Tur tushunchasining rivojlanish tarixi
K.M.Zavadskiy uqtirishicha, tur haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixida 6
bosqichni farq qilish kerak.
Turni o’rganishdagi
birinchi bosqich
antik dunyodan boshlanib, XVIII asr boshida
yakunlandi. U davrlarda tur tushunchasi endigina paydo bo’lib, bu ibora ostida hayvonlar
bilan o’simliklarning katta guruhiga kiruvchi kichik guruhlarni tushinilgan. Antik dunyo
tabiatshunoslari orasida tur tushunchasi borligi Aristotel tomonidan hayvonlarni 500,
Teofrast tomonidan o’simliklarni 400 turga bo’linganligida ko’zga tashlanadi. XVII asr
oxirida ham tur so’zi xuddi antic dunyodagi kabi noaniq ma’noda qo’llanilgan.
Turni o’rganishda
ikkinchi bosqich
Djon Rey ishlaridan boshlanib, Linney
tadqiqotlarigacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi. A.Sezalni dastlab o’simliklar sistemasini
tuzgan bo’lsa-da, biroq tur to’g’risidagi birinchi ta’rif Djon Rey ishlarida uchraydi.
Uning asarlarida morfologik jihatdan o’xshash, o’z o’xshashligini naslda saqlovchi
organizmlarning eng kichik to’plami tur deb ta’riflanadi. U davrda bir tur boshqa turga,
masalan, g’o’za o’simligining mevasi pishganda qo’zichoqqa aylanadi, degan ibtidoiy
transformistik g’oyalar fanda keng o’rin olganligi sababli turning o’zgarmasligi,
turg’unligi tan olinmas edi.
Turni o’rganishning
uchinchi bosqichi
Linney nomi bilan bog’liq. U xilma-xil
o’simlik va hayvonlarni tekshirib, tur organik olamning barcha vakillari uchun harakterli
ekanligini e’tirof etdi. U barcha o’simliklar va hayvonlar avlodlari turlardan iborat bo’lib,
tabiat hosilasi ekanligini, inson ongi natijasi emasligini ta’kidladi. Tur, Linney fikricha,
o’zaro qarindosh, tuzilishi jihatdan o’xshash, urchiganda uzluksiz o’ziga o’xshash nasl
hosil qiluvchi organizmlar guruhidan iborat. Turlar tabiatda real va turg’undir.
Turlarning nisbatan turg’unligiga asoslanib Linney, so’ngra J.Kyuve turlar mutloq
o’zgarmas, degan xulosaga keldilar. Linney tadqiqotlarida turning alohidaligiga
chegaralanganligi tan olindi. Bu alohidalanish turning morfologik va fiziologik
mezonlarni ishlab chiqish uchun zamin vazifasini o’tadi.
Evolyutsion nazariyaning pioneri bo’lmish Lamark botanika sohasida ishlagan
davrda tabiatda turlar real, o’zgarmas ekanligiga shubha qilmadi. Lekin keyinchalik u
zoologiya sohasida tadqiqot ishlarini boshlagandan so’ng organic olamdaevolyutsiya
jarayoni sodir bo’lishi g’oyasini qabul qildi va mazkur g’oyani turning tabiatda realligi
g’oyasiga qarama-qarshi qo’yib, nominal doktrinani ilgari surdi. U”Men uzoq muddat
tabiatda turlar turg’un, deb o’yladim, endilikda esa bu noto’g’ri ekanligiga tabiatda
individlar borligiga ishondim” deb yozgan edi (K.M.Zavadskiy “Vid i vidoobrazovanie.
K., 1968, 35-bet).
Darvindan oldin ko’pgina biologlar turning turg’unligini e’tirof etadilar, ulardan
birortasi turlar o’zgaradimi va bu jarayon qanday kechadi, degan muammoni hal eta
olmadilar. Modomiki, tabiatda tur real ekan, demak, u o’zgarmasdir, degan g’oya XIX
asrning 60 – yillarigacha hukmronlik qildi. Chunki Darvingacha biologiya fani tur
ichidagi formalarning tabaqalanishiga oid keng va aniq dalillarga ega emas edi. Dastlabki
evolyutsionistlar(J.Byuffon) tabiatda turlarning o’zgarishini tan olib, ularning realligini
inkor etdilar. Ular fikricha tur iborasi inson tomonidan o’ylab topilgan tushuncha, xolos.
Shunga ko’ra, har qanday sistema shartli hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, Darvingacha biologiya
fanida tur tabiatda mavjud (real) hamda unga qarama-qarshi tur iborasi mavhum, shartli
tushuncha, degan ikki xil tushuncha shakllandi.
Tur to’g’risida mulohaza yuritilar ekan, sistematikada qo’llaniladigan tur
nazariyasi bilan turning amaliy namunasini bir-biridan farq qilish lozim. Odatda, tur
nazariyasi deyilganda, turning mohiyati har xil ko’rinishi haqidagi tasavvurlar: turning
amaliy namunasi deyilganda esa, tur birligi, ya’ni chegarasi ko’lamini aniqlash
maqsadida sistematiklar amalda qo’llaydigan qisqacha ko’rsatma tavsifi tushiniladi.
Darvinizmgacha bo’lgan davrda ana shu ikki tushuncha teng ma’noda ishlatilib kelindi.
XVIII asr o’rtasidan to XIX asr oxirigacha sistematiklar turni aniqlashda asosan
morfologik ko’rsatma, qisman fiziologik ko’rsatma tavsifidan foydalanib keldilar.
Morfologik ko’rsatma tavsifining qo’llanilishi tufayli fanda turni aniqlashda ikki
yo’nalish paydo bo’ldi. Morfologik monotipik tur ko’rsatma tavsifi tur keyinchalik
boshlang’ich tarkibiy qismlarga ajralmaydigan, tuzilish jihatidan o’xshash
organizmlardan iborat, degan g’oyaga tayanadi. Tur morfologik jihatdan farq qiluvchi
nusxalardan tashkil topgan, degan g’oya politipik turning ko’rsatma tavsifi asosini tashkil
etadi. XIX asrning o’rtalariga kelib, politipik tur tushunchasi biologlar o’rtasida keng
tarqaldi.
Tur muammosini hal etishdagi
to’rtinchi bosqich
1860 – 1890 yillarga to’g’ri
kelib, u Darvin tadqiqotlari bilan uzviy bog’liq. Darvin o’sha davrda olimlar o’rtasidagi
turlar tabiatda real yoki real emasligi to’g’risidagi bahsga to’xtalib, o’simlik va hayvon
turlari o’z rivojlanishi bilan bir xil emasligini, tabiatda ba’zi turlar to’liq shakllangan
bo’lib, ularning aniq chegarasi yaxshi ifodalanganligini, aksincha, yosh urlarning belgi-
xossalari hali to’liq shakllanmaganligi sababli, ular o’rtasidagi chegara aniq emasligini
qayd qildi. Shunga ko’ra, keyingilarini tur emas, balki tur xili yoki kenja tur deb atash
maqsadga muvofiqdir, dedi. Modomiki, tabiatda shunday holat mavjud ekan, u holda tur
turga nisbatan real bo’lishi, kenja turga nisbatan real bo’lmasligi mumkin, chunki,
birinchi holatda ular orasida hech qanday bog’lovchi oraliq formalar uchramaydi,
ikkinchi holatda esa oraliq formalarni ko’plab uchratish mumkin, deydi.
Albatta Darvinning asosiy maqsadi turning real yoki real emasligini hal etish emas,
balki hamisha o’ziga teng bo’lgan va tabiatda o’zgarmas tur yo’q ekanligini isbotlashdan
iborat edi. Bu muammoni u atrificha isbotlab berdi. Darvin tabiatda turlarning
o’zgarishida nasldan-naslga o’tadigan individual o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash,
tabiiy tanlanish asosiy omil ekanligini ta’kidladi. Darvin ta’limotiga ko’ra, tur tarixiy
hodisa bo’lib, y paydo bo’ladi, rivojlanadi, takomillashadi, so’ng yashash sharoitining
o’zgarishi bilan o’z o’rnini boshqa turlarga bo’shatib beradi yoki tabiatdan tamomila
yo’qolib ketadi.
Turni o’rganishning
beshinchi bosqichi
XX asr boshidan boshlab 30 yil davom
etgan. Bu davrda turni tajriba yo’li bilan o’rganish avj olgan. Ayrim olimlar tajribada
olingan ma’lumotlarga asoslanib, turning realligini inkor etdilar va faqat geografik irqlar
mavjud, degan fikrni keng quvvatladilar. Oqibatda tur tushunchasi geografik irq
tushunchasi bilan almashtirildi. Bunday mulohazalarga ko’ra, tur bitta yoki bir nechta
geografik irqdan tashkil topgan bo’lib, ular o’z navbatida tarkibiy qismlarga ajralmaydi.
Bunga qarma-qarshi o’laroq genetika sohasida olib borilgan tadqiqotlar tur irsiy
jihatdan turg’un juda ko’p mayda formalardan tashkil topgan g’oyat murakkab tuzilishga
ega ekanligini ko’rsatdi. Shunga asoslanib, ba’zi odamlar tarkibida xilma-xil formalar bor
turlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |