I bob. Aholi turmush darajasi va daromadlarini davlat tomonidan tartibga solishning nazariy asoslari


Tijorat banklari faoliyatining etakchi xalqaro reyting agentliklari va moliya tashkilotlari tomonidan baholanishi



Download 480,5 Kb.
bet23/31
Sana01.01.2022
Hajmi480,5 Kb.
#294937
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
Aholi turmush darajasi va daromadlarini davlat tomonidan tartibga solinishi.

Tijorat banklari faoliyatining etakchi xalqaro reyting agentliklari va moliya tashkilotlari tomonidan baholanishi

Bugungi kunga kelib respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan barcha tijorat banklari «Mudis», «Standart end Purs», «Fitch Reytings» kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklarining «barqaror» reyting baholariga ega.

2015 yilda «Standart end Purs» va «Fitch reytings» reyting agentliklari O'zbekiston bank tizimi faoliyatini yana bir bor «barqaror» deb baholadi.

2015 yilning iyulь oyida «Mudis» xalqaro reyting agentligi O'zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollariga ketma-ket oltinchi yil «barqaror» reyting bahosini berdi.

Mazkur xalqaro reyting agentliklari O'zbekiston banklari faoliyatining daromadliligi, aktivlari sifati va likvidligining yuqoriligi, mijozlar depozitlari va kapitalining etarli darajada o'sishini respublika bank tizimi barqarorligi va rivojlanishining asosiy omillari sifatida alohida qayd etmoqda.

Shuningdek, so'nggi yillarda bank tizimini erkinlashtirish, isloh qilish va uning tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashdagi rolini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan yuqori baholanib kelinmoqda.

Xususan, mazkur xalqaro tashkilotlar tomonidan 2015 yilning oktyabrь oyida e'lon qilingan «Biznesni yuritish – 2016» mamlakatlarning yangi reytingida O'zbekiston qulay ishbilarmonlik muhiti ko'rsatkichlari bo'yicha jahonning 189 ta davlati orasida 54 pog'ona ko'tarilib, 87-o'rinni egalladi.

Respublika bank tizimida kreditlash mexanizmini takomillashtirish va soddalashtirish borasida samarali tadbirlarning izchil va uzluksiz ravishda amalga oshirilishi natijasida ushbu ko'rsatkich bo'yicha mamlakatimiz reytingi so'nggi 3 yil ichida 112 pog'onaga ko'tarildi.

2016 yilda monetar siyosat va bank tizimida amalga oshiriladigan ishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2015 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishiga qaratiladi.

Bunda 2016 yil uchun iqtisodiy dasturning muhim vazifalari va istiqbolli rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari sifatida qu­yidagilar belgilab berildi:

– boshlangan tizimli demokratik islohotlarni va mamlakatni modernizatsiyalashni, iqtisodiyotdagi, eng avvalo, sanoat va qishloq xo'jaligidagi chuqur tarkibiy o'zgartirishlarni so'zsiz davom ettirish,  xususiy mulkchilik, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish va ularning manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat ulushini izchil kamaytirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta'minlash;

– 2015 – 2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy tadbirlarini so'zsiz amalga oshirish bo'yicha boshlangan ishlarni davom ettirish;

– qishloq xo'jaligida islohotlarni va tarkibiy o'zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish;

– ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish;

– iqtisodiyotning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo'jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini har tomonlama rag'batlantirish;

– iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi yaratilishini tubdan tezlashtirish.

2016 yilda respublikamizda yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga o'sishi prognoz qilinmoqda. Ushbu o'sish asosan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining – 8,2 foizga, qishloq xo'jaligining – 6,1 foizga va kapital qo'yilmalari hajmining – 9,6 foizga o'sishi hisobiga ta'minlanadi.

Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga yo'naltiriladigan jami investitsiyalar miqdori 17,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etishi yoki


2015 yilga nisbatan 9,3 foizga o'sishi prognoz qilinmoqda.

Bunda avvalgi yillardagidek, investitsiyalar asosiy qismining


(65 foizdan ortig'ini) ishlab chiqarishni rivojlantirishga, ya'ni yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish va yangi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini xarid qilishga yo'naltirilishi mo'ljallanmoqda.

Eksportni rag'batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning izchil davom ettirilishi hisobiga 2016 yilda ham mamlakatimiz to'lov balansi, shu jumladan, tashqi savdo balansi ijobiy salьdosini saqlab qolish mo'ljallanmoqda.

2016 yilda ham Hukumat tomonidan bandlikni ta'minlash va aholi daromadlarini oshirish masalalariga alohida e'tibor berilishi aholining iste'mol, shu jumladan, uzoq muddatli tovar va xizmatlarga bo'lgan talabining o'sishida o'z aksini topadi hamda iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'minlashga xizmat qiladi.

2016 yilda soliq-byudjet siyosatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar ham mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bo'lib, Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari prognozlaridan kelib chiqqan holda byudjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1 foizdan oshirmaslikni hamda uning to'liq noinflyatsion manbalar hisobidan moliyalashtirilishini nazarda tutadi.

O'z navbatida, 2016 yilda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi hamda jahon bozoridagi xomashyo va tovarlar narxlari dinamikasi prognozini inobatga olib, 2016 yil uchun inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi 2015 yildagi darajada, 5,5-6,5 foiz doirasida belgilanmoqda.

2016 yilga mo'ljallangan pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari va parametrlari yuqorida qayd etilgan makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi asosida va Davlat byudjeti parametrlariga muvofiq ravishda ishlab chiqildi.

Joriy yilda monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank tomonidan asosiy e'tibor inflyatsiya darajasini belgilangan maqsadli parametrlari doirasida bo'lishini hamda bank tizimining barqaror rivojlanishini ta'minlashga qaratiladi.

Bunda 7,8 foizlik yalpi ichki mahsulot o'sishining pulga bo'lgan real talabini inobatga olgan holda 2016 yilda o'rtacha pul massasining yalpi ichki mahsulotga nisbatini 0,7 foiz bandgacha oshirish ko'zda tutilmoqda.

O'z navbatida, 2016 yilda pul massasining oshishida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotni kreditlash hajmining kengaytirilishi hamda mamlakat tashqi savdo balansining ijobiy salьdosi hisobiga bank tizimi sof tashqi aktivlarining ko'payishi asosiy omillar bo'lib xizmat qilishi kutilmoqda.

2016 yilda ham Markaziy bank muomaladagi pul massasini tartibga solishda monetar siyosatning bozor instrumentlaridan foydalanadi hamda ularning samaradorligini oshirib borish bo'yicha ishlarni davom ettiradi.

Bunda asosiy e'tibor inflyatsiya­ning maqsadli ko'rsatkichlar doirasida bo'lishini va iqtisodiyotda pulga bo'lgan talab va taklifning mutanosibligini ta'minlashga qaratiladi.

Shu bilan birga, bank tizimida likvidlik tanqisligi vujudga kelishining oldini olish va aksincha, tizimdagi ortiqcha likvidlikning iqtisodiyotda inflyatsion bosimning kuchayishiga olib kelishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida bank tizimi likvidligining eng maqbul darajada bo'lishini ta'minlash bo'yicha zarur choralar ko'rib boriladi.

Xususan, tashqi savdo balansi ijobiy salьdosining ta'minlanishi va Davlat byudjetining ko'zda tutilayotgan (1 foiz) taqchillik bilan ijro etilishi natijasida bank tizimida vujudga kelishi mumkin bo'lgan ortiqcha likvidlikning inflyatsiyaga ta'siri oldini olish hamda pul massasini tartibga solish maqsadida tijorat banklarining vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini Markaziy bankdagi muddatli depozitlarga jalb qilish orqali sterilizatsiya operatsiyalari o'tkazib boriladi.

Shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jam­g'armasiga tegishli mablag'larni yo'naltirilishining davom ettirilishi pul massasi o'sishining oldini olishga va uni belgilangan maqsadli ko'rsatkich doirasida ushlab turishga xizmat qiladi.

2016 yilda ham inflyatsiya darajasi 2015 yildagi kabi 5,5-6,5 fo­iz doirasida prognoz qilinayotganligini hisobga olib, qayta moliyalash stavkasini 9 foiz darajasida qoldirish ko'zda tutilmoqda. Qayta moliyalash stavkasining 9 foiz darajasida saqlab qolinishi inflyatsiya darajasini belgilanayotgan prognoz ko'rsatkichlari doirasida bo'lishini ta'minlashga qaratilgan qat'iy pul-kredit siyosatini yuritish uchun qulay sharoit yaratadi.

O'z navbatida, Markaziy bank, zarur hollarda, tijorat banklaridan xorijiy valyutalarni (AQSh dollari, evro, yapon ienasi va funt sterling) belgilangan muddat va almashinuv kursida qayta sotish sharti bilan, sotib olish (SVOP operatsiyalari) yoki xorijiy valyutalarni garovga olgan tarzda qayta moliyalash kreditlarini berish operatsiyalarini amalga oshirib boradi.

Bundan tashqari, pul massasining va pul bozoridagi foiz stavkalarining o'zgarish dinamikasidan hamda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratilayotgan kreditlar hajmining o'sish sur'atlaridan kelib chiqqan holda majburiy rezervlar normasi zarur hollarda o'zgartirib boriladi.

2016 yilda ham valyuta siyosatini amalga oshirishda asosiy e'tibor milliy valyuta barqarorligini ta'minlashga hamda eksport­bop va import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag'batlantirishga qaratiladi.

Bunda so'mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursini belgilangan koridor doirasida bosqichma-bosqich devalьvatsiya qilib borish orqali mamlakatimiz eksportyorlari raqobatbardoshligining oshishi ta'minlanadi.

O'z navbatida, so'mning almashuv kursi keskin tebranishining oldini olish va uning belgilangan koridor doirasida bo'lishini hamda ichki valyuta bozoridagi barqarorlikni ta'minlash maqsadida Markaziy bank banklararo valyuta bozoridagi operatsiyalarda faol ishtirok etib boradi.

Umuman olganda, yuqorida sanab o'tilgan chora-tadbirlarning uyg'unlikda amalga oshirilishi va monetar siyosat instrumentlarining takomillashtirib borilishi Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga ta'sir kanallarini kuchaytirishga, bank tizimi likvidligini ta'minlashga va pul bozorida ijobiy foiz stavkalarining shakllanishiga xizmat qiladi.

2016 yilda bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirishda asosiy e'tibor O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2344-sonli, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 7 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2014 yildagi faoliyati to'g'risidagi hisoboti haqida»gi SQ-51-III-sonli hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bank tizimiga oid boshqa qarorlarida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishini ta'minlashga qaratiladi.

Ushbu hujjatlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi.


Download 480,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish