I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining rivojlanish bosqichlari



Download 0,83 Mb.
bet6/20
Sana07.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#753992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Muxlisaga

To’rtinchi davr - ultra qisqa to'lqin antennalarining rivojlanish davri (1935 yildan). Aloqa va televizion eshittirish uchun amaliyotga metrli to'lqinlarning joriy etilishi antenna qurilmalari tehnikasiga ahamiyatli o'zgarishlar kiritmadi, Qisqa to'lqinlarda bo'lgani kabi, yarim to'lqinli dipollar kombinasiyasi qo'llanilgan. Biroq, televizion antennalarning yo'nalganlik diagrammasi va keng polosaligiga qo'yiladigan o'ziga hos talablar qisqa to'lqinlarda analogi bo'lmagan maxsus antennalar yaratilishiga olib keldi.
Urushdan oldingi yillarda qat'iy maxfiylik sharoitida radiotehnikaning, yangi antenna qurilmalar talab qiladigan, desimetrli va santimetrli to'lqin diapazonlari tez o'zlashtirish imkonini beradigan radiolokasiya turi qo'llanilishga tayyorlangan edi. Ikkinchi jahon urushi ohiri kelib, santimetrli to'lqin tehnikasi keng tarqalgan edi. To'lqinlarning bu diapazonida polli to'lqin o'tkazgich, ko'zgusimon, linzali, ruporli va tirqishli antennalar qo'llanila boshlandi, ularning ishlash prinsipi optika va
akustikadan o'zlashtirilgan edi.
Urushdan keyingi yillarda yangi aloqa turi - radiorele liniyasi paydo bo'ldi.
U antenna va to'lqinli traktdan keng polosali signal buzilmasdan uzatilishi va past darajali yaproqlar bilan o'tkir yo'nalgan nurlanishni talab qildi.
Troposfera va Ionosferada desimetrli va santimetrli diapazondagi radioto'lqinlar sochilishidan foydalaniladigan aloqaning yangi turlari, shuningdek, radioastronomiyaning rivojlanishi va kosmik ob'ektlar bilan radioaloqaning vujudga kelishi juda uzun to'lqin diapazonida santimetrli to'lqin antennalarini qurish prinsiplari yuzaga kelishiga imkon yaratdi.
UQT diapozoninini o'zlashtirish antennalar nazariyasi tubdan qayta ko'rib chiqilishini talab qildi. Shu kungacha nurlanish nazariyasi bir nechta kanonik shaklga keltirildi, antennalar parametrlarini aniqlash nurlanish imkoniyatini bartaraf etadigan uzun liniyalar nazariyasi asosida tahminiy metodlar bilan amalga oshirildi.
Tebratgichlar diametri to'lqin uzunligiga o'hshash bo'lganda, metrli va desimetrli to'lqinlarga o'tish bilan, simmetrik tebratgich to'g’risidagi masalalarni hal etish, elektrodinamikaning qat'iy metodlari jalb qilinishini taqazo etdi. Optikada ko'pgina antennalar va UQT to'lqin o'tkazgichlarining prototipi mavjud bo'lsa ham, optik metodlarni antenna qurilmalari nazariyasiga bevosita o'tkazish imkoni bo'lmagan. Optikada ob'ektlar o'lchami to'lqin uzunligidan katta hisoblanadi. Antenna-to'lqin o'tkazgichli tehnikada bu kattaliklar o'lchanadi, bu esa, qat'iy metodlar qo'llashni talab etadi. Hozirgi vaqtga kelib antenna nazariyasi, har qanday yaqinlashishni kiritmasdan elektrodinamikaning elektromagnit maydon tenglamalari bilan ishlaydigan eng rivojlangan sohasi hisoblanadi. Zamonaviy antenna nazariyasida boshqa yangi soha, yo'nalganlik harakteristikalarini va antennaning boshqa parametrlarini tahlil qilishdan optimal harakteristikali antennalarni sintez qilishga o'tish hisoblanadi. UQTga o'tish bilan amalda antenna o'lchamlariga cheklashlarga o'rin qolmadi, shu bilan birga ularning bir qator parametrlariga juda qat'iy talablar qo'yila boshlandi. Turli harakteristikalarga ega antenna qurilmalari tiplarining soni ham ancha oshdi. Bu antennaning yangi tiplarini tahlil qilishdan tashqari, mumkin bo'lgan eng yahshi harakteristikalarga ega bo'lgan antenna qurilmalari qurish vazifasi hal etilishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtda fazalangan antenna panjaralari va elektromagnit to'lqinning, uning tezligini kamaytiruvchi muhitga yoki tuzilmaga «yopishish» hodisasidan foydalaniladigan o'zakli va yassi tipdagi yuza to'lqin antennalari keng qo'llanila boshladi. Yahshi qabul qilish uchun o'zining yo'naltirilgan hossalarini o'zgartiradigan «intellektual» antennalar paydo bo'ldi.
Zamonaviy antenna-to'lqin o'tkazgich tehnikasida yuqori chastotali magnitodielektriklar - ferritlar muhim o'rin tutadi. Ular nurlanish elektr boshqariladigan antennalarni va to'lqin o'tkazgichli traktning bir qator yangi elementlarini: ventillar (bitta yo'nalishning o'tkazuvchi to'lqini), faza aylantirgichlar, qutblanish tekisligini aylantirgichlar, qirkulyatorlar va boshqalarni yaratish imkonini berdi.
Sirt nurlanishlar zamonaviy antennalarida, ferrit elementlar va antenna-to'lqin o'tkazgichli traktning boshqa qurilmalarida sodir bo'ladigan hodisalarning murakkabligi, antenna tehnikasini yanada rivojlantirishda uchun nazariya ahamiyatini oshirish imkonini berdi.[16]

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish