2.2. Klassik siyosiy-iqtisod namoyaudalariuiug konsepsiyalari.
Iqtisodiy liberalizm va uning mohiyati
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkoriar sinlini vujudga kclishi va mustahkamlanishi bilan tavsillanadi. Iqti- sodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu maktab nuqtayi nazarida, ya’ni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm g’oyasi Bilan almashinish oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy ba- holagan. Bu g’oya A.Smit va D.Rikardolaming ilmiy ishlarida asoslangan. Ular klassik siyosiy iqtisod maktabi asoschilari bo’lib, qiymatning mehnat nazariyasini yaratdi, kapitalning mazmunini va qo’shilgan qiymat nazariyasini yoritib berdi.
Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli xususidagi ularning qarashlari davlatning aralashuvi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi ,degan fikrdan kelib chiqadi. Masalan, Smit g’oyasi quyidagicha: -Bozor iqtisodiyoti o’zini-o’zi boshqa- rishga moslashgan, uning asosida qanday qilib ko’proq fayda olishga harakat qilish bilan bog’liq «ko’rinmas qo’l» - shaxsiy manfaat yotadi». Smit xulosasiga ko’ra, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning aralashuvi olib tashlansa, iqtisodiyot samarali amal qiladi va bozor butunlay erkin bo’lmog’i lozim. D,Rikardo, J.B.Sey, A.Marshallar A.Smit g’oyasining davomchilari bo’lih, ular iqtisodiy liberalizm g’oyasi ilgari surishdi va hozirgi kunga qadar zamonaviy iqtisodchilar tomonidan ijobiy baholanmoqda (neoklassik yo’nalish).
Klassiklar jami talab va jami taklif mutanosibligini o’z- lariga xos talqin ctishdi. Ular: jami taklifning o’zgarishi unga mos jami talabni o’zgarishini yuzaga keltiradi degan fikrdan kelib chiqishadi. Bu Sey qonunida o’z aksini topadi, ya’ni tak- lif etilgan tovar unga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi, bu esa talab va taklif o’rtasidagi yuzaga keladigan farqlami bartaraf etadi. Oldindan ishlab chiqarishning o’rni yo’qoladi. Tovar ishlab chiqarishning o’sishi, ish haqlarini oshishiga olib keladi, buning natijasida taklifga mos ravishda talab ham oshadi.
Haqiqatda esa barcha daromadlar tovarlarga ayirbosh- lanilmadi. Jamg’arish yuzaga keladi va jamg’arilgan pul miqdori investitsiyaga har doim ham teng bo’lmaydi. Klassik- chilar jami talab va jami taklifga bog’liq holda narxning te- branishi barcha bozorlami, shu o’rinda mchnat bozorini ham, resurslar bozorini ham barqarorlashtiradi deb hisoblashdi. Bog’lanish: bozorda narxning pasayishi ish haqini pasayishiga olib keldi yoki ish haqi awalgiday qolsa u holda ishsizlik yuzaga keladi.
Biroq iqtisodiy inqirozlaming keskinlashuvi oqibatida asosan 1929—1933-yilIardagi, klassik iqtisodiy liberalizm naza- riyasini zaif ekanligini ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |