Oraliq dasturiy ta'minot (Wireless middleware). Oraliq dasturiy ta'minot foydalanuvchining kompyuter qurilmasi va ilova dasturiy ta'minoti yoki serverdagi ma'lumotlar bazasi orasida oraliq ulanishni amalga oshiradi (2.4-rasm).[7]
Oraliq dastur simli tarmoqqa ulangan qo'shimcha kompyuterda (oraliq shlyuzida) bajariladi. U foydalanuvchining kompyuter qurilmasi va serverlar orasida aylanuvchi paketlarni ishlaydi. Bu dasturiy ta'minot simsiz tarmoqda samarali va ishonchli bog’lanishni yaratishga imkon beradi, chunki ma'lumotlar bazasiga ulanish va ilovalarning dasturiy ta'minoti bilan o'zaro aloqa yanada ishonchli simli tarmoq orqali amalga oshiriladi. Ba'zida bu tehnologiyani chidamli bog’lanish (session persistence) deb atashadi.
Taqsimlangan tizim. Simsiz tarmoq kamdan-kam to'la ma'noda simsiz ishlatiladi. Tarkibida ko'pincha simli ulanishlar bo'lgan taqsimlovchi tizim odatda foydalanish nuqtalarini, foydalanish kontrollerlarini va serverlarni bir butunga birlashtirish uchun zarur bo'ladi. Aksariyat hollarda taqsimlovchi vazifasini oddiy Internet tarmog’i bajaradi.
3. Simsiz tarmoq qurilmalarining klassifikasiyasi
Simsiz tarmoq qurulmalari kompyuterlararo, tarmoq va boshqa mahsus tarmoq uskunalari orasida radiokanallar orqali axborot uzatishga mo'ljallangan.
1990 yillar boshida radiosignallarni kodli (raqamli) modulyasiyalovchi qurilmalardan keng foydalanila boshlashgan. Radiosignallarni kodli modulyasiyalash ularning spektrini kengayishiga va amplitudalarini shovqin darajasigacha kamayishiga olib keladi. Shuning uchun ham bunday qurilmalar keng polosali shovqinsifat tizim (KSHT) nomini oldi. Keng polosali simsiz aloqa tehnologiyasi yuqori sifatli va ishonchli kommunikasiyani, sanoat shovqinlariga va tabiiy ob-havo sharoiti noqulayliklariga bardoshlilikni kafolatlaydi. Bunday tizimlarning yuqori samaradorligi radioaloqada inqilobiy o'zgarishlarni va turli maqsaddagi samarador va ishonchli simsiz tarmoqlarning qurilishiga olib keldi.
Simsiz aloqaning bugungi holati IEEE 802.11 standarti orqali aniqlanadi. Standartning ishlab chiqilishi va rivojlantirilishi bilan Lucent Technologies kompaniyasi tomonidan Vik Heys (Vic Hayes) raisligi ostida Elektronika va Elektrotehnika Injenerlari Instituti (Institute of Electrical and Electronic Engineers, IEEE) standartlash qo'mitasining simsiz lokal tarmoqlari ishchi guruhi (Working Group for Wireless Local Area Networks) shug’ullanadi. Ishchi guruhda 100 ta hal qiluvchi va 50ta muhokama qiluvchi ovozga ega a'zolar bor. Ular deyarli barcha qurilma ishlab chiqaruvchilarning, shuningdek tadqiqot markazlari va universitetlarning vakillaridirlar. Yiliga to'rt marta guruh plenar yig’ilishida ishtirok etadi va standartni mukammallashtirish maqsadida qarorlar qabul qiladi.
Bir necha simsiz aloqa standartlari mavjud: 802.11a, 802.11b i 802.11g. Bu standartlarga muvofiq ravishda turli qurilmalar ishlab chiqilgan. 802.11 simsiz aloqa standartlar oilasi bir-biridan avvalo maksimal uzatish tezliklari bilan farq qiladi. Hususan, 802.11b standarti 11 Mbit/s maksimal tezlikka ega bo'lsa, 802.11a va 802.11g da maksimal uzatish tezligi 54 Mbit/s gacha. Bundan tashqari, 802.11b va 802.11g standartlarida bir hil 2,4 - 2,4835 GGs diapazondagi chastotalarning ishlatilishi ko'zda tutilgan bo'lsa, 802.11a standarti 5,15-5,35 GGs diapazonni ishlatadi.
Shuni ta'kidlash joizki, 802.11g standarti 802.11b standarti bilan to'liq mos, ya'ni 802.11b standarti 802.11g standartining to'plamostisi hisoblanadi. Shuning uchun 802.11g qurilmalari bilan jihozlangan simsiz tarmoqda 802.11b standarti simsiz adapteriga ega mijozlar ishlay oladilar va aksincha. Hullas, bunday aralash tizimlarda bir ko'rinmas jihati bor. Agar biz aralash tarmoq bilan ishlayotgan bo'lsak, ya'ni tarmoqning ba'zi mijozlari 802.11g adapterlarini, ba'zilari 802.11b adapterlarini ishlatsalar, tarmoqning barcha mijozlari 802.11b standartini ishlataydilar. Bundan tashqari, agar tarmoqning barcha mijozlari bir xil 802.11g protokolini ishlatsalar bu tarmoq gomogen hisoblanadi va bu tarmoq tezligi mijozlari turli protokollarni ishlatadigan (802.11b, 802.11g) tarmoq tezligidan sezilarli ravishda katta bo'ladi. Gap shundaki, 802.11b mijozlari 802.11g mijozlarini “eshitmaydilar”. Shu sababli turli protokollarni ishlatadigan tarmoqlarda mijozlarning tarmoqqa birgalikda ulana olish imkonini ta'minlash maqsadida ulanish nuqtalarida himoya mehanizmlari ishlab chiqilishi kerak. Himoya mehanizmlari ishlatilishi natijasida aralash tarmoqlarda real uzatish tezligi yanada kam bo’ladi.
Shuning uchun simsiz aloqa qurilmasi tanlovida bir hil standartdagi qurilmalarni tanlash maqsadga muvofiq. 802.11b protokoli bugungi kunda eski hisoblanadi, shuningdek bu standartning uzatish tezligi ham bugungi kun uchun ancha past. Shunday ekan, 802.11g standarti qurilmalarining tanlovi maqsadga muvofiq.
Xulosa qilsak, simsiz tarmoq infrastrukturasi foydalanuvchilar va ohirgi tizimlarning o'zaro simsiz aloqalarini ta'minlaydi. Uni bazaviy stansiyalar, foydalanish kontrollerlari, ulanish o'rnatilishini ta'minlovchi ilovalarning dasturiy ta'minoti va taqsimlovchi tizim tashkil etishi mumkin.
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki hatto kontinent masshtabida foydalanishni ta'minlash bilan ishlanishini ta'minlaydi. Iqtisodiy mulohazalarga tayangan holda, telekommunikasiya kompaniyalari ko'pgina foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta'minlovchi simsiz global tarmoqning nisbatan qimmat infrastrukturasini yaratadilar. Bunday echimning harajati barcha foydalanuvchilar o'rtasida taqsimlanadi, natijada abonent to'lovi unchalik yuqori bo'lmaydi. Ko'pgina telekommunikasiya kompaniyalarining kooperasiyasi tufayli simsiz global tarmoqlarining ta'sir doirasi chegaralanmagan. [5]
Do'stlaringiz bilan baham: |