Banklarning investitsiya jarayonlaridagi ishtiroki yanada faollashib bormoqda. Banklar tomonidan ajratilayotgan investitsion kreditlar ustuvor ravishda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish hamda yangi ish o'rinlari tashkil etishga qaratilgan dasturlar doirasidagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yo'naltirilmoqda.
2015 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 10,2 trln. so'm yoki 2014 yildagiga nisbatan 1,2 barobar ko'p investitsion kreditlar ajratildi .
Do'stlaringiz bilan baham: |