3.5. Ommaviy sport sohasida sportchilarni tayyorlash
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport uyushmalari tashkillashtirilib faoliyat yuritishmoqda, shu jumladan davlat yordami asosida ham. Ularning toifasiga jismoniy tarbiya va sport jamoalsri, hukumat organlari, turli sport turlarini tashkil qilgan.
Davlat organlari, ta’lim tashkilotlari va boshq tashkilotlar (mulkiy formasidan qat’iy nazar) maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o’quvchilari, harbiylar, chaqiruvgacha va chaqiruv yoshidagi fuqarolar, nogironlar, nafaqaho’rlar va boshqa fuqarolar jismoniy tarbiyasini davlat siyosati muhim yunalishlardan biri hisoblab, jismoniy tarbiya va sport, kasaba uyushmalari, yoshlar va boshqa tashkilotlar ishtirokida jismoniy tarbiya va sport rivojlanishi dasturlarini amalga oshirib, ular yordamida mahalliy hukumat organlari bilan birgalikda o’z dasturlarini ishlab chiqarishadi.
Hozirgi paytda, barcha mamlakatlarda, ommaviy sport ishlarini amalga oshirishda sport klublari faoliyatiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Bolalar va o’smirlarning klub birlashtirilishi formasi differensiallashtirilgan holda sport bilan shug’ullanuvchilar manfatlarini hisobga olib, ular orasida maslahat ishlarini yuritish, nafaqat tashkiliy, pedagogik, balki moliyaviy ishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini beradi.
Samarali ravishda, yoshi, imkoniyatlari, jinsidan qattiy nazar har bir istovchi a’zo bo’lishi mumkun bo’lgan klublar mavqiyini oshirib bormoqda. Klubni boshqarish, demokratik asosida saylangan qo’mita tomonidan amalga oshiriladi; klub a’zolari, faoliyat dasturlarini ishlab chiqarib amalga oshirishadi, klub infrasturturasini yaratishda, sport kiyimlarini tayyorlashadi; sport bilan shug’illanishdan tashqari, ijtimoy –nazariy faoliyati formalari tashkillashtiriladi; malakali kadrlar shtati mavjud bo’ladi; ota –onalar va maktab klub faoliyati haqida to’la ma’lumotfa ega bo’lishadi.
Sport klublari faoliyati amaliyoti bunday yondashuv maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatadi, chunki bunaqa yondashuvda klub boshqarish funksiyalari o’qituvchilar, metodistlar, instruktorlar zimmasiga yuklatilib, bolalar klub o’zini –o’zi boshqarish organlari faqatgina bajarish funksiyalarini amalga oshirishadi. Ammo bolalarga to’la mustaqillikni berish ham maqsadga muvofiq emas. Boshqarishdagi ratsionlikka klubning umumiy yunalishlari instruktor tomonidan bajarilib, aniq masalalar klub qo’mitasi va a’zolari tomonidan echilishi kerak.
Bolalar va o’smirlar sport klubi faoliyati maktabdan tashqari dasturlar bajarilishi bilan bog’liq. Masalan, “Ming milya klubi” Velikobritaniyaning Louboro universitetida tuzilib, “Sanitar ma’rifat va jismoniy tarbiya bo’yicha dasturda”, maktabdan tashqari sport dasturlari amalga oshirilishi shakliga aylanadi va yugurish bo’yicha maktab o’quvchilarini birlashtiradi.
AQSH ning ba’zi shtatlarida noan’anaviy ish uslubi bilan “Tungi basketbol ligasi” klubi ajralib turadi. Mazkur klubning basketbol bo’yicha musobaqalari faqatgina tunda o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |