Sifat darajalari
Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari, ana shunday ma`no ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari deyiladi.
Oddiy daraja
|
Qiyosiy daraja
|
Ozaytirma daraja
|
Orttirma daraja
|
Belgining odatdagi me`yorda ekanini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli. Masalan qizil,oq,shirin, toza
|
Belgining meyordan biroz oz yoki ko’p ekanligini qiyosan ifodalaydigan daraja shakliga qiyosiy daraja deyiladi. Masalan: kattaroq, kengroq,
|
Belgining me`yordan kam ekanini bildiruvchi shakli sifatning ozaytirma darajasi deyiladi. Masalan:qoramtir, sal shirin, xiyla kichik
|
Belgining meyordan ortiq ekanini bildirgan sifat shakli orttirma sifat darajasi deyiladi. Masalan: g’oyat, eng, juda, nihiyatda
|
Son so’z turkumi
Narsalarning son-sanog’ini va tartibini bildiruvchi bildiruvchi, qancha?, nechta? Nechanchi?, necha? So’roqlariga javob bo’luvchi so’zlar sob deb ataladi. Sonlar predmetlarning aniq miqdoriy belgilarini bildiradi. Sonlarning ma`noviy turlari quyidagilardan iborat:
Tartib sonlar. Narsalarning ketma ketligini bildiruvchi sonlar tartib son deyiladi. Masalan: birinchi,ikkinchi uchunchi kabi. Agar sonlar undosh harflar bilan tugasa –inchi qo’shimchasi qo’shiladi, agar unli bilan tugasa –nchi qo’shimchasi qo’llanadi. Tartib sonlar rim raqamlari bilan ifodalanganda chiziqcha qo’yilmaydi Masalan: IX asr XI sinf
Miqdor sonlar. Miqdor sonlarga sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son, taxmin sonlar kiradi.
Sanoq son- bu son-sanog’ini bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Qo’shimchasi yo’q. Sanoq sonlar yozuvda ko’pincha arab raqami bilan yoziladi. Masalan : bir, uch, besh, o’n sakkiz
Dona sonlar- narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. Ular –ta qo’shimchasi yordamida yasaladi. Bu qo’shimcha urg’u olmaydi. Donalash ma`nosi –ta qo’shimchasidan tashqari dona so’zi bilan ham ifodalanadi: ikkita daftar -ikki dona darter kabi.
Chama sonlar- narsalarning miqdorini chamalab ko’rsatadigan sonlarga chama sonlar deyiladi. Chama sonlar –tacha, -lab, -larcha qo’shimchalari orqali yasaladi.
Jamlovchi sonlar- narsalarning miqdorini jamlab ko’rsatadigan so’zlar jamlovchi sonlar deyiladi. Ular –ov,-ala,-ovlon qo’shimchalari orqali yasaladi.
Taqsim son- narsalarning miqdorini taqsimlab ko’rsatadigan sonlarga aytiladi. Ular –tadan qo’shimchasi orqali yasaladi.
Olmosh so’z turkumi
Ot,sifat, son ba`zan fe’l o’rnida almashinib qo’llanadigan, ularga ishora qiladigan so’zlarga olmosh deyiladi. Olmosh boshqa so’zlar, shuningdek, so’z birikmasi va gap o’rnida qo’llanuvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so’roqni bildiruvchi so’zlardir. Olmoshning atash ma`nosi bo’lmaydi. Shuning uchun ular “ichi bosh so’zlar” deb ham yuritiladi. Olmoshlarning qaysi ma`noda kelayotgani matnda qaysi so’z yoki gap o’rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi. Olmoshlar morfologik usul orqali boshqa turkumlardan yasalmaydi. Olmoshlar boshqa so’zlarning yasalishiga asos bo’lishi mumkin.
Olmoshlarning ma`no turlari:
Kishilik olmoshlari
Kishilik olmoshlari- uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar. Kishilik olmoshlariga egalik qo’shimchalari umuman qo’shilmaydi.
Shaxslar
|
Birlik
|
Ko’plik
|
I shaxs
|
Men- so’zlovchi
|
Biz-so’zlovchi va tinglovchi
|
II shaxs
|
Sen-tinglovchi
|
Siz- tinglovchi
|
III shaxs
|
U – o’zga
|
Ular – o’zgalar
|
O’zlik olmoshi
O’zlik olmoshi kishilik olmoshlari o’rnida qo’’lanib shaxsni ba`zan predmetni ko’rsatadi.
Shaxsni ko’rsatadi
|
Narsani ko’rsatadi
|
Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga ketdi.
|
O’zi bukur, tishi o’tkir, dehqonga o’rtoq.
|
O’zlik olmoshi ibora tarkibida kelganda unikishilik olmoshlari bilan almashtirib bo’lmaydi. Masalan: Qurvonbibi fotiha to’yidan keyin o’ziga kelgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |