I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


- rasm. Aloqa vaqtida paketlarni almashishiga misol



Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/115
Sana08.06.2022
Hajmi5,34 Mb.
#644500
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115
Bog'liq
I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

 
4.5- rasm. Aloqa vaqtida paketlarni almashishiga misol. 
 
Tarmoqdan aniq almashuv olib borilganda koʻp bosqichli paketlar ishlatiladi, 
ularning har birida kadr tuzilishi mavjud (oʻz manzillashi, oʻz boshqarish axboroti, 
oʻz axborotlar formati va h.k). Yuqori bosqich protokollari fayl-server yoki 
ilovalar kabi tushunchalar bilan ish olib boradi. Boshqa ilovadan soʻralayotgan 
axborotlar tarmoq qurilma turi haqida va aloqani boshqarish usuli haqida 
tushunchaga ham ega boʻlmasligi mumkin. Yuqoriroq bosqich kadrlari 
uzatilayotgan paketning axborot maydoniga ketma-ket joylashadilar. (4.6-rasm). 
 
4.6-rasm. Kadrlar qoʻyilishini koʻp bosqichliligi. 


74 
Har bir keyingi joylashtirilayotgan kadr oʻzining shaxsiy xizmatchi 
axborotiga bogʻlanishi mumkin, axborotgacha (sarlavha) joylashgan va axborotdan 
keyin joylashgan (treyler), aytgancha uning vazifasi turlicha boʻlishi mumkin. 
Tabiiyki har bir bosqichdan soʻng paketdagi xizmatchi axborotlar nisbati oshib 
boradi. Bu esa maʻlumki axborot uzatishning unumli tezligini kamaytiradi. 
Yaxshisi bu tezlikni oshirish uchun axborot almashinuv protokollari iloji boricha 
oddiy boʻlishi lozim va bu protokollar bosqichi esa iloji boricha kam boʻlishi 
kerak. Aks holda hech qanday bitlar uzatish tezligiga yordam bera olmaydi va tez 
uzatish tarmogʻi, misol uchun, tarmoq oddiy protokoldan foydalansa qandaydir 
faylni sekin ishlovchi tarmoqdan ham sekinroq uzatishi mumkin. 
 
4.5. Marshrutlash protokollari 
Marshrutlash masalalari hamma marshrutizatorlarda va tarmoqning oxirgi 
tugunlarida joylashtirilgan marshrutlash jadvalini tahlil qilish asosida yechiladi. 
Marshrutlash jadvalini tuzish boʻyicha asosiy ish avtomatik tarzda bajariladi, lekin 
qoʻl yordamida tuzatish va qoʻshish imkoni nazarda tutilgan. 
Marshrutlash jadvali avtomatik tarzda qurish uchun marshrutizatorlar 
maxsus xizmat protokoliga muvofiq tarkibiy tarmoq topologiyasi toʻgʻrisida 
axborot almashib turishadi. Bunday turdagi protokollar marshrutlash protokollari 
(yoki marshrutlovchi protokollar) deyiladi. Marshrutlash protokollarini (Masalan 
RIP, OSPF, NLSP), tarmoq protokollaridan (masalan: IP, IPX) farqlash kerak. 
Ikkalasi ham OSI modelining tarmoqli daraja vazifalarini bajarishadi. Ularni 
paketni har xil turdagi tarkibiy tarmoq manzili egasiga yetkazib berishadi. Lekin 
shu vaqtdan birinchilari ichida faqat xizmat axborotini yigʻib uzatishadi, 
ikkinchilari esa kanal darajasi protokollari kabi foydalanuvchilar axborotini uzatish 
uchun moʻljallangan. Marshrutlash protokollari tarmoq prtokollarini transport 
vositasi sifatida ishlatishadi. Marshrutlash protokollari paketlari yoʻnalish 
axborotlari bilan almashganda, tarmoq darajasi hattoki transport darajasi 
paketlarining maʻlumotlar maydonida joylashtiriladi. Shuning uchun, paketlarni 


75 
joylashtirish nuqtaiy nazaridan marshrutlash protokollarini rasmiy tarmoq darajaga 
nisbatan yuqoriroq darajada deb qaralishi kerak. 
Marshrutizatorlar paketlarning borishi toʻgʻrisida qaror qilishi uchun manzil 
jadvallariga murojaat qilishida, ularning koʻpriklar va kommutatorlar bilan 
oʻxshashligini koʻrish mumkin. Ammo ular ishlatadigan manzil jadvallarining 
tabiati juda farq qiladi. MAS manzillar oʻrniga marshrutlash jadvalida intertarmoq 
ulanadigan tarmoq nomeri koʻrsatiladi. Marshrutlash jadvalining koʻpriklar manzil 
jadvalidan boshqa farqi boʻlib, ularni tuzish usuli hisoblanadi. Koʻprik jadvalini 
qurish paytida, u orqali oʻtayotgan tarmoqning oxirgi tugunlari bir-biriga 
yuborayotgan axborot kadrlarini passiv kuzatib turganda, marshrutizatorlar oʻz 
tashabbuskorligi bilan maxsus xizmat paketlari bilan almashadi va intertarmoqdagi 
tarmoqlar, marshrutizatorlar va ushbu tarmoq larning marshrutizatorlar bilan 
aloqasi toʻgʻrisida qoʻshnilariga xabar beradi. Odatda, aloqaning nafaqat 
topologiyasi hamda oʻtkazish qobiliyati va holati hisobga olinadi. Bu 
marshrutizatorlarga 
tarmoq 
konfiguratsiyasining 
oʻzgarishlariga 
tezroq 
moslashishga hamda, oʻz holli topologiyali tarmoqlarda paketlarni toʻgʻri uzatishga 
imkon beradi. 
Marshrutlash protokollari yordamida marshrutizatorlar u yoki bu darajadagi 
tavsilotli tarmoq aloqalarining haritasini tuzadilar. Ushbu axborot asosida 
tarmoqning har bir nomeri uchun yoʻnalish maʻqul boʻlishi maqsadida, ushbu 
tarmoqqa yoʻnaltirilayotgan paketlar keyingi marshrutizatorning qaysi biriga 
uzatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror natijalari marshrutlash 
jadvaliga kiritiladi. Tarmoq konfiguratsiyasi oʻzgarganda jadvaldagi ayrim 
yozuvlar bekor qilingan boʻlib qoladi. Bunday hollarda xatto yoʻnalish boʻyicha 
yuborilgan paketlar yoʻlda toʻxtab qolishi yoki yoʻqolishi mumkin.
Marshrutlash protokoli qanchalik jadval ichidagilarini tarmoqning real 
holatiga moslashtira olishiga butun tarmoqning ishlash sifatiga bogʻliq boʻladi. 
Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari. Eng yaxshi 
yoʻnalishni tanlash usuli va oʻz ishining boshqa xususiyatlari bilan farqlanib 
turuvchi xar xil algoritmlar asosida qurilishi mumkin.


76 
Maʻqul yoʻnalish tanlashning yuqorida aytib oʻtilgan misolida, boshlanish 
tugunidan to oxirgi tugungacha boʻlgan marshrutizatorlarning butun ketma-ketligi 
emas, faqat keyingi (yaqinidagi) marshrutizator aniqlangan. Ushbu yondoshishga 
muvofiq marshrutlash taqsimlangan sxema boʻyicha bajariladi, xar bir 
marshrutizator yoʻnalishining faqat bitta qadamini tanlash mumkin, butun 
yoʻnalish esa, ushbu paket oʻtgan xamma marshrutizator ishining natijasidan kelib 
chiqadi. Marshrutlashning bunday algoritmlari bir qadamli deyiladi.
Bunga qarama-qarshi koʻp qadamli yondoshish xam mavjud. Bu manbadan 
(Source Routing) marshrutlash deyiladi. Bunga muvofiq, tugun - manba tarmoqqa 
yuborilayotgan paketda, u orqali oʻtadigan xamma oraliq marshrutizatorlari haqida 
toʻla yoʻnalish berilgan. Koʻp qadamli marshrutlash ishlatilganda marshrutlash 
jadvalini qurish va taxlil qilish zaruriyati qolmaydi. Bu tarmoqdan paketning 
oʻtishini tezlashtiradi, marshrutizatorlarni yuklanishdan toʻldiriladi, lekin bunda 
oxirgi tugunlarga katta yuklanish tushadi. Bu sxema xisoblash tarmoqlarida bugun 
taqsimlangan bir qadamli marshrutlashga nisbatan juda kam qoʻllaniladi. Lekin IP 
protokolining yangi versiyasida klassik bir qadamli marshrutlash bilan bir qatorda, 
manbadan marshrutlashga xam ruhsat beriladi. 
Bir qadamli algoritmlar marshrutlash jadvalini tuzish usuliga qarab uchta 
sinfga boʻlinadi: 
-
fiksatsiya qilingan (yoki statik) marshrutlash algoritmi; 
-
oddiy marshrutlash algoritmi; 
- adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi. 

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish