33 -rasm
Brussning yog’ochlarini uzunligi 350 sm.ni tashkil etib, yog’och tuxumsimon ko’rinishga ega bo’ladi. Yog’ochlar poyaga maxkamlab qo’yilgan moslamalar, tirgovuchlarga sharnirda biriktirilgan bo’ladi. Yog’ochlarni poladan balandligi xalqaro musobaqalarda 200 sm.ni, mashg’ulotlarda va o’quv jarayonlarida 160-170 sm balandlikda o’rnatilib, ikkala yog’ochning oraliq masofasi 42-62 sm.ni tashkil etadi. (33-rasm).
Bruss (ayollar)
Ayollarga sport gimnastikasi bilan shug’ullanishlari uchun hozirgi kunda zamonaviy baland-past brusslar ishlab chiqilmoqda. Ayollar brussi pastki yog’ochi 130-170 sm, yuqori yog’ochi 190-250 sm balandlikda bo’ladi. Yog’ochning
uzunligi 240 sm.ni, yog’ochlar oralig’i 130-180 sm.ni tashkil etadi. Brussning old tomondan 5,5 m, yon tomondan 4 m oraliqdagi masofaga troslari tortib o’rnatiladi (34-rasm).
34-rasm
Yog’ochlarning balandligini, orlig’ini o’zgartirishda oyoq-qo’l bilan yog’ochni ushlab, ikkinchisi prujinani ushlab chiqariladi yoki mahkamlanadi.
Mashg’ulotlar oldidan yog’ochlara mahkamlagichlarining qanchalik mustahkamligi, tashqi sirtlarini tekisligi, shikastlanmaganligi tekshirilib ko’riladi.
Boshqa jihozlarda bo’lgani singari brussda ham ishchi mintaqalar mavjud bo’lib, ularni boshqa jihozlar bilan oraliq masofani va shug’ullanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratilishini ta’minlaydi.
Xulosa
Badiiy gimnastika serqirra sport turidir. Bu sport turi orqali juda ko‘p narsalarni ifodalab berish mumkin. Hozir siz bilan qanday qilib buni amalga oshirish mumkinligi haqida gap yuritamiz. Avvalo sportchi jisman tayyorlangan bo‘lishi lozim. So‘ngra mashqlarni texnik jihatdan mukammal ijro yetishi kerak. Masalan, odam oldin emaklashni, keyin tetapoya qilishni, yurishni va oxirida chiroyli qadam tashlab yurishni o‘rganadi. Shunday ekan, badiiy gimnastikada qizlarimizning jismoniy tayyorligi va o‘z ishiga fidoyiligi yutuqlarimiz asosidir. Hozirgi davrimizda sport turlari shu darajada yuqori cho‘qqilarga erishgan-ki, bunday natijalarga birgina iqtidor bilan erishib bo‘lmaydi. Faqatgina iqtidor, fidoyilik, mehnatsevarlik orqali biron natijaga erishish mumkin. Musobaqalarda sport ustalarining mahorat bilan chiqishlarini ko‘rib, tomoshabin ko‘pincha bu mahoratga qanchalik qiyinlik bilan uzoq vaqt mobaynida erishilganligini sezmaydi. Badiiy gimnastikada mahorat bu har bir harakatni aniq va musiqa bilan hamnafas bajarib tomoshabinga ma’lum fikrni yyetkazib bera olishdir. Sakrash, yugurish, burilish bularning hammasi badiiy gimnastika elementlaridir. Sakrash kiyik obrazida yoki xalqa bo‘lib bajariladi. Bu elementlar musiqaga mos ravishda ijro etiladi. Yana badiiy gimnastikada vosita bo‘lib xalq raqs elementlari ham ishlatiladi. Bundan yigirma yil muqaddam raqs elementlari gimnastikachi qizlarning chiqishlarida asos bo‘lsa, hozirgi davrda akrobatik elementlar, sport gimnastikasi elementlari va to‘p, cho‘qmor, gardish, arg‘amchi, tasma kabi buyumlarni mahorat bilan o‘ynatish dasturlarning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Lekin oz miqdorda bo‘lsa ham raqs elementlari chiqishlarda qo‘llaniladi. Ayniqsa, qizlarning qo‘llari orqali sevgi-muhabbat, qayg‘u-alam, inson qalbidagi his- tuyg‘ularni ifodalash mumkin. Ko‘rgazmali chiqishlarda mana shu elementlar orqali musiqaning ma’nosi tomoshabinga yetkaziladi. Hozirgi kunda ancha murakkab, serqirra mazmunga va ritmga ega bo‘lgan musiqalar qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |