Antibiotiklar (anti ... va yun. bios — hayot) — ba’zi mikroorga-nizmlar (zamburug‘lar, bakteriyalar), hayvon to‘qimalari va ayrim yuksak o‘simliklar hayot faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan va turli xil mikro-blarning o‘sishi hamda rivojlanishi-ni to‘xtatadigan organik moddalar. A. terminini Amerika olimi 3. Vaksman mikroblarda hosil bo‘lib, boshqa mikro-blarga qarshi ta’sir etadigan modda-larga nisbatan taklif etgan. A. kasal-lantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni o‘ldiradi yoki o‘sishini to‘xtatadi. A. turli mikroblarga turlicha ta’sir eta-di. Mas, bir antibiotik ma’lum bir mikrobga kuchli ta’sir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz ta’sir qiladi yoki butunlay ta’sir qilmaydi; A.ning ko‘pchiligi faqat mikroblarni emas, bal-ki odam, hayvon va o‘simlik organizmini (to‘qima va hujayralarini) ham yemira-di. Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va o‘simlikshunoslikda uning faqat za-rarli mikroblarni o‘ldiradigan, ammo odam, hayvon va o‘simlik organizmini yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotik preparat (tirotri-sin)ni 1939 yilda Dyubo tuproqda yashovchi Bacillus brevis nomli bakteriyadan oddi. 5471941 yilda ingliz olimi X. Flori bilan A. Fleming mog‘or zamburug‘i (Penicilium poshit)ning bulon filtratidan pe-nitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajni-kova 1942 yilda tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, 3. A. Vaksman 1944 yilda Streptomyces griseus nomli zamburug‘dan streptomitsin olishga muyassar bo‘ldi. Hozirgacha A.ning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom ettirilmoqda. Amaliyotda faqat 10 — 20 tasi (penitsil-lin, streptomitsin, oksitetratsiklin, sefaloridin, eritromitsin, levomi-setin va boshqalar) ko‘llanilmoqda. A. turli mikroorganizmlarga bir qadar o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Mac, penitsil-lin grammusbat mikroorganizmlarga, streptomitsin esa, aksincha, grammanfiy mikroorganizmlarga kuchliroq ta’sir etadi. Ta’sir doirasi keng A., mas, te-tratsiklinlar bir qancha bakteriyalarga qarshi ta’sir qiladi. Penitsillinning ta’siri mikrob hujayrasi devori-ning sintezini tormoz qilishga bog‘liq ekanligi ma’lum. Boshka bir kagor A. mikrob hujayrasida oqsillar va nukle-in kislotalar biosintezining maxsus bosqichlariga aralashadi. A. stafilo-kokk va streptokokklar paydo qiladigan septik kasalliklar, zotiljam, ich ter-lama, toshmali terlama, vabo, sil kabi turli yukumli kasalliklarni davolash va oddini olish uchun kuchli vositadir. Ular ayniqsa nafas yo‘llari, me’da, ichak, siy-dik yo‘li va jinsiy a’zolar kasallikla-rini davolashda yaxshi naf beradi. Ba’zi A. parranda, cho‘chqa va buzoqlar o‘sishini tezlatish, ovqatning o‘zlashtirilishini orttirish maqsadida ularning asosiy ovqatiga qo‘shimcha qilib beriladi. A. hujayraga tanlab tormozlovchi ta’sir ko‘rsatganidan biokimyoviy jarayonlar-ning ayrim bosqichlarini, hujayra o‘sishini ta’minlaydigan DNK, RNK, oqsillar va hujayra devori sintezi hamda funksiyasi orasidagi munosabat-larni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Ulardan oziq-ovqat sanoatida (konserva-lash) ham keng foydalaniladi.Qishloq xo‘jaligida — o‘simliklarni zamburug‘li va bakterial kasalliklar-dan himoya qilish uchun ishlatiladi (q. Mikrobiologik himoya usuli). Kasallik qo‘zg‘atuvchilarga ta’sir qilish tarzi-ga qarab A. bevosita ta’sir etuvchi A.; kasallik qo‘zg‘atuvchilar ajratgan tok-sinlarni neytrallovchi A.; xo‘jayin o‘simlikka ta’sir etuvchi A.; o‘simlik tanasida yuqori faol moddalarga aylana-digan va o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini oshiradigan (bilvosita ta’sirga ega) A.ga bo‘linadi. Strepto-mitsin, terramitsin, digidrostreptomi-sin, grizeofulvin (grizovin), ani-zo-mitsin, omfoterpsin, filitsin va boshqa sa-marali A.ga kiradi. Trixodermin g‘o‘zaning vertitsillyoz vilti va qishloq xoʻjaligi ekin-larining kasalliklari: himoyalangan tuproqsa bodring , pomidor ildiz chiri-shi, kartoshka rizoktoniozi, bug‘doy gel-mintosporiozi, makkajo‘xori qorakuyasi va boshqa qarshi kurashda ishlatiladi. Tri-xodermaning Toshkent shtammi asosida trixodermin olish texnologiya si ish-lab chiqilgan. Adan dustlar bilan upalash va ko‘chat materiallari (ko‘chat, qalamcha, tuganak, urug‘)ni eritmalarda ho‘llash bilan foydalaniladi. A. o‘simlik tana-siga oson o‘tadi va tarqaladi, kuchsiz (0,1 — 0,01 — 0,001 va undan kam) kon-sentratsiyalarda ta’sir etadi. A. purkab ishlatilganda barglarga so‘rilishini ku-chaytirish maqsadida eritmaga glitserin, sorbiton, dietilenglikol qo‘shiladi.
Tuproqda, havoda va suvda ko’p miqdorda mikroorganizmlar yashaydi. Ularning bir qismi bir-biri bilan birga tinch yashashi, o’sish va rivojlanishda bir-biriga yordam berishi mumkin. Bu biologik hodisa metabioza—organizmlarning o’zaro yordami deb ataladi.
Mikrodunyoda antibioza hodisalari mikroblarning bir-biriga qarshi, bir-birini yo’qotishga harakat qiladigan hodisalari ko’p uchraydi. Bunda ba’zi mikroorganizmlar hayot faoliyati — o’sishi va rivojlanishi davomida boshqa bakteriyalarni o’ldiradigan moddalar ishlab chiqaradi va tevarak-atrofga ajratib chiqaradi. Mikroblarning o’sishini kamaytiruvchi va hatto ularni o’ldirishi mumkin bo’lgan biologik moddalar antibiotiklar(grekcha anti—qarshi va bioz—hayot, ya’ni mikroblar hayotiga qarshi degan ma’noni bildiradi) deb ataladi. Mog’or zamburug’lari ishlab chiqaradigan (penitsillin) aktinomitsetlar (gramitsidin) shuningdek, yuqori o’simliklar ishlab chi-qaradigan (fitontsidlar) antibiotiklar ma’lum.
Birinchi marta mikroorganizmlarni va ularning modda almashinuv mahsulotlarini kasalliklarni davolash uchun XIX asrning oxirlarida L. Paster qo’lladi. So’ngra I. I. Mechnikov, G. Bushard, N. F. Gamaleya va boshqalar bu ta’limotni rivojlantirdilar. A. Fleming kasallik tug’diruvchi mikroblarni—stafilokokklarni o’rganayotganda oziqlanish muhitida stafilokokklar bilan birga mog’or zamburg’lari ham o’sganligini aniqladi, ko’pchilik bakteriyalar ular bilan birga ko’paya olmaydi. Bu hodisa mog’or zamburug’i qandaydir antibiotik modda ajratib chiqarishini ko’rsatdi va shu modda mog’or nomi bilan penitsillin deb ataldi. Keyinchalik E. B. Cheyn va P.D. Flori penitsillinni o’rganish bilan shug’ullandilar va uni kontsentrlash, tozalash hamda quritishga muvaffaq bo’ldilar. Buning natijasida penitsillin yiring hosil qiluvchi infektsiyalarga qarshi kuchli kimyo-terapevtik vosita ekanligi aniqlandi.
1942 yilda sovet olimlari 3. V. Ermoleva va T. I. Balezina birinchi sovet penitsillinni—krustozinin oldilar. Bu penitsillin Ulug’ Vatan urushi vaqtida yaralarni va bir qator boshqa kasalliklarni davolashda muvaffaqiyatli ravishda ishlatildi, keyinchalik streptomitsin, gramitsidin S, tetratsiklin, biomitsin, levomitsetin va boshqa antibiotiklar olindi. Agar 1945
yilda-30 tacha antibiotik ma’lum bo’lgan bo’lsa, hozirga vaqtda ularning soni mingtaga etdi. Ularning 50 dan ortig’i amalda ko’pchilik og’ir kasalliklarni davolashda, shuningdek, qishloq xo’jaligida, oziq-ovqat sanoatida (go’shtni konservalashda) ishlatilmoqda.
Quyida antibiotiklar guruxsining ba’zi asosiy vakillarini qisqacha bayon qilib o’tamiz. Penitsillin—Renicillium yashil mog’orning ba’zi turlari kulturasidan olinadigan antibiotik. Penitsillin ishlab chiqarish keng ko’lamda rivojlandi. Dastlab po’panakni ko’p mikdorda aktiv modda hosil qiladigan sharoitda o’stirish o’rganildi. So’ngra penitsillinning farmakologik va bakteritsid xossalari jihatdan penitsillindan farq qiladigan ko’pchilik hosila birikmalari sintetik yo’l bilan olindi.
Barcha pentsillinlar dipeptidlar bo’lib, ikkita aminokislota qoldig’idan — dimetiltsistein va atsetilserindan tarkib topgan. Penitsillinlar xossalariga ko’ra kislotalardir, ular po’panak kulturasidan natriyli va kaltsiyli tuzlar holida olinadi.
Penitsillinlar — beqaror moddalardir, ular qizdirilganda ishqor, kislota, oksidlovchilar, tuzlar, quyosh nuri ta’sirida oson parchalanib ketadi. Penitsillin G eng barqaror va bakteriostatik jihatdan eng aktividir. Kristall xolidagi penitsillin benzil penitsillinning kaliyli yoki natriyli tuzidir. U suvda yaxshi eriydi, organizmga tez so’riladi va organizmdan tez chiqarib tashlanadi. Penitsillinning ta’sirini uzaytirish uchun odatda u novokain bilan birga yuboriladi.
Penitsillinni o’rganish va uni qo’llash (ayniqsa, ikkinchi jahon urushi yillarida) soxasida olimlar tomonidan to’plangan tajribalar, boshqa antibiotiklarni qidirishga qiziqish uyg’otdi. Sovet olimlari N. A. Krasilnikov va A. N. Korenyako aktinomitsetdarni — nur taratuvchi zamburug’larni o’rganib, ular kuchli bakteritsid ta’siriga ega bo’lgan moddalar hosil qila olishi mumkinligini aniqladilar. 1943 yilda amerikalik olim 3. Vaksman zamburug’ Streptomuses grisens mahsulotlaridan birinchi marta streptomitsin ajratib oldi. Bu kuchli ta’sir etuvchi antibiotik bo’lib sil, vabo, ko’k yo’tal, meningit va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Streptomitsin S21N39 N7,O12 ikkita struktura zlementlardan—streptitsin—azotli asos va streptobiozamin—disaxarid turida tuzilgan va metilglyukozaminning pentoza bilan birikmasi bo’lgan moddadan tarkib topgan
Sanoatda streptomitsin penitsillin kabi biokimyoviy yo’l bilan olinadi.
Streptomitsinning kamchiliklaridan biri uning zaharli
ekanligidir. U ta’sir etuvchi mikroorganizmlar bu moddaga
juda tez o’rganib qoladi, shundan keyin streptomitsin bilan da-
volash terapevtik effekt bermaydi.
Levomitsetin va sintomitsin. Penitsillin va streptomitsindan keyin meditsinada boshqa antibiotiklar, jumladan xloramfenikol (sinonimi — levomitsetin va uning ratsemik formasi - sintomitsin) ham ishlatila boshlandi. Levomitsetinni 1947 yilda tuproqdan P.Erlix (Venesuela) zamburug’ Streptomyces Venesuelas kulturasining suyuqligidan ajratib olgan. Xloramfenikol sanoatda kimyoviy sintez bilan, ko’pincha, stiroldan olinadi.
Sintomitsin levomitsetinga nisbatan uncha toza bo’lmagan mahsulot. Bundan tashqari, uning bakteritsid xossalari ham yomonroq. Shuning uchun sanoatda ko’proq levomitsetin ishlab chiqarildi. Levomitsetin S11 N12 O5 N2 S12 aromatak qator birikmasi, tarkibida p—nitrofenil va dixloratsetil guruxlari bo’ladi:
Levomitsetin kimyoviy tuzilishiga ko’ra penitsillin va streptomitsindan ancha oddiy. U achchiq ta’mli hidsiz, suvda yomon eriydigan quyi spirtlarda (metil, etil), atsetonda yaxshi eriydigan deyarli rangsiz oq kristall kukun. Kukun holida ham, eritma holida ham saqlanganda o’zgarmaydi. Unchalik zaharli emas. Levomitsetin faqat kasallik tarqatuvchi bakteriyalargagina ta’sir etmay, balki tepkili terlamani qo’zg’atuvchilarga, shuningdek, ba’zi bir viruslarga ham ta’sir etadi. Bundan tashqari aureomitsin, biomitsin, terramitsin, tetratsiklin va tetratsiklinlar guruxsiga kiruvchi boshqa antibiotiklar ham keng qo’llanilmoqda. Hozirgi kunda ampitsilin, ampioks, tsefozalin va boshq. kabi antibiotiklar qo’llanilmoqda. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, insoniyatga ma’lum bo’lgan dorilar ichida antibiotiklar eng zaharli hisoblanar ekan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, aynan shu antibiotiklar ta’sirida (MDH) da qisqacha tarixiy davr ichida aholiniig kasallanishi va o’limi keskin kamaydi. Bolalar o’limi MDHda 11 marta kamaydi. Masalan, 1970 yilda har 1000 ta tug’ilgan boladan 25 tasi , 2000 yilda 5 tasi nobud bo’lgan, vaholanki 1913 yilda har 1000 ta tug’ilgan boladan 269 tasi bir yoshgacha etmay o’lib ketar edi. Hayot tubdan o’zgarganligi, xalqning moddiy va madaniy darajasi o’sganligi hamda zamonaviy meditsinaning yutuqlari tufayli xalqlarning o’rtacha umr ko’rishi Ulug’ Vatan urushidan ilgari 32 yil bo’lsa hozirda 70 yilga etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |