N.F. Glazovskiy (1998) tabiatdan foydalanishning ob’ekti ((lot. objektum narsa,
hodisa) tabiatni ham, insonni ham o’z ichiga olgan holda inson va atrof muhit o’o’zaro
ta’siri xususiyatlariga ko’ra hududiy jihatdan tabaqalashgan bo’lishi lozim, deb
hisoblaydi. Tabiatdan foydala-nish muammolarini o’rganish inson va tabiiy muhit
orasidagi o’o’zaro ta’sirini belgilaydigan tabiiy, iqtisodiy, sotsial va madaniy jarayonlar
hisobga olingan holda insonparvarlik nazaridan olib borilishi lozim. Tabiatdan
foydalanish nazariyasi asoslarini V.I.Vernadskiyning noosfera to’g’risidagi g’oyalari
negizida yaratish mumkin. Noosferaviy yondashuv tabiatdan foydalanish-ning nafaqat
tabiiy va ekologik omillarinigina emas, balki tabiatdan foydalanishning o’o’ziga xos
xususiyatlarida namoyon bo’ladigan tarixiy, etnik, siyosiy, madaniy, diniy
xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Noosfera konseptsiyasi (lot. conceptus fikr,
tasavvur) nuqtai-nazaridan “tabiatdan oqilona foydalanish”
tushunchasi tabiiy va
ijtimoiy resurslaridan foydalanishning biosferaning asosiy funktsiyalarini (lot. functio
bajarish, vazifa) saqlab qolgan holdakishilarni hozirgi va kelgusi avlodlarining
ma’naviy va moddiy ehtiyojlarin mumkin qadar ko’proq ta’minlaydigan bilimlar va
texnologik usullar tizimiga asoslangan eng tejamkor va samarali jarayonni anglatadi.
Shunday qilib, tabiatdan foydalanish majmuali ilmiy yo’nalish sifatida tabiat va
jamiyat orasidagi o’o’zaro ta’sir natijalarini ochib beradi, tahlil qiladi va baholaydi,
tabiatdan foydalanish hamda atrof tabiiy muhitning nazariy tamoyillarini ishlab chiqadi.
Tabiatdan foydalanish – tabiatdan foydalanish hamda
atrof tabiiy muhitning
nazariy tamoyillarini ishlab chiqadi. Tabiatdan foydalanishning asosiy maqsadi atrof
tabiiy muhitga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, kishilarning hayotiy va
ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida majmuali ta’sir o’tkazishni amalga
oshirishdan iborat. Tabiatdan oqilona foydalanish va optimallashtirishning
umumiy
nazariyasini ishlab chiqish fanlararo vazifa bo’lib, uning yechimida ko’pgina fanlar,
jumladan fizika, kimyo, biologiya, meteorologiya, kirbernetika, geografiya va boshqa
fanlar o’z hissasini qo’shadi.
Yuqorida bayon qilingan fikr - mulohazalarni umumlash-tirgan holda tabiatdan
foydalanishning ilmiy yo’nalish (soha) sifatidagi vazifalari, ob’ekti va predmetini
belgilash mumkin. Tabiatdan foydalanish tabiiy, texnikaviy va sotsialijtimoiy
jihatlarlarni o’z ichiga oladigan kompleks ilmiy yo’nalish bo’lib,
tabiiy resurslardan
jamiyat tomonidan oqilona foydalanishning umumiy tamoyillarini
Do'stlaringiz bilan baham: