I bob. Alisher navoiy lirikasida adolat motivlari


Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulosalarga keldik



Download 94,61 Kb.
bet11/11
Sana22.07.2022
Hajmi94,61 Kb.
#836340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA ADOLAT MOTIVLARI

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulosalarga keldik:

  1. Navoiyning adolat bobidagi qarashlari devonlaridan tashqari “Vaqfiya”, “Nazm ul-javohir”, “Mahbub ul-qulub”, “Tarixi muluki Ajam” kabi asarlari tarkibida ham kelgan.

  2. Alisher Navoiy lirikasida adolat mavzusini deyarli barcha janrlarda jumladan, soqiynoma, g‘azal, qit’a, ruboiy, fardlarda kuzatishimiz mumkin.

  3. Shoir she’riyatida adolat mavzusi ba’zan ijtimoiy-falsafiy, ba’zan siyosiy-huquqiy, ba’zan esa ishqiy ko‘rinishda o‘z ifodasini topadi. Ularda adolat g‘oyasi, shoh va fuqaro, hukmdor va mulozimlar, podsho va sipohi; oila boshlig‘i va ayollari, ota va farzandlar, aka-ukalar; oshiq va ma’shuq o‘rtasidagi munosabatlarda kuzatiladi.

  4. Navoiy she’riyatida adolat borasidagi fikrlarni dalillsh uchun hadislar, tarixiy shaxslarning keltirilganiga guvoh bo‘lamiz.

  5. Navoiy ijodida xoh u nasriy asar bo‘lsin, xoh lirik asar bo‘lsin shoh va gado obrozi ko‘p hollarda birgalikda tasvirlanadi, qiyoslanadi, zidlantiriladi. Shoh va darvesh munosabatlarida ham adolat g‘oyasining qirralar nomoyon bo‘ladi.

  6. Alisher Navoiy g‘azallarida adolat g‘oyasi ba’zan ishqiy g‘azallar, ba’zan ijtimoiy-falsafiy g‘azallar tarkibida kelib, ko‘p hollarda shoirning ijtimoiy, falsafiy fikrlari ishqiy g‘azallari tarkibida uyg‘unlashib ketgan holda ko‘ramiz.

  7. Navoiy g‘azallarida adolat mavzusi ma’shuqa xususiyatlariga mutanosib holda tasvirlanadi va yorga shoh deya murojaat etiladi. Ma’shuqa ba’zan go‘zal qiz sifatida, ba’zan Alloh, ba’zan hukmdor sifatida gavdalanadi.

  8. G‘azallarda adolat g‘oyasi oshiqning yordan zulm qilmaslikni so‘rashi, xumor unda ko‘p bo‘lsa-da ag‘yorlarga marhamat ko‘rsatayotgani, unga ham adolat qilishni o‘tinish, shuncha chekkan azoblari evaziga bir kun adolat qilishini kutish, ko‘rinishida nomoyon bo‘la

  9. Shoir qit’alari mavzusi keng qamrovli bo‘lib, shoir ularda adolat g‘oyasi nafaqat shohlarga, balki yurt amaldorlaridan tortib oddiy fuqaroga ham zeb ekanligini, bir kun kelib Haq oldida javob berishi va shunga yarasha mukofotlanishini ta’kidlaydi.

  10. Navoiy qit’alari orasida o‘z hayoti, maqsadlari tasvirlanganlari ham talaygina, lekin ular shoirning falsafiy, axloqiy qarashlari zamirida kelgan. Chunki shoir ko‘p yillar davomida davlat ishlarida faol qatnashgan va xalq hayotidan, davlat boshqaruv tizimidan yaxshigina xabardor bo‘lgani holda lirikasida ham shohlarga nasihat qilishni, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni kanda qilmaydi.

  11. Navoiy qit’alarida odil shohlar quyoshga qiyoslanadi. Chunki ular quyosh barchaga bir xil nur sochganidek barchaga: boy-u kambag‘alga, amaldor-u oddiy fuqaroga bir xil munosabatda bo‘ladi. Zolim shohlar esa nahangga, ajdahoga qiyoslanadi. Nahang oldida yashash qiyin bo‘lganidek, ajdahoga yaqin bo‘lish olovda kuyishga ham, badavlat bo‘lishga ham olib kelishi mumkin. Sababi, Ajdaho boyik qo‘riqchisi bo‘lgani kabi shohlarning ko‘pchiligi boylik ilinjida yashaydi.

  12. Navoiy ruboiylarida adolat talqini goho odil va zolim shohlar tasvirida aks etsa, goho shohlarga nasihat sifatida yangraydi.

  13. Fard janri qisqa bo‘lsa-da, shoir unga katta mazmunni jo etgan bo‘lib, unda ijodkor shohlarni ogohlikka, qattiqqo‘llikni haddan oshirmaslikka chorlaydi, ularni adolatparvarlikka undaydi.

  14. Adolat mavzusi shoir ijodida asosiy mezonlardan biridir. Chunki uzoq yillar davlat boshqaruvida ishrirok etgan, qolaversa, huquqni yaxshigina o‘rgangan Navoiy xalq holidan xabardor bo‘lib, butun umr xalq manfaati yo‘lida yashaydi, asarlarida ham odil shoh, adolatli amaldorlar obrozini yaratadi va temuriylarga nasihat qilishni ham kanda qilmaydi. Chunki adolat qaror topgan yurt hech qachon zavolga yuz tutmasligini shoir juda yaxshi anglardi.

1 Бобоев. Ҳ. Навоий ижодида давлатчилик ва ҳуқуқ” мавзусидаги давра суҳбати // Ҳуқуқ ва бурч, 2009, -№2. –Б. 24-29

2 Қаюмов А. Алишер Навоий. Тошкент: Камалак, 1991. Б. 79.

3 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. I жилд. Тошкент: Фан, 1983. Б. 408.

4 Ўша асар. – Б. 413-414.

5 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. III жилд. Тошкент: Фан, 1988. Б. 210.

6 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. III жилд. Тошкент: Фан, 1988. Б. 432.

7 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. I жилд. Тошкент: Фан, 1987. Б. 91.

8Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. II жилд. Тошкент: Фан, 1987. Б. 132.

9Ўша асар. Б. 132.

10 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. IV жилд, Тошкент: Фан, 1989. Б. 224.

11 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. VI жилд, Тошкент: Фан, 1990. – Б. 265.

12 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. I жилд, Тошкент: Фан, 1983. Б. 240

13 Ўша асар Б. 240.

14 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. V жилд, Тошкент: Фан, 1988. – Б. 59-60.

15 Ўша асар – Б. 307.

16 Ҳайитметов А. Навоий даҳоси. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва саньат нашриёти, 1988. – Б. 83.

17Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. V жилд, Тошкент: Фан, 1988. – Б. 310.

18 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. VI жилд, Тошкент: Фан, 1990. – Б. 9.

19 Ўша асар. – Б. 93. 

20 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. II жилд. Тошкент: Фан, 1987. Б. 124.

21 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. VI жилд, Тошкент: Фан, 1990. A – Б. 325. 

22 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. III жилд. Тошкент: Фан, 1988. – Б. 81-82.

23 Ўша асар – Б. 85-86.

24 Koмилов. Н. Тасаввуф: Ўзбекистон, 2009

25 Mирзоев. A. M. Kaмал ад-Дин Бинаи. M.,1976. S.33-34.

26Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. III жилд. Тошкент: Фан, 1988. – Б. 25.

27 Ўша асар – Б. 43-44.

28 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. IV жилд, Тошкент: Фан, 1989. Б. 416-417.

29 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. III жилд. Тошкент: Фан, 1988. – Б. 444.

30 Ғаниева С. Навоий ижодида давлатчилик ва ҳуқуқ” мавзусидаги давра суҳбати // Ҳуқуқ ва бурч, 2009, -№2. – 24-29 б.

31 Мутафаккирлар аҳлоқ ва адолат ҳақида. -Тошкент: Адолат, 1995. – Б. 16.

32 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. IV жилд, Тошкент: Фан, 1989. Б. 416.

33 Мирзиёев. Ш. М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатият билан давом еттириб янги босқичга кўтарамиз. 418

34 Мирзиёев. Ш. М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатият билан давом еттириб янги босқичга кўтарамиз. 429

35 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. III жилд. Тошкент: Фан, 1988. – Б. 444-445.

36 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. IV жилд, Тошкент: Фан, 1989. – Б. 417-418.

37 Эшонбобоев. А. Садди Искандарийда шоҳ ва дарвеш концепти. Ўзбек тили ва адабиёти. 2016, 1-сон.- Б. 61.

38 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. V жилд, Тошкент: Фан, 1988. – Б. 428.

39 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. IV жилд, Тошкент: Фан, 1989. Б. 421-422.

40 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. V жилд, Тошкент: Фан, 1988. – Б. 428.

41 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. VI жилд, Тошкент: Фан, 1990. – Б. 479-480.

42 Комилов Н. Ажрим кўзгуси // Ҳуқуқ ва бурч, 2008, -№2. – 29-31 б.

43 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. III жилд. Тошкент: Фан, 1988. – Б. 465.

44 Ўша асар. – Б. 456.

45 Ўша асар Б. 9.

46Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. III жилд. Тошкент: Фан, 1988. – Б. 146.

47Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. III жилд. Тошкент: Фан, 1988. – Б. 170.

48 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик XV жилд. Тошкент: Фан, 1999. – Б. 121.

49 Қаюмов А. Алишер Навоий. Тошкент: Камалак, 1991. Б. 131.

50 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. XV жилд. Тошкент: Фан, 1999. – Б. 127.

51 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. III жилд. Тошкент: Фан, 1988. Б. 9-10.

52 Юсуф Хос Хожиб. Қутадғу билиг. -Тошкент: Фан, 1971. – Б. 329.

53 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. III жилд. Тошкент: Фан, 1988. Б. 10.

54 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. I жилд. Тошкент: Фан, 1983. – Б. 497.

55 Каримов И. А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. -Тошкент: Ўзбекистон, 1995. – Б. 179.

56 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. XV жилд. Тошкент: Фан, 1999. – Б. 134.

57 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. XV жилд. Тошкент: Фан, 1999. – Б. 111-112.

58 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. XIV жилд. Тошкент: Фан, 1998. – Б. 173.

59 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. XV жилд. Тошкент: Фан, 1999. – Б. 138.

60 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. XIV жилд. Тошкент: Фан, 1998. – Б. 202-203.

61 Ўша асар. – Б. 102.

62Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. I жилд. Тошкент: Фан, 1983. – Б. 495.

63  Ўша асар. – Б. 497.

64 Ўша асар . – Б. 497

65 Ғаниева С. Навоий ижодида давлатчилик ва ҳуқуқ” мавзусидаги давра суҳбати // Ҳуқуқ ва бурч, 2009, -№2. –Б. 24-29.

66 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. I жилд. Тошкент: Фан, 1983. – Б. 497.

67 Алишер Навоий. MAT. XX жилдлик. I жилд. Тошкент: Фан, 1983. Б. 495.

68 Ўша асар . Б. 495.

69 Каримов И. А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. -Тошкент: Ўзбекистон, 1995. – Б. 179.

Download 94,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish