I.5. Tur to’g’risida tushunchalarning shakllanishi.
Tur tushunchasining ta’rifi
Tabiatda o’simliklar bilan hayvonlar turi nihoyatda ko’p bo’lishiga qaramay,
hozircha tirik organizmlarning juda oz turlari har tomonlama o’rganilgan. Shu sababli,
har bir turning o’ziga xos tomonlarini qamrab olgan tur ta’rifi hanuzgacha yaratilmagan.
To’g’ri, biologiya fani tarixida turga juda ko’p ta’riflar berilgan. Biroq ko’pchilik
hollarda bu ta’riflar turning ayrim belgilari yoki mezonlariga asoslangan xolos.
Turni ta’riflashda ikki xil: tipologik vas of nazariy evolutsion konsepsiyalar mavjud.
Turning tipologik konsepsiyasida asosiy maqsad bir turni boshqa turdan ajratish
hisoblanadi. Evolutsion nuqtai nazardan turga ta’rif berishda, tur hayotining mavjud
asosiy formasi ekanligini va unda ma’lum darajada evolutsion jarayoni ro’y berishi
diqqat-markazida turadi. Turga berilgan bu ikki hil ta’rifdagi o’zaro qarama-qarshilik
shundan iboratki, turni bilish uchun qo’llanilgan tipologik konsepsiyada uning turg’un
belgi xossalari, ya’ni statikligi e’tiborga olinadi. Turga berilgan ta’rifning evolutsion
konsepsiyasida esa uning dinamik harakteristikasi diqqat markazida bo’ladi.
Sistematiklar tomonidan turga beril ta’riflar ichida umumiy va ayrim organizmlar
guruhi ( masalan, mikroorganizmlar, zamburug’lar, suvo’tlar, hasharotlar va hakozolar)
ga xos xususiy ta’riflar bor. Lekin bu ta’riflarning hammasida ham har xil turlarni bir
yoki ko’p belgilariga qarab farq qilishga asoslaniladi. Berilgan ta’riflarda turning
umumiy va xususisy belgilariga ko’pincha aralashtirib yuboriladi. Mayrning haqqoniy
mulohazasiga ko’ra, “…birorta sistematik materialdan barcha sistematik hamkasblar
uchun muqbul bo’lgan umumlashgan xulosaga kela olmaydi”!.
Hozirgi vaqtda tur ichidagi birliklar populyatsiyalar hamda ular guruhlarining
murakkab integratsiyasidan iborat sistema sifatida e’tirof etiladi. Turni bunday keng
politipik ma’noda ta’riflash uni xarakterlash uchun yagona tipik nusxa yetarli, deb
hisoblagan tipologik konsepsiyadan tubdan farq qiladi. Politipik turlar haqidagi
tasavvurlar vujudga kelishi tufayli turga morfologik farqiga qarab emas, balki
populyatsiyalar orasidagi jinsiy bog’lanishlarga qarab ta’rif berila boshladi. Bu ta’rifda
“biologik tur” quyidagi xossalarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak:
1.
Biologik tur jinsiy yo’l bilan ko’payadiga formalarda mavjud.
2.
Tur o’zaro qarindosh bo’lgan bitta yoki bir nechta populyatsiyalardan tashkil
topgan.
3.
Populyatsiyaga mansub organizmlar o’rtasidagi munosabat ko’payish
jihatdan bir-biriga bog’liq bo’lishdan iborat.
4.
Bir
turga
mansub
populyatsiyalarning
boshqa
turga
mansub
populyatsiyalardan jinsiy tomondan alohidalanishi biologik turning asosiy mezoni bo’lib
xizmat qiladi.
Biologik turning bu ta’rifida bir qancha jiddiy kamchiliklar bor. Ular
tubandagilardan iborat:
1.
Jinssiz yo’l bilan ko’payuvchi organizmlarda turlar mavjudligi yuqoridagi
ta’riflarda inobatga olinmaydi.
2.
O’z populyatsiyasidagi boshqa organizmlar bilan chatishmaydigan mutant
formalar tur darajasiga ko’tarilishi hisobga olinmagan.
3.
Mustaqil evolutsiya jarayonida o’ziga xos morfologik-fiziologik belgilarga
ega bo’lgan va ancha ilgari mustaqillashib olgan geografik va ekologik irqlar tur deb tan
olinmaydi. Evolyusion konsepsiya asosida turga nazarib (abstract) ta’rif beriladi. Bu
ta’rifda tur asosan evolusiyalanuvchi birlik sifatida olinadi. Masalan, Simpson
mulohazasiga ko’ra, tur deyilganda, biro ta-ona organizmlarining boshqa ota-ona
organizmlardan mustaqil ravishda tarixiy rivojlangan va o’z evolyusion taqdiriga,
yo’nalishiga ega bo’lgan izchil populyatsiyalari qatori tushuniladi. Albatta, bu ta’rif
abstract ta’rif bo’lib, uni amalda qo’llab bo’lmaydi. Chunki unda bir turning morfologik,
fiziologik, ekologik jihatdan ikkinchidan turdan farq qilishi o’z ifodasini topmagan.
Turni ta’riflashda mavjud ikkita, ya’ni amaliy va sof nazariy yo’nalishni o’zaro
bir-biriga qo’shish masalasi hanuzgacha hal bo’lmayapti. Shu sababli turni ta’riflashda
ko’p tomonlama tavsif diqqat markazida bo’ladi. Avvalo, turga umumiy ta’rif berishda,
albatta, uning statistikasi va dinamikasi yagona birlikning qarama-qarshi xossalari
sifatida e’tiborga olinishi, shu bilan bir qatorda tur avolyusiya jarayonining asosiy
bosqichi ekanligini hamda organik olamda evolyutsiya jarayoni populyatsiya – tur
darajasida amalga oshishi diqqat markazida bo’lishi kerak. Aytilganlarni e’tiborga olib,
tur to’g’risida mulohaza yuritganda, uning quyidagi xossalariga alohida e’tibor berish
kerakligini ko’rsatdi.
Har bir tur evolyutsiyaning sifat jihatdan farq qiluvchi bosqichi bo’lib, o’z
mustaqilligi bilan harakterlanadi. Tur umumiy yoki ajralgan arealda tarqalgan, o’xshash
morfologik-fiziologik belgilarga ega hamda o’zaro chatisha oladigan individlar
yig’indisidan tashkil topgan. Tabiatda turlar urchishi jihatdan bir-biridan tamomila
chegaralangan, shu sababli ular chatishmaydi. Turga berilgan bu ta’rifga yana ayrim
qo’shimchalar kiritish lozim. Har qanday tur o’zining genotipik sistemasiga, “genotipik
birligiga” ega.
Har bir tur boshqa turlardan alohida mavjud bo’lmaydi, balki ma’lum biogeotsenoz
tarkibiga kiradi hamda o’ziga xos genotipik sistemaga ega. Ko’p turlar politipik tur
hisoblanadi va belgilari bilan farq qiluvchi har xil organizmlar guruhlari (populyatsiyalar)
dann, ayrim vaqtlarda kenja tur darajasiga ko’tarilgan formalardan tashkil topadi.
Xulosa qilib aytganda, turlar amalda morfologik, fiziologik, ekologik, genetik
belgi-xossalari, geografik tarqalishi bilan bir-biridan farq qiladi. Umuman turga berilgan
ta’rifni jinsiy yo’l bilan ko’payuvchi, chetdan changlanuvchi organizmlar turiga nisbatan
to’liq qo’llash mumkin. Partenogenez yo’li bilan ko’payuvchi yoki o’z-o’zidan
changlanuvchi organizmlarga nisbatan esa to’liq qo’llash juda qiyin. Bunday
organizmlarda ma’lum hududlarda tarqalgan umumiy evolyutsion qismat bilan bog’liq
bo’lgan yaqin biotiplar sistemasi jinsiy ko’payuvchi, chetdan changlanuvchi
organizmlardagi tur tushunchasiga teng keladi.
Qadimgi o’simliklar, hayvon turlari ko’p hollarda asl nusxasini tiklash yo’li bilan
aniqlanadi. Bunda, asosan, ularning morfologik belgilariga alohida e’tibor beriladi. Tur
belgilari topilgan oraliq formalar ko’zga ko’rinadigan morfologik o’zgarishlarga ega
bo’lgandagina namoyon bo’ladi. Paleontologik nuqtai nazardan olganda, turga kiruvchi
organizmlar ma’lum maydondagina emas, balki shu bilan bir vaqtda ma’lum tarixiy davr
ichida ham tarqalgan bo’ladi.Keyingi holat tur kriteriyasini yaqin qarindoshlik
ma’nosidan mahrum qiladi. Aytilgan mulohazalar tur ta’rifini poleontologiyada
qo’llashda jiddiy qiyinchiliklar borligidan dalolat beradi.
Evolyutsion nazariya uchun organik olamning tarixiy rivojlanishini ta’minlovchi
boshlang’ich evolyutsiya omillari tiriklik (hayot) ning qaysi darajasiga ta’sir etishi tufayli
ro’y berishi haqidagi fikrlar ham muhim ahamiyatga ega. Biroq “tuzilish-uyushish
darajasi” ko’pincha biologiyada har xil talqin qilinadi. Masalan, molekulyar
biologiyaning rivojlanishi bilan ba’zi biolglar turning sifat jihatdan o’ziga xos uyishish
darajasi molekulyar darajadir, tiriklikning boshqa uyishish darajalari esa molekulyar
darajaning oshirilgan ifodasi, deb talqin qiladilar. Tiriklik tuzilish darajasini
klassifikatsiyalashda ham olimlar o’rtasida ixtiloflar bor. Bunday ixtiloflarga qaramay,
barcha olimlar populyatsiya-tur darajasida organizmlar uzoq vaqt o’z-o’zini ko’paytira
olishi va evolyutsion yangilanish ro’y berishini e’tirof etadilar. Zavadskiyning turga
bergan ta’rifida bu masala asosiy o’rinda turadi.uning ta’rifiga ko’ra, tur hayptning
mavjud asosiy formalaridan biri bo’lib, yuqori tuzilish – uyishish darajasidan tashkil
topgan. U statik tomondan determinatsiya qilingan sistemadan iborat bo’lib, tabiiy
tanlanishning ta’sir maydoni hisoblanadi. Tur uzoq vaqt o’z-o’zidan ko’paya olish,
yashash va mustaqil rivojlanish qobilyatiga ega.
Tur evolyutsiya jarayonining sifatli bosqichi bo’lib, ichki jihatdan qarama-
qarshilikdan iborat. Evolyutsiya natijasi sifatida u nisbatan turg’un, ma’lum sharoitga
moslashgan, genetik jihatdan boshqa turlardan mustaqil holda namoyon bo’ladi. Shu
bilan birga, tur evolyutsiyaning aktiv tashuvchisi va evolyutsiya jarayonining bosqichi
sifatida dinamik xarakterga, noaniq chegaraga ega va o’zgaruvchan bo’ladi. Zavadskiy
tomonidan berilgan bu ta’rif tir naqadar keng hajmli, o’z mohiyati jihatidan qarama-
qarshi ekanligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |