Kurs ishining obyekti va predmeti. Mazkur kurs ishining o’rganilish obyekti turli toifadagi oilalar va bolalarga ijtimoiy xizmat kõrsatish huquqini aniqlash. Bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning õziga xos xususiyatlari. Bolalar orasida kuzatilayotgan qonunbuzarliklar, og’ish xarakteridagi xulq – atvor, ular orasida kuzatilayotgan jinoyat turlari va ularning kelib chiqish sabablari hisoblanadi. Kurs ishining predmeti bu holatlarni o’rganuvchi qonun hujjatlari, adliya tizizmida oila va bolalarga, voyaga yetmaganlar uchun belgilanga huquq va yengilliklar, balog’atga yetmaganlar orasida turli jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish va ularga qarshi kurashish chora – tadbirlarini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi. Turli toifadagi oilalar va bolalarga ijtimoiy hizmat kõrsatish borasidagi qarashlarni tahlil qilamiz. Bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning õziga xos xususiyatlarini tahlil qilamiz.
Kurs ishining maqsadi voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishda balog’atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlovni qo’llashning mahalliy va xorijiy tajribani o’rganish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining o’rganilganlik darajasi. Ushbu kurs ishida bugungi kunda turli toifadagi oilalar va bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish, qonun hujjatlarida belgilab berilgan erkinliklar va imkoniyatlar amaliyotda qay darajada qo’llanilayotgani, odil sudlov tizimida bolalarga nisbatan jazo tayinlash tartiblari, jazo tayinlash markazlaridagi shart – sharoitlar , ushbu joylarda yoshlarni kasb – hunarga yo’naltirilganlik jarayonlari va voyaga yetmaganlarni qayta jamiyatga qo’shish doirasida olib borilayotgan harakatlar keng o’rganildi. “Hammamizning oldimizda turgan yana bir muhim masala bu yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etish joriy yilning 10 oyi mobaynida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat sodir etish esa 17 foizga kamaygan. Biroq, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning saqlanib turganligi barchamizni befarq qoldirmasligi lozim”1ligi Qonunchilik Palatasi deputati O’tkir Tursunov tomonidan ta’kidlab o’tilgan. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo‘yicha o‘zimizga xos va ta’sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo‘lishingiz kerak. Xalqimizning ma’naviy qudrati va boqiy an’analarini asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz2, - deya ishonch bildirilgan edi prezidentimiz SH. Mirziyoyev tomonidan. Kõp bolali oilalarning õziga xos xususiyatlarini õrganamiz. Õzbek oilalarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini shakillanishini tahlil qilamiz. Oila hayotini tarbiyaviy jihatdan tõg’ri tashkil qilish uchun õqituvchilar, keng jamoatchilik pedagogika fani orqali aholiga kõmaklashishi, ota-onalarga tarbiyaviy bilim berish tizimini ishla chiqishlari haqida Oilaviy tarbiyaga doir ishlarni, tarbiya samaradorligini, farzandlarni notõgri yõlga og’masliklari uchun keng qamrovli xulosalar olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |