I bob an`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari



Download 455,3 Kb.
bet2/6
Sana23.07.2022
Hajmi455,3 Kb.
#842473
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Chizmachilik fanini o\'qitishning ananaviy o\'qitish usullarining afzalliklari va kamchiliklari

Kurs ishining maqsadi: Talabalarga chizmachilikni o’qitishning an’anviy talim metodi haqida umumiy ma'lumotlar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirish, ular yordamida dasturi tuzishni va uni o‘qiy olishni o‘rgatish orqali talabalarni chizmachilik fanlariga qiziqishlarini yanada oshirish.
Kurs ishining vazifasi: bo’lajak chizmachilik o’qituvchilariga an’anviy talim metodi bo’yicha tayyorgarlik tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‘rganish va tahlil qilish; -talabalarga turli loyihalarni tasvirlashdagi o’ziga xos xususiyatlarni va ularning turlari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish; - talabalarning mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma va malakasini shakllantirish.
Kurs ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Chizmachilik” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga nazariy va amaliy ta’lim berish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Bo‘lajak muhandislarni tayyorlash
bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning chizmachilik muhandisligi ilmini egallash
jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rt paragraf,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib jami 30 sahifani tashkil etadi
I BOB AN`ANAVIY VA NOAN`ANAVIY O`QITISH MODELLARI.

    1. An`anaviy darsning afzalliklari

An`anaviy dars — muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars — ko`p hollarda ta`lim jarayonining birdan bir metodi bo`lib qolmoqda.
Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi. Shu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli deb ham atashadi.
An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo`lib, o`quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar.
O`tilgan materialni takrorlash; darsning maqsadini tushuntirish; yangi darsning mavzusi va mashg`ulot rejasi bilan tanishtirish.
Yangi mavzuni yoritish. Yangi mavzuni kichik — kichik bo`lakchalarga bo`lib berish; rang —barang misollarni imkoni boricha ko`rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani ta`minlash.
«Teta—poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o`quvchilar bilan qadamba — qadam hal qilish va tahlil qilish: Yo`naltirib turiluvchi mashq. O`quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o`qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi. Mustaqil bajariladigan mashq. O`quvchilar mashqni mustaqil holda o`qituvchi yordamisiz bajarishadi.
O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. Nazorat savollari bilan murojaat etish va mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlash. Dars mavzusining asosiy tushunchalarini va o`quv maqsadlarini jamlash.
Ko`rinib turibdiki, an`anaviy dars mashg`ulotida barcha dars bosqichlari qadamba-qadam amalga oshiriladi va hech qanday g`ayrioddiylik mavjud emas. Bu o`quvchini darsga bo`lgan ishtiyoqining sustligini va dars o`tishdagi bir xillikni ta`minlaydi. SHunday bo`lsada, an`anaviy o`qitishda o`ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjuddir. Zero, an`anaviy ta`lim metodlari quyidagi afzalliklarga ega.
Ma`lum ko`nikmalarga ega bo`lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni o`rganishda foydali ekanligi. Bu an`anaviy ta`limda ilmiylik tamoyilining amal qilayotganligi va o`quvchida tizimli bilimlarning hosil bo`layotganligidir.
O`qituvchi tomonidan o`qitish jarayonini va o`qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi, ta`limning tarbiyaviy xarakterini ifodalaydi. Bunda talabalar sust ishtirok etsalar ham, dars mashg`ulotida ular yuqori intizom na`munalari ko`rsatadilar. Vaqtdan unumli foydalanish natijasida barcha mashg`ulot bosqichlarining to`liq amalga oshishi va vaqt taqsimotining izchillik bilan namoyon bo`lishi kuzatiladi.
An`anaviy ta`lim metodlari bugungi kunda qator kamchiliklarga ham egaki, bu o`quv jarayonida noan`anaviy ta`lim metodlarini qo`llash ehtiyojlarini paydo qiladi. Bu kamchiliklar quyidagilardir. O`quvchilar passiv ishtirokchi bo`lib qoladilar, dars mashg`uloti markazida hamda asosiy boshqaruvchilik rolida o`qituvchining turganligi bunday passivlikka olib keladi. O`qituvchining to`la nazorati barcha o`quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi. CHunki, o`quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xatti-harakatlar qat`iy talab asosida sodir bo`ladi. Bu o`quvchida ijodiy tashabbusni uyg`otmaydi. O`quvchilar o`qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydilar. CHunki, har bir dars bosqichi muayyan qoidalarga asoslanganligi va bu bosqichlar o`qituvchining ixtiyorida sodir bo`layotganligi muloqotning har xil shakllarini namoyon bo`lishiga ehtiyoj tug`dirmaydi. Eslab qolish darajasi hamma o`quvchilarda bir —xil bo`lmaganligi sababli, sinf bo`yicha o`zlashtirish darajasi past bo`lib qolishi mumkin. Ya`ni, an`anaviy ta`limda mashg`ulotga va bilish jarayoniga o`quvchilarni qiziqtiruvchi har xil uslublarni, xotirani mustahkomlovchi o`yinli texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mazkur oqibatlarni keltirib chiqaradi. Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi tabiiy ravishda yangi g`oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga keltirmaydi. O`qitishning noan`anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin. Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi.
Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod. Hamkorlikda o`rganish modeli—o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko`zda tutadigan metod. O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo`naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod. Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o`quvchi bo`lgan) o`qitish metodlarning afzalliklari: O`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kelishi. O`z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi. Tushunchalarni amaliyotda qo`llash uchun sharoitlar yaratilishi. O`qitish usullarining turli xil ko`rinishlari taklif etilishi. Motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi. O`tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
Muloqotga kirishish ko`nikmasining takomillashishi. O`z-o`zini baholashning o`sishi. O`quvchilarning predmetning mazmuniga. o`qitish jarayoniga bo`lgan ijobiy munosabati. Mustaqil fikrlay oladigan o`quvchining shakllanishiga yordam berishi. Nafaqat mazmunini o`zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi. Muammolar yechish ko`nikmalarining shakllanishi. Noan`anaviy o`qitish metodlari quyidagi kamchiliklarga egadir. Mashg`ulotga tayyorgarlik uchun juda ko`p vaqt talab etilishi. O`quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi. Juda murakkab mazmundagi material o`rganilayotganda ham o`qituvchi ro-lining past bo`lishi. «Kuchsiz» o`quvchilar bo`lganligi sababli «kuchli» o`quvchilarning ham past baho olishi. O`qituvchining o`zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko`nikmalariga ega bo`lishining talab etilishi. Shunday qilib, bugungi kunda dars mashg`ulotlarida ham an`anaviy, ham noan`anaviy o`qitish modellaridan foydalaniladi. Bunda mavzuning xususiyatiga, o`zlashtiriladigan materialning mazmuniga va o`quv maqsadlarining tarkibiga va nazorat tizimining qanday tashkil etilish jihatlariga e`tibor beriladi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, an`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli — tuman o`quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini ko`tarilishiga olib kelar ekan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag`batlantirilib turilishi, o`quv materialini kichik — kichik bo`laklarga bo`lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o`yinlar metodlarini qo`llash, rang—barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o`quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang — barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.
Dars maktabda o’quv ishlarini tashkil qilishning asosiy shakli
Hozirgi paytda o’quv ishlarini tashkil etishning quyidagi shakllari qo’llanadi: dars, ekskursiya, o’quv ustaxonalaridagi mashg’ulotlar, mehnat va ishlab chiqarish ta'limi shakllari, uy ishlari, sinfdan tashqari o’quv ishlarining shakllari (predmet to’garaklari, studiyalar, olimpiadalar, tanlovlar).
Darsning tashkiliy shakllari. Pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotida darsdagi ishlarni tashkil etishning asosan uchta: yakka tartibdagi, umumiy va guruhiy shakllari qabul qilingan.
O’quvchilar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar rejasini quyidagi yo’sinda tuzish mumkin:
- dastlab mustaqil ishlarni o’tkazish hamda o’quvchi yashaydigan va o’qiydigan sharoitlarni tahlil qilish orqali uning imkoniyatlarini o’rganish;
- o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik vositalarini yaratish;
- har bir o’quvchi uchun eng maqbul topshiriqlarni hamda bilim olishi va kamol topishi nazorat qilish sistemasini belgilash, o’quvchini o’z vaqtida murakkabroq masalalarni hal qilishga o’tkazish, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va umumlashtirish, tuzatish va xulosalar chiqarish.
O’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli. Umumiy shakl darsda, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining shunday turidirki, unda o’quvchilar hammalari uchun umumiy bitta ishni baravar bajaradilar. Olingan natijalar sinf bo’yicha muhokama qilinadi, taqqoslanadi va umumlashtiriladi. Ommaviy ta'lim sharoitida o’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli g’oyat muhimdir. U bolalarda jamoatchilik hissini tarbiyalash, ularni mulohaza yuritishga, o’quvchilarning mulohazalaridagi xatolarni topishga o’rgatish imkonini beradi. To’g’ri rahbarlik qilinsa, bolalarning o’quv imkoniyatlari aniqlansa, sinfda turli muammolarni muhokama etish juda samarali tadbir hisoblanadi. Bu tadbir o’qituvchidan hamma o’quvchilarning fikrlashiga mos ishni topish mahoratini, ularning istaklarini tinglay olishni talab qiladi.
Darsning umumiy shaklida ko’zlangan maqsadlar bo’yicha va ayniqsa, o’quvchilarda dalillar bilan muhokama yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishda ajoyib natijalarga erishish mumkin. Agar bolaning o’quv imkoniyatlari to’g’ri baholansa, darsni tashkil qilishning umumiy shakli o’quvchilarga yakka tartibda yondashishdan keng foydalanish imkonini ham beradi. O’qituvchi ulardan o’z imkoniyatlariga bog’liq holda turli darajadagi umumlashmalarni so’raydi. Shu tariqa o’quvchilarning tinglashlari ham, o’z bilimlari va fikrlarini o’rtoqlari bilan taqqoslashi, tezda to’ldirishi, undagi xatolarni topish ko’nikmalarini shakllantirishi juda muhimdir.
Ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli
So’ngi yillarda darsni tashkil etishning umumiy va yakka tartibdagi shakllari bilan bir qatorda ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli ham keng tarqalmoqda.
Darsning guruhiy shaklining asosiy belgilari:
- mazkur darsda muayyan o’quv vazifalarini hal qilish uchun sinf bir necha guruhlarga bo’linadi;
- har bir guruh ma'lum topshiriq oladi va uni birgalashib o’z boshlig’i yoki o’qituvchining bevosita rahbarligida bajaradi;
- topshiriq guruhning har bir a'zosi qo’shgan hissani hisobga olish va baholash imkonini beradigan yo’sinda bajariladi;
- guruhning tarkibi doimiy bo’lmaydi uni tanlashda guruhdagi har bir a'zoning o’quv imkoniyatlari jamoa uchun ko’p foydali amalga oshadigan bo’lishi nazarda tutilgan.
So’nggi yillarda darsni tashkil etishning umumiy va yakka tartibdagi shakllari bilan bir qatorda ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli ham keng tarqalmoqda.
Darsning guruhiy shaklining asosiy belgilari:
- mazkur darsda muayyan o’quv vazifalarini hal qilish uchun sinf bir necha guruhlarga bo’linadi;
- har bir guruh ma'lum topshiriq oladi va uni birgalashib o’z boshlig’i yoki o’qituvchining bevosita rahbarligida bajaradi;
- topshiriq guruhning har bir a'zosi qo’shgan hissani hisobga olish va baholash imkonini beradigan yo’sinda bajariladi;
- guruhning tarkibi doimiy bo’lmaydi, uni tanlashda guruhdagi har bir a'zoning o’quv imkoniyatlari jamoa uchun ko’p foydali amalga oshadigan bo’lishi nazarda tutiladi.
Darsning strukturasi, elementlari va tiplari
Ta'limning strukturasi va tizimi haqida tushuncha. Avvalo, strukturaning nimaligini ko’rib o’tamiz. Ma'lumki, strukturasiz tizim bo’lmaganidek, tizimsiz struktura ham bo’lmaydi. Shunga ko’ra strukturani tizimdagi o’zaro bog’liq elementlarning tartiblari deb ta'riflash mumkin. Biz tizim tushunchasiga nimalarni kiritamiz?
Tizim – o’zining xossalari va bog’lanishlari bo’yicha u yoki bu tartibdagi o’zaro bog’liq ko’p elementlardir.
O’quv jarayoni quyidagi zvenolarga ega bo’ladi:
1. O’quvchining o’quvchilar diqqati va tafakkurini jalb qilishi, shu orqali ularni o’quv materialini faol idrok etishga olib borish maqsadida bilish vazifasini o’rtaga qo’yishi.
2. O’qituvchi tomonidan bilimlarning berilishi jarayoni va o’quvchilarning yangi materialni o’zlashtirish.
Ilmiy tushunchalarning umumlashtirilishi va shaklantirilishi jarayoni, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish.
4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tegishli vaziyatlarda qo’llash.
5. O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirayotgani tekshirish.
Dars strukturasi o’quvchilar bilish faoliyatining xarakteri bo’yicha tasniflanadigan darslarning tipiga bog’liq bo’ladi. Ularni o’tkazish usullari, ta'lim metodlari esa o’quvchilar mustaqil ishining darajasi bo’yicha tasniflanadi.
Darsning quyidagi tiplari mavjud: o’quvchilar yangi bilimlarni o’zlashtiradigan, faktli materiallar to’planadigan, kuzatishlar o’tkaziladigan, jarayonlar va hodisalar o’rganiladigan, ularni anglanadigan, tushunchalari shakllantiriladigan, ko’nikma va malakalar tarkib toptiriladigan darslar, bilimlar umumlashtiriladigan va tizimlashtiriladigan darslar, bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni takrorlash, mustahkamlash, boshqacha aytganda, kompleks qo’llash darslari, bilim, ko’nikma va malakalar og’zaki hamda yozma ravishda sinaladigan nazorat - tekshirish darslari; bir necha didaktik masalalar baravar hal qilinadigan kombinatsiyalashgan darslar.
Hozirgi zamon darsining eng muhim xususiyatlari yangi o’quv materialini va uni amalda qo’llashni o’zlashtirish bilan birga ilgari o’rganilgan narsalarni o’zlashtirish, sintez qilish, takrorlash va mustahkamlash, nazorat qilish kabi elementlarining o’zaro bog’lanishidir. T.A.Ilina darsning o’z strukturasiga barcha asosiy elementlarini olgan tipini, ya'ni umumiy yoki aralash darsni tavsiya etadi.
Darsning birinchi bosqichi – tashkiliy qism. Odatda bu qismga salomlashish, o’quvchilarning, sinf xonasidagi jihozlarning darsga tayyorgarligini tekshirish, darsda yo’q o’quvchilarni aniqlash, ishning rejasini e'lon qilish kiradi. Tashkiliy qismning maqsadi – darsda ish vaziyatini vujudga keltirishdir.
Ikkinchi bosqich – yozma uy vazifasini qo’yilgan maqsaddan qat'i nazar turli metodlar bilan tekshirish.
Darsning uchinchi bosqichi – o’quvchilarning bilimlarini og’zaki tekshirish (yoki ulardan so’rash ).
Darsning to’rtinchi bosqichi – o’qituvchining bayon etishi asosida yoki o’quvchilarning mustaqil tahlil qilishi orqali yangi materialni tushuntirish.
Beshinchi bosqich – uyga topshiriq berish. Darsning bu qismiga mazkur topshiriqning mohiyatini, lozim bo’lsa uni bajarish metodikasini ham tushuntirish, uni o’qituvchining o’zi doskaga yozishi, o’quvchilarning daftarga yoki kundalikka ko’chirishi kiradi.
Darsning oltinchi bosqichi – yangi materialni mustahkamlash, ya'ni dastlabki yoki yo’lakay – mazkur material bayon qilinayotganda amalga oshiriladigan mustahkamlashdir.

Download 455,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish