I-bob. Antibiotiklar haqida umumiy tushuncha Antibiotiklar va ularning tarixi


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Download 42,61 Kb.
bet2/10
Sana07.07.2022
Hajmi42,61 Kb.
#754456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi antibiotiklar 2

Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Turli kasalliklarga qarshi kurashish uchun zarur antibiotiklarni ishlab chiqarish , hayvon va o’simlik mahsulotlari biomassasini oshirish, yem ozuqalaridan kam foydalanish uchun zarur bo’lgan antibiotiklarni o’rganish, ularni kimyoviy tuzulishini aniqlash va sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun eng qulay, samarali , arzon va xavfsiz ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish.
Kurs ishining tavsifi: Kurs ishi kirish, uch bob, olti paragraph, xulosa vafoydalanilgan adabiyotlardan iborat . Kurs ishida manbadan foydalanildi, ishda jadval, 4 ta rasm keltirilgan. Ishning asosiy hajmi betni tashkil etadi.

I-bob . Antibiotiklar haqida umumiy tushuncha

    1. Antibiotiklar va ularning tarixi


Antibiotiklar - bu mikroorganizmlarning ma'lum bir guruhlariga (viruslar, bakteriyalar, zamburug'lar, suv o'tlari) yoki xavfli o'smalarga nisbatan yuqori fiziologik faolligi bo'lgan mikroorganizmlarning va ularning modifikatsiyasining maxsus hayotiy mahsulotlari. Antibiotiklar haqidagi an'anaviy g'oyalar zamonaviy tibbiyot va veterinariya tibbiyotida keng qo'llanilishi bilan bog'liq. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikroblarga qarshi ta’sir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni oʻldiradi yoki oʻsishini toʻxtatadi. Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha ta’sir etadi. Mas, bir antibiotik ma’lum bir mikrobga kuchli ta’sir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz ta’sir qiladi yoki butunlay ta’sir qilmaydi; Antibiotiklarning koʻpchiligi faqat mikroblarni emas, balki odam, hayvon va oʻsimlik organizmini (toʻqima va hujayralarini) ham yemiradi. Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va oʻsimlikshunoslikda uning faqat zararli mikroblarni oʻldiradigan, ammo odam, hayvon va oʻsimlik organizmini yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotik preparat (tirotrisin)ni 1939-yilda Dyubo tuproqda yashovchi Bacillus brevis nomli bakteriyadan oldi. 1941-yilda ingliz olimi X. Flori bilan Antibiotiklar Fleming mogʻor zamburugʻi (Penicilium poshit)ning bulon filtratidan penitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajnikova 1942-yilda tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, Z. A. Vaksman 1944-yilda Streptomyces griseus nomli zamburugʻdan streptomitsin olishga muyassar boʻldi. Hozirgacha Antibiotiklarning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom ettirilmoqda. Amaliyotda faqat 10 – 20 tasi (penitsillin, streptomitsin, oksitetratsiklin, sefaloridin, eritromitsin, levomisetin va boshqalar) koʻllanilmoqda. Antibiotiklar turli mikroorganizmlarga bir qadar oʻziga xos ta’sir koʻrsatadi. Mac, penitsillin grammusbat mikroorganizmlarga, streptomitsin esa, aksincha, grammanfiy mikroorganizmlarga kuchliroq ta’sir etadi. Ta’sir doirasi keng Antibiotiklar, mas, tetratsiklinlar bir qancha bakteriyalarga qarshi ta’sir qiladi. Penitsillinning ta’siri mikrob hujayrasi devorining sintezini tormoz qilishga bogʻliq ekanligi ma’lum. Boshka bir kagor Antibiotiklar mikrob hujayrasida oqsillar va nuklein kislotalar biosintezining maxsus bosqichlariga aralashadi. Antibiotiklar stafilokokk va streptokokklar paydo qiladigan septik kasalliklar, zotiljam, ich terlama, toshmali terlama, vabo, sil kabi turli yukumli kasalliklarni davolash va oddini olish uchun kuchli vositadir. Ular ayniqsa nafas yoʻllari, me’da, ichak, siydik yoʻli va jinsiy a’zolar kasalliklarini davolashda yaxshi naf beradi. Ba’zi Antibiotiklar parranda, choʻchqa va buzoqlar oʻsishini tezlatish, ovqatning oʻzlashtirilishini orttirish maqsadida ularning asosiy ovqatiga qoʻshimcha qilib beriladi. Antibiotiklar hujayraga tanlab tormozlovchi ta’sir koʻrsatganidan biokimyoviy jarayonlarning ayrim bosqichlarini, hujayra oʻsishini ta’minlaydigan DNK, RNK, oqsillar va hujayra devori sintezi hamda funksiyasi orasidagi munosabatlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Ulardan oziq-ovqat sanoatida (konservalash) ham keng foydalaniladi.Qishloq xoʻjaligida – oʻsimliklarni zamburugʻli va bakterial kasalliklardan himoya qilish uchun ishlatiladi (qarang Mikrobiologik himoya usuli). Kasallik qoʻzgʻatuvchilarga ta’sir qilish tarziga qarab Antibiotiklar bevosita ta’sir etuvchi Antibiotiklar; kasallik qoʻzgʻatuvchilar ajratgan toksinlarni neytrallovchi Antibiotiklar; xoʻjayin oʻsimlikka ta’sir etuvchi Antibiotiklar; oʻsimlik tanasida yuqori faol moddalarga aylanadigan va oʻsimliklarning kasalliklarga chidamliligini oshiradigan (bilvosita ta’sirga ega) Antibiotiklarga boʻlinadi. Streptomitsin, terramitsin, digidrostreptomisin, grizeofulvin (grizovin), anizomitsin, omfoterpsin, filitsin va boshqa samarali Antibiotiklarga kiradi. Trixodermin gʻoʻzaning vertitsillyoz vilti va qishloq xoʻjaligi ekinlarining kasalliklari: himoyalangan tuproqsa bodring, pomidor ildiz chirishi, kartoshka rizoktoniozi, bugʻdoy gelmintosporiozi, makkajoʻxori qorakuyasi va boshqa qarshi kurashda ishlatiladi. Trixodermaning Toshkent shtammi asosida trixodermin olish texnologiya si ishlab chiqilgan. Adan dustlar bilan upalash va koʻchat materiallari (koʻchat, qalamcha, tuganak, urugʻ)ni eritmalarda hoʻllash bilan foydalaniladi. Antibiotiklar oʻsimlik tanasiga oson oʻtadi va tarqaladi, kuchsiz (0,1 – 0,01 – 0,001 va undan kam) konsentratsiyalarda ta’sir etadi. Antibiotiklar purkab ishlatilganda barglarga soʻrilishini kuchaytirish maqsadida eritmaga glitserin, sorbiton, dietilenglikol qoʻshiladi.

Download 42,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish