bo’yicha muhim ma’lumotlar rus sayyohi va ofiseri T.S.Burnashev asarida uchraydi. U Rus hukumatining topshirig’iga ko’ra, 1794 yili Buxoroda bo’lgan edi4. U Buxoroda bo’lgan vaqtida u yerga savdo qilish uchun Afg’oniston, Eron, Hindiston va boshqa yurtlardan kelgan turli millat vakillarini ko’rgan. Burnashev Buxoroda joylashgan bozorlar to’g’risida yozib qoldirgan. Agarda Yefremovning sayohati davrida Buxoroda 4 ta g’isht karvon-saroy bo’lgan bo’lsa, Burnashev davrida ularning soni 9 ta bo’lgan. Karvon-saroylar sonining ortib borishiga e’tiborni qaratsak, Buxoroning tashqi iqtisodiy aloqalarining o’sib borganligi to’g’risidagi taasurotga ega bo’lamiz.
Burnashevning ma’lumotlariga ko’ra, Buxoro Hindiston va Erondan tillo, kumush va hind malmali olgan. Buxoro Eronga qorako’l terisi va boshqa tovarlar eksport qilgan. Burnashev Buxoroga keltiriladigan chet el tovarlaridan qirqdan bir miqdorida boj solig’i olinishini eslatib o’tadi. Rus savdogarlari esa o’z mablag’idan yigirmadan bir miqdorida soliq to’lagan1.
Burnashevning ta’kidlashicha, Buxoro tog’larida tillo va kumush ko’p bo’lishiga qaramasdan, buxoroliklar ularni Hindiston, Eron va Xitoydan, mis, qalayi va temirni Rossiyadan olishga harakat qilgan. Uning ma’lumotlariga asoslanib aytish mumkinki, Buxoroga chetdan tillo, kumush va boshqa ma’danlar keltirishining sababi, buxoroliklar hali tog’lardan bu ma’danlarni qazib olishning yangi texnologiyalarini bilmasligi oqibatidir.
Burnashev mamlakatning siyosiy ahvoli haqida yozib, amir Shoxmurod Hindiston, Eron, Qo’qan, Xo’jand, Toshkent va Xiva bilan harbiy to’knashuvlarda bo’lganligi, 1795 yili Buxoro Eron bilan jang qilib, juda ko’p eronliklarni asir olganligi va ularni Buxoroda qul qilib sotganligi haqida ma’lumot beradi.
Shunday qilib, XVSh asr rus elchilari, sayyohlari, turli tadqiqotchilari asarlarida Buxoro xonligining ichki va tashqi savdo aloqalari to’g’risida xilma-xil ma’lumotlar to’plangan va umumlashtirilgan. Ayniqsa, P.I.Richkov va M.D.Chulkov asarlarida O’rta Osiyoning, asosan, Buxoro xonligining qo’shni sharq davlatlari bilan savdo aloqalarining rivojlanish darajasini ko’rsatuvchi ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 171,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish