Nazorat uchun savollar:
1.
Elektromagnit spektr nima?
2.
Axborot uzatish muhiti haqida nimalarni bilasiz?
3.
Analogli toʻlqinning asosiy xarakteristikalari nimalardan iborat?
4.
Qanday kabel turlarini bilasiz?
5.
Nima uchun buralma juft tipidagi kabel eng koʻp tarqalgan?
6.
Optik tolali kabel qanday afzalliklarga ega?
7.
Nima uchun optik tolali kabel toʻgʻri burchak ostida bukilmasligi kerak?
8.
Mikrotoʻlqinlar qanday chastotada ishlay oladi? Optik tolali kabellarchi?
63
IV BOB. KOMPYUTER TARMOQLARINING DASTURIY
TAʻMINOTI
4.1. Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar
Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar – turli kompyuter
tarmoqlarini boshqarishga, ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyishga xizmat
qiluvchi vositalar boʻlib, imkoniyatlariga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
•
ketma-ket portlar orqali maxsus kabel yordamida ulangan kompyuterlar
oʻrtasida maʻlumot almashishga xizmat qiluvchi vositalar. Bularga Brooklin
Bridge, Desk Link, LapLinkIII, Fast Lynx dasturlari misol boʻla oladi;
•
maʻlumot
almashishda
telefon
kanalidan
(agar
modem
boʻlsa)
foydalanishga imkon beruvchi vositalar. Bular Telemate, Procomm, DataLine
dasturlari;
•
kichik lokal tarmoqlarini tashkil qilish hamda ularni boshqarishga imkon
beruvchi vositalar. Bular Lantastic, Personal Netware kabi dasturlar;
•
katta lokal tarmoqlariga fayl-servis xizmatini koʻrsatish va shu tarmoqlarni
boshqarish imkonini beruvchi vositalar. Bularga Nowell OS, Unix OS, OS/2,
Windows NT, Linux, Windows Server kabi dasturlar misol boʻla oladi;
•
telefon, radio, kosmik yoʻldosh aloqa kanallari, optik-tolali kanallar orqali
bogʻlangan xalqaro miqyosdagi kompyuter toʻrlarini boshqarishga imkon beruvchi
vositalar. Bularga Internet, Euronet, Fidonet, Relcom kabi tizimlarni boshqaruvchi
hamda ular bilan ishlovchi turli brauzerlar, elektron pochta vositalari, Web-
peyjerlar, faks-dasturlar misol boʻla oladi.
Modem orqali maʻlumot almashinish uchun maxsus dasturlar zarur. Koʻpgina
operatsion sistemalar tarkibida bunday dasturlar mavjud va yaratilmoqda. Masalan,
Macintosh System da - SmartCom; Windows SmartCom, CrossTolk, WinCom,
64
Comm Works, Telix, Procom Plus, Hyper Terminal; OSF2 Warp da - Hyper
Access dan foydalanish mumkin. Bunday dasturlar koʻpincha modem bilan birga
disketalarda sotiladi. Kommunikatsion dasturlar kompyuterlar orasida aloqa
oʻrnatishdan tashqari yana bir qator quyidagi ishlarni bajaradi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |