2. Simsiz tarmoqlar infrastrukturasi
Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan komponentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot havo muhiti (medium) orqali uzatishga yaroqli ko'rinishga o'zgartirilishi lozim.
2.1-rasmda simsiz tarmoqlarda ishlatiladigan komponentlarning asosiylari ko'rsatilgan. Ularga foydalanuvchilar, kompyuter qurilmalari, bazaviy stansiyalar va simsiz infrastruktura kiradi.
Foydalanuvchilar. Simsiz tarmoq foydalanuvchiga hizmat qilishligi sababali, foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o'zi tugallaydi. Shu sababli unga "ohirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi. Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o'zaro aloqani ta'minlash bilan bir qatorda, muayyan ilovalar bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter qurilmalari (computer device) bilan ish ko'radi.
Mobillik - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, mobillik hususiyatidan qandaydir bino bo'yicha harakatlanuvchi va o'zining PDAsi
yordamida elektron pochtani oluvchi yoki jo'natuvchi odam foydalanadi. Bu holda PDA simsiz tarmoq infrastrukturasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi ulanishni ta'minlashi lozim.
Ba'zi foydalanuvchilarga faqat kompyuter qurilmasining portativligi zarur, ya'ni ular vaqtning ma'lum oralig’ida simsiz tarmoq bilan ishlaganida bir joyda bo'ladilar. Bunday foydalanishga misol tariqasida majlislar zalida simsiz tarmoqqa ulangan noutbukda ishlovchi hodimni ko'rsatish mumkin.
Kompyuter qurilmalari. Kompyuter qurilmalarining (ba'zida ularni mijozlar deb atashadi) ko'pgina hillari simsiz tarmoq bilan ishlay oladi. Ba'zi kompyuter qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo'lsa, boshqalari ohirgi tizim hisoblanadi. 2.2-rasmda simsiz tarmoqlarning kompyuter qurilmalari keltirilgan.
Mobil ilovalar ishini ta'minlash va odamlarga o'zlari bilan uzoq vaqt mobaynida olib yurishlarida qulaylik tug’dirish uchun kompyuter qurilmalari ihcham bo'lishi lozim. Odatda, ular katta bo'lmagan ekranga, kam sonli tugmachalarga va o'lchamlari kichik batareyaga ega. Kompyuter qurilmalari mobillikka ega bo'lgan holda faqat ba'zi ilovalarni madadlaydi. Nisbatan yuqori harakteristikalarni talab etuvchi ilovalarni bajarishda katta ekranga va katta klaviaturaga ega bo'lgan o'lchamlari katta kompyuter qurilmalaridan foydalaniladi. Ammo ular massasining kattaligi va bir joydan ikkinchi joyga ko'chirishning noqulayligi muammo hisoblanadi. Simsiz tarmoqlarning kompyuter qurilmalari serverlar, ma'lumotlar bazasi va Web-uzellar kabi ohirgi tizimlarni ham o'z ichiga oladi. [8]
Foydalanuvchilar mavjud kompyuter qurilmalarini simsiz tarmoqda ishlatish uchun (masalan, simsiz tarmoq interfeysi platasini noutbukka o'rnatish orqali) moslashtirishlari mumkin. Tarmoq interfeysi platasi yoki tarmoq adapteri (network interface card) kompyuter qurilmasi va simsiz tarmoq infrastrukturasi orasida interfeysni ta'minlaydi. Bu plata kompyuter qurilmasi ichiga o'rnatiladi, ba'zida tashqi tarmoq adapteri ham ishlatiladi. Bunday adapterlar, ishga tushirilishi bilan kompyuter qurilmasi tashqarisida qoladi.
Kompyuter qurilmalari Windows-XP, Linux yoki MAC OS kabi operasion tizimga ham ega bo'lib, bu operasion tizim simsiz tarmoq ilovalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minotni ishga tushiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |